O'rta asrlarda jismoniy tarbiya yangi davirda jismoniy tarbiya



Download 1,57 Mb.
bet1/4
Sana11.03.2022
Hajmi1,57 Mb.
#491386
  1   2   3   4
Bog'liq
Jumaboyev


O'rta asrlarda jismoniy tarbiya yangi davirda jismoniy tarbiya
Bajardi: Jumaboyev Davronbek
Tekshirdi:Zokirov U
O‘rta asrlarda jismoniy tarbiya. Yangi davrda jismoniy tarbiya.
Reja:
1. Yevropa mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.
2. Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarida jismoniy tarbiya va sport.
3. Uyg'onish davrida jismoniy tarbiya tizimi va pedagogik g'oyalaming paydo bo'lishi.
4. Olimpiya an’analarini qayta tiklash harakati.
5. Gimnastika tizimlari.
6. Sport o‘yin tizimlari.
7. Jismoniy madaniyatda reakreatsion harakatlar.
8. Havaskorlik va professional sport.
Yevropa mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.
O’rta asr davri eramizning V—VII asrlariga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda feodal tuzumi G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, Osiyo hamda Shimoliy Afrikada vujudga kelib, u rivojlanib boradi. Markaziy Amerika, Avstraliya qit’alari, Osiyoning shimoliy viloyatlarida esa bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi yoki ilk quldorchilik tuzumi hukm surgan. Demak, jahondagi xalqlar turli-tuman ijtimoiy sharoitlarda yashab, o‘z madaniyatlarini bir-birlari hisobiga to‘ldirganlar hamda boyitganlar.
Yevropa. Feodal tuzumi davrida asosan ritsarlar va diniy arboblar hukmronlik qilganlar. Ular, asosan, krepostnoy dehqonlar va hunarmand aholini ezish va ishlatish asosiga yashaganlar. O'rta asrlar davomida madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sport ham rivojlangan. Bir necha yuz yillar davomida katolik dini aqliy va jismoniy tarbiyaga salbiy ta’sir o'tkazib keldi. Xristian dini ta’lim va tarbiya sohasida o‘zining hukmronligini ustun qo‘ydi. Bunda faqat ruhiyat va oxirat haqida ta’limot olg'a surildi. Dinning ta’siri natijasida maktablar va univereitetlarda jismoniy tarbiyaga e’tibor be- rilmadi. Cherkov feodal tuzumiga yordam berish maqsadida ritsarlik katolisizmini keng tarqatdi. Salb (xoch) yurishlari- dagi ritsarlik faoliyatlarida jismoniy tayyorgarlikka ehtiyoj sezilib, shu sababdan, ularni tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi hamda ritsarlik jismoniy tarbiya tizimi tashkil etildi. Bunda, asosan, harbiy ishning amaliy xususiyatiga tayanildi. Ritsarlarni tarbiyalashda otda yurish, qilichbozlik, ov suzish, kamondan o‘q otish, shaxmat o‘yini, she’r aytish kabilardan foydalaniladi. 7—14 yoshdagi bo‘lajak ritsarlar obro‘li feodal ayollar tarbiyasini olgan.
Bolalar orasidan tanlab olingan 14 yoshga to‘lganlar qurollarni ishlatish bo'yicha tayyorlanardi. 21 yoshda esa ular bevosita ritsar- likka jalb qilingan. Ular har qanday xizmatni bajarishga tay- yor bo'lishi uchun kuch va chidamlilikka erishish yo'lida jismoniy mashqlar bilan shug'ullanganlar. Bunda o'yinlar va sport muhim o‘rin tutgan. O'yinlar, harakatlar harbiy xususi- yatga ega bo'lgan sport o'yinlari ichida fransuzcha «Je de pom» (tennisga o'xshash), inglizcha «so'l» (futbolga o'x- shash), gollandcha «Gold» o'yinlari ko'proq qo'llanilgan. Harbiy tayyorgarlik mashqlarida shahar devorlariga hujum, qasr va qo'rg'onlami o'rab olib, qamal qilish udumga kirgan. Buning uchun sun’iy joylar tayyorlangan. Sport turlari orasida qilichbozlik, otda yurish, kurash, nayza uloqtirish, bosqon irg'itish, uzunlikka sakrash, kamondan o'q otish, suzish kabi mashg'ulotlarga keng o'rin berilgan.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish