2
Kirish.
Respublikamizda ta’lim – tarbiya sohasini yangicha milliy
asoslarda barpo etishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfati va ta’lim
ustivorligidir”. Bu omil Davlatimizning ijtimoiy – siyosiy rivojlanishini
belgilovchi muhim jarayon bo’lganligi uchun uni amalga oshirishning ilmiy
– nazariy asoslangan butun bir tizimi ishlab chiqildi va hozirda ushbu
yo’nalishdagi ishlarni amalda bajarilishi borasida “Ta’lim to’g’risida”gi
qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” negizida ulug’vor o’zgarishlar
yuz bermoqda. Jamiyatimizda ma’naviy yangilanishda demokratik, huquqiy
davlat qurish kadrlar tayyorlash milliy dasturida asosiy masala hisoblanadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da xalqning boy intilektual merosi va
umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot,
fan, texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida yangi avlodni
shakllantirishga yo’naltirilgan kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish
ustivor maqsad qilib olingan. Bu esa bugungi mustaqil rivojlanish sharoitida
davlat, jamiyat va oila oldida mas’uliyat va javobgarlikni his eta oladigan
yetuk, komil insonni tarbiyalash, ta’lim sohasini milliy – ma’naviy qadriyatlar
asosida rivojlantirish yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi
kadrlar tayyorlashni eng asosiy maqsad qilib qo’yadi.
Tasviriy san’at tarixning hamma bosqichlarida ham ta’lim va
tarbiyaning o’ziga xos manbai bo’lib kelgan. Azal – azaldan nafosat –
tarbiyasi sohasida o’ziga xos pedagogika sifatida uning mukammal uslublari
ustoz va shogird an’analari misolida rivojlanib kelgan.
Barcha fanlar qatori tasviriy san’at fanidan ham Davlat Ta’lim
Standartlarini joriy etilishi milliy merosdan to’laqonli foydalanish va
zamonaviy yo’nalishlarda tasviriy san’atni o’rganish imkonini beradi.
Davlat Ta’lim Standartlari taviriy san’at dasturida tasviriy san’at o’rgatish
3
metodikasi, darslarning taxminiy rejasi, yil, chorak mavzulari, xalq amaliy
san’ati, miniatyura namunalari hamda rassomlarning yangi janrlardagi
kompozitsiyon asarlari kiritilgan.
Tasviriy san’at darslari asosan quyidagi faoliyatlar bo’yicha tashkil
etiladi. Bu faoliyatlar mazmunida o’quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish, ularni tasviriy san’atga qiziqtirish, kuzatish tahlil qilish, mashq
qilish, tasvirlar bajarish, kompozitsiyalar tuzish, ijodkorlik bilan bog’liq
ko’nikma va malakalarni shakllantirish bilan birga ularni tasviriy san’at,
uning rivojlanish tarixi tasviriy san’at tarixida chuqur iz qoldirgan va uning
rivojiga muhim hissa qo’shgan xalq rassomlari, naqqoshlar, me’morlar,
haykaltaroshlar hayoti va ijodi bilan ham sestimali ravishda tanishtirib
borishni nazarda tutadi.
Pedagogik kuzatuvlarimiz shuni ko’rsatadiki, umumta’lim maktablari
o’quvchilari o’zbek mutafakkirlari, yoki ayrim fanlar bo’yicha atoqli
namoyondalar, olimlar, shoirlarni yaxshi bilishgani holda tasviriy san’at
darg’alari rassomlar, naqqoshlar, haykaltaroshlarning ham hayoti va ijodi
haqida bilishlari o’z navbatida ta’limning eng jiddiy muammolarini hal
qilishida o’rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: