O’RTA ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARI SAN'ATI
REJA:
KIRISH
I.BOB. Sharq miniatyura maktablari
1.1 Sharq miniatyura maktablarining ish uslublari
1.2. Miniatyura maktablarida yaratilgan asarlardan namunalar va ularning
tahlili
1.3.Qadimgi miniatyura maktablarining hozirgi zamonaviy miniatyura maktablari bilan uyg’unligi
II BOB. Kamoliddin Behzod ijodi
2.1. Kamoliddin Behzod ijodining hozirgi kun tasviriy san’atidagi o’rni
2.2. Kamoliddin Behzod yashagan davrdagi ijtimoiy muhitning uning ijodiga ta’siri
Xulosalar
Glossary
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
O’RTA ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARI SAN'ATI
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………...………………..2
I.BOB. Sharq miniatyura maktablari…………………………............…..5
1.1 Sharq miniatyura maktablarining ish uslublari…………………….……5
1.2. Miniatyura maktablarida yaratilgan asarlardan namunalar va ularning
tahlili………………………………………..……………..…………………9
1.3.Qadimgi miniatyura maktablarining hozirgi zamonaviy miniatyura maktablari bilan uyg’unligi………………………………...……….……………12
II BOB. Kamoliddin Behzod ijodi…………………………..……..……16
2.1. Kamoliddin Behzod ijodining hozirgi kun tasviriy san’atidagi o’rni………………………………………………………………………….…....16
2.2. Kamoliddin Behzod yashagan davrdagi ijtimoiy muhitning uning ijodiga ta’siri……………..………………………………………………..........................23
Xulosalar …………………………………………………………..……....30
Glossary …………………………………………………………………...33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………...36
Ilovalar……………………………………..………………………………37
Kirish.
Respublikamizda ta’lim – tarbiya sohasini yangicha milliy asoslarda barpo etishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfati va ta’lim ustivorligidir”. Bu omil Davlatimizning ijtimoiy – siyosiy rivojlanishini belgilovchi muhim jarayon bo’lganligi uchun uni amalga oshirishning ilmiy – nazariy asoslangan butun bir tizimi ishlab chiqildi va hozirda ushbu yo’nalishdagi ishlarni amalda bajarilishi borasida “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” negizida ulug’vor o’zgarishlar yuz bermoqda. Jamiyatimizda ma’naviy yangilanishda demokratik, huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlash milliy dasturida asosiy masala hisoblanadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da xalqning boy intilektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish ustivor maqsad qilib olingan. Bu esa bugungi mustaqil rivojlanish sharoitida davlat, jamiyat va oila oldida mas’uliyat va javobgarlikni his eta oladigan yetuk, komil insonni tarbiyalash, ta’lim sohasini milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida rivojlantirish yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi kadrlar tayyorlashni eng asosiy maqsad qilib qo’yadi.
Tasviriy san’at tarixning hamma bosqichlarida ham ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos manbai bo’lib kelgan. Azal – azaldan nafosat – tarbiyasi sohasida o’ziga xos pedagogika sifatida uning mukammal uslublari ustoz va shogird an’analari misolida rivojlanib kelgan.
Barcha fanlar qatori tasviriy san’at fanidan ham Davlat Ta’lim Standartlarini joriy etilishi milliy merosdan to’laqonli foydalanish va zamonaviy yo’nalishlarda tasviriy san’atni o’rganish imkonini beradi. Davlat Ta’lim Standartlari taviriy san’at dasturida tasviriy san’at o’rgatish metodikasi, darslarning taxminiy rejasi, yil, chorak mavzulari, xalq amaliy san’ati, miniatyura namunalari hamda rassomlarning yangi janrlardagi kompozitsiyon asarlari kiritilgan.
Tasviriy san’at darslari asosan quyidagi faoliyatlar bo’yicha tashkil etiladi. Bu faoliyatlar mazmunida o’quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni tasviriy san’atga qiziqtirish, kuzatish tahlil qilish, mashq qilish, tasvirlar bajarish, kompozitsiyalar tuzish, ijodkorlik bilan bog’liq ko’nikma va malakalarni shakllantirish bilan birga ularni tasviriy san’at, uning rivojlanish tarixi tasviriy san’at tarixida chuqur iz qoldirgan va uning rivojiga muhim hissa qo’shgan xalq rassomlari, naqqoshlar, me’morlar, haykaltaroshlar hayoti va ijodi bilan ham sestimali ravishda tanishtirib borishni nazarda tutadi.
Pedagogik kuzatuvlarimiz shuni ko’rsatadiki, umumta’lim maktablari o’quvchilari o’zbek mutafakkirlari, yoki ayrim fanlar bo’yicha atoqli namoyondalar, olimlar, shoirlarni yaxshi bilishgani holda tasviriy san’at darg’alari rassomlar, naqqoshlar, haykaltaroshlarning ham hayoti va ijodi haqida bilishlari o’z navbatida ta’limning eng jiddiy muammolarini hal qilishida o’rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |