BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MEHNAT KO'NIKMASI VA MALAKASINI SHAKLLANTIRISH
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tatbiq eta oladigan yetuk, malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi.
Maktab ta'limining hozirgi bosqichida o'quvchilarni mehnatga tayyorlash, o'sib kelayotgan avlodning ta'lim va tarbiyasidagi eng zarur vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo'l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta'limi jarayoni o'quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan. Natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi.
Mehnatning, nafaqat bola tarbiyasida, balki har qanday odamning komil inson bo'lib yetishishida ahamiyati naqadar ulkan ekanligi hammamizga ma'lum. Shuning uchun bo'lsa kerak, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mehnat to'g'risida alohida moddalar qabul qilingan. Masalan, «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash… (37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar… (38-modda), Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'm'not olish huquqiga ega… (39-modda)» kabi huquqiy me'yorlarni misol qilib aytib o'tish mumkin.
Xuddi shunday mehnatga, aynan olganda, mehnat ta'limiga e'tibor xalq ta'limida ham qaratilgan. Shu jumladan, boshlang'ich ta'limda ham har bir sinfda haftada bir soatdan mehnat ta'limi mashg'ulotlari tashkil etilishi belgilab berilgan.
Boshlang'ich sinflarda o'tkaziladigan mehnat ta'limining maqsadi — «o'quvchilarning barkamol shaxs bo'lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar asoslarini (texnologiyasini) o'rgatish, ularni kasb tanlash bilan uyg'unlashtirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat» dir. Mehnat ta'limining tarbiyaviy maqsadi ham kattadir, ya'ni «o'quvchilarning mehnat ko'nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarni, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlikni shakllantirish» lozim.Mehnat ta'limining hozirgi davrdagi, qolaversa mehnat ta'limi o'qituvchilarining vazifalari ham, bu vazifalarning talab darajasida bajarilishiga
Abdivahobova B
ham yosh avlodning barkamol inson bo'lib yetishishlarida muhim o'rin tutadi. Bu vazifalar tubandagilardan iboratdir:
-Tashkiliy vazifalar — «o'quvxona, unda maxsus ish joyi, zarur materiallar, asboblar tashkil qilish.
· -Sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi talablarini ta'minlash». Uslubiy vazifalar — mashg'ultlarning yarim va bir yillik o'quv ish rejalarini tuzish,
mao’quvchiliy sharoitlarni hisobga olish,
· o'g'il va qiz bolalarning o'zlariga xos mehnat mashg'ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirib borish va boshqalardir.
Boshlang'ich ta'limda o'qitiladigan mehnat ta'limi fani o'quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini 5-sinf uchun uzviy bog'lanish zaminini yaratishni ko'zda tutadi.
Bular ta'limiy va tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi yo'nalishlar hisoblanadi.
O'qituvchi mehnat ta'limi mashg'ulotlari jarayonida o'quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta'lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo'lib yetishishlariga yordam berishi darkor.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini malakasini oshirishga qo'yilgan davlat talablarida kursni bitirgan o'qituvchi mehnat ta'limi fani bo'yicha mashg'ulotlarni ham «talab darajasida o'tish mahoratiga ega bo'lishi» aytib o'tilgan. Ana shu talabdan xulosa chiqarib, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi (mehnat ta'limi fanini o'qitmasa ham) mehnat ta'limi bo'yicha barcha me'yoriy-uslubiy hujjatlarni, davlat ta'lim standarti va dastur talablarini, mashg'ulotlar o'tish shart-sharoitlarini, metodikasini chuqur bilishi lozim bo'ladi. Shu bilan birga, (sinf rahbari sifatida ham) o'quvchlarning mehnat ta'limi dasturida belgilangan bilim, ko'nikmalarini davlat ta'lim standartlariga binoan o'zlashtirish holatini dastlabki, oraliq va yakuniy nazorat qilib borishlari kerak.
Mehnat ta'limi «Inson va jamiyat» sohasiga kiradi. Bu sohaga jami beshta fan mavjud. Davlat ta'lim standarti beshta fan bo'yicha umumiy qilib, bir bo'limda keltirilgan. Bular orasidan mehnat ta'limi bo'yicha qo'yilgan talablarni aniqlab olish
zarur. Tubandagi talablar shular jumlasiga kiradi:
- texnik modellashtirishga oid ishlarni bilish;
- uy-ro'zg'or ishlarini bajara olish;
- sodda konstruktorlik ishlarini bajara olish;
Abdivahobova B
- duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (o'g'il bolalar uchun);
- oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun);
- inson mehnatini, faoliyat turlarini anglash.
DTS 4-sinfning bitiruvchilariga qo'yiladi. Shunga qaramasdan, bu ko'rsatkichlarga o'quvchilar birinchi sinfdanoq tayyorlab boriladi. Har bir sinfda qanday bilim, ko'nikma va malakalarni berish dastur talablarida belgilab beriladi. Shuning uchun ham mehnat ta'limidan dars beruvchi o'qituvchi, avvalo, har bir sinf oxirida o'quvchlar bilishi, uddalay olishi kerak bo'lgan dastur talablarini chuqur bilishi shart va har bir mehnat ta'limi mashg'uloti jarayonida o'z maqsadini ana shu talablarni bajarishga qaratishi lozim.
Masalan, o'quvchilar birinchi sinfni tugatgandan so'ng quyidagilarni uddalay olishlari lozim:
— ayrim kasblarda ishlatiladigan asboblar nomlarini va nima maqsadda ishlatilishini bilish;
— yog'och materiallar olinadigan daraxtlarni tanish va ularning nomlarini bilish;
— ayrim gazlama turlari, nomi, xususiyatlarini va ulardan tayyorlanadigan buyumlarni bilish;
— pazandalikda ishlatiladigan mahsulotlarning turlari va nomlari, nima maqsadda ishlatilishini bilish;
— qandolatchilikda ishlatiladigam xom ashyolar va tayyorlanadigan mahsulotlarni bilish;
— qurilish sohasida ishlatiladigan materiallar nomi, ayrim xususiyatlari va ishlatilish soo’quvchiarini bilish;
— qog'oz va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, bo'yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash;
— tugma qadash, eng oddiy choklarni tikish, gazlamalarni qirqishni bilish.
Ikkinchi sinf oxirida kelib o'quvchilar mehnat ta'limi fani bo'yicha tubandagilarni bilishlari hamda bajara olishlari darkor. Ayrim kasblar mahsulotlari yoki tayyorlanadigan buyumlar, eskizlarini chizish va oddiy bezaklarini ishlash. Bir nechta kasblar sohasida ishlatiladigan asboblarning tuzilishini hamda ishlatilishini bilish.
Ayrim tabiiy materiallardan oddiy tasvirlar va naqshlar tuzish. Yog'och materiallarning qattiq-yumshoqligi, egilish-sinishga, suvga, zaxga va boshqa ta'sirlarga chidamliligini bilish. Gazlamalarning haroratga, saqlanishga chidamliligi, ularning har xil ta'sirlar natijasida o'zgarishlarini bilish.
Abdivahobova B
Tuproq, loy, sapol va boshqa materiallarning asosiy xususiyatlarini bilish. Oziq-ovqat mahsulotlarining eng oddiy xususiyatlarini bilish. Qog'oz, karton, gazlamalarni qirqish va kesish asboblaridan to'g'ri foydalanish. Kashtachilik va tikuvchilikda qo'llaniladigan asosiy chok turlaridan tikish. Ayrim ekinlarni o'stirish va chorva mollari boqishning eng oddiy qoidalarini bilish.
Uchinchi sinf o'quvchilari o'quv yili oxirida quyidagi dastur talab va ko'rsatmalarini bilish va uddalay olishlari lozim. Har xil oddiy buyumlar va mahsulotlar tayyorlash jarayonlari ketma-ketligini hamda xom ashyolarini bilish. Ularni so'zlar va turli tasvirlar, jadvallar orqali ifodalay olish. Ommaviy ishlatiladigan mehnat qurollarining turlarini va ulardan to'g'ri foydalanishni bilish.
Ayrim oddiy buyum va mahsulotlarni tayyorlash uchun eskizlar chizish. Qog'oz, karton, gazlama va boshqa materiallardan oddiy shakldagi gullar yasash… Loydan milliy o'yinchoqlar yasash, ularni bo'yash va naqshlar bilan bezash. Yog'ochdan… oddiy buyumlar va o'yinchoqlar yasash. Gazlamadan oddiy buyumlar tikish… Pazandalik va qandolatchilikning ayrim texnologik jarayonlarini bajarish. O'simliklar, chorva mollari va parrandalar yetishtirishga doir ayrim vazifalarni bajarish.
To'rtinchi sinf oxirida esa tubandagi dastur talablarini DTS talablari bilan birgalikda bilishlari hamda uddalay olishlari ko'zda tutiladi. (Albatta, o'qituvchi o'g'il bolalar bajaradigan ishlarni alohida, qiz bolalar bajaradigan yumushlarni, talablarni alohida qilib rejalashtirib olishi kerak.)
Yog'ochdan oddiy buyumlar tayyorlash jarayoni uchun texnologik jadval hamda grafik tasvirlarni bajarish. Oziq-ovqat tayyorlash jarayoni uchun texnologik jadval hamda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini turli shakllarda tayyorlash uchun eskizlar chizish… Zargarlik, gilamdo'zlik, kulolchilik va boshqa kasblarda naqqoshlikdan foydalanishning eng oddiy usullarini bilish
Qo'g'irchoqlar uchun kiyimlar tikish va kashta gullari bilan bezash. Taomlar pishirish uchun sabzavotlarni tayyorlashni bilish. Hamirdan ayrim taomlar tayyorlash jarayonlarini bajarish.
Ayrim qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash. Uy-ro'zg'or ishlarini to'g'ri va sifatli bajarish. Qo'l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiya chiqindilari (qog'oz, karton, sim, yog'och, gazmol va boshqalar) bilan: tabiiy va sun'iy xom-ashyolar (maxsus loy, yog'och va plastmassalar, plastilin, elim va boshqalar) bilan, keng iste'mol mollari va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, tayyorlash uchun mao’quvchiliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to'plamlari va hokazolar bilan ishlashga o'rganadilar.
Bularning hammasi o'quvchilarga qo'l asboblari bilan ishlash, har xil xom
Abdivahobova B
ashyolardan foydalanishning ma'lum tajribasini to'plashga imkon beradi, bu esa mehnatning qadrini va ma'nosini tushunishga, mehnat kishilariga hurmatda bo'lishga, mehnatning va kasbning u yoki bu turiga qiziqishlarini shakllantirishga yordam beradi.
Mehnat ta'limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang'ich maktabda butun ta'lim tarbiya sistemasi va barcha o'quv predmetlari yordamida o’quvchi etiladi. Bu o'rinda mehnat darslari etakchi rol' o'ynaydi.
Maktabda muntazam mehnat ta'limining boshlang'ich bochqichi boshlang'ich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik maktab yoshidagi bolalarning qo'lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.
Boshlang'ich maktabdagi mehnat ta'limning asosiy vazifalari mehnatga ahloqiy va psixik tayyorlash, o'quvchilarni boshlang'ich poletexnik bilimlar bilan qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir. O'quvchilarni mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondoshishlari nazarda tutiladi.
Mehnat darslarini, mashg'ulotlarini tashkil etishda o'quvxonasi, asbob-uskunalar, kerakli materiallar, jihozlar, ko'rgazmali vositalarning ahamiyati katta. Shuning uchun ota-onalar qo'mitasi, homiylar ko'magida ustaxona tashkil etish maqsadga muvifiq bo'lardi. Unda kerakli jihozlar, asboblarning bo'lishiga erishish lozim.
Shundan so'ng o'qituvchi ta'limdagi yangi-yangi usullardan, yangi pedagogik va axborot texnologiyasi unsurlaridan foydalanib, turli metodik adabiyotlar, milliy hunarmandchilik namunalari va boshqa vositalar ko'magida mehnat ta'limi mashg'ulotlarini tashkil etishi kerak bo'ladi. Ayniqsa, o'quvchilarning yordami, ya'ni dars davomida kerakli jihoz va asbob-uskunalarni uydan keltirish orqali olib borish ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Mustaqil amaliy ishlarda mao’quvchiladagi mohir ustalar, chevarlar, oshpaz, cho'pon, bog'bon va boshqa kasb egalari ko'magidan, maslahatlaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
1-4-sinfda mehnat ta’limi fani mazmuni shartli ravishda umumiy mehnat ta’limi tayyorgarligi uning mazmuniga mavjud bo’lgan kasblar atroflicha ma’lumotlari bilan tanishilgan hamda shu yoshga maxsus tayyorgar-lik qismlaridan iborat. Bu qismlar har bir dars va mashg’ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo’lib, ularni o’qituvchi va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazaridan hisobga olgan holda, tahmin qilib berish, mehnat ta’limi mashg’ulotlarining aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lishini ta’minlash uchun zarur mehnat ta’limi darslarini 1-4-sinfda umumiy va badiiy mehnat kursi xalq amaliy bezak san’atlari sohasidagi ayrim kasblar asoslari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu kurs bo’yicha mashg’ulotlar mazmuni bajarilayotgan mehnat jarayonining ajralmas qismi bo’lgan amaliy eskizlar, jadvallar, rasmlar, naqshlar ishlash va ayrim dizaynerlik qoidalarini o’rgatishdan iborat. Shu nuqtai nazarga asoslangan holda 1-4-sinf mehnat ta’limi o’quv fani tarkibiga quyidagi kurslari kiradi:
Umumiy va badiiy mehnat;
Amaliy ishlar tayyorlash tartibi texnologik asoslari.
Ushbu yo’nalishning har biri yuzasidan quyidagi mavzular bo’yicha o’zoro uyg’unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko’nikmalari shakllantiriladi.
Materialshunoslik asoslari.
Asbob-uskunalar haqida ma’lumot va ularni ishlatish usullari.
Milliy xunarmandchilik kasblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar va o’zoro turdosh kasblar bo’yicha dastlabki tayyorgarlik hamda ularni 5-sinfda o’zoro uyg’unlashtirilgan holda integrasiyalashtirib o’qitish jarayonida amalga oshirib boriladi. 1-4-sinfda ta’lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashlarini kengaytirgan holda olib boriladi. Ular kasb-hunarni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladilar.
Bunda o’quvchilarning tanlagan kasblariga nisbatan qiziqishlari shu kasblar ularning mayillariga muvofiq va qobiliyatlari turlariga mos bo’lishini, kasb tanlashning ongli va mustaqil ravishda amalga oshirilishini, o’quvchilar shaxsiy intilishlari va imkoniyatlarini jamiyat extiyojlari bilan mos kelishini ta’minlash lozim. Bu vazifa tabiiyki 1-4-sinfga kelganda hal qilinadi deb tushunilmasligi lozim. Aslida kasbga yo’naltirilishlari o’quvchilar bilan 1-sinfdan boshlab barcha fanlar mavzular uzviy bog’liqligi asosida ularga kasblar turlari bilan tanishtirish hamda tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-bilim tizim, odam badiy obraz tiplarining qaysi biriga mos ekanligini aniqlash hamda shu yo’nalishida rivojlantirib borib jarayonning natijasi hisoblanadi.
1-4-sinfda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlari maxalliy ixtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, shuningdek isdiqbol-larini belgilovchi chambarchas iboralar tavsiyalari asosida hamda maxalliy kasb-xunar kollejlari va akademik liseylarning yo’nalishlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 1-4-sinf mehnat ta’limi darslarida o’quvchida kasb turlariga oid bilim, ko’nikma va malakalarni maktab joylashgan xududdagi imkoniyat va extiyojlarni hisobga olgan holda tanlanadigan kasb, asosida shakllantiriladi. Hozirgi sharoitni hisobga olgan holda ko’proq maktablarda mehnat ta’limi mashg’ulotlarining mazmuni asosida milliy xunarmandchilik kasblari yo’nalishida olib boriladi. Yirik sanoat ishlab chiqarish rivojlangan xududlardagi maktablarda mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarni shu sanoat sohasiga oid zamonaviy kasblarga yo’naltirish ikoniyatlari yaratilishi lozim.
Tashkiliy vazifalar. Mehnat ta’limi bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv xonasi hamda unda maxsus ish joyi tashkil qilish va ularda xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini tashkil qilish. O’quvchilarni mashg’ulotlar uchun zarur materiallar hom ashyosi, asboblar bilan ta’minlash masalalar mexanizmlari bilan ishlashlarni tashkil qilish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida mehnat ta’limi o’quv faniga 1-4 sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo’lib 4-8 soat vaqt ajratiladi.
O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-xunarga yo’nalti-rishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog’ochga, metallga va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo’jalik asoslari, badiy mehnat texnologiyasi va mashina elementlari yo’nalishlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash ko’zda tutiladi. Maktablarda mehnat ta’limi mazmuni asosan quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.
1. I-IV sinflar keng ko’lamda ishlatiladigan turli xil oddiy materiallar (qog’oz, rangli qog’oz, karton turlari, kalka, poralan, penoplas, paxta va matolar qiyqimlari, plastilin, simlar va boshqalar) bilan tanishtirish ulardan o’yinchoqlar va oddiy buyumlar yasash,halq hunarmandchiligi to’g’risida boshlang’ich tushanchalar berish, o’quvchilarini o’z-o’ziga hizmat ko’rsatishga odatlantirish, uy-ro’zg’or buyumlarining kichraytirilgan nusxalarini modellar, maketlarni tayyorlashni, turli xil shakllar mehnat ta’limi darslariga ajratilgano’quv soatlarini yana bir soatga oshirish maqsadga muvofiqdir, chunki 1 soat davomida o’quvchilarga bajaradigan ishlari to’g’ri-sida umumiy nazariy ma’lumotlar berilsa, keyingi soatda esa aytilgan ish harakat usullari amalda bajariladi, buyumlarni yasash usullari, uslublari o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |