Kirish,,O'rta asrlar tarixi haqida



Download 371 Kb.
bet2/2
Sana12.01.2017
Hajmi371 Kb.
#282
1   2
Franklar haqida. ,,Frank" so'zi - jasur, erkin degan ma'-nolarni anglatadi. Bu atama qator german qabilalariga nisbatan qo'llaniladigan umumiy nom edi. Franklar asosan Reyn daryosining o'rta va quyi oqim bo'ylarida yashaganlar.

Franklar dengiz bo'yi (sail) va qirg'oq (ripuar) franklariga bo'linganlar.

Franklarning G'arbiy Rim imperiyasi bilan munosabatlari bir xilda kechmagan. Ular bir-birlari bilan ba'zan dushman, ba'zan ittifoqchi bo'lganlar.

Sali franklari ancha kuchli edi. Ular Xlodvig hukmronlik qilgan yillarda (481-511) nihoyatda kuchaygan.

Davlatning tashkil topishi. Xlodvig tez orada barcha frank qabilalari ustidan hukmronlik o'rnatgan va 486- yilda Shi-moliy Galliyani egallagan. Shu tariqa Franklar davlati (hozirgi Fransiya shu nomdan olingan) tashkil topgan.

Bu davlat qirollik davlati edi.

Yodda tuting

4S6- yilda Franklar davlati tashkil etildi. davlatning asoschisi bo'ldi.

Qirol Xlodvig Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukm-ronligiga asos solgan. Sulola nomi Xlodvigning ajdodi Merovey nomidan olingan. U sali franklariga yetakchilik qilganlardan biri edi.

Qirol hokimiyati tobora kuchayib borgan. U davlat boshqaruvining barcha sohalarini o'z qo'liga olgan. Uning hokimiyati yirik yer egaligiga va harbiy kuchga asoslangan. Davlatni o'z mulki kabi boshqargan. Xlodvig mamlakatni viloyatlarga bo'lgan. Ularni qirol tayin-laydigan graflar boshqargan.

,,SaIi haqiqati". ,,Sali haqiqati" franklar qonunlari to'plami edi. To'plam franklarning asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganliklaridan dalolat beradi.

Qonunga ko'ra yer ikki qismga: shaxsiy yerlar va jamoa yerlariga bo'lingan. Yaylov hamda o'rmonlardan esa hamma birgalikda foydalangan.

Ayollarga yer berish yoki meros qoldirish taqiqlangan. Bunda ayollarning vaqti kelib urug'dan chetga chiqib ketishlari hisobga olingan.

,,Sali haqiqati" odamlar o'rtasida tabaqalanish ro'y berganligini tasdiqlaydi. Chunonchi, qirol jangchilarining xuni oddiy erkin frank xunidan uch marta ko'p bo'lgan. ,,Sali haqiqati"ga ko'ra o'ldirilgan urug' a'zosi uchun o'ldirgan urug' xun to'lagan.

Xristian dinining qabul qilinishi. Xlodvig uzoqni ko'ra oluvchi hukmdor bo'lgan. Bu xususiyat uning dinga munosabatida ham qo'l kelgan. Xlodvig va uning qurolli kuchlari 486: yilda xristian dinini qabul qildilar. Tez orada barcha franklar shu dinga o'tganlar. Bu hodisa qirollikning yanada mustahkamlanishiga sharoit yaratgan. Nufuzli ruhoniylar Xlodvigni qo'llab-quvvatlaganlar.

VI asrning ikkinchi yarmiga kelib Frank qirolligi barcha german qirolliklari ichida eng kattasi va qudratlisiga aylangan.

Katta yer egaligining o'sishi. Franklarda katta yer egaligining qaror topishi tobora kuchayib borgan. Bu jarayon IX asrga kelib tugallangan. Jamiyat katta yer egalari (feodallar) va qaram dehqon-(krepostnoy)larga bo'lingan.

Bu hodisa qay tariqa yuz bergan?

VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklarda yer xususiy mulkka aylandi. Bu - yeri bor mulkdor o'z yerini xohlasa o'zida

qoldirish, xohlasa sotish, almashtirish, taqdim etish yoki meros qoldirish, yana yer sotib olish huquqiga ega, degani edi. Bunday taitibdan kam yerli oddiy, erkin franklar eng ko'p jabr ko'rganlar.

Tabiiy ofatlar, tinimsiz urushlar, qarzga botib qolish, soliqlarni to'lay olmaslik va boshqa qator omillar ularni xonavayron qilgan. Natijada oddiy, erkin frank o'ziga tegishli yerni boy qo'shnisiga arzon-garovga sotishga majbur bo'lgan.

Bundan tashqari, o'z qo'shiniga ega bo'lish huquqi bor bo'lgan graflar jangchilarga xizmati uchun yer berar edilar. Ular o'z yerlarini kengaytirish maqsadida qashshoqlashib qolgan erkin franklardan yerlar sotib olardilar.

Yeridan ajralgan sobiq erkin frank katta yer egalariga qaram krepostnoyga aylanardi. Yer egasi unga chek yer bergan. Krepostnoy endi ham o 'zining chek yerida, ham katta yer egasining yerida ishlashga majbur bo'lgan. Chek yerda yetishtirgan hosilining bir qismini feodalga soliq sifatida to'lagan. Shu tariqa feodal majburiyat shakllari bo'lgan barshchina va obrok vujudga kelgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Barshchina - qaram dehqonning feodal yerini ishlab berishi.

Graf - viloyat hokimi.

Obrok - qaram dehqonning o'ziga berilgan chek yerda yetishtir¬gan hosilning feodalga soliq sifatida to'laydigan qismi.

Qirollik davlati - oliy hokimiyatni meros tariqasida o'z qo'lida tutuvchi hukmdor boshqaradigan davlat.

3-§. Franklar imperiyasi

Tayanch tushunchalar

Karolinglar sulolasi. Buyuk Karl imperiyasi. Imperiyaning parcha-lanishi. Verden shartnomasi.

Karolinglar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi.

Merovinglar sulolasi hokimiyati Xlodvig vafotidan so'ng tobora zaiflashib borgan. Bunga katta yer egaligining kuchayib borishi va o'zaro urushlar sabab bo'lgan. Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukmronligi 751 - yilgacha davom etgan.

751- yilda Franklar davlatida yangi sulola - karolinglar sulolasi hukmronligi boshlangan. Sulola asoschisi Pipin 751 - yilda Frank qiroli deb e'lon qilingan.

Qirol Pipin Rim cherkovi bilan do'stona munosabat o'rnatgan. Rim Papasining ko'rsatmasi bilan Pipinni qirol deb tan olish marosimi o'tkazilgan.

Pipin esa Rim Papasi Stefan II ga Rim viloyatini hadya etgan. Shu tariqa VIII asr o'rtalariga kelib Yevropada Rim Papasi davlati vujudga kelgan.

Uddaburon Pipin mana shu yo'l bilan cherkovning qo'Ilab-quvvatlashiga erishgan.

Buyuk Karl hukmronligi. Pipin 768- yilda vafot etgach, taxtga o*g*li Karl o'tiradi. Unga keyinchalik Frank davlati oldidagi xizmatlari uchun ,3uyuk" laqabi berilgan. U mohir sarkarda, davlat arbobi, jasur, zabardast va matonatli shaxs bo'lgan.

O'rta asrlarda Buyuk Karl to'g'risida juda ko'p afsonalar to'qilgan, qo'shiqlar yaratilgan. Ularda uning qahramonliklari, adolatparvarligi va donoligi madh etilgan.

Buyuk Karlning istilochilik urush-lari. Buyuk Karl hukmronligi yillarida (768-814) 50 dan ortiq harbiy yurishlar uyushtirgan. Bular istilochilik urushlari edi. 772- yilda u dastlab Italiya hududida tashkil "topgan Langobardlar qirolligiga qarshi yurish boshlagan. 776- yilda qirollik hu-dudlari Franklar davlati tarkibiga qo'shib olindi.

778- yilda Ispaniyaga qarshi yurish qilgan. Bu davrda Ispaniyada arablar hukrnronlik qilardi.

Buyuk Karl oxir-oqibatda bu mamlakatrung kichik bir viloyatini egallay oldi, xolos.

Unga Ispan markasi deb nom berilib, keyinchalik bu viloyat Barselona grafligi deyilgan.

Buyuk Karl sakslarni bo'ysundirish uchun ko'p kuch sarflagan. Sakslar franklardan keyingi eng katta german qabilasi bo'lgan edi. Ular Reyn daryosidan Elba daryosigacha cho'zilgan juda katta hududda yashar edilar. U yerlar serunum bo'lganligi sababli frank feodallarini bosqinchilik urushlariga undar edi.

Franklar davlati sakslarni bo'ysundirmasdan turib, Boltiq dengiziga chiqa olmas, shuningdek, bu dengiz orqali olib boriladigan savdo-sotiq ishlarida yetakchi o'rinni egallay olmasdi. Dengiz savdosidan tushadigan katta bojga ham egalik qilolmasdi. Sakslarga qarshi olib borilgan urush 30 yildan ortiq davom etdi (772 - 804). Sakslarni bo'ysundirishda Franklar davlatiga Rim cherkovi ham yordam bergan.

Bundan tashqari, Buyuk Karl katta yer maydonlari in'om etish hisobiga saks zodagonlarini o'z tomoniga og'dirib olgan.

Nihoy at, sakslar bo 'y sundirilgach, ularning y erlarida ham grafliklar tuzilgan.

Buyuk Karl imperiyasi. Shu tariqa Frank qirolligi hududlari nihoyatda kengaya borgan. Bunga Buyuk Karl va uning safdoshlari 476- yilda barham topgan G'arbiy Rim imperiyasining qayta tiklanishi sifatida qaraganlar.

Endi Buyuk Karl imperatorlik tojini orzu qila boshlaydi. Tez orada uning bu orzusi ro'yobga chiqqan.

Rim Papasi 800- yilda Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasida Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydirgan. Shu davrdan boshlab u rimliklar imperatori deb atala boshlangan. E'tibor bering, u franklar imperatori emas, rimliklar imperatori deb e'lon qilindi. Nega shunday bo'ldi, axir bu davrda rimliklar degan xalq yo'q edi-ku? Bu Rim imperiyasi davri an'a-nasining IX asrda ham odamlarga hamon katta ta'sir ko'rsatishda davom etganligining natijasi edi.

O'sha davrning boshqa mashhur imperiyalari - Vizantiya imperiyasi va Arab xalifaligi ham tez orada Buyuk Karl imperatorligini tan olgan.

Yodda tilting

800- yilda Buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi.

Imperiyaning parchalanishi. Bu davrda katta yer egalari — feodallarning mavqei yanada kuchayib borgan.

Chunki Buyuk Karl bora-bora harbiy xizmatni faqat feodallar imtiyoziga aylantirgan. O'z navbatida bu omil imperatorni franklar jamiyatining asosiy tayanchi bo'lgan erkin franklar madadidan mahrum etgan.

Feodallarga harbiy xizmati evaziga istilochilik urushlari natijasida egallangan katta-katta yer maydonlari in'om etilgan. Bu yerlar otadan bolaga meros bo'lib o'tgan.

Yirik feodallar o'nlab, yuzlab qishloqlarga egalik qilganlar. Imperator tomonidan immunitet yorliqlarinmg berilishi ularning mav-qeini yanada oshirgan. Feodallar bora-bora markaziy hokimiyatga bo'ysunmay qo'yganlar. Ayni paytda o'zlarining mahalliy hokimiya-tini mustahkamlab borganlar.

Yevropa shu tariqa DC - XI asrlarni o'z ichiga olgan feodal tarqoqlik davrini boshidan kechirgan.

Buyuk Karl 814- yilda vafot etgan. Uning vafotidan so 'ng imperiyaning parchalanish jarayoni yanada kuchaygan, taxt vorislari o'rtasida o'zaro kurash avj olgan. Bu omillar markaziy hokimiyatni tobora zaiflashtirgan.

Verden shartnomasi. Oxir-oqibatda Buyuk Karlning uch nabirasi (Lotar, Lyudovik Nemis va Karl) 843- yilda Verden shahrida imperiyani bo*lish haqidagi shartnomani imzolaganlar. Buning natijasida imperiya amalda bir-biridan mustaqil uch davlatga bo'lingan. Bular: Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari edi. Buyuk Karl tuzgan imperiya shu tariqa parchalangan.

Yodda tuting

843- yilda imperiya bir-biridan mustaqil uch davlatga bo 'lindi.

Karolinglar sulolasining Fransiyadagi hukmronligi 987-yilgacha davom etgan. 987- yilda Parij viloyatining birinchi grafi bo'lgan Robert Zo'rning avlodi Gugo Kapet Fransiya taxtini egallagan. Shu tariqa Fransiyada yangi sulola - kapetinglar sulolasi hukmronligi boshlangan.

Bu sulola vakillari yana bir necha asrlardan so'nggina Fransiyani to'la birlashtira olganlar va markazlashgan davlat barpo etganlar.

Atama mazmunini bilib oling

Immunitet yorlig'i - feodallar yer-mulkining daxlsizligi ha-qidagi hujjat.

4-§. Muqaddas Rim imperiyasi

Tayanch tiishunchalar

Germaniya imperiyasining tashkil topishi. Muqaddas Rim impe-riyasi. Imperatorlar va Rim Papasi o'rtasidagi kurash. Vorms konkordati.

Karolinglar hukmronligi davri. Muqaddas Rim imperiyasi deyilganda Germaniya imperiyasi tushuniladi. Verden shartnomasiga ko'ra, ,,Sharqiy franklar yerlari" (Germaniya) Buyuk Karlning nabirasi Lyudovik Nemisga tekkan edi. Karolinglar sulolasi Germaniyada 919- yilgacha hukmronlik qildi. Garchand kechroq bo'lsa-da, Germaniyada ham feodal tartiblar qaror topgan.

Gersog va graflar yirik feodallardan bo'lib, ular qirol hokimiya-tining zaiflashuvidan birinchi navbatda manfaatdor edilar. Oxir-oqibatda ular shunga erishganlarki, karolinglar sulolasi hokimiyati Germaniyada hech qanday ahamiyatga ega bo'lmay qolgan.

Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi. 919- yilda Germaniya feodallari Saksoniya gersogi Genrix I ni qirollik taxtiga o'tqazganlar. Shu tariqa Germaniyada saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi davri boshlangan.

Genrix I hukmronligi davrida qirol hokimiyati kuchaydi. Bunga uzluksiz istilochilik urushlari olib borilganligi sabab bo'ldi. Bu urushlar feodallarni o'z kuchlarini birlashtirishga majbur etardi. Qirol feodallar uchun qo'shin sarkardasi sifatida zarur edi. Bu hoi ularni istasa-istamasa qirol hokimiyatiga bo'ysunishga majbur etardi.

Qolaversa, Germaniyada qirol hokimiyati ko'p sonli, uyushgan ritsarlarga tayanardi. Genrix I ning bosqinchilik urushlari natijasida qirollik hududlari yanada kengaygan.

Germaniya imperiyasining tashkil topishi. 936- yilda Germaniya taxtiga Otton I o'tirdi. U Genrix I ning o'g'li edi. Ot¬ton I davrida qirol hokimiyati yanada kuchaydi. Hokimiyat bunga cherkov bilan do'stona aloqa o'rnatish, qarindosh-urug'chilik munosabatlarini yo'lga qo'yish vositalari orqali erishdi. Yepis-koplarga immunitet huquqini berdi. Ularga ko'plab yer taqdim etdi,

Otton I otasining bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Chunonchi, 951- yilda Shimoliy Italiyani egallashga muvaffaq bo'ldi.

Rim Papasi bilan yaxshi munosabatda ekanligi Otton I ning Italiyani egallashida qo'l keldi.

Bu davrda Papaning Italiya feodallari bilan munosabati buzilgan edi. 961- yilda Otton I Rim Papasi loann XII ni Papa taxtiga o'tqazdi.

Rim Papasi minnatdorchilik eva-ziga 962- yilda Otton I ga imperatorlik tojini kiygazdi. Shu tariqa Germaniya imperiyasi tashkil topdi.

Buyuk Karlga imperatorlik toji kiydirilib, u Rim imperatori deb e'lon qilinganidek, Otton I ham Rim impe¬ratori deb e'lon qilindi.

Yangi imperiyaga ,,Muqaddas Rim imperiyasi" degan nom berildi.

Yodda tuting

962- yilda Germaniya imperiyasi tashkil lopdi. U ,,Muqaddas Rim imperiyasi" deb ataldi. Imperiya asoschisi Otton I edi.

Imperatorlik unvoni Otton I ga butun Italiya ustidan o'z nazoratini o'rnatish huquqini berdi. Otton I qo'shni imperiya - Vizantiya bilan munosabatlarini nikohlar orqali yaxshilashga erishdi.

Otton I vafotidan so 'ng taxt vorislari otasidek hukmdor bo' la olmadilar. Bu saksoniyaliklar sulolasi hokimiyatini yanada zaiflashtirdi. Gersoglar o'z knyazliklarini to'la mustaqil hukmdorlar sifatida boshqara boshladilar.

Yangi sulolaning hokimiyat tepasiga kelishi. Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi 1024- yilda barham topdi. Shu yili Germaniyada Frankoniya sulolasi hukmronligi o'rnatildi. Frankoniya Germaniyaning Saksoniyadan keyingi ikkinchi yirik gersogligi edi. Konrad n yangi sulola hukmronligiga asos soldi. Uning hokimiyati ritsarlarga tayanar edi.

Konrad II ritsarlarga beriladigan chek yerlar (len)ni meros qoldirish to'g'risida qonun chiqardi. Bu qonun Italiya va Germaniyada joriy etildi.

Frankoniya sulolasi hukmronligi (1024 - 1125) davrida imperiyani yuksaltirish va markazlashtirish borasida muvaffaqiyatlarga erishildi. Biroq bu muvaffaqiyatlarbora-bora feodallar va ruhoniylarning o'zaro kurashlari natijasida yo'qqa chiqarildi.

Sulola va Rim papalari o'rtasidagi ziddiyat. Rim Papasi Rim ruhoniylari va dunyoviy feodallar tomonidan saylanar edi. Bu esa hokimiyatning Papa sayloviga aralashishiga yo'l ochib berardi.

Bundan tashqari, Gerraaniya irnperatorlari cherkov yerlarini davlatga qarashli qirol yerlarining bir qismi, deb hisoblardilar.

XI asrga kelib ruhoniylar Papa saylashda dunyoviy feodallarning ishtirokiga qarshi chiqdilar. Bu harakat tashkilotchisi Rim Papasi Grigoriy VII bo'ldi. U hatto Rim Papasi imperator va qirollarni taxtdan tushira oladi, deb da'vo qildi. Papa ustidan esa hech kirn, hech qanday hukm chiqara olmaydi, deb hisoblardi.

Grigoriy VH Papani faqat ruhoniylar saylaydigan tartibni joriy etdi. Yepiskoplarga ruhoniylik lavozimiga tayinlanganlik haqida beriladigan yorliq va maxsus belgi (uzuk va hassa)ni dunyoviy hukmdor berishini bekor qildi.

Tabiiyki, bunday da'volarga imperator va qirollar toqat qila olmas

edilar.


Imperatorlar va Rim papalari kurashi. Imperator Genrix IV Rim Papasi qarorlariga keskin norozilik bildirdi. Uning talabi bilan german yepiskoplari va oliy tabaqali feodallar yig'ilishi 1076- yilda Grigoriy VII ni Papalik taxtidan tushirish haqida qaror qabul qildi.

Bunga javoban Grigoriy VII Rimda Genrix IV ni taxtdan tushirilgan deb e'lon qildi. Ayni paytda imperiya fuqarolarini imperatorga sodiqlik to'g'risida ichgan qasamlaridan xalos etdi.

Bu hodisalardan so'ng imperator va Papa o'rtasidagi kurash yanada jiddiy tus oldi. Bu kurash deyarli yarim asr davom etdi, nihoyat imperator Genrix V davrida ikki o'rtada shartnoma imzolanishi bilan yakunlandi. Bu shartnoma tarixga Vorms konkordati nomi bilan kirgan. Shartnoma 1122- yilda imzolangan.

Yodda tuting

Imperatorlar va Rim papalari o'rtasidagi kurash 7722-yilda Vorms konkordati imzolanishi bilan tugadi.

Unga ko'ra, imperator yoki uning vakillari faqat Germaniyadagina yepiskop saylashda qatnashadigan bo'lganlar. Ko'p yillik kurashlar davrida cherkovdan tortib olingan yerlar yana cherkovga qaytarib berilgan.

Yepiskoplikka saylangan ruhoniyning saylanganligi haqidagi belgi ikki qismga bo'lingan. Birinchisi uzuk va hassa bo'lib, u Papa tomonidan berilgan. Ikkinchisi imperiya hassasi bo'lib, uni imperator taqdim etgan. Imperiya hassasi yepiskoplarning imperator vassali ekanligini anglatib turuvchi ramziy ma'noni bildirgan.

Bundan tashqari, imperator Rim Papasining ruhoniylar saylashi taftibini ham tan olgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Immunitet huquqi - yepiskoplar shaxsi daxlsizligi. Ritsarlar - barcha harbiy anjom va qurol-yarog'ga hamda maxsus harbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan otliq askarlar.

5-§. V - XI asrlarda Angliya

Tayanch tushunchalar

Germanlarning Britaniyaga kirib kelishi. Angl-saks sulolasi. ,,Donolar kengashi". Lord.

Angliyaning birlashtirilishi. Bugungi kunda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo'shma qirolligi davlati Angliya deb ham ataladi.

Bu davlatning V - XI asrlardagi tarixi qanday kechgan?

V asrgacha Britaniya Rimga qaram edi. Rimliklar V asrda o'z qo'shinlarini olib chiqib ketgach, Britaniya mayda-mayda qirolliklarga bo'linib ketgan. V asrning o'rtalaridan boshlab esa Britaniyaga german qabilalari bo'lmish angllar, saksiar va yutlar bostirib kira boshlagan. Bu bosqinlar natijasida Britaniyada germanlarning o'ndan ortiq qirolliklari tashkil etilgan. Ular gegemonlik qilish uchun o'zaro shiddatli urushlar olib borishgan.

VIII asr o'rtalariga kelib Uesseks qirolligi yetakchi qirollikka aylangan. Uning qiroli Ekbert (802 - 839) 829- yilda butun mamlakatni yagona davlatga birlashtirishga erishgan.

Angliya - Daniya munosabatlari. Birlashgan angl-saks qirolligining asosiy dushmani IX asrda tashkil topgan Daniya qirolligi edi. Daniya qirolligi salkam uch asr davomida Angliyaga hujum uyushtirib turdi.

866- yilgi hujum natijasida Daniya Angliyaning katta qismini bosib oldi. Angliya qiroli Buyuk Alfred 879- yilda daniyaliklar bilan sulh shartnomasi tuzishga erishdi. Unga ko'ra Angliya ikki qismga bo'lindi. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismi Daniyaga berildi.

X asr oxiri - XI asr boshlarida Daniyaning tajovuzi yanada kuchaydi. Buning oqibatida Angliya davlat mustaqilligini butunlay

yo'qotdi. Bu hodisa Daniya qiroli Kanut hukmronligi davrida (1017 -1035) yuz berdi. U bu istilo natijasida Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Angliya va Shotlandiyadan iborat Shimoliy davlat deb ataluvchi davlat tuzdi. Angliya Daniyaga katta miqdorda soliqto'lashgamajburetildi. Biroq kuch bilan birlashtirilgan davlat uzoq yashamadi. Qirol Kanut vafotidan so'ng u parchalanib ketdi.

1042- yilda Angliyada yana angl-saks sulolasi hukmronligi tiklandi. Qirollik taxtini Eduard egalladi. Uning hokimiyati mustahkam emas edi. Shu tufayli u Normandiya gersogligi (Fransiyada) bilan yaqin-lashish yo'lini tutgan.

Normandiya gersogi Wgelm qirol Eduardning vafotidan so'ng Angliya taxtini bosib oldi. 1066- yili u Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Shu tariqa Angliya tarixida angl-saks sulolasi hukmronligi davri barham topdi.

Ijtimoiy hayot. Angl-sakslarda urug'chilik munosabatlari uzoq davom etgan. Aholining asosiy qismi erkin kishilardan tashkil topgan. Ular mustaqil dehqonlar bo'lib, gaydalarga ega bo'lganlar.

Ayni paytda jamiyatda tabaqalanish jarayoni ham kuchayib borgan. Chunonchi, katta yer egasining xuni mustaqil dehqon xunidan 6 marta ko'p bo'lgan. Aholi tarkibida yarim erkin kishilar qatlami ham mavjud bo'lgan. Ular o'z yerlariga ega emasdilar. Erkin kishilar ma'lum shartlar evaziga erl\ai yerini ishlab berganlar.

Angl-saks jamiyatida jamoa boshqaruvi mavjud edi. Uning asosi qishloq bo'lib, oqsoqol boshqargan. Mamlakat grafliklarga bo'lingan. Ularni sherif deb ataluvchi davlat amaldori boshqargan. Sheriflar qishloq jamoalari vakillarining majlisi (u yuzboshilar majlisi deb atalgan) bilan hisoblashishga majbur bo'lganlar.

Qirol huzurida ,,Donolar kengashi" (vitenagemont) chaqirilib turilgan. Bu kengash katta vakolatlarga ega edi. Chunonchi, u qirol chiqargan qonunlarni tasdiqlagan. Kengashning tasdig'isiz qirolning biror-bir in'omi amalga oshmas edi. Kengash, ayni paytda, davlatning Oliy sudi hisoblanardi.

U qirol saylash va uni taxtdan mahrum etish vakolatiga ham ega bo'lgan.

X asrga kelib ijtimoiy hayotda chuqur o'zgarishlar yuz bergan. Katta yer egaligi tobora avj ola boshlagan. Qirol maxsus yorliqlari bilan yirik feodallar va cherkovga ular foydalanib kelgan yerlarni xususiy mulk qilib bera boshlagan.

Bundan tashqari, katta yer egalariga dehqonlarni sud qilish va ulardan soliq yig'ish huquqi ham berilgan. Feodal munosabatlarning chuqurlashib borishi dehqonlar chek yerlari hajmining kamayishiga olib kelgan. Oqibatda dehqonlar o'z yerlarining 3/4 qismini yo'qotganlar.

Dehqonlar katta yer egalari ,,homiyligiga" o'tishga majbur edilar. Qirol Etelstanning 930- yilda chiqargan farmoniga ko'ra, har bir erkin kishi o'ziga xo'jayin (lord) topishi shart edi. Davlat shu tariqa dehqonlarning katta yer egalariga qaram bo'lib borishini qonunlashtirib qo'ygan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Erl - katta yer egasi.

Gayda - miqdori 50 gektar (1 20 akr )ga teng bo'lgan yer may-

doni. Gegemonlik - hukmron bo'lishga intilish.

6-§. VI - XI asrlarda Vizantiya imperiyasi

Imperiyaning tashkil topishi. 395- yilda qadimgi Rim imperiyasi G'arbiy va Sharqiy qismlarga bo'linib ketdi. Sharqiy qism Vizantiya deb atala boshlandi. Shu tariqa yangi davlat - Vizantiya imperiyasi vujudga keldi. Imperiya 1453- yilgacha yashadi. Konstantinopol (hozirgi Istanbul shahri) impe-riyaning poytaxti bo'lib qoldi. Bu shahar o'rnida qadimda Vizantiy shahri bo'lgan. Imperiya nomi shu shahar nomidan olingan.

Imperiya tarkibiga Bolqon yarim oroli, Yunoniston, Kichik Osiyo, Misr, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, shuningdek, Kavkazortining bir qismi hamda Qrimning janubiy qirg'oqlaridan iborat hududlar kirgan. Imperiya tashkil topgan davrdan XI asrning birinchi yarmigacha uni beshta sulola vakillari boshqargan. Yodda tutiug

Vizantiya imperiyasi 395- yilda tashkil topgan.

Vizantiya taraqqiyoti xususiyatlari. Vizantiya imperiyasi G'arbiy Rim imperiyasiga qaraganda mustahkam davlat edi. Vi¬zantiy ada G'arbiy Rim imperiyasini yemirayotgan qulchilik muno¬sabatlari deyarli yo'q edi. Yerga ishlov berishda asosan erkin deh¬qonlar mehnatidan foydalanilardi. Bu mehnat moddiy manfaat-dorlikka ham asoslangan. Bu esa yerdan yuqori hosil olish imkonini berardi. Bundan tashqari, imperiya hududi boy va madaniy o'lka-lardan iborat edi.

Vizantiya shaharlari savdo-sotiq markazlariga aylangan. Ularda hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Imperiya hayotida, ayniqsa, poytaxt Konstantinopol shahri katta ahamiyat kasb etgan.

Ayni paytda Konstantinopoldan ikkita muhim savdo yo'li o'tgan. Ulardan bin karvon yo'li, ikkinchisi suv yo'li bo'lgan. Karvon yo'li Yevropani Osiyo bilan, suv yo'li esa Qora dengizni O'rta Yer dengizi bilan bog'lagan.

Yodda luting

Konstantinopol shahri r,g'oyat katta zeb-ziynat ustaxonasi" deb atalgan.

Vizantiya oltin puli xalqaro savdo puli vazifasini bajargan.

Hunarmandchilik va tashqi savdo imperiya xazinasini boyit-gan. Vizantiya imperator Yustinian davrida (527 - 565) g'oyatda yuksalgan.

Eslang

Yustinian hukmronligi davrida Osiyoning Oltoy va Janubiy Sibir hududlarida qanday voqea yuz berdi?



Vizantiyaning zaiflashuvi. Har qanday imperiya kuch bilan tashkil etilgan. Jumladan, Vizantiya ham bundan mustasno bo 'Imagan. Bu hoi qachondir imperiyaga pand berishi muqarrar edi. Vizantiyada ham shunday bo'lgan. Og'ir soliqlar mehnatkash aholini tobora xonavayron qilgan. Bunga javoban ular qo'zg'olon ko'targanlar. Qo'zg'olonlarning eng qudratlisi 821- yilda Kichik Osiyoda yuz berdi. Unda erkin jamoachi dehqonlar, qaram ijarachi krepostnoylar qatnashganlar. Unga Foma Slavyan rahbarlik qilgan. Qo'zg'olon 823-yilda bostirilgan bo'lsa-da, imperiyani uzoq vaqt larzaga solgan. Bosib olingan o'lkalarda mustaqillik uchun kurash kuchaygan. Natijada imperiya zaiflasha borgan. Bundan foydalangan slavyan xalqlari Bolqon yarim orolini egallab, o*z davlatlarini tashkil etishga kirish-ganlar. Imperiya yana bir boshqa imperiya - Arab xalifaligi hujumiga ham uchragan. Arablar Suriya, Misr, Kipr va Rodos orollarini bosib olganlar. Imperiya hududi Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolining janubiy qismi bilangina cheklanib qolgan. Aholi tarkibida slavyanlar soni tobora ortib borgan.

IX asrning ikkinchi yarmiga kelib arablar endi Vizantiyaga xavf solmay qo'ydi. Chunki bu davrda xalifalik amalda qator mustaqil davlatlarga bo'linib ketgan edi.

Imperiya o'z hududlarini hatto kengaytirib ham oldi. Biroq bu muvaffaqiyatlar ko'pga cho'zilmadi. Yirik mulkdorlar hokimiyati tobora kuchayib bordi. Ular davlat va qo'shinning yuqori lavozimlarini egallab olganlar. O'z hokimiyatlarini yanada mustahkamlash maqsadida imperatorlarga qarshi,/?malar uyushtirganlar.

Imperiya qo'shini tobora qisqarib borgan. Bunga krepostnoylarning askarlikka olinmasligi sabab bo'lgan. Qashshoqlashgan erkin dehqonlaming ot va qurol-yarog* sotib olishga pullari yo'q edi. Ayni paytda imperiyada separatchilik kuchaygan.

Bu omillar imperiyani zaiflashtirmay qo'ymas edi. Oqibatda XI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Vizantiya tashqi dushmanlaridan birin-ketin mag'lubiyatga uchray boshlagan.

Ulardan biri saljuqiylar edi. 1071- yilda saljuqiylar Vizantiya qo'shinini mag'lubiyatga uchratgan. Keyinchalik Kichik Osiyo, Suriya va Falastin ham saljuqiylarga qaram bo'lib qolgan.

Atamalar mazrnunini bilib oling

Fitna - biror shaxsni yo'q qilish maqsadida uyushtiriladigan yashirin til biriktirish.

Separatchilik - imperiya tarkibidagi u yoki bu xalqning ajralib chiqib, mustaqil davlat tuzishga intilishi.

7-§. Slavyan davlatlarining tashkil topishi

Tayanch tushunchalar

Slavyanlar. Chexiya davlati. Polsha davlati. Bolgariya davlati. Bogomillik.

Slavyan xalqlari haqida. Markaziy va Sharqiy Yev-ropada qadimdan slavyan qabilalari yashab kelganlar. Ular yashagan hududlar Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo'lgan ulkan maydonni egallagan.

VII asrda slavyan xalqlari g'arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo'linib ketganlar.

Chexlar, polyaklar va slovaklar g'arbiy slavyanlarni; bolgarlar, serblar va xorvatlar janubiy.slavyanlarni; ruslar, ukrainlar va beloruslar esa sharqiy slavyanlarni tashkil etganlar.

Sharqiy slavyanlarda IX asrgacha davlat bo'lmagan. Bungacha ular urug'chilik tuzumida yashagantar. Yer qishloq yoki urug'chilik jamoasining mulki bo'lgan. Qabila hayotiga tegishli masalalar vecheda ko'rib chiqilgan.

Chexiya davlati. X asr boshlarida Chexiya davlati tashkil topdi. Germaniya bu davlatni o'ziga bo'ysundirishga zo'r berib urindi. 1041- yilga kelib Chexiya Germaniyaning vassaliga aylandi. Ayni paytda Chexiya knyazlarining davlat ishlarini boshqarishdagi mustaqilliklari ma'lum darajada saqlab qolindi. Chunki istilochilik urushlarida Germaniyaga Chexiyaning ittifoqchi bo'lishi juda ham zarur edi. Shu tufayli Germaniya imperatori Genrix IV Chexiya knyazi Bratislav II ga (1042 - 1061) Qirol unvonini bergan. Biroq Chexiyaning qirollik maqomi uni Germaniyaga qaramlikdan to'la xalos etmagan.

Polsha davlati. Polsha davlati ham X asrda tashkil topdi. Unga barcha polyak qabilalarini birlashtirgan knyaz Meshko asos soldi. Bu tarixiy voqea 960- yilda yuz berdi.

966- yilda Meshko o'z qo'shini bilan xristian dinining katolik mazhabini qabul qildi.

Polsha knyaz Boleslav I (992 - 1025) davrida kuchli davlatga aylandi. U Polsha hududlarini kengaytirdi. Rim Papasidan Qirol unvonini qabul qildi.

Garchand Boleslav I ning o'limidan so'ng Polsha hududlari qisqargan bo'lsa-da, o'rta asrlar davomida Polsha o'z mustaqilligini saqlab qoldi. Polshani ham tobe etish rejasi Germaniya uchun orzu bo'lib qolaverdi.

Birinchi Bolgariya podsholigi. Xalqlarning buyuk ko'chishi jarayonida janubiy slavyanlar Bolqon yarim oroliga kelib o'rnashdilar.

Eslang

Bolqon yarim oroli qaysi davlat qo'l ostida edi.



Ular bu yerda Bolgariya, Serbiya va Xorvatiya deb ataluvchi davlatlarni tuzdilar. Bolgariya podsholigi VII asrda Bolqonning shimoli-sharqida tashkil topdi. Bu davlatga Asparux asos soldi.

IX asrga kelib Bolgariya kuchli, katta davlatga aylandi. Aholi xristian dinini qabul qildi. Podsho Buyuk Simon (883 - 927) bir necha marta Konstantinopolga hujum uyushtirdi. U garchi Konstantinopolni bosib ololmagan bo'lsa-da, o'zini Vizantiya imperatori bilan teng deb hisoblay boshladi.

Buyuk Simon vafotidan keyingi ahvol. Simon vafotidan so'ng Bolgariya zaiflasha bordi. Istilo qilingan yerlar birin-ketin qo'ldan keta boshladi. Ayni paytda mahalliy mulkdor tabaqalar - boyarlar hokimiyati tobora kuchaydi. Bu markaziy hokimiyatning zaif-lashuvi oqibati edi. Bu omil oxir-oqibatda siyosiy tarqoqlikni vujudga keltirdi.

Bundan tashqari, bolgar dehqonlarining ahvoli ham tobora yomonlashib borgan. Turli soliqlar ularning tinka-madorini quritib, xonavayron qilgan.

Dehqonlarning og'ir ahvoli bogomillik deb ataluvchi harakatni vujudga keltirgan.

Bogomillar davlat cherkovining mavjud adolatsizlikni himoya qilishiga qarshi chiqqanlar. Ular o'zlarini xudoga yaqin deb hisob-laganlar. Davlat cherkovini esa xudoga emas shaytonga xizmat qilishda ayblaganlar. Davlat cherkovi va cherkov yer egaligini inkor etganlar. Krepostnoylikni muqaddas kitob ko'rsatmalariga zid ekanligini ta'kidlaganlar.

Mavjud jamiyat o'rniga jamoa mulkiga asoslangan va o'z-o'zini idora qiladigan jamoa boshqaruvini taklif etganlar. Ular demokratiya cherkovi deb ataluvchi o'z cherkovlarini tashkil qilganlar.

Hokimiyat bogomillarga qarshi ayovsiz kurashgan. Vizantiya Bolgariyaning qiyin ahvolidan foydalanib, unga hujum qilgan. 1018-yilda Birinchi Bolgariya podsholigi deb ataluvchi davlat Vizantiyaga bo'ysundirilgan. Bu qaramlik XII asrning oxirigacha davom etgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Bogomillik (xudoga xush keladigan) - jamiyat a'zolari o'rtasida mulkiy tenglikni targ'ib etgan diniy harakat.

Slavyanlar - tillari o'zaro yaqin, kelib chiqishi bir bo'lgan Yevropa xalqlarining eng yirik guruhlari.

Veche - xalq yig'ini.

8-§. Kiyev Rus davlati

Tayanch tushunchalar

Kiyev Rus davlati. Vladimir Svyatoslavich knyazligi davri. Votchina. tiRusskaya Pravda".

Davlatning tashkil topishi. Kiyev Rus davlati tashkil topishi arafasida sharqiy slavyanlar yerlari kichik-kichik knyazliklarga bo'linib ketgan edi. Ulardan biri Novgorod knyazligi edi. Novgorod knyazi Oleg 882- yilda Kiyevni egallagan. Bu g'alaba unga shimoliy va janubiy Rusni birlashtirish imkonini bergan. Kiyev shahri poytaxt etib belgilangan. Shu tariqa Kiyev Rus davlati tashkil topgan.

Yodda tuting

Kiyev shahri hozirgi Ukraina davlatining poytaxti. Shaharning nomi uning bunyodkori Kiy nomidan oiingan.

Kiyev Rus davlati uch qardosh xalq - rus, ukrain va beloruslaming umumiy tarixiy beshigi edi. Bugungi Rossiya Federatsiyasi va Belorus

Respublikasi nomida qadimgi Rus nomi saq-lanib qolgan. Rus slavyan qabilasi nomida Mo" va,,u" harflari doimo almashib turgan. Masalan, Ros daryosi yoki ,,Rus tili".

Kiyev Rus davlatining mustahkamlanishi. Knyazlar o'z davlati chegaralari xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor berganlar. Chunki xazar va pechenglar deb ataluvchi ko'chmanchi qabilalar Rus yerlariga doimo hujum uyushtirib turganlar. Kiyev Rus davlati knyaz Svyatoslav hukmronligi davridan boshlab (964 - 972) kuchaya boshlagan. Svyatoslav Rusning rivojlanishiga to'siq bo'lib turgan Volga Bolgariyasi va Xazar podsholiklarini mag'lubiyatga uchratgan. U hatto Vizantiyaga qarshi urush harakatlari ham olib borgan. Vizantiya Rusni Qora dengizga chiqarmaslikka urinar, turh" ko'chmanchi qabilalarni Rusga qarshi gij-gijlardi.

Knyaz Svyatoslav 972- yilda Vizantiya yurishidan qaytayotganida pechenglar hujumiga uchrab halok bo'lgan.

Svyatoslavning o'g'li Vladimir Svyatoslavich davlatni rnustah-karnlash ishini davom ettirgan. U barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusiga birlashtiradi. Bu xizmati uchun Kiyevning Buyuk knyazi deb ataladi. Mustahkam chegara qal'alari qurdiradi. Dushman hujumidan ogohlantiruvchi gulxan yoqiladigan ulkan tepaliklar bunyod ettiradi.

Chegara mudofaasi bilan shug'ullanuvchi maxsus chegara xizmatini tashkil etadi. Pechenglar hujumi shu tariqa to'xtatilgan. Bu xizmatlari uchun Vladimir yilnomalarda ,,Qizil Quyosh" deb ulug'langan. Rus Yevropaning eng yirik davlatlaridan biriga aylangan.

Vladimirning Rus davlati oldidagi yana bir katta xizmati - xristian dinini joriy etganligida edi.

Yodda tuting

988- yilda Kiyev Rus davlatida xristian dini joriy etilgan.

Bu hodisa Rusni Yevropaning boshqa davlatlari bilan yaqin-lashtirdi. Ayni paytda Vizantiyaning ilg'or madaniyati yoyilishiga ham xizmat qildi. Endilikda Kiyevning Buyuk knyazlari Yevropa hukm-dorlari (imperatorlar, qirollar) bilan teng nufuzga ega bo'ldilar.

Vladimir Monamax knyazligi. Vladimir Monamax 1113- yilda Kiyevning Buyuk knyazi taxtini egalladi. U Kiyevning Buyuk knyazi -bobosi Yaroslav Mudriy vafotidan so'ng (1054- yil) mamlakatda boshlanib ketgan o'zaro ichki urushlarni bartaraf etishga muvafTaq bo'ldi. Ayni paytda Rusga tobora katta xavf solayotgan yangi dushman -qipchoqlarga qarshi kurashish ham zarur edi. Bu maqsad yo'lida u barcha rus knyazliklarini birlashtirdi. Birlashgan Rus qipchoqlarni tor-mor etdi. Vladimir Monamax 1125- yilda vafot etdi. Vladimir Monamax Kiyev Rus davlatining so'nggi Buyuk knyazi edi. Lining vafotidan so'ng Rusda ham feodal tarqoqlik boshlandi. Kiyev Rus davlati o'ndan ortiq mustaqil knyazliklarga bo'linib ketdi.

Ijtimoiy hayot. Kiyev Rus davlati ham Yevropaning boshqa davlatlaridek monarx tomonidan boshqarilgan. Kiyev Rus davlatida monarxlarknyaz deb atalgan. Davlat tashkil topishi bilan feodai votchina lar qaror topa boshlagan. Votchina urug'-qabila zodagonlarining yerga o'z huquqlarini zo'rlik bilan qaror toptirishlari asosida vujudga kelgan. Bosib olingan yerlarni ham ular egallab olardilar.

Kiyev Rusida boyarlar deb ataluv-chi tabaqaning nufuzi katta edi. U mol-mulkini meros qilib qoldirish huquqiga ega bo'lgan. Knyaz, boyarlar va druji-nachilar eng katta yer egalari edilar. Votchinalar o'ziga xos mitti ,,davlatlar" edi. Yuqorida nomlari qayd etilgan hukmron tabaqalarning qasrlari esa bu mitti ,,davlatlar"ning o'ziga xos ,,poy-taxtlari" hisoblanardi.

Votchina o'z tarkibiga ,,fuqarolar" deb ataluvchi jamoachi dehqonlarni; harbiy xizmat o'tashga majbur kishi-lar — qaram dehqonlarni; zakuplarni, tiun va ryadovichlarni, xizmatkorlarni, drujinachi askarlarni biriktirgan.

Davlat jamiyatdagi mavjud tartibni mustahkamlash choralarini ko'rgan.

Shu maqsadda 1072- yilda Kiyev Rusi knyazining yangi qonuni qabul qilingan. Bu qonun tarixga ,,Russkaya Pravda" nomi bilan kirgan. ^Russkaya Pravda" knyaz amaldorlarining manfaatini himoya qilgan. Masalan, qonunda boshqaruvchini o'ldirganlik uchun 80 bosh ho'kiz yoki 400 bosh qo'y to'lash jarimasi belgilangan.

Bunday jarima butun bir qishloqni xonavayron etar yoki barcha dehqonlarni knyazga butunlay qaram qilib qo'yar edi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Boyarlar - urug'-qabila zodagonlari avlodi, daxlsizlik huquqiga ega bo'lgan yirik yer egalari.

Monarx - davlatning yakka oliy hukmdori. Hokimiyat mo-narxga meros bo'lib o'tgan.

RVadovich - boshqaruvchi.

Tiun - knyaz topshiriqlari ijrochisi.

Votchina - meros, mulk.

Zakup - ham o'zining, ham xo'jayinning dalasida ishlovchi.

9-§. V—XI asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati

Yevropa madaniyati markazi. Vizantiya madaniyati Yevropaning boshqa daviatlari madaniyatidan ustun bo'lgan. Buning sababi, Vizantiyada kuchli markaziy hokimiyat

mavjud bo'lganligi edi. Markaziy hokimiyatning mavjudligi imperiya ichki hayotida osoyishtalikni ta'rninlagan. Bu esa o'z navbatida ishlab chiqarishning yuksak taraqqiy etishiga omil bo'lgan.

Vizantiya shaharlari savdo va hunarmandchilik bilan bir qatorda, madaniyat markazlariga ham aylangan. Vizantiya haqli ravishda Yevropa madaniyati markazi edi.

Shaharlarda diniy va xususiy maktablar, davlat maktablari faoliyat ko'rsatgan. Yevropada birinchi oliy o'quv yurti ham aynan Vizantiyada ochilgan. Poytaxt Konstantinopol shahri o'zining oliy tibbiy bilim yurti bilan ham mashhur bo'lgan.

Vizantiyada, ayniqsa, matematika, kimyo, tarix va geografiya fanlari rivojlangan. Chunonchi, kimyo fani yutuqlari asosida ,,grek olovi" ixtiro qilingan.

Bu olov dushman kemalari va qaTalarini yondirishda ishlatilgan. U maxsus moslama yordamida otilgan.

Vizantiyada tarixga oid qator yirik asarlar yaratilgan. Ular orasida P. Kesoriyskiyning ,,Urushlar tarixi", ,,Sirli tarix", Agafiyning ,,Yusti-nianning podsholik qilishi" kabi asarlari alohida ahamiyatga ega.

Me'morchilik. Vizantiyada odamlarni hayratga soluvchi hashamatli saroylar va ibodatxonalar qurilgan. Me'morlar ma-horati kishilarni lol qoldirgan. Bu imoratlar ayni paytda imperator hokimiyatining kuch-qudrati hamda mustahkamligini namoyish etgan.

Vizantiya me'morchiligi-jjing yorqin namunasi Konstan-nopol shahri edi. Imperator ustinian zamonida qurilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi (532 - 538) jahon me'morchili-gining ajoyib tarixiy yodgor-liklaridan biri bo'lib, u juda keng va g'oyat go'zaldir.

Zamondoshlar Avliyo Sofiya ibodatxonasini ,,mo'jizalarmo'ji-zasi" deb ataganlar. Bu tarixiy obidaning mustah-kam qurilganligiga tan bermay iloj yo'q. Oradan salkam XV asr o'tganligiga qaramay u hamon tabiat sinovlariga bardosh berib kelmoqda.

Vizantiya madaniyati Sharqiy va Janubiy Yevropa xalqlari ma-daniyatiga ham katta ta'sir ko'rsatdi. Chunonchi, Bolgariya, Serbiya va Kiyev Rusi davlatlari xristian dinini Vizantiyadan qabul qilgan. Yunon missioneri Kirill 855- yilda kirill deb atalgan alifbeni yaratgan. Unga yunon alifbesini asos qilib olgan.

Vizantiyaning Yevropa madaniyatida tutgan o'rni uning kutub-xonalarida qadimgi yunon va rim allomalarining ko'plab nodir asarlari saqlanganligi bilan ham belgilanadi. Aynan shu kitoblardan keyingi avlodlar ham bahramand bo'lganlar.

G'arbiy Yevropa madaniyati. G'arbiy Yevropada madaniyat Vizantiya madaniyatidan orqada edi. Buning asosiy sababi bu mintaqada markazlashgan hokimiyatning bo'lmaganligidir. Bundan tashqari, parchalangan G'arbiy Yevropa xorijiy davlatlar bilan aloqada bo'la olmagan. Natijada yevropaliklar o'zlarining biqiq hayotlari doirasida cheklanib qolganlar. Bu hoi, o'z navbatida, G'arbiy Yevropada asosan diniy aqidalarning hukmronligiga olib kelgan. Savodli kishilar juda oz bo'lgan. Ularning katta qismini ruhoniylar tashkil etgan. Cherkov qadimgi dunyo madaniyatining faqat o'ziga ma'qul bo'lgan jihatlarinigina qabul qilgan.

Monastirlarning Yevropa madaniyatida tutgan o'rni. Maktablar asosan monastirlar qoshida ochilgan. Ular cherkov xizmatchilarini tayyorlagan. O'quvchilar diniy duolarni, cherkov qo'shiqlarini yod olganlar. O'qish, yozish vahisob amallarini o'rganganlar.

Ruhoniylar astronomiyaga old bilimlardan diniy bayramlar kunini aniqlashda, geometriyaga doir bilimlardan esa ibodatxonaiar qurishda foydalanganlar. Kitoblar, duolar, qonunlar lotin tilida yozilgan. Shuning uchun o'qish lotin tilida (Vizantiyada yunon tilida) olib borilgan. Va-holanki, bu davrda hech bir xalq amalda lotin tilida so'zlashmas edi.

Monastirlarda monaxlar kitob ko'chirish bilan ham shug'ullan-ganlar. Yozuvlar yupqa terilarga yozilgan. Shu tariqa hattotlik san'ati vujudga kelgan. Kitoblar ko'plab kishilar mehnatining natijasi bo'lgan. Xususan, kimdir husnixat asosida matn ko'chirgan, yana kimdir bosh harflarga jimjimador suratlar solgan. Uchinchi birov kitobga naqsh ishlasa, to'rtinchisi miniaturalar chizgan.

Odamlar asosan diniy kitoblarni, jumladan, ,,Avliyolar hayoti" kitobini o'qiganlar. Unda monaxlarning qahramonliklari va ko'r-satgan mo'jizalari bayon etilgan. Shu tariqa cherkov diniy kitoblar orqali qavmlarni avliyolarga taqlid qilishga chaqirgan. Monastirlarda yilnomalar yozib berilgan. Ular o'ziga xos tarixiy manba vazifasini o'tagan.

Atamalar mazmunini bilib oling

,,Grek olovi" - neft va smola aralashmasidan tayyorlanganolov. Olovning, Jcuchi" uni suv bilan o'chirtb bo'lmasligida edi.

Missioner - biror dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ'ib etuvchi.

Monastir - monaxlar jamoasi foydalanadigan ibodatxona, turarjoy va xo'jalik binolari majmuasi.

Monax - bu dunyo noz-ne'matlaridan voz kechgan kishi.

II bob. VI - XI asrlarda Osiyo xalqlari

10-§. Islom dinining vujudga kelishi

Arabiston islomgacha bo'lgan davrda. Arabiston yarim orolining katta qismi suvsiz cho'l va sahrolardan iborat. Shu tufayli arab qabilalarining ko'pchiligi ko'chmanchi bo'lib, chorvachilik bilan shug'ullanishgan. Arablarning cho'l va sahroda kechadigan hayotida tuya alohida o'rin tutgan. Suv nihoyatda taqchil bo'lgan bir sharoitda bu tabiiy hoi edi. Arablar uchun tuya suti va go'shti oziq-ovqat, juni esa kiyim-kechak hamda boshpana vazifasini o'tagan. Tuya junidan tayyorlangan kigizlardan chodirlar qurishda foydalanilgan.

Ko'chmanchilar o'z chodirlarida yozning jazirama issig'idan jon saqlaganlar. Arabistonning dehqonchilik uchun eng qulay o'lkasi -Yaman viloyati edi.

Arablar hayotida urug'chilik belgilari kuchli bo'lgan. Ular ko'plab urug' va qabilalardan iborat edi. Bu bo'linish - qabilalararo doimiy urushlarning asosiy omiliga aylangan. Uzluksiz urushlar faqat vayronagarchilik keltirgan, xolos.

Bundan tashqari, urug'lar o'rtasida xun olish odati davom etardi. Go'dak qiz bolalar tiriklayin ko'mib yuborilar edi. Jamiyatda qonunsizlik, axloqsizlik va zo'ravonlik hukm surardi- Odamlarda uyat tuyg'usi yo'qol-gan edi. Ayni paytda tabaqalanish jarayoni tobora kuchayib borgan. Mol-mulk qabila zodagonlari qo'lida to'plangan, sitdxo'rlik avj olgan. Arab jamiyatidagi islomgacha bo'lgan bu davr tarixga johiliya (jaholat) davri nomi bilan kirgan.

Islomning vujudga kelishi. Islom dini VII asrda Arabiston yarim

orolida vujudga keldi.

Islom ta'limotigako'ra, islom insonlarni to'g'ri yo'lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi ta'limot, ilohiy qonundir.

Allohning bu ta'limoti, qonunlari payg'ambar (Allohning elchisi) Muhammad (s.a.v.) tomonidan targ'ib etilgan.

Islom dinini qabul qilgan va Allohning payg'ambariga ergashgan kishi musulmon (muslim-sadoqatli) deb atalgan. Xo'sh, qanday omillar islom dinining vujudga kelishiga sabab bo'lgan?

Birinchidan, barcha arab qabilalarini yagona davlatga birlash-tirish zarurati. Muhammad (s.a.v.) va uning safdoshlari bunday dav-latsiz Arabistonni tashqi dushmanlar tajovuzidan himoya qilib bo'l-masligini yaxshi tushunganlar. Aynan yagona qudratli davlat arab-larning jahon maydoniga chiqishiga imkon berishini ham chuqur anglaganlar.

Bu maqsadni faqat yagona xudo (Alloh) shiori ostidagina amalga oshirish mumkin bo'lgan. Chunki bu davrda Arabistonda ko'p xudolik dinlari hukmron edi. Binobarin, yakka xudolikka asoslangan din zaruriyatga aylangan.

Yodda tuting

Din - ulamolarning fikricha, Alloh (xudo) tomonidan o'zpayg'ambarlari orqali joriy etiladigan ilohiy qonunlar.

Ikkinchidan, arab jamiyatida hukm surayotgan johiliya davri adolatsizliklariga barham berish zarurati.

Yuqorida qayd etilgan omillar aks-sadosi sifatida VII asrda yangi din — islom dini vujudga keldi.

Islom dinining asosi. Islom dinining asosini besh rukn (arkon) tashkil etadi. Bular: 1) kalimai shahodat; 2) namoz o'qish; 3) ro'za tutish; 4) zakot berish; 5) haj qilish.

Kalimai shahodat Allohdan o'zga xudo yo'qligi, Muhammad (s.a.v.) uning bandasi va payg'ambari ekanligiga shohidlik berishdir.

Namoz Allohga shukronalik ramzi sifatida kuniga besh mahal qilinadigan ibodatdir.

Ro'za musulmonlarning ramazon oyida erta sahardan to quyosh botgunga qadar niyat birla yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoqliklaridir.

Ro'za insonlarni moddiy va ma'naviy jihatdan sabr-toqatga, irodasini mustahkamlashga o'rgatadi.

Zakot boy-badavlat musulmonlarning o'z boyliklaridan kambag'al, beva-bechoralarga berilishi lozim bo'lgan ehson.

Haj Makka shahridagi muqaddas Ka'ba masjidini ziyorat qilishdir. Ka'ba (Baytulloh) Allohning uyi deb ham hisoblanadi.

Muhammad (s.a.v.)ning payg'ambarlik faoliyati. Islom dinining muqaddas kitobi ,,Qur'on" (lug'aviy ma'nosi ,,qiroat", ,,o'qish") deb ataladi. Qur'ondagi so'zlar Allohning so'zlari, u Alloh tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy qilingan deb tushuniladi.

Yodda luting

Vahiy - Islom aqidasiga ko'ra, Allohning farishtalar orqali payg'ambarlarga yuborgan buyruq yoki ko'r-satmalari.

Diniy kitoblarda ta'kidlanishicha, Alloh Muhammad (s.a.v.)ni payg'ambar etib tanlagach, unga 610- yildan boshlab vahiy kela boshlagan. Vahiy kela boshlagan birinchi kun islom tarixida ,,Laylat ul-qadr" (Qadr kechasi) deb ataladi. Vahiy kelishi 23 yil davom etgan.

Muhammad (s.a.v.) yangi dinni juda katta qiyinchiliklar bilan targ'ib etganlar. Chunki ko'p xudolikka o'rganib qolgan arab qabilalari yangi dinni qabul qilishni istamas edilar. Ular hatto Muhammad (s.a.v.)ni o'ldirmoqchi ham bo'lganlar. Natijada Muhammad (s.a.v.) Makka shahridan Madina shahriga ko'chib o'tishga majbur bo'lganlar. Madinada ham islom dinini targ'ib etganlar.

U yerda musulmonlar jamoasi — Ummani tuzadilar. Umma qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylanadi. Diniy, ma'muriy va harbiy hokimiyat Muhammad (s.a.v.) qo'lida to'planadi.

630- yilda Makka shahri ham bo'ysundirilgan. Makka zodagonlari Muhammad (s.a.v.) hokimiyatini tan olishgan va uning yordamchi-

lariga, islom esa hukmron dinga aylangan. Shu tariqa arab qabilalarini yagona qudratli davlatga birlashtirish hamda islomni yagona dinga aylantirishdek tarixiy maqsad ro'yobga chiqariladi. Muhammad (s.a.v.) 632- yilning 27- may kuni Madina shahrida vafot etganlar.

Atamalar mazmunini bilib oling

Islom dini - Alloh yagona, degan e'tiqod bilan unga bo'ysunmoqlik, itoat etmoqlik va qalb bilan unga ixlos qilmoqlikdir. Alloh buyurgan diniy e'tiqodga imon keltirmoqlikdir.

Ramazon oyi - Muhammad (s.a.v.)ga Qur'on suralari yuborila boshlangan oy.

Rukn - Islom dinining besh asosi.

Sudxo'rlik - foiz evaziga qarz berish orqali olinadigan foyda hisobiga boylik orttirish.

Xun - o'ldirilgan urug' a'zosi uchun olinadigan qonli o'ch, qasos.

ll-§. Arab xalifaligi va uning istilochilik siyosati

Xalifa. Xalifalik. Abbosiylar.

Xalifalik haqida. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, davlatni xalifalar boshqara boshladi.

632- yilda dastlab Muhammad (s.a.v.)ning yaqin safdoshi hamda qaynotasi Abu Bakr Siddiq xalifa etib saylandi. Umar, Usmon va Alilar 634-661- yillar davomida xalifalik qildilar.

,,Xalifa" so'ziga davlat nisbati berilib, Muhammad (s.a.v.) tuzgan davlat shu tariqa Arab xalifaligi deb yuritila boshlangan. Davlat hukmdori xalifa deb atalgan.

632- yildan 661- yilgacha o'tgan salkam 30 yil davomida xalifalik avloddan-avlodga meros bo'lib o'tmay, aksincha, xalifalar saylanganlar. Istilochilik urushlari. Arab xalifaligi xalifa Umar davrida (634-644) tashqi siyosatda juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Xususan, bu davrda Suriya, Falastin, Misr, Liviya va Eron bosib olindi. Vizantiya imperiyasiga kuchli zarba berildi. Bunga Vizantiya va Eronning o'zaro urushlarda bir-birini holdan toydirganligi ham sabab bo'ldi. Arablar o'z zamonasiga yarasha qudratli qo'shin tuza olgan edilar. Jangchilarning asosini erkin kishilar tashkil etardi. Arablaraing yengil suvoriylari o'zining shiddatkor hujumlari bilan dushman piyoda askarlariga dahshat solgan.

Ayni paytda arablar o'z bosqin-chilik urushlariga^Y/wd tusini berganlar. Shuningdek, islomning Alloh oldida hammaning tengligi haqidagi g'oyasi arablarni mazlumlar ko'z o'ngida xaloskor etib ko'rsatar edi.

Islomni qabul qilganlarga turli yengilliklar joriy etildi. Ular arablar qatori soliqlardan ozod qilindi.

Hokimiyat uchun kurash. Ulkan istilolar natijasida arab zodagonlari hamda viloyatlarning noiblari katta-katta boyliklarga ega bo'lib oldilar. Ayrim noiblar hatto xalifalik taxtini cgaf lab olishga ham harakat qila boshladilar. Ulardan bin Suriya noibi Muoviya ibn Abu Sufyon edi.

U xalifa Ali ibn Abu Tolibning xalifaligini tan olishdan bosh tortgan.

Yodda tuting

Ali ibn Abu Tolib - to'rtincki xaLifa, Muhammad (s.a.v.)rtirtg amakivackchasi hamda kuyovL 656—661-yillarda xalifa bo'lgan.

661 - yilda Ali o'ldirilgach, Abu Sufyon o'zini xalifa deb e'lon qilgan. Uni arab zodagonlari va harbiy boshliqlar qo'llab-quwatlaganlar.

Suriya poytaxti Damashq shahri xalifalik poytaxti etib belgilandi. Shu davrdan boshlab xalifa saylash bekor qilindi. Endi u avloddan-avlodga meros tariqasida o'tadigan bo'ldi.

Shu tariqa Muoviya xalifalik tarixida umaviylar sulolasi deb ataluvchi sulola hukmronligiga asos soldi. Bu sulola 750- yilgacha hukmronlik qildi.

Umaviylar xalifalik hududlarini yanada kengaytirdilar. VIII asr boshlarida Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, O'rta Osiyo, Hindistonning katta qismi, Kavkazorti egallandi. Xalifalik chegarasi g'arbda Atlantika okeanigacha, sharqda esa Xitoy va Hindiston chegarasigacha yetdi. Behisob boyliklar qo'lga kiritildi.

Umaviylar davrida barcha musulmonlarga soliq solinadigan bo'ldi. Aholi xiroj, jizya, zakot deb ataluvchi soliqlar to'lardi.

Xiroj — yer solig'i bo'lib, u hosilning 1/3 qismi miqdorida olingan. Jizya esa jon solig'i edi. Bu soliq ishga yaroqli erkak kishilardan undirilgan. Ishga yaroqli erkak bir yilga 12 dirham, o'rtahol tabaqa vakillari 24 dirham, boylar esa 48 dirham to'lagan. Zakot esa mol-mulkdan to'langan. Uning miqdori ikki yarim foizni tashkil etgan.

Umaviylar joriy etgan bu soliqlar xalifalik aholisining katta qismida norozilikni tobora kuchaytirgan.

Abbosiylar hukmronligi. Kuchayib borayotgan bu norozilikdan Arab xalifaligining umaviylarga qarshi hukmron tabaqalari unumli foydalanganlar. Ularning maqsadi umaviylar hukmronligiga barham berish edi. Umaviylarga qarshi kuchlarga Muhammad (s.a.v.)ning amakilari Abbosning avlodi AbuI-Abbos Abdulloh rahbarlik qilgan.

Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida umaviylarga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olon hukmron sulola al-mashinuvida katta ahamiyatga ega bo'lgan. 750- yilda umaviylar sulolasi hukmronligi tugadi. Xalifalik taxtini Abul-Abbos Abdulloh egalladi. U xalifalik tarixida abbosiylar sulolasi hukmronligiga asos soldi.

Abbosiylar sulolasi hokimiyatni rasman 1258- yilgacha boshqargan. Xalifalik poytaxti Damashqdan Bag'dod shahriga ko'chirildi. Bag'dod shahrini qurdirgan xalifa Mansur,.Buyuk Karlga zamondosh va u bilan diplomatik aloqa o'rnatgan Horun ar-Rashid, ilm-fanga homiyligi bilan shuhrat qozongan al-Ma'munlar bu sulolaning mashhur xalifalari bo'lishgan.

Xalifalikning parchalanishi. IX asr oxiri - X asr boshlaridan boshlab Arab xalifaligining zaiflashish jarayoni tobora kuchaygan. Buning asosiy sababi qaram xalqlarning mustaqillik uchun kurashining avj olgani edi. Bu kurashga mahalliy hukmron tabaqalar boshchilik qilgan. Ulardan eng nufuzlilari o'zlarining sulolalarini vujudga keltira boshlaganlar. Oqibatda xalifalik parchalanib, birin-ketin mustaqil davlatlar qaror topgan. Shulardan biri Mova-rounnahrdagi Somoniylar davlati edi.

1055- yilda saljuqiy turklar xalifalik poytaxti Bag'dod shahrini bosib oldi. Shu tariqa Arab xalifaligi amalda barham topdi.

Abbosiy xalifa qo'lidadiniyhokimiyatginaqoldirildi,xolos. 1258-yilda mo'g'ullar istilosi oqibatida xalifaning diniy hokimiyati ham inqirozga yuz tutdi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Jihod - Alloh yo'lida islomni yoyish va uni himoya qilishuchun kurash.

Xalifa - Muhammad (s.a.v.)ning o'rinbosati. Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan so'ng barcha hokimiyatni o'z qo'Iiga to'plagan hukmdor.

12-§. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati

Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati. Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga Arab xalifaligi madaniyati nomi bilan kirdi.

Xo'sh, buning sabablari nimalardan iborat edi?

Awalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishtahayot ta'minlangan. Bu esa xo'jalik fdehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq)ning yanada yuksalishiga imkon bergan. Bu ornil o'z navbatida madaniyatning taraqqiy etishiga shart-sharoit yaratgan.

Ikkinchidan, istilo natijasida xalifalikka birlashtirilgan turli o'lka xalqlari (Suriya, Misr, Eron, O'rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Hin-diston)ning ilg'or madaniyati imkon qadar bir-birini boyitdi. Bu o'rinda yagona davlat tili - arab tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta rol o'ynagan. Buyuk allomalar qaysi xalq vakillari bo'lmasin, arab tilida y od qilganlar. Bu omil xalifalik tarkibidagi turli xalqlarga bir-birining madaniyati yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratgan. Binobarin, xalifalik madaniyatini faqat arablar emas, xalifalik tarkibiga kirgan barcha xalqlar yaratganlar.

Uchinchidan, arablar ham o'zlari istilo etgan o'lka xalqlarining "g or madaniyati durdonalarini qunt bilan o'rganganlar.

To'rtinchidan, Mansur, Horun ar-Rashid, Ma'mun kabi abbosiy xalifalar ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz, madaniyatning yuksak darajada taraqqiy etishini ta'minlagan,; San'at. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyatida san' at, ayniqsa me'morchilik san'ati alohida o'rin tutgan.

Go'zalh'kda tengi yo'q hukmdorlar saroylari soya-salqin, yam-yj bog'lar ichida bunyod etilgan. Ularda faworalar mavjud bo'lgan. Shahar me'morchiligi ham juda rivojlangan. Shahar ko'chala tosh yotqizilgan. Ko'chalar chiroqlar bilan yoritilgan. Masjidlar shi ko'rkiga-ko'rk qo'shgan. Masalan, VIII - IX asrlarda Qurdobi bunyod etilgan masjidga 600 dan ortiq marmar ustun ishlatilg Ustunlar nihoyatda nafis bo'lib, ular masjidga ulug'vorlik baxsh etgi Qohira shahridagi Hasan masjidi tepasiga qurilgan balandligi 55 met gumbaz ham kishilarni hayratga solgan.

Ilm-fan taraqqiyoti. Ilm-fan taraqqiyoti yo'lida arablar qadh yunon allomalarining asarlarini qunt bilan o'rganganlar. Ulardan ei muhimlari arab tiliga tarjima qilingan. Bular: Aristotel, Arxir™" Gippokrat, Ptolomey, Yevklid kabi allomalarning asarlari edi. Bu ; laming arab tilidagi nusxalari lotin tiliga qayta tarjima qilingan. Yei ropa olimlari shu tarjimalar orqali bu asarlardan bahramand bo'lganla Yirik shaharlar ilm-fan markaziga aylangan. Bag'dod, Qurdob? Qohira kabi shaharlarda yirik oliy o'quv yurtlari - madrasalar ochilga* Ularda diniy bilimlar qatori dunyoviy ilmlar ham o'qitilgan. Mingk kitob xazinasiga ega bo'lgan kutubxonalar qurilgan.

Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) Bag'dod shahrida ilm-ft markazi bunyod ettirdi. Bu markaz ,Baytul Hikmat " deb ataldi.

Xalifa Ma'mun (813-833) ,,Bayt ul-hikmat"ning har tomonh mustahkarmanishiga katta hissa qo'shgan.

Bag'dod, Damashq kabi shaharlarda katta-katta rasadxonah

bunyod etilgan.

Xalifalik xalqlari madaniyati Yevropaga kuchli ta'sir ko'rsatgi Bu o'rinda arablarning Pireney yarim oroli (hozirgi Ispaniya)da tash etgan Qurdoba xalifaligi alohida o'rin tutgan. Qurdoba shahrida 27 oliy o'quv yurti (madrasa) ochilgan edi. Bu o'quv yurtlarida mashfr' olimlar, shu jumladan, musulmon bo'lmagan olimlar ham di berishgan. O'quv yurtlarida arablardan tashqari Yevropaning ti1 mamlakatlaridan kelgan talabalar ham saboq olishgan.


Buyuk bobolarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo'shgan hissalari. Aniq fanlarning yuksak taraqqiyoti bu davr mamlakatlari madaniyatining o'ziga xos xususiyatidir. Bu fanlar ravnaqiga eng ko'p hissani buyuk bobolarimiz qo'shganlar. Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg'oniy alohida o'rin tutadi.

Al-Xorazmiy algebra fanining asoschisidir. Xalifa Horun ar-Rashid uni Bag'dodga taklif etgan. Keyin-chalik u ,,Bayt ul-hikmat"ga rahbarlik ham qilgan. Al-Xorazmiy hindlarning o'nlik raqam tizimini mukammallash-tirgan. Buning natijasida har qanday sonni ham o'nlik sanoq tizimiga kiruvchi raqamlar bilan ifodalash mumkin bo'lgan. Bu hodisao'shadavr uchun buyuk kashfiyot edi. Uning nomi algoritm tushunchasiga va tarixda abadiy qoldi.

Yodda tuting

O'rta asrlarda algoritm tushunchasi sanoqning o'nli tizimi bo 'yicha to 'rt arifmetik amalning bajarilishi qoidasini anglatgan.

O'rta asr astronomiya fanini yurt-doshimiz Ahmad al-Farg'oniysiz tasav-vur etish qiyin. Ahmad al-Farg'oniy >3ayt ul-hikmat"da al-Xorazmiy bilan birgalikda ijod qilgan.

Uning astronomiya fani rivojiga qo'sh¬gan hissasi osmon jismlari radiuslarini Dirmchi bo'lib aniqlab berganligida edi. Ahmad al-Farg'oniy, shuningdek, Yereng ichik yulduzdan ham kichkina ekanini , botlab berdi. U Yer shari aylanasi uzun-igmi hisoblab chiqdi va hisob-kitobda 792 km xatolikka yo'l qo'ydi.

Ahmad al-Farg'oniy asarlari keyinchalik yangi-yangi ilmiyj kashfiyotlarga yo'l ochdi.

Yodda luting

Ahmad al-Farg'oniy Yevropada Alfraganus nomi bilan mashhur bo 'Igan.

Atama mazmunini bilib oling

,,Bayt ul-hikmat" - Donishmandlar uyi, bilimlar uyi, o'( davrning Fanlar akademiyasi.

13-§. IV - XI asrlarda Hindiston

Tayanch tushttnchaiar

Guptadavlati. Xarsha wptriyasL Qishloq jamoasi Yer Hind fining jahonfani taMiqqiy&tiga qo'shgan hissasi.

Gupta davlati. Hindiston V asrlarga qadar mayda-maj davlatlarga bo'linib ketgan edi. Ularning hukmdorlari F deb atalgan. Shunday rojalardan biri Chandragu] mamlakatni birlashtirish harakatini boshladi. U 320- yi Gang daryosi havzasida birlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo*l Bu davlat tarixga Gupta davlati nomi bilan kirdi. Chandragupta IU' (320-340) vorislari hukmronligi davrida davlat chegarasi Arabis yarim oroliga qadar yetkazildi. Shu tariqa Gupta imperiyaga ayl' Guptalar davrida Hindiston iqtisodiy va madaniy jihatdan yuks Imperiya VI asr boshlarigacha yashadi. U o'zaro ichki urushlar va ,,O'zbekiston tarixi" darsligi orqali bilib olgan eftallarning huj oqibatida parchalanib ketdi.

Xarsha imperiyasi. VII asr boshlarida Hindistonning shimolida vangi imperiya - Xarsha imperiyasi tashkil topdi. Bu imperiyaga Kanauja rojasi Xarsha (606-647) asos soldi. Imperiya Gang daryosi vodiysi bo'ylab sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha bo'lgan hududlarni o'z ichiga oldi.

Markaziy Hindiston rojalari esa vassallarga aylantirildi. Vassal rojalar qirqqa yaqin edi.

Xarsha imperiyasi uzoq yashamadi. Vassal rojalarning sepa-ratchilik harakati imperiyani zaiflashtirdi. Bora-bora rojalar amalda butunlay mustaqil bo'lib oldilar.

Xarsha vafotidan so'ng Hindiston uzoq vaqtgacha chet ellik bosqinchilarga qarshilik ko'rsatishga ojiz, tarqoq mamlakat bo'lib qoldi.

712- yilda Arab xalifaligi Sind o'lkasini bosib oldi. XI asr boshlarida Mahmud G'aznaviy Shimoliy Hindistonni istilo qilishga urindi. Bir necha yurishlardan so'ng Panjob viloyatining bir qismini o'z davlati tarkibiga qo'shib oldi.

Ijtimoiy munosabatlar. Hindistonda ham yer egaligi munosa-batlari sekinlik bilan bo'lsa-da, tarkib topa borgan. Bu o'rinda hukmdorlarning grasm joriy etganliklari muhim rol o'ynagan. Bunda hukmdor xonadonining a'zolari, nufuzli zodagonlarning manfaatlari hisobga olingan.

Gras olgan shaxsga harbiy xizmatga hamisha shay turish majburiyati yuklangan. Gras ishlash uchun dehqonlarga ijaraga berilgan.

Rojalar o'z xizmatkorlariga ham ma'lum majburiyat evaziga yer berishgan. Ulardan foydalanish muddati oldindan belgilab qo'yilgan. Yer egaligining bu turi patta deb atalgan.

Patta yerlar shaxslarning davlat, hukmdor oldida ko'rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash uchun ham berilgan.

Qishloq jamoasi. Hindistonda qishloq jamoasi yer egaligi ham mavjud bo'lgan. U har bir qishloqning ma'lum miqdordagi ekinzor va yaylov yerlaridan iborat edi. Qishloq jamoasi o'nlab, hatto yuzlab oilalarning birikmasi edi.

Jamoa oqsoqollar tomonidan boshqarilgan. Jamoa yerlaridan olinadigan soliq imperiya xazinasi tushumining salmoqli hissasini etgan.

Qishloq jamoasining yemirila borishi. Ishlab chiqaruvchi; kuchlarning o'sishi va mehnat qurollarining takomillashuv-i mehnat unumdorligining ortishiga olib keldi. Oqibatda kichikn oilaning o'zi ham mustaqil ravishda xo'jalik yurita oladij bo'ldi. Bu o'z navbatida katta-katta oilalarning bo'linishiga o] keldi. Katta oilalarga qarashli chek yerlar endi bo'linib chiq< kichik oilalargabo'lib beriladigan bo'ldi. Katta o'g'ifgaukali qaraganda ko'proq yer ajratib berilgan.

Bu jarayon vaqt o'tishi bilan qishloq jamoasida tabaqalanis kuchaytirgan, yer egaligi munosabatlarining chuqurlashuviga kelgan.

Xo'jalik mashg'ulotining asosiy turlari. Dehqonchilik hunarmandchilik Hindiston xo'jaligining asosini tashkil etgan. SI paxta, shakarqamish, xilma-xil ziravorlar, choy yetishtirish dehqoi chilikning yetakchi tarmoqlari bo'lgan.

Sug'oriladigan yerlardan yiliga ikki marta hosil olingan.

Hind hunarmandchiligi namunalari - dunyoga dong taratgi qo'li gul zargarlar tomonidan yaratilgan zeb-ziynat buyumli oltin va kumushdan yasalgan ko'zachalar ayniqsa mashhur

Fil suyagi va yog'ochdan yasalgan ajoyib haykallar hi: ibodatxonalariga ko'rk bag'ishlagan. Bunday noyob san'at asarlarij ega bo'lish qo'shni davlatlar hukmdorlarining azaliy orzusi bo'lj Hind to'quvchilari to'qigan ajoyib shoyi gazlamalar ,,tan rohati" e'zozlangan.

Savdo aloqalari. Hindiston dengiz savdo yo'llari qulay mintaqs joylashgan edi. Bu omil ko'plab port shaharlarining paydo bo'l olib kelgan.

Port shaharlari tashqi savdo rivojiga katta hissa qo'shgan.

Kalikut eng yirik port shahri edi. Kalikut davlati esa eng ki davlat bo'lgan.

Uning hukmdori dengiz hokimi deb atalgan. Hindistonning shaharlariga Xitoy, Misr, Arabiston va O'rta Osiyodan ko'plab dogarlar kelishardi. Shaharlar doimo chet ellik va mahalliy savdogs bilan gavjum bo'lardi.

Hindiston madaniyati. Hindiston dunyo ilm-fani taraqqiyotiga eng ko'p hissa qo'shgan davlatlardan biri sanaladi. Bu mamlakatda matematika, astronomiya va tibbiyot sohasida katta yutuqli erishilgan. O'rta asrlarda qurilgan rasadxonalar bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.

Hind astronomlari dunyoda birinchi bo'lib Yerning o'z o'qi atrofida aylanishini va uning shar shaklida ekanligini taxmin qilganlar.

Hind matematiklari ayni shu davrda sanoqning o'nlik tizimini yaratdilar. Bu kashfiyot jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa bo'lib qo'shildi. Sayyoralarning koinotda turgan joyini aniqlab beruvchi jadvalni ham hindlar kashf etdilar.

Hind tabobat allomalari o'z bilimlari, mahoratlari bilan Sharq olamida katta shuhrat qozonganlar,

Ular inson bosh suyagi chanog'ini ochib, murakkab jarrohlik ishlarini amalga oshirganlar.

Hind san'atida me'morchilik ham alohida o'rin tutgan. Hindiston o'zining odamlarni hayratga soluvchi ko'plab ibodatxonalari bilan dong taratgan. Bunday ibodatxonalar katta qoyatoshlar ustiga hamda g'orlar ichiga qurilgan.

Ibodatxonalar orasida Kandarya ibodatxonasi ayniqsa rnashhurdir.

Hindiston tarixiga oid ma'lumotlar ibodatxona devorlariga ishlangan bo'rtma naqsh va suratlarda o'z ifodasini topgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Gras (..qultum", ,,bo'lak") - in'om etilgan yer. Port - suv yo'llarida kemalar to'xtaydigan, yo'lovchi olish, yuk ortish va tushirish uchun maxsus qurilgan joy.

1 oshirilgan. Bu esa soliqlarning tobora ortib borishiga olib kelgan. Og'ir soliqlar dehqonlarning tinka-madorini quritar edi. To'yib ovqat vemaslik, ocharchilik ularning yo'ldoshi edi. Natijada dehqonlar qo'zg'olon ko'tarishga majbur bo'lganlar. Dehqonlar qo'zg'olonining eng yirigi 875-884- yillarda bo'lib o'tgan. Qo'zg'olonga sobiq harbiy xizmatchi Xuan Chao rahbarlik qilgan.

Qo'zg'olon imperiyani larzaga solgan. 880- yilda Xuan Chao o'zini hatto imperator deb ham e'lon qilgan. Tan sulolasi ko'chmanchilarning yordami bilan 884- yildagina qo'zg'olonni bostirishga erishgan.

Qo'zg'olon tan sulolasi hokimiyatini zaiflashtirgan. Bundan viloyat hukmdorlari foydalanganlar. Ularda separatchilik kayfiyati kuchaygan. Oxir-oqibat 907- yilga kelib Tan imperiyasi qulagan. Bu hodisadan so'ng Xitoyda bir necha o'n yillar siyosiy tarqoqlik hukm surdi.

Dehqonlar qo'zg'oloni izsiz ketmadi. Uning oqibatida dehqonlarni holdan toydiruvchi o'ta og'ir soliq tizimi barham topdi.

Yer egaligi munosabatlari. Xitoyda butun yer rasman davlat mulki hisoblangan. Davlat uni aholiga taqsimlab berardi. 624- yilda qabul qilingan qonunga ko'ra, har bir xo'jalik 100 mu dan yer olish huquqiga ega bo'lgan. Uning 80 mu sidan davlatga soliq to'langan. 20 mu si esa meros qoldirish huquqi bilan berilgan.

Uy-joy hamda bog' egallagan yer maydoni 20 mu tarkibiga kiritilgan. Bog'da mevali daraxtlar bilan birga, albatta tut ko'chati parvarish qilinishi shart bo'lgan. Bu tartib Xitoyda ipak qurti boqish zaruratidan kelib chiqqan.

Aholi davlatdan olgan yerlarini sotish huquqiga ega bo 'Imagan. Ular faqat uy va bog'larini garovga qo'yishi yoki sotishi mumkin edi, xolos.

Davlatdan olingan yer uchun har yili soliq to'langan.

Dehqonlar yiliga 30 kungacha davlat uchun turli majburiyatlarni o'taganlar.

Davlat lashkarboshilarga, turli darajadagi amaldorlarga hamda zodagonlarga katta-katta yer maydonlarini in'om qilgan. In'om hajmi 300 mu dan 10 ming mu ni tashkil etgan. In'om yerlar soliqdan ozod etilgan.

Tan imperiyasi davrida amaldorlar 9 darajaga bo'lindi. Amaldorlarga darajasiga qarab maosh o'rniga yer-mulk ajratib berilgan. Tan sulolasi nukmronligi davrida davlat chek yer tizimi to'la qaror topgan.

Xitoy madaniyati. VI-XI asrlarda Xitoyda madaniyat yuksalgan. havas qilsa arzigulik darajada rivojlangan. Ayniqsa, ma-

14-§. V - XI asrlarda Xitoy

Suy imperiyasining tashkil topishi.

V-VI asrlarda Xitoy mayda-mayda davlatlarga bo'linib ketgandi. Bu ko'chmanchtl qabilalar hujumining oqibati edi. VI asrning ikkinchi yarmida^ Xitoyni Buyuk Turk xoqonligi bosib olishi xavfi tug'ildi. Shu \ xavf Xitoyning birlashuvini tezlashtirdi. Bu tarixiy hodisa 589- yilda••& o'z davrining yetakchi lashkarboshilaridan biri Vendi tomonidan amalga oshirildi. Vendi Xitoyda suy sulolasi hukmronligini o'rnatdi.

Birlashgan davlat Suy imperiyasi nomi bilan tarixga kirdi.

Suy sulolasi mustahkam markaziy hokimiyat barpo eta olmadi, Hokimiyat amalda mahalliy hukmdorlar qo'lida to'planganicha qola berdi. Buning ustiga ko'chmanchi turkiy qabilalarning uzluksiz hujumlari imperiyaning ahvolini yanada og'irlashtirdi. Va nihoyat, imperiyaning istilochilik urushlari uni butunlay holdan toydirdi. Yuqorida qayd etilgan omillar natijasida suy sulolasi barham topdi.

Tan imperiyasi. Xitoydagi og'ir ichki vaziyatdan foydalangan mahalliy hukmdorlardan biri Li Yuan 618- yilda hokimiyatni bosib oldi. U yangi sulola - tan sulolasi hukmronligiga asos soldi. Tan sulolasi Xitoyda 907- yilgacha hukmronlik qildi. Bu davrda Xitoy ulkan imperiyaga aylandi. Imperiya am aid or laming juda katta guruhi tomonidan idora etilardi.

Markaziy boshqaruv olti vazirlik: amallar, soliq, harbiy, sud, jamoat ishlari, marosim ishlari vazirliklari tomonidan amalga oshirilgan.

Imperiya viloyatlarga, viloyatlar okruglarga, okruglar uyezdlarga, uyezdlar bo'Iislarga, bo'lislar o'z navbatida qishloqlarga bo'linib boshqarilgan,

Qishloqlar esa har bir kishi bir-biriga kafil bo'ladigan 5 xonadon birlashmasiga bo'lingan.

Tan sulolasi hukmronligining barham topishi. Imperiyaning istilochilik urushlari haddan tashqari katta xarajatlar evaziga amalga oshirilgan. Bu esa soliqlarning tobora ortib borishiga olib kelgan. Og'ir soliqlar dehqonlarning tinka-madorini quritar edi. To'yib ovqat vemaslik, ocharchilik ularning yo'ldoshi edi. Natijada dehqonlar qo'zg'olon ko'tarishga majbur bo'lganlar. Dehqonlar qo'zg'olonining eng yirigi 875-884- yillarda bo'lib o'tgan. Qo'zg'olonga sobiq harbiy xizmatchi Xuan Chao rahbarlik qilgan.

Qo'zg'olon imperiyani larzaga solgan. 880- yilda Xuan Chao o'zini hatto imperator deb ham e'lon qilgan. Tan sulolasi ko'chmanchilarning yordami bilan 884- yildagina qo'zg'olonni bostirishga erishgan.

Qo'zg'olon tan sulolasi hokimiyatini zaiflashtirgan. Bundan viloyat hukmdorlari foydalanganlar. Ularda separatchilik kayfiyati kuchaygan. Oxir-oqibat 907- yilga kelib Tan imperiyasi qulagan. Bu hodisadan so'ng Xitoyda bir necha o'n yillar siyosiy tarqoqlik hukm surdi.

Dehqonlar qo'zg'oloni izsiz ketmadi. Uning oqibatida dehqonlarni holdan toydiruvchi o'ta og'ir soliq tizimi barham topdi.

Yer egaligi munosabatlari. Xitoyda butun yer rasman davlat mulki hisoblangan. Davlat uni aholiga taqsimlab berardi. 624- yilda qabul qilingan qonunga ko'ra, har bir xo'jalik 100 mu dan yer olish huquqiga ega bo'lgan. Uning 80 mu sidan davlatga soliq to'langan. 20 mu si esa meros qoldirish huquqi bilan berilgan.

Uy-joy hamda bog' egallagan yer maydoni 20 mu tarkibiga kiritilgan. Bog'da mevali daraxtlar bilan birga, albatta tut ko'chati parvarish qilinishi shart bo'lgan. Bu tartib Xitoyda ipak qurti boqish zaruratidan kelib chiqqan.

Aholi davlatdan olgan yerlarini sotish huquqiga ega bo 'Imagan. Ular faqat uy va bog'larini garovga qo'yishi yoki sotishi mumkin edi, xolos.

Davlatdan olingan yer uchun har yili soliq to'langan.

Dehqonlar yiliga 30 kungacha davlat uchun turli majburiyatlarni o'taganlar.

Davlat lashkarboshilarga, turli darajadagi amaldorlarga hamda zodagonlarga katta-katta yer maydonlarini in'om qilgan. In'om hajmi 300 mu dan 10 ming mu ni tashkil etgan. In'om yerlar soliqdan ozod etilgan.

Tan imperiyasi davrida amaldorlar 9 darajaga bo'lindi. Amaldorlarga darajasiga qarab maosh o'rniga yer-mulk ajratib berilgan. Tan sulolasi nukmronligi davrida davlat chek yer tizimi to'la qaror topgan.

Xitoy madaniyati. VI-XI asrlarda Xitoyda madaniyat yuksalgan. havas qilsa arzigulik darajada rivojlangan. Ayniqsa, ma tematika, astronomiya, geografiya va tarix ilmida katta yutuqlarga erishilgan.

Chunonchi, VIII asrda Xitoyda dunyoda birinchi Fanlar akade-miyasi tashkil etilgan. Ayni shu asrda dunyoda birinchi gazeta ham Xitoyda nashr etilgan.

Yodda tilting

Birinchi gazeta ,,Poytaxt axboroti" nomi bilan chiqarilgan. Bu gazeta XX asr boshlariga qadar chop etib kelingan.


Dunyoda birinchi yozuv qog'ozi va kitob nashri ham Xitoyda ixtiro etilgan. To'g'ri, u davrlarda kitoblar juda sodda usulda bosilgan. Bunda bo'lajak kitob matni dastlab taxtaga o'yib yozilgan. So'ng undan qog'ozga bosib tushirilgan.

IX-X asrlarda Xitoyda dunyoda birinchi bo'lib kompas va porox ixtiro qilingan.

O'rta asrlarda Xitoy o'z yilnomalari bilan ham shuhrat qozongan.

Xitoyda minglab qo'lyozmalar saqlanadigan katta-katta ku-tubxonalar mavjud bo'lgan. Xitoy shaharlarida oliy o'quv yurtlari ochilgan. Ularda davlat amaldorlari tayyorlangan. Xitoyda me'morchi-lik va tasviriy san'at ham yuksak darajada rivojlangan.

Atamalar mazmunini bitib oling


1 mu - olti sotix yer maydoni.

Kompas - turgan joyni aniqlab beruvchi asbob. Uning magnitli strelkasi doimo shitnolni ko'rsatib turadi.


Ikkinchi bo’lim

JAHON XALQLARI O’RTA ASRNING IKKINCHI DAVRIDA ( XI-XV asrlar)

III-bob. Hunarmandchilik va savdo sotiqning rivoji. Shaharlarning yuksalishi.

15 § Yevropada o’rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi.

Ho’jalikdagi o’zgarishlar. Shaharlar qadimgi dunyoda ham bo’lgan lekin o’rta asrlar shaharlari jamiyat hayotida tutgan o’rni bilan avvalgi shaharlardan tubdan farq qilgan. XI asrdan boshlab shaharlar jamiyat tarqqiyotini muhim omiliga aylangan.

Buning asosiy sababi Evropada XI asrdan boshlab hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajrakib chiqishi hodisasi ro’y berganligi edi.

Vaqlar o’tishi bilan hunarmandchilik ho’jalikning alohida mustaqil sohasiga aylangan

Hunarmandchilikning mustaqil xo'jalik sohasiga aylanishiga avvalo dehqonchilikning yuksak sur'atlarda rivojlanishi sabab bo'lgan..


XI asrga kelib Yevropada katta miqdordagi yerlar o'rmonlardan tozalangan. Ular ekinzorlarga aylantirilgan. Shu tariqa haydaladigan yer maydonlari tobora kengayib borgan. Dehqonchilikda uch dalali almashlab ekishga o'tilgan.

Dehqonchilikni tobora rivojlantirish zarurati qishloq xo'jalik asbob-uskunalarining takomillashuvini ham talab eta boshlagan.

Yevropa aholisining jun gazlamadan tikiladigan kiyim-kechakka bo'lgan talabi tobora ortib borgan. Bu esa qo'ychilikning rivojlanishiga olib kelgan. Endi gazlama to'qish uchun alohida moslamalarga bo'lgan ehtiyoj yanada ortgan. Qishloq xo'jaligi asbob-uskunalarini va jun gazlama to'qish moslamalarini takomillashtirish zarurati hunar¬mandchilikning yanada rivojlanishiga turtki bo'lgan. Bu ikki omil hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishini zaruratga aylantirib qo'ygan.

Hunarmandchilikning ajralib chiqishi. Oxir-oqibatda hunar¬mandchilik dehqonchilikdan xo'jalikning alohida sohasi bo'lib ajralib chiqdi. Shu tariqa jamiyatda hunarmandchilikni o'ziga asosiy kasb qilib olgan kishilar guruhi vujudga kelgan.

Bu esa o'z navbatida savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo'lgan.

Yodda tilting

Hunarmand o 'z hunarmandchilik kasbi orqali tirikchilik qila oladigan, o'zining mehnat qurollari va ustaxonasiga ega, sotish uchun turli buyumlar ishlab chiqaradigan, shaxsan erkin bo 'Igan mayda mulkdordir.

Qishloq xo'jaligining o'sishi ortiqcha mahsulotni vujudga keltirgan. Dehqon ortiqcha mahsulotni shaharga olib borib sotgan. Uning o'rniga hunarmandchilik buyumlarini sotib olgan. Bu omil savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo'lgan.

Shaharlarning vujudga kelishi. V - XI asrlarda shaharlar hunar¬mandchilik va savdo markazlari emas edi. Bunga natural xo'jalik hukm surganligi sabab bo'lgan.

O'rta asrlaraing ikkinchi yarmida vaziyat o'zgardi. Hunarmandlar dastlab o'zlari yasagan mahsulotlarni sotish uchun xaridor izlaganlar.

Bu noilojlik oqibati edi, albatta. Xaridor izlash oson ish emas edi. Bora-bora hunarmandlar o'zlariga manzilgohlar barpo etganlar. ManzilgoMar uchun katta-katta yo'llar kesishgan chorrahalar, daryo kechuvlari, dengiz gavanlariga yaqin joylar tanlangan.

Ular o'z uylarini monastirlar va feodallar qasrlarining devorlari yoniga qurishgan.

Hunarmandlar nima uchun aynan ana shu joylarga ko'chib kelardilar? Monastir va qasrlarda yashovchi kishilar hunarmandlarga uy jihozlari, qurol-yarog'lar yasashga, kiyim-bosh tikishga buyurtmalar berardi. Urush bo'Iib qolgan taqdirda qal'a devorlari orqasiga bekinib jon saqlash mumkin edi. Bu yerlarga ko'plab savdogarlar tez-tez kelib turar, keyinchalik shu yerda muqim turib qolardilar. Ular qimmatbaho sharq mollari, shu bilan birga, temir, tuz, charm, jun kabi mahsulotlar olib kelardilar. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotib, o'zlariga zarur buyumlami xarid qilish uchun tevarak-atrofdagi qishloqlardan dehqonlar kelardi. Hunarmandlar ularga o'z buyumlarini sotishardi. O'zlariga zarur xomashyolarni esa sotib olardilar. Hunarmandlarning qishloq xo'jaligidan ajralishi hamda savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida Yevropada o'rta asr shaharlari vujudga keldi.

Yodda tilting

Shahar - hunarmandchilik va savdo-sotiq markaii bo 'Igan yirik aholi manzilgohi

Shaharlarning vujudga kelishi qishloqning ham keng ko'lamda bozor bilan bog'lanishiga olib keldi. Bu esa natural xo'jalikka katta zarba berdi.

Shahar mudofaasi. O'rta asrlarda Yevropada Strasburg, Augsburg, Gamburg, Brandenburg, Sen-Jermen, Oksford, Kembridj, Frankfurt, Bryugge kabi ko'plab shaharlar vujudga keldi.

Shaharliklar va qaroqchilarning hujumlaridan himoyalanish uchun o'zlari yashayotgan hududlar atroflda zovurlar qazib, ko'tarma qilib o'rab olar, ustiga qator qoziqlar qoqardilar. Keyinchalik bu istehkomlar g'isht devorlar bilan almashtirilgan. Shaharga kelayotgan yo'lovchiga uzoqdanoq shaharning devorlari va minoralari yaqqol ko'rinardi. Shaharga osma ko'prikdan o'tib, soqchilar doim hushyorlik bilan qo'riqlab turadigan mustahkam darvozalardangina kirish mumkin edi.

Hunarmandlar ustaxonasi. O'rta asr shahar hunarmandchiligi qo'l mehnatiga asoslangan mayda sanoat ishlab chiqarishi edi.

Hunarmand ustaxonasida hunarmand, shogirdlar va xalfalar mehnat qilardi. Hunarmand usta hisoblanardi. Ustaxona tayyor mahsulotni sotadigan do'kon vazifasini ham o'tagan. Shogird hunar o'rganuvchiedi. Xalfaustaninguyidayashagan. U ma'lum miqdorda mablag' to'plagach, o'zining ustaxonasini ochishi mumkin edi. Buning uchun u namuna bo'la oladigan bir buyum yasashi ham lozim bo'lgan. Ustaxonada barcha ishlar qo'lda bajarilgan.

Hunarmandlar sexi. Hunarmandlar o'zlarini qishloq hunar-mandlari raqobatidan hamda feodallar talonchiligidan himoya qilish uchun sexga birlashganlar. Ustalarning umumiy yig'ilishi sex nizomi (qonun-qoidalari)ni tasdiqlagan.

Nizom hunarmandlardan buyumlarni qat'iy nusxada ishlab chi-qarishni talab qilardi. Har bir ustaning ustaxonasida qancha dastgoh bo'lishi, nechta shogird va xalfa saqlashi mumkin ekanligi belgilab qo'yilgan. Nizom ustalarga buyurtmachi va xaridorlarni, shogird va xalfalarni bir-biridan o'ziga og'dirib olishni taqiqlardi.

Sexlar bir xil hunarmandlarning boshqalar hisobiga boyib ketmasligiga intilardi.

Sexlarga ustalar tomonidan saylab qo'yiladigan oqsoqollar boshchilik qilardi. Ular sex nizomiga rioya qilinishini kuzatib borar va uni buzgan hunarmandlarni qattiq jazolardi. Masalan, London shahrining novvoyi bulka nonni belgilangandan kam og'irlikda pishirib sotsa, uni qafasga solishib shahar aylantirishar, xaloyiq oldida sharmandasini chiqarardilar. Parij va boshqa ko'p shaharlarda sifati past buyumlarni bozor maydonidagi Ja'nat ustuni" oldiga qo'yardilar. Jarima eng ko'p qo'llaniladigan jazo edi.

Har bir sexning o'z gerbi va bayrog'i bo'lgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Sanoat - xo'jalikning xomashyodan tayyor mahsulot ishlab

chiqaruvchi sohasi.

Xalf'a - ustaning eng yaqin yordamchisi.

16-§. Tovar xo'jaligi va savdo-sotiq

Tayanch tushunchalar

Tovar. Tovar xo'jaligi. Yarmarka. Sarrof. Bank. Birja. Broker.

Tovar xo'jaligining vujudga kelishi. Tovar sotish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotdir.

Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi hunarmandchilik va dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirdi. Hunarmand ham, dehqon ham bir-biri bilan savdo qilishdan birday manfaatdor edi. Shu tariqa hunarmandchilik va dehqonchilik tovar xo'jaligiga aylana borgan. Bu esa savdo-sotiqning tobora rivojlanishiga olib kelgan.

Yodda luting

Tovar xo'jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqaradigan xo'jalikdir.

Tovar xo'jaligining rivojlanishi natural xo'jalikning ahamiyatini tobora pasaytirgan.

Savdo-sotiq rivoji yo'lidagi to'siqlar. O'rta asrlarda savdo-sotiq foydali, ammo qiyin va xatarli ish edi. Savdogarlarni quruqlikda yo'lto'sarlar - ritsarlar talardi. Dengizda esa qaroqchilar shilib olardi. Savdogarlar feodal yeridan, ko'prigidan, daryo kechuvidan o'tganligi uchun boj to'lashga majbur edi. Feodallar o'z daromadini ko'paytirish uchun quruq joylarga ham ko'prik solganlar. Savdogarlar ot-aravalaridan ko'tarilgan chang uchun ham soliq to'laganlar.

Yo'llar tor bo'lib, tosh yotqizilmaganligi uchun bahor va qishda yurib bo'lmaydigan darajada botqoq bo'lib ketardi. Arava g'ildiraklari sinishi oqibatida yerga ag'darilib tushgan tovar o'sha yer egasining o'ljasi hisoblanardi. Dovulda halokatga uchragan kema yukini to'lqin qirg'oqqa chiqarib tashlasa, sohil egasi bo'lgan feodal o'sha tovarlarni o'ziniki qilib olardi.

Savdogarlar o'zlarini talonchilikdan himoya qilish uchun gil-diyalarga birlashganlar.

Ular talanishdan omon qolish maqsadida bir to'da bo'lib olishar, soqchilar yollar va ularning qo'riqchiligida safarlarga chiqardilar.

Sharq bilan savdo-sotiq aloqalari. Sharoit og'irligiga qaramay savdo-sotiq rivojlanib bordi. Yevropa savdogarlari Sharq mamlakatlari bilan azaldan savdo-sotiq qilardi. Ular O'rta Yer dengizidan Suriya va Misr portlariga borardilar. Arab va Eron savdogarlari bu yerlarga qimmatbaho sharq tovarlarini olib kelardilar. Yevropa savdogarlari ulardan zeb-ziynat buyumlari, ziravorlar sotib olib, ularni o'z mamlakatlaridagi boylarga sotib, ko'p foyda topardilar. Dorixona tarozilarida tortilib, oz-oz miqdorda sotiladigan ziravor oltinga teng turardi.

Italiyadagi Venetsiya va Genuya shaharlarining savdogarlari Sharqqa boradigan savdo yo'llarini o'z qo'llariga oldilar.

Bu ikkala shahar ham mustaqil shahar - respublika bo'lib, nokimiyat boy savdogarlar qo'Iida edi. Ularning savdo flotlari, o'nlab "ylari, omborlari va do'konlari bo'lardi.

Sharq bilan savdo-sotiq qilish natijasida O'rta Yer dengizi bo'yidagi Yevropa shaharlari, ayniqsa, Italiya shaharlari o'sdi va boyib ketdi.

Yodda luting

Respublika - hokimiyatning oliy boshqaruv organlari sayhv yo'li bilan shakllantiriladigan davlat.

Yevropa shimolidagi savdo-sotiq ishlari. Boltiq va Shii dengizlardan muhim savdo yo'llari o'tardi. Bu yerda tuz, mo'yna, movut, mum, yog'och, temir va xo'jalik uchun zarur bo'lgan tovarlar bilan savdo qilinardi. Bunda Rusdagi Novgoroddan Angliyaning poytaxti Londongacha Shimoliy Yevropa mamlaki va shaharlarining savdogarlari savdo-sotiq qilardi. Savdo-sotiq Bryugge shahri edi.

Yevropa shimolidagi savdo-sotiqda yetakchilikni egallash u( nemis shaharlarining savdogarlari XIV asrda ganzaga (ya'ni inifc birlashdilar. Ganzaga 70 dan ortiq shahar kirardi. Bu ittifc Germaniyaning Lyubek shahri boshchilik qilardi.

Ganza savdogarlari Shimoliy va Boltiq dengizi bo'ylarida boriladigan savdo-sotiq ishlaridan o'z raqiblarini siqib chiqari! urinardilar. Novgorod, Bryugge, London va boshqa shaharlarda uli mustahkam savdo saroylari bor edi. Ganza katta flotga ega edi.

Yarmarkalar va sarroflar. Yevropaning odamlar eng to'planadigan savdo-sotiq joylarida bir yilda bir marta o'tkazill bozorlar ochilgan. Bunday bozorlar yarmarka deb atalgan. Savd< yarmarkalarda bozori chaqqon tovarlarni arzonga sotib olib, savdogar va hunarmandlarga ulgurji sotardi.

Xin asrda eng mashhur yarmarkalar Fransiyaning shimoli-sl Shampan grafligida ochilgan. Shampan yarmarkalarida Sharqi ziynat buyumlari ham, Shimoliy Yevropaning tovarlari ham sot

Savdogarlarning do'konlari joylashgan rastalar yonida si pul ishlari bo'yicha mutaxassislar o'tirardi. Savdogarlar sarroflar yordamiga juda muhtoj edi. Chunki har bir mamlakatda og'irligi va zarb shakli turli bo'lgan pullar yurardi. Bu pullarni qirollargina emas, balki yirik feodallar va katta shaharlar ham chiqarardi. Faqat Fransiyaning o'zida kamida 80 xil tanga zarb qilinardi. Sarroflar muayyan xizmat haqi evaziga ularning pullarini yarmarkada muomalada yuradigan pullarga almashtirib berardi.

Sarroflarnng puli asta-sekin ko'payib bordi. Ular qarzga pul beradigan bo'ldilar. Qarzga olingan pulni ma'lum muddatda foydasi bilan qaytarib berish lozim edi. Shu tariqa sarroflar sudxo'rlarga aylanardilar.

Banklarning vujudga kelishi. Savdo-sotiqning rivojlanishi banklarni vujudga keltirgan.

Dastlabki bankirlar sarroflar va sudxo'rlar bo'lishgan. Ular foiz «evaziga qarz berishardi. Shuningdek, pullarni saqlash uchun ham qabul '"qilishardi. Xizmat vazifalariga ko'ra, bir mamlakatdan ikkinchi ™mamlakatdagi savdogarlarga pul jo'natishar edi.

shu tariqa yana ikki qudratli tabaqa - savdogarlar va sarmoyadorlar-,'pl °rlar tabaclasi ham shakllangan. Ularning qo'lida katta boylik to’plangan.

Birjalarning vujudga kelLshi. O'rta asrlar Yevropasida dastlabki bkjalar 1409- yilda Bryugge (Gollandiya)da, 1460- yilda Antverpen (Belgiya)da, 1462- yilda Lion (Fransiya)da vujudga keldi. Birjalar tovar, valuta, ulgurji savdo bozorlaridir. Tovarlarning birjalar orqali sotilishi yo'lga qo'yila boshlangan. Bunda asosiy o'rinni brokerlar o'ynagan.

Ular mijoz-sotuvchi topshirig'i bilan uning foydasiga ish yuritgan. Broker mijoz tovarini uni qanoatlantiradigan narxda sotilishini kafolatlashda muhim o'rin tutgan.

AtamaUir maununini bilib oting

Bank - katta miqdorda pul saqlanadigan joy.

Broker - oldi-sotdi shartnonialarini tuzishda vositachilik

qiluvchi shaxs. Gildiya - savdogarlar ittifoqi.

17-§. Yevropa shaharlari hayoti. Osiyo shaharlari

Tayanch tushunchalar

Shaharlarning feodallarga qarshi kurashi. Shaharlarning o'z-o'zmi b&shqarishi, Shaharliklar turmushi. Osiyti shaharlari. Hunarrnandchilik va savdo.

Shahar va feodallar. Shahar qayerda paydo bo'lmasin, u

paydo bo'lgan yer albatta qaysidir feodalga tegishli bo'lib chiqardi. Bu o'rta asrlarning birinchi davrida qirolning yer in'om etish siyosati oqibati edi.

Dastlab feodallar o'z yerlarida paydo bo'lgan shaharlarga homiylik qilgan edilar. Shaharlar o'sib boyigach, feodallar ulardan olinadigan soliqlarni ko'paytira borganlar. Bu esa shaharlarning rivojiga to'sqinlik qila boshlagan.

Endi shahariar feodallar zulmiga qarshi bosh ko'targan. Shaharliklar sabot va matonat bilan kurashish uchun qasamyod qabul qilardilar.

Shaharlar bir necha o'n, ayrimlari hatto yuz yillab o'z mustaqil-liklari uchun kurashganlar. Ularning maqsadi - erkin shahar maqomiga ega bo'lish edi.

XII - XIII asrlarda butun G'arbiy Yevropada shaharlarning feo¬dallarga qarshi kurashlari bo'lib turdi. Ba'zi shahariar qonli urush va qo'zg'olonlar yo'li bilan mustaqillikka erishdi. Ba'zilari esa feodalga pul to'lab, mustaqil bo'lib oldilar. Ammo ko'p shahariar qancha harakat qilmasin, bari bir feodallar hukmronligidan qutula olmaganlar.

Shaharlarning o'z-o'zini boshqaruvi. Mustaqillikka erishgan shaharliklar boshqaruv ishlarini o'z qo'llariga oldilar. Shahar o'z sudi, xazinasi va qo'shiniga ega bo'ldi. Shaharlar tepasida shaharliklar saylab qo'yadigan shahar kengashi bo'lgan. Fransiya va Angliyada shahar kengashining boshlig'i mer deb atalardi. Xazina, qo'shin kengash ixtiyorida edi.

Shaharlarning mustaqillik uchun kurashi oqibatida shaharliklar feodallarga qaramlikdan qutuldilar. O'z xo'jayinidan qochib ketgan dehqon shaharga kelib bir yilu bir kun tura olsa, erkin hisoblanardi.

Shaharlar feodallar hukmronligidan ozod bo'lgandan keyin yana-da tezroq o'sa boshladi. Shaharga qishloqlardan qochib keluvchilar ko'paya bordi. Ular o'z mehnatlari bilan shahariar boyligini orttirardi.

Shaharliklar turmushi. O'rta asr shaharlarining aholisi nisbatan ancha kam edi. Odatda ular 5-6 ming kishidan oshmasdi. G'arbiy Yevropadagi sanoqli shahariar, chunonchi, Angliyada London, Fransiyada Parij shahri aholisigina bir necha o'n ming kishidan iborat edi.

Devorlar bilan qurshab olingan kichkina hudud shaharliklarga torlik qilardi. Shuning uchun ham uylar 2-3 qavat qilib solinardi, yuqori qavatiar pastkiqavatlarustidaxuddiosilibturganday edi. Ko'chalar tor edi. G'arbiy Yevropa shaharlarida uzoq vaqtgacha toshko'chalar bo'lmagan. Kechalari ko'chalar yoritilmagan. Yog'ingarchilik vaqtlarida shahar ko'chalari ko'lmak bo'lib yotardi. Ifloslik yuqumli kasalliklarning tarqalishiga olib kelgan. Bu kasalliklardan ko'plab odamlar halok bo'lgan.

Shahardagi birdan-bir keng joy - bozor maydoni hisoblangan. Shaharning bosh cherkovi - sobori bozor maydoni yonida bo'lardi

Shahardagi eng baland va ko'rkam bino ham ana shu edi. Shaharliklar ratusha, ya'ni shahar kengashi binosini bozor maydoniga qu

Shahar imoratlarining deyarli hammasi yog'ochdan qurilardi.


Osiyo davlatlari shaharlari. Yuqorida Yevropa shaharlari dallarga qarashli yerlarda bunyod etilganligini bilib oldingiz. UI o'z mustaqilligi uchun olib borgan kurashidan ham boxabar bo'l Osiyo shaharlarida bunday kurashlar bo'lmagan. Chunki Osiyi xususiy mulk bo'lmay, davlat mulki edi. Shuning uchun si egallagan yer maydoni ham davlatniki hisoblangan.

tai


Osiyoda shaharlar Yevropadagi kabi alohida mustaqil sh: davlatlarga aylanmagan. Ularni davlat hukmdori tomonidan langan amaldor boshqargan. Shaharning barcha boshqaruv tashkil davlat hokimiyatiga bo'ysungan.

XI-XV asrlarda Xitoyning Chan'an, Loyan, Xanchjou; Yi Sharqning Qohira, Damashq va Bag'dod; O'rta Osiyoning Samarqi va Buxoro; Yaponiyaning Kamakura, Kioto va Osaka, Hindistoi Dehli kabi shaharlari Osiyoning eng yirik shaharlari edi.

XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Samarqand shahri tomonlama yuksaldi. U Temur davlati poytaxti sifatida jahonga hur bo'ldi.

Yodda fating

Samarqand o'lining go'zalligi tufayli ,,sayqali ro' zamin", ya'ni ,,dunyoning husni" deb ta'riflangan.

Buxoro esa islom dini markazi sifatida ulug'langan.

Musulmon mamlakatlarida shaharlar o'ziga xos usulda bi etilgan. Shahar markazida ark-qal'a, ya'ni hukmdorning qj uning yonida shahriston - shaharning asosiy qismi joylashgan. tevaragida hunarmandlarning mahallalari bo'lib, ular rabod deb; Shaharlar tosh va g'ishtdan qurilgan. Buning sababi yog'< yetishmasligi edi.

Hunarmandchilik. Osiyo davlatlari shaharlari hum buyumlarining pishiqligi va nafisligi bilan shuhrat qozongan.

Xitoy hunarmandlari o'zlarining zeb-ziynat buyumlari, shoyi gazlamalari, chinni buyumlari va nafis kashtalari bilan mashhur edilar. Xitoy hunarmandlari dunyoda tengi yo'q 600 - 700 kishini sig'dira oladigan mustahkam kemalar yasaganlar.

Eron gilamlari, Damashq (Suriya) harbiy qurol-aslahalari, Samarqand esa sifatli qog'ozlari bilan dunyoga dong taratgan.

Osiyo shaharlarida ham sexlar bo'lgan. Ularning vazifasi asosan davlat soliqlarini hunarmandlar o'rtasida taqsimlash, ularni vaqtida yig'ib, davlat xazinasiga topshirishdan iborat bo'lgan.

Savdo-sotiq. Osiyo shaharlari savdo-sotiq markazlari ham edi. Osiyoda ichki va tashqi savdo bir xil darajada rivojlangan. Tashqi savdoda Buyuk Ipak yo'li muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Shahar savdosida bozorlar alohida o'rin tutgan.

O'rta Osiyo va Eronda bozorlar rastalarga bo'lingan. Har bir rasta qaysidir mahsulotni sotishga ixtisoslashtirilgan.

IV bob. Xristian cherkovi va salib yurishlari

18-§. Xristian cherkovining jamiyatdagi o'rni

Tayanch tushunchalar

Cherkov. Katolik va pravoslav cherkovlari. Xristian dinining bo'linishi sabablari. Ikki cherkov ta'limotidagi farqlar.

Xristian dini tarixidan. Sizga 6- sinf ,,Tarix" darsligidan ma'lumki, qadimgi Rim imperiyasi 395- yilda G'arbiy va Sharqiy imperiyalarga bo'linib ketdi. G'arbiy imperiya G'arbiy Rim, Sharqiy imperiya esa Vizantiya imperiyasi deb ataldi. Ayni paytda imperiyada bir-biridan mustaqil ikkita cherkov tashkil topdi. Bular Rim va Konstantinopol cherkovlari edi.

476- yilda G'arbiy Rim imperiyasi butunlay qulagan. Bu hodisa xristian dinining keyingi taqdiriga ta'sir etmay qolmadi.

G'arbiy Rim imperiyasining qulashi bilan markaziy hokimiyat ham barham topdi. Imperiya hududlarida vujudga kelgan davlatlar hali mustahkam emas edi. Bu omil Rim cherkovi va uning boshlig'i obro'-sini mislsiz darajada oshirib yuborgan. Rim cherkovi xristianlarning birdan-bir tayanchi, madadkoriga aylangan.

Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya)da esa ahvol boshqacha edi. Bu yerda imperatorning kuchli hokimiyati saqlanib qoldi. Natijada sharqiy cherkov (Konstantinopol cherkovi) Rim cherkovidek qudratga ega bo'la olmadi. Imperator hokimiyati uni cheklab qo'ydi. Cherkov imperatorga bo'ysundirildi.

Xristian dinidagi bo'linish. 1054- yilda xristian dini ikki oqimga bo'lindi. Ulardan biri katolik, ikkinchisi esa pravoslav deb atala boshlandi. Bu ikki oqim o'z mustaqil cherkovlariga ega edi.

Bu cherkovlar o'z navbatida katolik (butun dunyo) cherkovi va pravoslav (chin e'tiqod) cherkovi deb atalgan.

Yodda fitting

,,Cherkov" atamasi yunoncha so'z bo'lib, o'zbek tilida xudoning uyi, degan ma 'noni anglatadi. Bu atama diniy tashkilot hamda ibodatxona ma'nolarida qo'l-laniladi.

Xo'sh, nega xristian dinida bo'linish yuz berdi?

Rim cherkovi doimo Konstantinopol cherkovini o'ziga bo'ysun-dirishga harakat qilgan. Tabiiyki, bu harakat ikki cherkov munosabat-larining keskinlashishiga olib kelgan.

Konstantinopol cherkovi Rim cherkovining o'z ichki ishlariga aralashuviga qattiq qarshilik ko'rsatgan.

Sharqiy Yevropa slavyan xalqlarining xristian dinini Vizantiyadan qabul qilishi bu munosabatni yanada keskinlashtirgan. Ular o'rtasida cherkov daromadlarini taqsimlashda ham murosasiz kurash borgan. Bundan tashqari, ikki cherkov xristian ta'limotini turlicha talqin etgan. Masalan, Rim cherkovi bilan Konstantinopol cherkovining ,,Muqaddas Ruh-xudo" to'g'risidagi talqinlari bir-biriga ziddir. Rim cherkovi Muqaddas Ruh-xudo ham Ota xudodan, ham O'g'il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Konstantinopol cherkovi esa Muqaddas Ruh-xudo faqat Ota xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Rim cherkovi cherkov va'zlarini lotin tilida o'tkazsa, Konstantinopol cherkovi yunon(grek) tilida o'tkazgan. Ayni paytda Rim cherkovi Rim Papasi (Rim cherkovi boshlig'i)ni apostol Pyotrning o'rinbosari, deb e'lon qilgan.

Oxir-oqibatda 1054- yilda Rim Papasi Lev IX va Konstantinopol patriarxi (cherkov boshlig'i) Kirudariylar bir-birini anafema qilganlar. Shu sanadan boshlab xristian cherkovi ikkiga bo'lindi. Bu bo'linishdan so'ng ikkala cherkov bir-biridan mustaqil bo'lib oldi. Katolik cherkovi, Rim cherkovi atamalari bir xil ma'noni anglatadi.

Katolik cherkov davlati. 756- yildayoq Rim cherkovi amalda cherkov davlatga aylangan edi. Papaning qarorgohi Rim shahrida joylashgan. Keyinchalik cherkov davlat Vatikan deb atala boshlangan. Vatikan o'z nomini Rim shahri joylashgan yetti tepalikning biri nomidan olgan.

Hozirgi kunda Vatikan shahar-davlat maqomiga ega, Uning hududi 44 gektarni tashkil etadi. Vatikanda katoliklarning bosh cherkovi -Pyotr ibodatxonasi joylashgan.

Vatikan butun dunyo katolik cherkovining markazi bo'lib, Rim Papasi hozir ham shu yerdan turib ularga rahbarlik qiladi.

Papa mutlaq monarxiya hokimiyatiga ega. U kardinattar hay'ati tomonidan yashirin ovoz berish yo'li bilan umrbod muddatga saylanadi. Papa lavozimiga saylangan shaxs o'zining ilgarigi ismidan voz kechadi va o'ziga yangi nom oladi.

Hozirgi kunda Benedikt XVI Rim Papasi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Ungacha 264 kishi papalik qilgan.

Pravoslav cherkovi. Dastlab pravoslav cherkovi, Konstantinopol cherkovi atamalari bir xil ma'noni anglatadi. Uzoq yillar davomida pravoslav cherkovlarini Konstantinopol cherkovi boshqarib kelgan. Bu cherkovga patriarx rahbarlik qilgan. Vizantiya imperiyasi qulagach, Konstantinopol cherkovi o'zining rahbarlik maqomini

yo'qotgan.

Hozirgi kunda pravoslaviyeda 15 ta mustaqil cherkov mavjud. Rus pravoslav cherkovi ana shu mustaqil cherkovlarning biridir. Binobarin, pravoslaviyeda yagona markaz va yagona cherkov

boshlig'i yo'q.

Katolik cherkovining qudrati. XI asr oxiri va XII asr boshida Rim papalarining qudrati har qachongidan ham oshib ketdi. Turli mamlakatlardagi yuz minglab ahoH Papa irodasiga so'zsiz bo'ysunar edi. Hatto G'arbiy Yevropa davlatlarining qirollari ham Papaga itoat etganlar. O'zlarini vassal deb hisoblaganlar.

Katolik cherkovi istalgan odamni, istalgan viloyatni va hatto butun bir davlatni ham cherkovdan chetlata olgan. Sunday hoi yuz berganida o'sha viloyat yoki davlatdagi ibodatxonalar yopilgan.f Tug'ilgan chaqaloqlarga ism berilmagan. Vafot etganlar es qabristonga qo'yilmagan. Natijada viloyat hokimi yoki davlat qirol Rim Papasiga tavba qilib borgan. Cherkovdan chetlatilgan odan qonundan tashqari hisoblangan. Uni talash va o'ldirish mumkii bo'lgan. Hech kimning bunday odamga yordam yoki boshpani

berishga haqqi bo'lmagan.

Cherkov daromadi. G'arbiy Yevropadagi jami ekin maydql larining 1/3 qismi cherkov mulki edi. Cherkov yerlari soliqdan o^ etilgan. Bundan tashqari, aholi cherkovga ushr deb ataluvchi soliq h

to'lab turgan.

Rim papalari dindorlarning gunohlarini pul evaziga kechii

huquqiga ham ega edilar.

Cherkov gunohkorlarning kechirganligi haqida indulge) sotardi. Indulgensiya savdosi ham katta daromad keltirgan.

Yeretiklar. Jamiyatda kuchayib borgan adolatsizliklar ruhoniylarning asl xristian adolat tamoyillaridan chekinishi yeretil vujudga keltirgan

Cherkov yeretiklarni dindan qaytganlar deb e'lon qilgan edi. Aslida shunday edimi? Aslida yeretiklar ham dindorlar, ya'ni ular ham dinga ishonishar edi. Biroq ular cherkovning dabdabali marosimlariga qarshi edilar. Bundan tashqari, ular ruhoniylarni yer-muikdan, boylikdan, ushrdan voz kechishga chaqirganlar.

Ayni paytda yeretiklar krepostnoy dehqonlarni, kambag'allarni himoya qilganlar. Feodallarning og'ir soliqlariga qarshi chiqqanlar. Ruhoniylarni o'z qo'l kuchi bilan yashashga da'vat etganlar. Ayrimlari hatto mulkiy tenglik o'rnatilishini ham talab qilganlar.

Yeretiklarga qarshi kurash. Yeretiklarning talablari hukmron tabaqalar va cherkovni tashvishga solgan. Cherkov ularga qarshi cherkovdan chetlatish jazosini qo'llagan. Ularni inkvizitsiyaga duchor etgan. Yeretiklar ko'p deb hisoblangan viloyatlarga harbiy yurishlar uyushtirgan. Chunonchi, XIII asrning boshlarida Fransiyaning janubiy viloyatlariga qarshi shunday yurish qilingan. Gullab-yashnayotgan o'lka xarobaga aylantirilgan. Aholi qirib tashlangan. Bir shaharning o'zida 20 ming odam o'ldirilgan.

Yodda luting

Inkvizitsiya - XIII Papa tomonidan yeretiklarga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan maxsus cherkov sudi.

Bu sudga tortilganlarga nihoyatda og'ir qiynoq jazolari qo'llanilgan. Sud nafaqat yeretiklarni, balki cherkov aqidalarining to'g'riligini shubha ostiga oluvchi har qanday buyuk allomalarni ham o'limga hukm etgan.

Anafema - cherkovning la'natlashi. U 471- yilda joriy etilgan bo'lib, cherkov oliy jazolaridan biridir.

Apostol - O'g'il xudo, Isoning elchisi.

Yeretiklar - cherkov mutaassibligiga qarshi kurashganlar.

Indulgensiya - maxsus afv yorlig'i.

Kardinal - katolik cherkovida Rim Papasidan keyingi oliy ruhoniy.

Mutlaq monarxiya - cheklanmagan huquqqa ega yakka hukmdor.

19-§. Salib yurishlari

Tayanch tushunchafar

Salib, Salib yurishlari. Katolik cherkovi satib yurishiriing tashkilotchisi ekanligi. Salib yurishi sabablari. Rim Papasining da 'vati.

Salib yurishi nima? Salib yurishi katolik cherkovi va Yevropa feodallari tomonidan Yaqin Sharqqa (Suriya, Falastin, Misr, Bolqon yarim oroli, Kipr oroli) uyushtirilgan bosqinchilik urushidir. Bu bosqinchilik urushining nomi xristian dini ramzi nomidan olingan.

\odda tilting

Xristian cherkovi ramzi (+) salib (krest, xoch) deb ataladi. Salib qizil rangli bo'lgan.

Salib yurishida qatnashganlar salibchilar deb nomlangan. Ular kiyimlariga salib belgisini (+) tikib olganlar. Bu o'z roziligi bilan salib yurishida qatnashishga niyat qilganlikni anglatgan, qasam ramzi hisoblangan.

Salib yurishlarining sabablari. G'arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi bitmas-tuganmas boyliklarai egallab olishdan iborat bosqinchilik maqsadlari salib yurishlarining asosiy sababi bo'ldi.

XI asrga kelib G'arbiy Yevropa feodallarini.o'z boyliklari qanoatlantirmay qo'ydi. Shaharlar va savdo-sotiqning o'sishi ularning boylikka bo'lgan ishtahalarini yanada orttirib yubordi. Ularni yana va yana katta boyliklarga ega bo'lish orzu-istagi chulg'ab oldi.

Feodallarning bosqinchilikdan iborat maqsadlari katolik cherkovi tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Cherkov salib yurishining tashki-lotchisiga aylandi.

Katolik cherkovining maqsadi cherkov ta'sirini yanada kuchay-tirish, pravoslav cherkovini o'ziga bo'ysundirish, Yevropa davlatlari hukmdorlarini ham itoatda tutish, qudratini yanada oshirish hamda ko'proq boyliklarga ega bo'lib olish edi.

Salibchilar qo'shini. Katta qo'shinsiz salib yurishini amalga oshirib bo'lmas edi. Shuning uchun ham Rim Papasi va feodallar shunday qo'shin tuzishga kirishdilar. Qo'shinning asosini ritsarlar va dehqonlar tashkil etdi.

Ritsarlar feodallarning ota merosi tegmagan kichik farzandlari edilar.

Yodda luting

G'arbiy Yevropada mayorat deb ataluvchi qoida o 'rnatilgan edi. Unga ko 'ra otadan qolgan mol-mulk faqat katta o 'g 'ilgagina meros bo 'lib o 'tgan.

Mol-mulkka ega bo'lmagan kichik farzand qo'shinda xizmat qilgan. Urushlarda qo'lga kiritilgan boyliklar ular daromadining asosiy manbai bo'lgan.

Ritsarlar salib yurishlarida bajonidil ishtirok etganlar. Ularning maqsadi Sharqda yer-mulkka ega bo'lib olish edi

Salib yurishida ishtirok etishga rozi bo'lgan dehqonlarning asosiy maqsadi - tinka-madorni qurituvchi krepostnoy qaramligidan ozod bo'lish, qarzlardan qutulish hamda Sharqda yerga ega bo'lib olish edi.

Salib yurishlarida Yevropa mustaqil shaharlari xalqaro savdoda yetakchi mavqega ega bo'lib olish uchun ishtirok etgan.

Qulay xalqaro vaziyat. Bu vaziyat -Yaqin Sharqda salibchilar hujumini qaytarib qolishga qodir kuchning yo'qligi edi.

Salibchilar hujumini qaytarishi mumkin bo'l¬gan Arab xalifaligi 1055- yilda amalda barham topgan edi.

Ikkinchi kuch - Vizantiya imperiyasi saljuqiy turklar tomonidan qiyin ahvolga solib qo'yilgan edi. Saljuqiy turklar xavfi Vizantiya imperatorini hatto Rim Papasi va Germaniyaga yordam so'rab murojaat etishga majbur etgan. Bora-bora saljuqiy turklar davlati ham mayda-mayda bekliklarga bo'linib, zaiflashib qolgan. Salib yurishi tashkilotchilarining bunday qulay xalqaro vaziyatdan foydalanmasliklari mumkin emas edi.

Urushga da'vat. Maqsad urush boshlash bo'lgach, bahona bar doim topiladi. O'tgan butun tarix bunga guvoh. Bu safar ham shunday bo'ldi. Falastin xristianlar uchun ham muqaddas joy hisoblanadi. Xristianlikka ko'ra u yerda Iso pay-g'ambarning qabri joylashgan.

Falastin bu davrda musulmonlar hukmronligi ostida edi. Aynan shu omil salib yurishini boshlash uchun bahona bo'ldi.

1095- yilda Rim Papasi Klermon shahri (Fran-siya)da xaloyiq oldida nutq so'zladi. U o'z nut-qida Falastinni va Iso qabrini g'ayridin musul-monlardan tozalashga da'vat etdi. Shu tariqa salib yurishining tub maqsadi niqoblandi.

Salib yurishida ishtirok etishga rozi bo'lgan dehqonlarning asosiy maqsadi - tinka-madorni qurituvchi krepostnoy qaramligidan ozod bo'lish, qarzlardan qutulish hamda Sharqda yerga ega bo'lib olish edi.

Salib yurishlarida Yevropa mustaqil shaharlari xalqaro savdoda yetakchi mavqega ega bo'lib olish uchun ishtirok etgan.

Qulay xalqaro vaziyat. Bu vaziyat -Yaqin Sharqda salibchilar hujumini qaytarib qolishga qodir kuchning yo'qligi edi.

Salibchilar hujumini qaytarishi mumkin bo'l¬gan Arab xalifaligi 1055- yilda amalda barham topgan edi.

Ikkinchi kuch - Vizantiya imperiyasi saljuqiy turklar tomonidan qiyin ahvolga solib qo'yilgan edi. Saljuqiy turklar xavfi Vizantiya imperatorini hatto Rim Papasi va Germaniyaga yordam so'rab murojaat etishga majbur etgan. Bora-bora saljuqiy turklar davlati ham mayda-mayda bekliklarga bo'linib, zaiflashib qolgan. Salib yurishi tashkilotchilarining bunday qulay xalqaro vaziyatdan foydalanmasliklari mumkin emas edi.

Urushga da'vat. Maqsad urush boshlash bo'lgach, bahona bar doim topiladi. O'tgan butun tarix bunga guvoh. Bu safar ham shunday bo'ldi. Falastin xristianlar uchun ham muqaddas joy hisoblanadi. Xristianlikka ko'ra u yerda Iso pay-g'ambarning qabri joylashgan.

Falastin bu davrda musulmonlar hukmronligi ostida edi. Aynan shu omil salib yurishini boshlash uchun bahona bo'ldi.

1095- yilda Rim Papasi Klermon shahri (Fran-siya)da xaloyiq oldida nutq so'zladi. U o'z nut-qida Falastinni va Iso qabrini g'ayridin musul-monlardan tozalashga da'vat etdi. Shu tariqa salib yurishining tub maqsadi niqoblandi.

boyliklar va'da qilindi. Da'vatdagi: ,,O'z yeringiz kam va unumsiz bo'lgani-dan o'zaro birodaikushlik qilmoqdasiz. ,Jnjil"dayozi-lishicha, u yerlarda sut va asal daryo bo'lib oqadi. Falastin - yerning kindigi. U jannatsifat, hosildor yerli o'lka", - xitoblari yig'ilganlarni befarq qol-dirmagan. Bundan tashqari, Papa Yurish qatnashchilari-ga yurishda halok bo'lganlarning gunohini kechirishga, ularning narigi dunyoda jannatga tushishlarini kafolatlashga, dehqonlarni qarzdan ozod etishga, oilasi va mol-mulkini cherkov himoyasiga olishga va'da bergan.

20-§. Dastlabki salib yurishlari va oqibatlari

Tayanch tushunchalar

Birinchi salib yurishi. Dehqonlar va ritsarlarning yurishdagi ishtiroki. Quddus qirolhgi. Diniy-ritsaHik ordenlari.

Salib yurishining boshlanishi. Salib yurishi 1096- yilning | bahoridaboshlandi va 1270- yilgacha davom etdi. Sakkiz marta

salib yurishi bo'lib o'tdi. Yurishni dastlab dehqonlar boshlashdi.

60-70 ming dehqon 5-6 guruhga bo'linib, bola-chaqalari bilan aravalarda to'kin hayot izlab, muqaddas yurt sari jo'nab ketdilar. Salibchilar katta qiyinchilik va talafotlar bilan yozda Konstantinopol shahriga yetib kelishdi. Vizantiya imperatori ularni Kichik Osiyoga o'tkazib yubordi. Bu yerda ular saljuqiy turklar qo'shini bilan to'qnashishdi. Salibchilar birinchi to'qnashuvdayoq tor-mor etildi. Ularning katta qismi qirib tashlandi. Qolgan-qutgani bir amallab Konstantinopolga qaytib keldi.

Yodda luting

Sharq salibchi-dehqonlarga to 'kin hayot emas, halokat keilirdi.

Shundan so'ng 1096- yilning kuzida yaxshi qurollangan Fransiya, Gerrnaniya va Italiya ritsarlari Yaqin Sharqqa yo'l oldilar. Ular Konstantinopol shahrida uchrashdilar. Vizantiya imperatori avvalgidek ularni Kichik Osiyoga o'tkazib yubordi.

1097- yilning yozida salibchilar saljuqiy turklar qo'shinini tor-mor etdilar. So'ng Falastinga yo'l oldilar. Va nihoyat, yo'1-yo'lakay qattiq janglardan keyin 1099- yilning 15- iyul kuni muqaddas Quddus shah-rini ishg'ol qildilar.

Salibchilar shaharni ayovsiz taladilar. Aholini shafqatsizlarcha qirdilar. Shu tariqa uch yillikjangujadallar davomidajami 1200 km uzunlikdagi yer-mulkni bosib oldilar.

Quddus qirolligining tashkil etilishi. Bosqinchi salibchilar bosib olgan hududlarida o'z davlatlarini tuzdilar. Ularning eng yirigi Quddus qirolligi edi. Qolgan mulklar bu qirollikning vassallariga aylantirildi. Salibchilarning yetakchilaridan biri gersog Gotfrid Bulonskiy qirollik taxtini egalladi

Salibchilar shaxsan erkin mahalliy aholining barchasini krepost-noylarga aylantirdilar.

Diniy-ritsarlik ordenlari. Birinchi salib yurishidan keyin Falastinda ritsarlar oz qoldi. Shunday sharoitda ularni saqlab qolish muhim masala edi. Chunki salibchilar o'z davlatlarini mudofaa qilishga ham majbur edilar.

Ritsarlarni saqlab qolish zarurati diniy-ritsarlik ordenlari tashkil etilishiga olib kelgan. Bular Tamplif, loannit ordenlari edi. Uchinchi salib yurishidan so'ng Tevton ordeni ham tashkil etilgan.

Falastinda va Yevropaning turli mamlakatlaridaordenlargayer-niulk ajratib berilgan. Ular shu yer-mulklardan kelgan daromad hisobiga yashaganlar. Bundan tashqari, dindorlar ham katta xayr-ehsonlar qilganlar.

Ordenlarga salibchilar davlatini va yevropalik ziyoratchilarni himoya qilish vazifasli yuklatilgan. Rim Papasi yeretiklarga qarshi kurashda Tamplif oroeni xizmatidan bir necha marta foydalangan.

Ordenlar bora-bora Yaqin Sharqda va G'arbiy Yevropada yirik mulkdorlarga aylangan, keyinchalik salib yurishlari muvaffaqiyatsiz-likka uchragach, Tamplif ordeni Fransiyaga, loannitlar ordeni Malta oroliga ko'chirilgan.

Tevton ordeni XIII asr boshlarida Shimoli-sharqiy Yevropaga 0 o’rnashib olgan.

Tamplif ordeni Fransiyada hatto qirol hokimiyatiga ham xavf sola boshlagani uchun 1312- yilda butunlay tugatilgan.

Tevton ordeni esa XVI asrda o'z qudrati va ahamiyatini yo'qotgan.

Salibchilarga qarshi kurash. Salibchilar o'tkazgan zulm mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo'lgan. Ular zulmga qarshi bir necha marta qo'zg'olon ko'tardilar. Tez orada Quddus qirolligida separatchilik harakati yuz bergan. Qolaversa, turli musulmon turk bekliklari salibchilarga zarba bera boshladilar. Bu omillar Quddus qirolligini ancha zaiflashtirgan. Oqibatda Quddus qiroli Rim Papasidan yana ritsarlar yuborishini so'ragan.

Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. 1147- yilda ikkinchi salib yurishi uyushtirildi. Unda Fransiya qiroli va Germaniya imperatori shaxsan ishtirok etdi. Biroq bu yurish tamomila barbod bo'ldi.

Salibchilar Quddus qirolligiga xavf solayotgan Damashq bekligini bosib ololmadilar. Bu orada turklar Salohiddin Ayyubiy (1171- 1193) boshchiligida Misr davlatini tuzishga muvaffaq bo'ldilar.

1187- yilda Misr qo'shini Quddusni zabt etdi. Salibchilar shahardan quvib chiqarildi. Quddusni qaytarib olish maqsadida 1189- yilda uchinchi salib yurishi uyushtirildi. Bu yurishda Fransiya, Germaniya va Angliya dav-latlari qatnashdi. Har bir davlat hukmdori o'z qo'shinlariga shaxsan rahbarlik qildi. Biroq bu yurishdan ko'zlangan asosiy maqsadga erishilmadi.

1192- yilda Salibchilar va Salohiddin Ayyubiy o'rtasida shartnoma tuzildi. Unga ko'ra, yevropaliklar xristianlar uchun muqaddas hisob-lanuvchi Quddus va boshqa shaharlarga bemalol ziyoratga kelib-ketishlari mumkin edi.

Uchinchi salib yurishining yevropaliklar uchun muhim ahamiyati Kipr orolining egallanishi bo'ldi. Salibchilar buyerda Kipr qirolligini tuzganlar.

Atamafar mazmunini bilib oting

Diniy-ritsarlar ordeni - diniy-ritsarlik lashkilotlari.

Ioannit ordeni - Italyan ritsarlarining ordeni. Uning nomi Quddusdagi avliyo Ioann nomi bilan ataluvchi ziyoratchilar uyi nomidan olingan.

Kichik Osiyo - Qora, Marmar, Egey va O'rta Yer dengizi hamda ulami birlashtiruvchi bo'g'ozlar bilan chegaralangan Osiyoning g'arbiy qismidagi yarim orol.

Tamplif ordeni - fransuz ritsarlari ordeni. Uning nomi Tampli ibodatxonasi nomidan olingan.

Tevton ordeni - german ritsarlari uchun qurilgan shifoxona negizida tashkil etilgan orden. U Quddusdagi Bibi Maryam uyi ordeni deb ham ataladi.

To'rtinchi salib yurishi. 1202- yilda to'rtinchi salib yurishi boshlandi. To'rtinchi salib yurishi oldingilaridan xristianlarning xristianlar yurtini bosib olishi bilan farq qiladi.

Bunda Venetsiya shahri katta rol o'ynadi. Uning maqsadi aso¬siy savdo raqibi - Vizantiyani kuchsizlantirish edi.

1204- yilda Salibchilar Vizantiya poytaxti Konstantinopol shahrini egalJadilar.

Bosqinchi Salibchilar shaharni ayovsiz taladilar. Barcha ibo-datxonalar, jumladan, Muqaddas Sofiya ibodatxonasi ham ship-shiydon qilindi. Salibchilar Vizantiyaning bosib olingan hududlarida yana bir yangi davlat tuzdilar. Bu yangi davlat Lotin imperiyasi deb ataldi.

biro


1261- yildagina Vizantiya imperiyasi qayta tiklandi, biroq u avvalgidek qudratli bo'la olmadi. To'rtinchi salib yurishining yana

ziga xos tomoni - unda bolalarning yurishda qatnashish istagida bir joyga to'planganligidir. Savdogarlar ularni kemalarda Misrga olib borganlar va qullikka sotib yuborganlar.

Keyingi salib yurishlari. 1217- yildan 1270- yilgacha o'tgan davrda yana to'rt marta salib yurishlari uyushtirildi. Lekin ular samarasiz tugagan. Bu yurishlarda endi butun Yevropa qatnash-magan. Yurishlar oqibatida salibchilar Quddus shahrini butunlay qo'ldan chiqardilar.

1291- yilda turklarning zarbasi natijasida salibchilar Sharqdagi barcha mulklaridan batamom ayrildilar, Kipr oroli XV asrning ikkinchi yarmidan Venetsiya qo'liga o'tdi.

Salib yurishlari oxir-oqibatda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, butunlay to'xtadi.

Salib yurishlari to'xtashining sabablari. Xni asr oxirlariga kelib Yevropada qishloq xo'jaligi yuksala bordi. Hosildorlik ortdi. Bu esa feodallarning daromadlarini yanada orttirdi. Oqibatda ularga og'ir va xatarli urushlar kerak bo'lmay qoldi.

Dehqonlarning birinchi salib yurishida qirilib ketishi qolganlarning ko'zini ochdi. Endi dehqonlar Papa va feodallar da'vatiga ishonmay qo'ydilar. Uzoqdan to'kin hayot izlash o'rniga feodallarga kuchliroq; qarshilik ko'rsatish yoki shaharga qochib ketish afzal edi. Shahar-* laming o'sishi ularga ish topish imkonini bera boshladi.

Ritsarlar ham salib yurishlarida qatnashishdan bosh tortganlar* Chunki Yevropa davlatlari o'rtasida nizolarning kuchayishi ritsarlargi bo'lgan talabni oshirib yubordi. Shunday sharoitda ritsarlarga qirol qo'shinida xizmat qilish afzal bo'lib qoldi.

Eng muhimi, Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil toj borishi katolik cherkovining oldingi qudratini yo'qqa chiqara boi Uning mavqei pasaya boshladi.

Salib yurishlarining oqibatlari. Salib yurishlari o'zining asosiy maqsadiga erisha olmadi. Buning ustiga bu yurishlarda yevropaliklar katta talafot ko'rdilar. Shunday bo'lsa-da, salib yurishlari Yevropa uchun qator ijobiy natijalar keltirdi. Chunonchi, O'rta Yer dengizi orqali olib borilgan savdo-sotiq yanada jonlandi. Savdo-sotiqda yetakchilik Italiyaning Venetsiya va Genuya shaharlariga o'tdi.

Yevropaliklar sharqliklardan tarvuz, limon, o'rik, shakarqamish, sholi kabi qator o'zlari uchun yangi dehqonchilik ekinlari yetishtirishni o'rganib oldilar.

Bundan tashqari, shamol tegirmonidan foydalanish, shoyi to'qish, oyna (ko'zgu) yasashni ham o'zlashtirdilar. Shaxmat o'yini ham shu davrlarda Sharqdan kirib keldi. Bir so'z bilan aytganda, salibchilar Sharq madaniy hayoti Yevropanikidan ustun ekanligiga amin bo'ldilar. Eng muhimi, yevropaliklar Sharqda turli dinlarning bir-biri bilan o'zaro murosada yashayotganligini ko'rdilar.

V bob. G'arbiy Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi

22-§. Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga kelishi

Tayanch tushunchalar

Feodal tarqoqlik oqibatlari. Mamlakatni birlashtirish sabablari. Birlashtirish tarafdorlari va duskmanlari.

Ichki siyosiy ahvol. IX asrda G'arbiy Yevropada feodal tarqoqlik yuz bergan edi. Buning natijasida davlatlar mayda-mayda bo'laklarga bo'linib ketgan. Ularning har biri deyarli mustaqil davlat (mustaqil mulk) edi. Oqibatda qirol hokimiyati zaiflashgan. Uning ta'sir doirasi o'ziga qarashli mulk chegarasidan nariga o'tmagan.

Fransiyaning o'zi 14 ta yarim mustaqil mulkka (davlatga) bo'linib ketgan edi. Ularni boshqargan gersog yoki graflar o'zlariga qarashli mulkda aholidan soliq yig'ganlar, sud ishlarini amalga oshirganlar.

Ba'zi feodallarning yer-mulki qirolnikidan ko'p edi. Binobarin, ular qirollardan boyroq va qudratiiroq bo'lgan.

Gersog va graf (yirik feodal)lar ,,qirol tenglarning birinchisidir**. xolos, deb hisoblar edilar.

Birlashish sabablari. X - XI asrlarda mamlakatda ishlal chiqaruvchi kuchlar yanada o'sdi. Bu o'z navbatida savdo-sotiqninj rivojlanishiga sabab bo'ldi. Savdo-sotiqning rivojlanishi mamlal viloyatlari o'rtasida mehnat taqsimotining vujudga kelishiga olil keldi.

Yodda tuting Viloyatlar o'rtasidagi mehnat taqsimoti har bir

viloyatning ishlab chiqarishning u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvidir.

Bir viloyatda temir rudasi, ikkinchisida oziq-ovqat mahsuloth uchinchisida esa movut ishlab chiqarish yetakchi sohaga aylang* Bu hodisa viloyatlarning o'zicha yashashi holatiga barham bergan. Ularni bir-biri bilan chambarchas bog'lagan. Hatto feodallar ham, krepostnoylar ham bu jarayonga tortilgan.

Feodallar hunarmandchilik buyumlari hamda shahardan keltiriladigan boshqa tovarlarni sotib olish uchun tobora ko'proq pulga muhtoj bo'Ia boshlaganlar. Shu tufayli barshchina va obrokni ham pul to'loviga o'tkaza borganlar.

Obrokni pul bilan to'lash krepostnoylarni bozor bilan bog'lab qo'ygan. Ular endi o'z chek yerlarida yanada ko'proq mahsulot yetishtirishga harakat qilganlar. Ortiqcha pulga ega bo'la boshlagan krepostnoy bora-bora pul evaziga o'z erkini sotib ola boshlagan. Shu tariqa krepostnoy qaramlikdan ozod bo'lib, erkin ishlab chiqa-ruvchiga aylangan. Bu esa mamlakatni birlashtirish uchun sharoit yaratgan.

Mamlakatning bundan keyingi taraqqiyoti ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada o'sishi va savdo-sotiqning rivojlanishiga bog'liq bo'lib qolgan. Biroq mamlakatda davom etayotgan feodallar o'rtasidagi o'zaro urushlar taraqqiyot yo'lidagi asosiy g'ovga aylangan edi.

Bu g'ovni faqat kuchli qirol hokimiyatigina bartaraf eta olar edi. Sunday hokimiyat mamlakatni yagona davlatga birlashtirish natijasidagina vujudga kelishi mumkin edi.

Mamlakat birlashuvi dushmanlari va tarafdorlari. Mamlakat birlashuvining asosiy dushmani yirik feodallar edi. Ular hamma narsaning eskicha qolishini istashardi. Chunki birlashish mulk egalarini hamma imtiyoz va mavqelardan mahrum etar edi.

Hunarmandlar, savdogarlar va ritsarlar markazlashgan davlat tarafdorlari edilar. Qirol feodallarga qarshi kurashda ularga tayanar edi.

Shaharlar feodallarga qarshi kurashda qiroldan madad so'rardi.

Qirol o'zboshimcha feodallarni kuchsizlantirish maqsadida shaharlarga o'z-o'zini boshqarish huquqini berardi. Buning eva¬ziga shaharlar qirolning mamlakatni birlashtirish yo'lidagi hara-katini pul bilan ta'minlardi. Qirol ixtiyoriga o'z qurolli kuchlarini yuborar edi.

Birlashtirish harakatining boshlanishi. Fransiyani birlashtirish qirol Lyudovik VI davrida (1108 - 1137) boshlandi.

Birlashtirish yo'lidagi eng katta to'siq Angliyaning Fransiyadagi mulklari edi. O'zboshimcha Normandiya gersogi Vilgelm Angliyani bosib olgan edi. Uning vorislari Fransiyaning yarmidan ortiq hududiga egalik qilardilar.

Qirol Filipp II Avgust (1180 - 1223) Vilgelm vorislarining Fransiyadagi yerlarini musodara qildi. Ingliz qo'shinini tor-mor etib, hatto Normandiya gersogligining o'zini ham bo'ysundirdi. Shu tariqa mamlakatni birlashtirishda katta muvaffaqiyatga erishildi.

Filipp n Avgust boshqaruv sohasida muhim islohot o'tkazdi. Unga ko'ra, mamlakat bir-biriga teng 20 ta okrug (viloyat)ga bo'lindi. Ular qirol tayinlaydigan gubernatorlar tomonidan boshqariladigan bo'ldi. Gubernatorlarga sud, soliqlarni yig'ish va qo'shin to'plash ishlari yuklatilgan.

Fransiyani birlashtirish ishiga qirol Filipp IV katta hissa qo'shdi. Uning davrida (1285 - 1314) butun Fransiyaning 3/4 qismi birlash-tirilgan.

Filipp IV tanga pul joriy etgan. Uning tarkibida oltin va kumush miqdori ko'p edi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'lgan.

Fransiyada shu tariqa markazlashgan qirol hokimiyati -markazlashgan davlat vujudga keldi.Mamlakatning barcha hududi qirol hokimiyatiga itoat etgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Imtiyoz - hamma uchun belgilangandan ortiq haq-huquq, sharoit.

Markazlashgan qirol hokimiyati - mamlakat barcha hududining yagona qirol hokimiyatiga itoat etishi.

23-§. Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi

Tayanch tushunchalar

Aholining toifalarga bo'linishi. Uch toifaviy General shtatlar. Toifaviy monarxiya.

Aholining toifalarga bo'linishi. Fransiya aholisi uch |toifaga bo'lingan. Ruhoniylar birinchi toifani; dvoryanlar I (katta yer egalari) ikkinchi toifani; shahar boylari va kambag'allari, dehqonlar hamda hunarmandlar uchinchi toifani tashkil etishgan.

Ruhoniylarning vazifasi ibodat qilish, gunohkorlarni xudo oldida himoya qilishdan iborat bo'lgan. Dvoryanlarning vazifasi esa qirol va uning fuqarolarini dushmanlar hujumidan himoya qilish bo'lgan edi.

General shtatlarning chaqirilishi. Fransiyani birlashtirish uchun og'ir kurash olib borilayotgan bir sharoitda qirol Filipp IV General shtatlar chaqirishga majbur bo'ldi. Bu hodisa 1302- yilda ro'y berdi.

Filipp IV hokimiyatining bo'linishini xohlamas edi, albatta. Shu sababli uning o'ziga qolsa General shtatlarni chaqirmagan bo’lardi. Ichki vatashqi dushmanlarga qarshi kurash katta-katta mablag'lar talab etayotgan bir sharoitda Filipp IV ning bundan boshqa iloji yo'q edi. Zarur mablag'ga ega bo'lish uchun qirol harbiy xizmatni o'tamayotgan yirik dvoryanlarni o'zlariga berilgan imtiyozni to'lov evaziga sotib olishga majbur etgan. Bundan tashqari, cherkov yerlariga ham soliq solgan. Qirolning bu tadbirlari yirik feodallar va Rim Papasi qarshiligiga uchragan. Rim Papasi qiroldan cherkovga qarashli yerlardan soliq olish to'g'risidagi farmonini bekor qilishni talab etgan. Ana shunday sharoitda qirolning General shtatlarni chaqirishdan boshqa chorasi qolmagan.

Qirolning asosiy tayanchlari o'rta va mayda dvoryanlar hamda shaharlarning erkin fuqarolari edi.

O'rta va mayda dvoryanlar gersog va graflarning o'zboshim-chaligidanjabr chekmoqda edi. Ko'plab shaharlar qirolning qo'llab-quvvatlashi tufayligina o'z-o'zini boshqarish huquqini qo'lga kiritgan edi. Shuning uchun ham shaharliklar qirolning ishonchli tayanchiga aylangan edi.

Filipp IV aynan o'rta va mayda dvoryanlar hamda shaharliklar madadiga tayanib, yirik dvoryanlar va cherkovning qarshiligini sindirishga qaror qilgan.

General shtatlar 8- aprel kuni Parijning bosh ibodatxonasida ish boshladi. Unda yuqori tabaqa vakillari bilan bir qatorda, har shahardan ikki nafardan vakil ham qatnashdi. Shaharliklar vakillari qirolni to'la qo'llab-quwatlashini ma'lum qilganlar. Bu madaddan foydalangan Filipp IV Rim Papasiga qarshi kurash olib borgan. Vafot etgan Papa o'rniga uning tazyiqi bilan fransiyalik ruhoniy saylangan. 1309- yilda Papa qarorgohi Rimdan Fransiyaga ko'chirilgan. Rim Papa-sining mavqei pasayib, qirol hpkimiya-tining obro'yi orta borgan.

Qirol uchinchi toifaga tayanib, yirik dvoryanlarni yanada ko'proq cheklab qo'yishga erishgan.

Shu tariqa Fransiyada toifaviy monarxiya qaror topgan.

Yodda luting

Toifaviy monarxiya - toifalar madadisiz mamlakatni idora qilish uchun yetarli darajada kuchli bo'lmagan qirol hokimiyati.

General shtatlardagi ixtilof. Toifalar o'zaro murosaga erisha olmagan, Chunki dvoryanlar shaharliklar nufuzining o'sib borishidan qo'rqar edilar. Ularni tobora boyib borayotgan shaharliklarning bir kuni hokimiyatga da'vo qilishi tashvishga solar edi. Natijada dvoryanlar shaharliklarni o'z qatorlariga qo'shishni aslo istamaganlar. Shuning uchun ham shaharliklar qirol bilan kelishishni afzal ko'rgan.

Dvoryanlar va shaharliklar o'rtasida ittifoq qaror topmaganligi General shtatlarning uch palatadan iborat bo'lganligida o'z ifodasini topdi.

Yuqori palata ruhoniylar vakillaridan (arxiyepiskop, yepiskop va abbatlar), o'rta palata dvoryanlar vakillaridan, quyi palata esa shaharliklar vakillaridan iborat bo'lgan. Ular alohida-alohida majlis qilganlar.

Palata vakillarining o'zaro kelisha olmaganligi General shtatlarning qirolga kuchli ta'sir ko'rsata oladigan hokimiyatga ega bo'lishiga imkon bermagan. General shtatlar muntazam chaqirilmagan. Buning ustiga u qonunlarni tasdiqlash huquqiga ega bo'lmagan. Uning vazifasi u yoki bu soliqni joriy etishga rozilik berish bilan cheklanib qolgan.

Qirol Filipp IV General shtatlardan yangi soliq joriy etilishini do'stlarcha so'rash bilan birga, hukmdor sifatida ham talab qilardi.

General shtatlar o'z huquqini oshirish uchun urinib ko'rgan, albatta. Chunonchi, 1357- yilda shunday qilingan. Bu paytda Angliya bilan urush davom etardi. Urushda Fransiya qo'shini mag'lubiyatga uchragan, qirol loann esa asir olingan edi.

General shtatlar davlat amaldorlarini uquvsizlikda ayblagan va taxt vorisi oldiga 22 nafar amaldorni lavozimidan ozod etish talabini qo 'ygan. Ayni paytda General shtatlar o'ziga soliq yig'ish va soliqdan tushgan mablag'lar xarajatini nazorat qilish huquqi berilishini ham talab etgan. Taxt vorisi General shtatlar talabini qabul qilishga majbur bo'lgan.

Biroq o'rta va quyi palata vakillari o'rtasida birlikning yo'qligi tufayli bu g'alabani saqlab qoiishning iloji bo'lmagan. Natijada qirol hokimiyati yana o'z mavqeini tiklab olishga muvaffaq bo'lgan.

Atamalar mazrnunini bilib oling

General shtatlar - Fransiyada mavjud bo'lgan uch toifa

vakillarining kengashi. Toifa - otadan bolaga meros tariqasida o'tadigan huquq va

majburiyatlarga ega bo'lgan kishilarning katta-katta guruhi,

24-§. Fransiyani birlashtirishni tugallash yo'lida

Tayanch tushunchalar

Yut yillik urush va uning sabablari. Inglizlar g'alabasi. Jakeriya qo'zg'oloni. Qo'zg'olonning yengilishi va oqibatlari. Siy&siy inqiroz-

Yuz yillik urushning sabablari. Fransiyani yagona davlatga | birlashtirishni tugallash oson vazifaemas edi. Chunki biriashtirish siyosati nafaqat ichki, ayni paytda, tashqi to'siqlarga ham uchragan. Eng katta tashqi to'siq - Angliya edi. Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo'l ostida edi. U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan. Buning ustiga, markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslik uchun kurashayotgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo'llab-quvvatlangan.

Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp VI (1328 - 1350) (qizining o'g'li)ning nabirasi bo'la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi. Bu omillar Fransiya - Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan. Endi bu ikki davlat o'rtasida urush chiqishi muqarrar edi. Urushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi, xolos.

Filipp VI vafotidan so'ng Eduard III Fransiya taxtiga da'vogarlik qilib chiqdi. Biroq Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo'lgan avlod qirollik taxtiga o'tira olmaydi, degan xulosani berdi. Bu esa urush boshlashga bahona bo'ldi.
Urushning boshlanishi. Urush 1337- yilda Angliyaning hujumi bilan boshlandi. Flandriya urushda Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi.

Yodda fating

Angliya - Fransiya o'rtasida boshlangan bu urush tarixga yuz yillik urush nomi bilan kirgan. U to 'xtab-to 'xtab 1453-yilgacha davom etgan.

1340- yilda Angliya floti katta g'alabaga erishdi. Bu g'alaba ingliz flotini dengizda hukmron flotga aylantirdi.

1346- yilda inglizlar quruqlikda ham g'alaba qozondilar.

Fransiya qo'shinining umumiy safda turib jang qila olmasligi, inglizlarning esa 200 metr masofadan turib ham og'ir kamonlarda mo'ljalni aniq urishga qodir qo'shinga egaligi inglizlar g'alabasining asosiy sababi bo'ldi.

Eng yirik jang 1356- yilgi Puate jangi edi, Bu jangda ham inglizlar g'alabaga erishdilar. Hatto Fransiya qiroli loann asir olindi. Shu tariqa Angliya G'arbiy va Shimoliy Fransiyaning katta qismini bosib oldi.

Mamlakatdagi og*ir ichki vaziyat. Fransiya qiroli Lyudovik X 1315- yilda qirollik yer-mulklaridagi dehqonlarga haq to'lash sharti bilan ozodlik berish to'g'risida farmon chiqargan edi. Bu farmon kechagi qaram dehqonni erkin mayda tovar ishlab chiqaruvchiga aylantirishi kerak edi. Biroq erkinlikni sotib olish haqi juda baland bo’lgan.

Bu esa dehqonlarni amalda sudxo'rlar sirtmog'iga ilintirib qo'ygan.

Angliya - Fransiya urushi busiz ham ahvoli og'ir bo'lgan dehqonlarni xonavayron qilgan. Bu esaFransiya tarixiga , Jakeriya qo'zg'oloni" nomi bilan kirgan dehqonlar qo'zg'olonining yuz berishiga sabab bo'lgan.

Jflkeriya qo’zg’oloni. Qo'zg'olon 1358- yilning may oyida Frajjsiyaning shimoli-sharqida boshlandi. Qo'zg'olonda 100 mingdan ortiq dehqon qatnashdi. Qo'zg'olonchilarning shiori barcha zodagonlarni bitta ha111 q°ldirmay qirib tashlash edi. Bunga zodagonlar va harbiylar-ning dehqonlarga o'tkazgan og'ir jabr-zulmlari sabab bo'lgan. Qo'zg'olonga Gilom Kal ismli dehqon rahbarlik qildi.

Qjrol hokimiyati tez orada qo'zg'olonga qarshi katta qo'shin to'pladi- Qirol hatto Angliyadan yordam so'rashga majbur bo'ldi.

Harbiy tayyorgarlik ko'rmagan va yaxshi qurollanmagan dehqonlar q°'shiniga qarshi tura olmas edi. Qo'zg'olon rahbari aldov yo'li bilan asir olindi. U boshiga qizdirilgan temir toj kiydirilib qatl etildi.

rjehqonlarning dushmanlari Gilom Kalga qarata: , Jaklar qiroliga biz ana shunday toj kiydiramiz", - deb uni mazax qilganlar.

yolboshchisiz qolgan, jang tartibini bilmaydigan dehqonlar q0'zg'oloni tor-mor etildi. Qariyb 20 ming dehqon qirib tashlandi.

Ritsarlar qishloqlarga o't qo'ydilar. Dehqonlarning o'zlarini esa d^axtlarga va uylarning eshiklariga osdilar.

no'zg'olonning oqibatlari. Qo'zg'olon yengildi, lekin izsiz ketntfdi- Dahshatli qo'zg'olon feodallarni qo'rqitib qo'ydi. Ular bun-dan $yin dehqonlarning majburiyatlarini yanada ko'paytirishga botina Dehqonlarni to'lov evaziga shaxsiy qaramlikdan ozod tezlatdilar.

pehqonlar qo'zg'olondan keyin o'z xo'jaliklarini nisbatan muvaf-faqiyatliroq rivojlantirish imkoniga ega bo'ldilar.

AngHya bilan sulh shartnomasining imzolanishi. Fransiya va Aneliy2 o'rtasida 1360- yilda sulh shartnomasi imzolandi. Uning s^arilari Fransiya uchun juda og'ir edi. Chunonchi, Fransiya hududining 1/3 qismi Angliya qo'liga o'tdi. Fransiya bunday og'ir shartni qabul qilishga majbur edi. Chunki Fransiyaning urushni davom ettjrjshga qurbi yetmas edi. Ertami-kechmi yana urush harakatlari i- Fransiya vaqtdan foydalanishga harakat qildi.

Chunonchi, qirol Karl V o'ziga bo'ysunishni xohlamagan sepa-ratchi hukmdorlarni tor-mor etdi. Moliya sohasida islohot o'tkazdi. Natijada qirol xazinasi qator doimiy daromad manbalariga ega bo'ldi. Bu qirolga yaxshi harbiy ta'lim ko'rgan qo'shin tuzish imkonini berdi. 120 kemadan iborat harbiy flot tashkil etdi. Tarixda birinchi bor og'ir artilleriya - to'p ixtiro etildi. Bu o'zgarishlar tez orada o'z samarasini berdi. 1369- yilda qayta boshlangan urushda Angliya qattiq mag'lubiyatga uchradi. Angliya qo'lida bir necha sohilbo'yi shaharlari qoldi, xolos. Biroq Karl V vafotidan so'ng vaziyat yana og'irlashdi. Fransiyada siyosiy inqiroz - saroy nizolari davri boshlandi. Bu mamlakatda hokimiyat uchun kurash avj olganligini anglatar edi. Siyosiy inqiroz Fransiyani halokat yoqasiga keltirib qo'ydi.

Atama mazmunini bilib oling

Jakeriya - feodallar dehqonlarni masxaralab ,jaklar" deb atashardi. Bu atama dehqonlarni kamsituvchi laqab edi. Qo'zg'olonning nomi shu laqabdan olingan.

25-§. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi

Yangi urush va uning oqibati. Fransiyadagi og'ir ichki vaziyatdan foydalangan Angliya 1415- yilda yana urush harakatlarini boshladi. Tez orada Fransiya qo'shini mag'lub etildi. Oqibatda Angliya Fransiyaning butun shimoliy qismini egallab oldi. Bunga qanoatlanmagan inglizlar qo'shini mamlakat poytaxti Parij shahrini ham bosib oldi.

1420- yilda Angliya va Fransiya o'rtasida Fransiyani tahqirlovchi shartnoma imzolandi. Unga ko'ra Angliya va Fransiya yakka qirollikka birlashtirildi. Fransiya qirolining o'g'illari vorislik huquqidan mahrum etildi. Tez orada vafot etgan Angliya qiroli Genrix V ning hali go*dak o'g'li Angliya va Fransiya qiroli deb e'lon qilindi.

Mustaqil Fransiya tarafdorlari bu holatga toqat qila olmaganlar. Shu tariqa Fransiya bir-biriga dushman ikki qismga bo'linib ketgan.

1428- yilda inglizlar qo'shini Orlean shahrini qamal qilishga kirishganlar. Orlean egallansa, inglizlar Fransiyaning janubini ham qo'lga kiritish imkoniga ega bo'lardilar.

Yodda luting

Fransiyaning keyingi taqdiri Orlean shahriga bog'liq bo 'lib qoldi.

Janna d'Ark. Fransiya qo'shini g'alabagishonchni yo'qotdi. Taxt vorisi va uning a'yonlari dovdirab qolishdi. Shunday sharoitda fransuz xalqi tashabbusni o'z qo'liga oldi. Ular partizanlar uru-shini boshlashdi.

Xalqning jasorati tu-fayli Orlean mustahkam qal'aga aylandi. Xalq ichidan chiqqan jasur vatanparvarlardan biri dehqon qizi Janna d'Ark edi.

U o'zida mamlakatni inglizlardan xalos etuvchi kuchni topa oldi. O'zining xaloskorlik vazifasiga xudoi taoloning xohishi deb qaradi.

1429- yilda u Fransiya qiroli Karl VII bilan uchrashib, o'z fikrlarini bayon etdi. Ritsar qurol-aslahalarini taqib olgan Janna otda qirol qo'shinini aylanib chiqdi. Ularni urush harakatlarini Orlean yonida boshlashga da'vat etdi. Bu harakat albatta g'alaba keltirishini oldindan bashorat qildi. Tez orada Orlean uchun jang boshlandi. Janna d'Arkning jangdagi shaxsiy namunasi fransuz qo'shinini ruhlantirib yubordi.

1429- yil yuz yillik urushda burilish yasagan yil bo'ldi.

Orlean to'qqiz kun ichida - 1429-yilning 5-may kuni butunlay ozod qilindi. Dushman qo'shini Fransiya shimoliga chekindi. Janna d'Ark ,,Orlean qizi" degan nom oldi. Uning jasorati, shon-shuhrati butun Fransiyaga yoyildi.

Janna d'Ark kabi xalq qahramonlari obro'si hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo'ydi. Endi Janna ularga kerak bo'lmay qoldi. Janna Angliya ittifoqchisi, Fransiya manfaatlariga xoinlik qilgan burgund-larga qarshi kurashda asirga tushib qolgan va katta pul evaziga inglizlarga sotib yuborilgan.

Fransiya qiroli Karl VII Janna d'Arkni inglizlardan qutqarib olishni hatto xayoliga ham keltirmagan.

Cherkov Janna d'Arkni jodugarlikda ayblagan va uni inkvizitsiya -cherkovning sud-tergov tashkilotiga topshirgan. U 1431- yilning 30-may kuni olovda kuydirib o'ldirilgan.

Yuz yillik urushning tugashi. Fransuz xalqi ozodlik urushini davom ettirdi. Janna d'Arkning jasorati ming-minglab kishilarni yurt ozodligi uchun kurashga otlantirdi. Tez orada Angliyaning o'zida ham hokimiyat uchun kurash kuchaydi.

Parijdabosqinchilarga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Karl VII qo'shini bilan Parijga kirib keldi. Shu tariqa xalq bosqinchilar zulmidan xalos bo'ldi. Angliya bosib olgan hududlar birin-ketin ozod etila boshlandi.

Nihoyat, 1453- yili yuz yillik urush Fransiyaning g'alabasi bilan yakunlandi. Angliya qo'lida Kale portigina qoldi, xolos.

Yuz yillik urushda erishilgan g'alabaning eng yirik oqibati, ahamiyati Fransiyani birlashtirishning oxiriga yetkazilishi bo'ldi. Fransiya markazlashgan yagona davlatga aylandi. Butun mamlakat hokimiyatiga bo'ysundirildi.

Fransiyaning markazlashgan davlatga aylanishi mamlakat xo'jaligining ravnaq topishida asosiy omil bo'ldi.

Fransiyada mutlaq monarxiyaning qaror topishi. XV asr oxiriga kelib Fransiyani birlash-. tirish asosan nihoyasiga yetdi. Bu tarixiy voqea| mashhur siyosatchi qirol Lyudovik XI hukm-' ronligi davrida (1461- 1483) yuz berdi. U o'ta oqilona siyosat yuritdi. Mamlakatda doimiy | qo'shin tuzdi.

Fransiya toifaviy monarxiyadan mutlaq mo- | narxiyaga aylandi.

Qirol davlatning ichki va tashqi siyosatini

yakka o'zi belgilagan. Davlat ishlarini xohlaganicha boshqargan. Urush e'lon qilish yoki sulh tuzish masalasini ham shaxsan o'zi hal etgan. Maosh olib ishlaydigan davlat amaldorlari unga so'zsiz itoat etganlar.

Mamlakatni birlashtirishning oqibatlari. Mamlakatni birlash-tirish avvalo qirolning kuchli hokimiyatini vujudga keltirdi.

Feodal tarqoqlikka butunlaiy chek qo'yildi. Feodallaraing qurolli | guruhlari shahar va qishloqlarni vayron eta olmaydigan bo'ldi. Chunk! endilikda ularda bunday guruhlarning o'zi yo'q edi.

Savdogarlar butun mamlakat bo'ylab erkin savdo qilish imko-niga ega bo'ldi. Qaroqchilar hujumiga barham berildi. Qirolning o'zi shaharlarning o'sishi, savdo-sotiqning yanada kengayishiga homiylik qildi. Mamlakatda yagona pul, o'lchov va og'irlik birlik-lari joriy etildi.

Mamlakatning katta savdo floti tashkil topdi. Bu esa chet davlatlar bilan olib boriladigan savdoning yanada o'sishini ta'minladi. Shu tariqa

I

mamlakat yagona iqtisodiy makonga aylandi. Uning bir qismi ikkinchi J qismisiz rivojlana olmaydigan bo'ldi.



Atamalar mazmunini bttib oling

Mutlaq monarxiya - huquqi mutlaqo cheklanmagan yakka

hukmdor - qirol hokimiyati. Partizan - dushman bosib olgan hududlarda yurt ozodligi va

mustaqilligi uchun kurashuvchi kishi. 26-§. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi

Tayanch tushunchalar

Normand gersogligi. Kuchli qirol hokimiyati. ,,Buyuk erkinlik xartiyasi". Parlament.

Normandlar istilosi oqibatlari. Sizga ma'lumki, Fransiyaning Normandiya gersogligi 1066- yilda Angliyani istilo qilgan edi. Shu yili gersog Vilgelni Vilgelm I nomi bilan Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Istilodan so'ng aksariyat mahalliy angl-caks feodallarining yer-mulki tortib olindi. Ular ritsarlarga bo'lib berildi. Cherkov yepiskoplari ham almashtirildi.

Angliya yerlarining 1/7 qismini Vilgelm I o'z mulki qilib oldi. Istilochilarning Angliyani itoatda tutishlari uchun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Buni tushungan barcha yer egalari Vilgelm I ga sodiqlik haqida qasamyod qilganlar.

Istilo shu tariqa Angliyada kuchli qirol hokimiyatini vujudga keltirdi. Bu esa o'z navbatida markazlashgan davlat barpo etish uchun asos bo'ldi.

1086- yilda Angliyada aholini ro'yxatga olish tadbiri o'tkazildi. Aholi bu tadbirni qo'rqinch bilan qarshi oldi. Shu tufayli ro'yxat varaqalarini ,,Dahshatli sud kitobi" deb atadilar. Vilgelm I ning bu tadbirdan ko'zlagan asosiy maqsadi - mamlakatda haqiqatda qancha yer maydoni borligini aniqlash orqali xazinaga tushadigan daromadni' ko'paytirish edi. Vilgelm I Daniyaning uzluksiz hujumlariga butunlay chek qo'ydi. Feodallarning o'zaro urushlariga barham berdi.

Kuchli qirollik hokimiyati. Vilgelm I ning oqilona siyosati kuchli qirollik hokimiyati vujudga kelishini ta'minladi. Avvalo, yirik shaharlar qirol hokimiyatini qo'llab-quvvatladilar. Buning asosiy sababi shaharlarning asosan qirolga qarashli yer-mulklarda joylashganligi edi. Qirol ham shaharlarni qo'llab-quvvatladi. Chunki, birinchidan, shaharlar qirolga katta daromad keltirgan bo'Isa, ikkinchidan, yirik feodallarga qarshi kurashda shaharlar qirolning tayanchi edi. Shu sababli feodallar shaharlarga tazyiq o'tkaza olmaganlar.

Qirol hokimiyatini ritsarlar ham qo'llab-quvvatlashgan. Kuchli qirol hokimiyati ularni katta yer egalari tajovuzidan muhofaza qilishning asosiy kafolati edi.

Xristian cherkovi, aholining erkin toifasi ham kuchli qirol hokimiyati tarafdori bo'lgan. Qirol sudining joriy etilganligi aholining erkin toifasini feodallarning o'zboshimcha mahalliy sudlaridan himoya qilgan.

Qirol hokimiyatining mustahkamlanishi bilan Angliya markaz-lashgan davlatga aylana borgan.

Yuqorida qayd etilgan omillar Angliyada markazlashgan davlat vujudga kelishini Fransiyaga nisbatan yengil ko'chishiga imkon bergan.

,,Buyuk erkinlik xartiyasi". Qayd etilgan omillar Angliyada siyosiy hayot osoyishta kechgan, degan fikrni anglatmaydi. Fransiyada bo'lganidek, Angliyada ham hokimiyat uchun, siyosiy huquqlar uchun murosasiz kurash davom etgan. Biroq bu kurash Angliyani bo'laklarga bo'lib yubora olmagan.

Qirol loann (1199 - 1216) davrida hukmron tabaqalar o'rtasidagi nizolar avjiga chiqqan. Bunga qator omillar sabab bo'lgan. Chunonchi, Angliyaning Fransiyaga qarshi urushda mag'lubiyatga uchrashi uning asosiy sababi bo'ldi. Bundan tashqari, yepiskop saylash masalasida

Rim Papasi bilan munosabatiar keskinlashdi. Bu kurashda ham qirol yutqazdi. Papa qirolni vassal sifatida tavba qilishga majbur etdi. Bu mag'lubiyat qirolning obro'sini tushirib yubordi.

Soliqlarning oshirilishi qirolni mayda va o'rta mulkdorlar mada-didan mahrum etdi. Bu hoi yirik yer-mulk egalarida hokimiyatga bo'ysunmaslik kayfiyatini vujudga keltirdi. Oqibatda 1215- yilda qiroiga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi.

Qo'zg'olonchilar qirolni ,,Buyuk erkinlik xartiyasi" deb ataluvchi hujjatga imzo chekishga majbur etdilar.

Unga ko'ra, feodallar o'z yer-mulklarini meros qilib qoldirish huquqiga ega bo'ldilar.

Mamlakatda ,,Tenglar sudi" deb ataluvchi sud joriy etildi. Bu sudning qarorisiz mamlakatning birorta erkin fuqarosi qamoqqa olinmas, mol-mulki musodara etilmas yoki mamlakatdan haydab chiqarilmas edi. Shaharlarga savdo-sotiq erkinligi huquqi berildi. Shuningdek, shaharlar o'z-o'zini boshqarish huquqiga ega bo'ldilar. Uzunlik va og'irlik o'lchovlarining bir xilligi ta'minlandi.

Erkin dehqonlar va ritsarlarga qarashli yerlar ularga kafolatlab berildi.

Mamlakatda Buyuk qirollik kengashi ta'sis etildi. Uning roziligisiz qo'shimcha soliqlar joriy etilmas yoki mavjud soliqlar miqdori oshirilmas edi.

,,Buyuk erkinlik xartiyasi" faqat qaram dehqonlar hayotida hech qanday o'zgarish yasamadi. Shunday bo'lsa-da, bu xartiya Angliya hayotida juda muhim rol o'ynadi. Xartiya mamlakatni bo'lib yuborishga emas, balki uning markazlashgan maqomini to'la saqlab qolishga xizmat qilgan. Mamlakat bunga barcha erkin tabaqalarning ishtirokini ta'minlash orqali erishgan.

Xartiya keyinchalik Angliyada parlamentning vujudga keli-shida, qonunchilikning mustahkamlanishida poydevor vazifasini o'tadi.

Angliya parlamenti. Angliya qirollari ,3uyuk erkinlik xartiyasi" qoidalarini bajarishni aslo istamaganlar. Chunki tarixda hech qachon o'z hokimiyatining cheklanib qolishini istagan qirol o'tgan emas. Binobarin, Angliya qirollari ham bundan mustasno bo'lmaganlar. Natijada yana hokimiyat uchun kurash boshlangan. Bu kurash 1265-yilda mamlakatda parlament joriy etilishiga olib kelgan. Parlament 1295- yildan boshlab (qirol Eduard I davrida) muntazam chaqirilib turiladigan bo'ldi.

1297- yilda parlament soliqlarni tasdiqlash huquqini qo'lga kiritdi.

XIV asrdan boshlab parlamentga qonun chiqarish huquqi ham berilgan. Bundan tashqari, parlament vazirlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar bo'yicha Oliy sud vazifasini ham bajara boshlagan.

1343- yildan ikki palataga bo'lingan.

Umum palatasiga har bir graflik ikki nafar ritsarni vakil qilib yuborardi. Har bir shahar ham ikkitadan vakil yuborish huquqiga ega bo'ldi.

Lordlar (oliy tabaqalar) palatasi oliy martabali ruhoniylar, yirik

yer egalarining vakillaridan iborat bo'lgan.

Quyi palata o'zining roziligisiz soliq joriy etilmasligi to'g'risida qonun qabul qilinishiga erishgan.

A tamalar mazmunini bilib oling

Parlament (fransuzcha so'z bo'lib, gapirmoq degan ma'noi anglatadi) - davlatning qonun chiqaruvchi hokimiyati. Xartiya (yorliq) - qo'lyozma hujjat. Yepiskop - cherkovni boshqaruvchi ruhoniy.


27-§. Angliyaning XIV - XV asrlardagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti

Tayanch tushunchalar

Barshchinaning siqib chiqarilishi. Jon sotig'i. Uot Tayler qo'zg'oloni. Qo'zg'olonchilarning talablari. Qo'zg'olonning

oqibatlari,

Iqtisodiy taraqqiyot. XIV asrda Angliya iqtisodiy taraqqiyotida katta siljish yuz berdi. Chunonchi, chet davlatlar bilan savdo aloqalari o'sdi. Bu esa ingliz qishlog'ini keng bozor aloqalariga tortdi. Ayni paytda Angliyaning o'zida shaharlarning o'sishi qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan talabni oshirib yubordi. Natijada tovar-pul munosabatlari yanada rivojlandi. Bunday sharoitda lordlar (katta yer-mulk egalari) uchun barshchinani pul solig'i bilan almashtirish afzal bo'lib qoldi. Endi lordlar o'z yerJarini ijaraga bera boshladilar. Ijara haqi pul bilan to'lanadigan bo'idi. Oxir-oqibatda XIV asrning birinchi yarmida barshchina butunlay siqib chiqarildi. Bu katta ijobiy ijtimoiy hodisa edi. Ayni paytda lordlarning pul solig'i miqdorini orttirib borishi ijarachi dehqonni og'ir ahvolga solib qo'ya boshlagan.

Bundan tashqari, lordlar bekor yotgan yerlarni, shuningdek, dehqonlar foydalanib kelayotgan jamoa yaylovlarini ham egallab olishni davom ettirganlar. Bu omillar dehqonlar noroziligining o'sib borishiga sabab bo'lgan.

Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi. 1348- yilda Angliyada qora o'lat - vabo kasalligi tarqaldi. Buning natijasida aholining 1/3 qismi qirildi. Oqibatda ishchi kuchiga bo'lgan talab nihoyatda oshib ketdi. Lordlar o'zlari istagan miqdorda ishchi kuchi topa olmay qolganlar. Ayniqsa, ritsarlar (mayda feodallar) qiyin ahvolga tushib qolishgan. Chunki ishchi kuchining tanqisligi yollanib ishlovchilar uchun to'lanadigan haq miqdorining oshishiga olib kelgan. Ritsarlar va shahar mulkdorlari qimmatbaho ishchi kuchi yollay olmas edilar. Shunday sharoitda qirol farmon chiqargan. Unga ko'ra, yeri, yashash joyi bo'lmagan, yoshi oltmishdan oshmagan barcha erkak va ayollar taklif etilgan ish joyiga borishga majbur edilar. Buning ustiga, farmonda ish haqi kasallik tarqalganiga qadar qancha bo'lsa, shuncha miqdorda saqlanib qolishi ko'rsatilgan edi. Tabiiyki, parlament qirol farmonini tasdiqlagan. Farmonga itoat etmaganlar qattiq jazolangan.

Bu ham yetmaganidek, 1377- yilda ,,jon solig'i" deb ataluvchi soliq joriy etilgan. Bu Fransiya bilan olib borilayotgan urush (yuz yillik urush) xarajatlarining tobora ortib borishi oqibati edi. Bunday soliq Angliya tarixida hech qachon bo'lmagan edi. Qonunga ko'ra, 14 va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar jon solig'i to'lashga majbur edilar. Bu soliqni belgilash chog'ida mulkiy holat hisobga olinmagan. Bu dehqon oilalarini holdan toydirgan. Oqibatda dehqonlar qo'zg'oloni yuz bergan.

Qo'zg'olonning yetilishida kambag'al ruhoniylar targ'iboti ham ma'lum rol o'ynagan. Ular krepostnoylikka qarshi edilar. Ruhoniylar dehqonlar orasidagi o'z va'zlarida: ,,Xudo hamma kishilarni teng qilib yaratgan, binobarin, yer-suv hammanikidir", - der edilar. Ular; ,,Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirgan paytlarda kim dvoryan (katta yer egasi) bo'lgan, axir?" - degan qochiriqli so'zlarni ko'p qaytarganlar.

Qo'zg'olonning boshlanishi. Qo'zg'olon 138!- yilning may oyida Esseks grafligida boshlandi. Qo'zg'olonchilar katta yer egalarining ver-mulklarini yakson qildilar. Barshchina va obrok majburiyatlari qayd etilgan hujjatlar yoqib yuborildi. Tez orada qo'zg'olonchilarga Kent grafligi dehqonlari ham qo'shilganlar. Ayrim shaharlar qo'zg'olonchilarni qo'llab-quvvatlaganlar. Kentlik Uot Tayler qo'/g'olonga rahbarlik qildi. U vaqtincha bo'lsa-da, qo'zg'olonchilarni birlashtira oldi. Uot Tayler asli hunarmand edi. U yuz yillik urushda qatnashgan va harbiy sohani o'rgangan edi.

Uot Tayler qo'zg'olonchilarni Londonga boshlab borgan. Ularning maqsadi qirol bilan uchrashish va uning oldiga o'z talablarini qo'yish edi.

13- iyun kuni London shahri egallandi. Qirolning ba'zi vazirlari qatl etildi. Qirol qo'zg'olonchilar bilan uchrashishga majbur bo'ldi.

Essekslik qo'zg'olonchilar qirol oldiga 4 banddan iborat talabnoma qo'yganlar. Bu talablar quyidagilar edi: 1. Krepostnoy huquqni bekor qilish. 2. Qo'zg'olonchilarga umumiy afv berish. 3. Mamlakatning barcha hududlarida savdo-sotiq qilish erkinligini berish. 4. Bir akr (40 sotix) yer uchun 4 pens miqdorida ijara haqi belgilash.

Qirolning bu talablarga rozi bo'lmaslikdan boshqa iloji qolmadi. Qo'zg'olonchilarga talablari qondirilgan yorliqlar berildi. Bu essekslik dehqonlarni qanoatlantirgan va ular Londondan chiqib ketganlar.

Kentlik qo'zg'olonchilar ham qirol oldiga o'z talablarini qo'yganlar. Bu talablar esseksliklarning talablaridan keskinroq edi. Chunonchi, bu talablar cherkov yerlari hisobidan yer ajratib berish, jamoa yer-suvidan erkin foydalanish va barcha toifaviy tafovutlarm bekor qilish kabilardan iborat edi.

15- iyun kuni qirol qo'zg'olonchilar rahbari Uot Tayler bilan uchrashgan. Bu uchrashuvda Uot Tayler o'ldirilgan. Boshqa grafliklardan to'plangan qirolga sodiq ritsarlar qo'shini qo'zg'olonni shafqatsizlik bilan bostirgan.

Qo'zg'olonning ahamiyati. Qo'zg'olon yengilgan bo'lsa-da, Angliya feodallarini dahshatga soldi. Xalq qo'zg'olonining qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ularni yon berishga majbur etdi. Chunonchi, barshchina bekor qilindi.

Dehqonlarga qarshi qaratilgan qonunlar yumshatildi. XV asr davomida ingliz dehqonlarining deyarli barchasi to'lov evaziga erkin bo'lib oldilar. Mamlakat aholisining juda katta qismi yanada ko'proq mustaqil xo'jalik yurituvchi erkin dehqonlardan iborat bo'lib qoldi. Erkin dehqonlarning chek yerlardan foydalanganligi uchun to'laydigan haqi aniq belgilab qo'yildi.

Tyudorlarning hokimiyat tepasiga kelishi. Yuz yillik urush tamom bo'lgandan keyin ko'p vaqt o'tmay, Angliya davlati ichida 30 yilga (1455 - 1485) cho'zilgan o'zaro urushlar boshlanib ketdi. Feodallar bir-biriga dushman ikki guruhga bo'lindi. Ularning har qaysisi taxt uchun kurashayotgan zodagon oiladan birining tarafini olardi. Bu oilalardan birining gerbiga qizil gul shakli, ikkin-chisining gerbiga oq gul shakli solingan edi. Shuning uchun bu urush Qizil va Oq gullar urushi nomini oldi. Feodallar ulardan qaysi birining qo'li baland kelsa, o'sha guruhga o'tib ketaverardi. Urush judaog'irkechdi. Halokbo'lganlarning qarindosh-urug'Iari o'z dushmanlarining oilalaridan qasos olganlar. Qasos yo'lida hatto bolalari ham o'ldirilgan. Feodallar bir-birlarini deyarli batamom qirib tashlaganlar. Bu urushda bir-biri bilan kura¬shayotgan oilalardan birining namoyandasi Genrix VII Tyudor g'olib chiqdi. Shu tariqa Angliyada tyudorlar sulolasi hukmronligi

boshlandi.

Genrix VII shaharning yirik mulkdorlari bilan aloqa o'rnatgan. Genrix VII (1485 - 1509) itoatsiz feodallarning qasrlarini to'pga tutib, vayron qildi. Feodallardan ba'zilarini qatl etdi, ularning yerlarini o'z

yeriga qo'shib oldi.

Genrix VII davrida parlament yig'ilishlari davom etdi. Yirik feodallarning ko'pchiligi halok bo'lgach, qirol o'z ishonchiga sazovor bo'lgan kishilarni lordlar palatasiga kiritdi. Umum palatasida majlis qurgan ritsarlar va shaharliklar qirol yuborgan qonun loyihalarini so'zsiz tasdiqlar va unga yangi soliqlar yig'ishga ruxsat berardi.

XV asr oxiri - XVI asr boshida Angliyada qirol hokimiyati yanada kuchaydi.

Atama mazmunini bilib oling

Sulola - taxtda biri ikkinchisini almashtirib turuvchi bir urug' yoki bir oiladan bo'lgan hukmdorlar.

28-§. G'arbiy Yevropa xalqlari madaniyati

Tayanch tushunchalar

Ilm-ma'rifatning rivojlanishi sabablari. Vniversitetlar. Hmiy bilimlar. Kitob bosishning ixtiro etiiishi,

Dunyo haqidagi tasavvurlarning kengayishi. Salib yurishlari vaqtida yevropaliklar dunyoning kengligini, undagi rang-baranglikni ko'rdilar. Ularda notanish mamlakatlarga qiziqish paydo boMdi. Ba'zi sayyohlar Yevropa mamlakatlaridan ancha uzoq joylarga ham borardilar. Bu yerlardan boshqa xalqlarning hayotiga oid qiziqarli ma'Iumotlar olib kelishardi. Shunday sayyohlardan biri venetsiyalik savdogar Marko Polo edi. Marko Polo (1254 - 1324) umrining qariyb yigirma besh yilini o'z vatanidan olisda o'tkazdi. Ko'p yil Xitoyda yashadi. Bu mamlakatning hayotini diqqat bilan kuzatdi. Sayyoh Italiyaga qaytib borgach, Osiyo mamlakatlaridagi xalqlarning hayoti va urf-odatlari haqida kitob yozdi. ,,Marko Polo kitobi"

uzoq vaqtgacha geografiya xaritalarini tuzishda qo'llanma bo'lib xizmat qildi.

Ilm-ma'rifatning rivojlanishi. Shaharlarning kengayishi va qirol hokimiyatining ehtiyoji bilimli kishilar ko'proq bo'lishini talab qildi. Savdo-sotiq ishlaridan kelgan daromadlarni hisoblash va shahar kengashlarida ish yuritish uchun savodli, ma 'rifat\\ odamlar kerak edi. Qirollarga ma'lumotli amaldorlar va sudyalar zarur edi. Shaharlarda xususiy kishilar yoki shahar kengashlari tomonidan ochiladigan va cherkovga qarashli bo'lmagan maktablar vujudga kela boshladi. Bu maktablarda bolalarga o'qish-yozish va arifmetika cherkov maktab-laridagiga qaraganda yaxshiroq o'rgatilardi. Tabiatga doir ma'lumotlar ham berilardi.

XII asrda Yevropada dastlabki oliy maktablar - universitetlar paydo bo'ldi. Ular rnashhur o'qituvchilar bo'lgan shaharlarda vujudga keldi. Ularning birinchisi Parij universiteti edi. Universitetlarda darslar lotin tilida olib borilardi. Shuning uchun universitetlarning har birida turli mamlakatlardan borgan yoshlar o'qiy olardi.

Shaharda yashovchi o'qituvchi va student^ mahalliy aholi bilan bo'ladigan nizo-janjallarda shahar sudining yordamiga umid qila olmasdilar. Shuning uchun studentlar va o'qituvchilar universitet^ birlashganlar.

Universitetlar shahar ma'murlariga qarshi uzoq vaqt kurash olib borib, o'zini-o'zi boshqarish huquqini qo'lga kiritganlar. Endi ular universitet rahbarlarini va sudlarini o'zlari saylaydigan bo'lganlar.

Turli fan o'qituvchilari o'zlarining ayrim-ayrim birlashmalari — fakultetlarini tashkil etdilar. Har qaysi fakultetga dekan boshchilik qilgan. O'qituvchilar bilan studentlar birgalikda universitet boshlig'i (rektor)ni saylardilar.

Universitetlarda ilohiyot, qonunlar, tibbiyot o'rgatilardi. Studentlar o'qituvchilarning ma'ruzalarini tinglar va yozib olardilar.

Ma'ruzalar disput (munozara)lar bilan to'ldirilardi.

XV asrda Yevropada 65 ta universitet bor edi. Ularning eng mashhurlarini Parij, Bolonya (Italiyada), Oksford (Angliyada), Praga, Krakov (Polshada) universitetlari tashkil etardi.

Shaharlarning o'sishi bilan cherkovning maktab ustidan tanho hukmronligiga putur yeta bordi. Ilm-ma'rifat asta-sekin feodallar va shaharliklar orasiga kirib bordi.

Ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Xo'jalik taraqqiyoti ilmiy bilimlarning vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Dehqonlar yerga ishlov berish usullarini takomillashtirdilar. Tuproqning xususiyatlarini bilib oldilar. Ob-havoni, chorva mollari va ekinlarning holatini kuzatib bordi lar. Hunarmandlar metall va toshlarning xossalarini o'rgandilar. Turli tajribalar o'tkazdilar, bo'yoq va oyna tayyorladilar.

O'rta asrlarda astrologiya va alximiya kabi o'ziga xos fanlar taraqqiy topdi. Astrologlarkelajakdanimalarbo'lishiniyulduzlarga qarab bilish mumkin, der edilar. Qirollar, sarkardalar va sayyohlar biror ishga kirishishdan oldin astrologlardan maslahat olardilar. Alximiklar esa har qanday metallni oltinga aylantirishga yordam beradigan ,,sehrli tosh" qidirganlar. Amalga oshmaydigan, xayoliy rnaq-sadni ko'zlaganliklariga qaramay, astrolog va alximiklarning olib borgan kuzatishlari, tajribalari astronomiya va ximiya (kimyo)ga oid bilimlarning to'planishiga yordam berdi. Chu-nonchi, alximiklar bo'yoqlar, metall qotishmalari, derivor moddalar tay-yorlash usullarini kashf qildilar va takomillashtirdilar. Ko'pgina kimyo-viy uskunalar yaratdilar.

Shaharlarda mashhur olimlar pay-do bo'ldi. XIII asrda yashagan ang-liyalik olim Rodjer Bekon shulardan biri edi. U bilimni kuzatishlar va tajribalar yo'li bilangina hosil qilish mumkin, deb hisoblardi. Fanning maqsadi tabiatni o'rganib, uni odam-larga xizmat qildirishdan iborat, degan edi Bekon. U mikroskop va teles-kopning kashf qilinishini, shuningdek, kashfiyotlarni ham oldindan ko'ra bildi.

Kitob bosishning ixtiro qilinishi.

Hunarmandchiiik va savdo-sotiq rivoj lanishi bilan shaharlarda savodli odamlar ko'paydi. Maktab o'quvchilari va talabalar uchun ko'proq darsliklar zarur bo'lib qoldi. Shaharliklar adabiyotga qiziqa boshladilar. Kitoblarni ko'paytirishning qo'lyozma usuli shaharliklarning kitobga bo'lgan talabini qondirolmay qoldi.

XV asr o'rtalarida nemis olimi logann Gutenberg kitob bosishni ixtiro qildi. Uzoq va qunt bilan mehnat qilib, metalldan ayrim literlar (harflar) quyish usulini kashf etdi. Ixtirochi ana shu harflardan satrlar va sahifalar qolipini tuzdi. Shu qolipdan qog'ozga nusxa tushirdi. Yig'ib, tarqatiluvchi shriftlar yordamida istalgan matn terilib, istalgan sahifani tuzish mumkin edi. Gutenberg kitob bosadigan matbaa dastgohini ham kashf etdi.

1445- yilda Gutenberg birinchi bosma kitobni nashr etdi. Yevropada kitob bosish rivojlana boshladi. Gutenberg ixtirosidan keyin o'tgan yarim asr ichida Yevropa shaharlarida 1100 bosmaxona ishga tushdi. Kutubxonalarning tokchalari turli fanlardan Yevropadagi barcha tillarda yozilgan kitoblar bilan to'ldi. Ular endi qo'lyozma kitoblar kabi qimmat emas edi.

Yodda tuting

Kitob bosishning ixtiro qilinishi insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyotdir. U maorif, fan va adabiyotni ilgari siljitdi. Insoniyat tomonidan yig'ilgan bilimlar bosma kitob orqali tezroq tarqala boshladi. Ana shu bilimlar endi uzoqroq saqlanadigan va kelajak avlodlarga yetkaziladigan bo'ldi

Atamalar mazmunini bilib oling

Ilniiy bilimlar - insoniyat tomonidan yaratilgan va to'g'riligi

amalda tasdiqlangan bilimlar. Ma'rifat - kishilarning bilimini, madaniyatini oshirishga

qaratrlgan ta'Iim-tarbiya. Student - (lotincha so'z bo'lib, maktab degan ma'noni

anglatadi) qunt bilan o'quvchi universitet talabasi. Universitet-jamoa - student va o'qituvchilar jamoasi. Hozirgi

kundagi oliy o'quv yurtlarrdan biri.

29-§. G'arbiy Yevropada san'at va adabiyot Gumanizm

Tayanch tushunchaiar

Me'morchilik. Me'morchilikdagi uslubiyat. Hayfaltaroshlik. Kitob miniaturasi. Adabiyot. Gumanizm.

Me'morchilik.

XI asrda G'arbiy Yevropada katta qu-rilishlar boshlandi. Cherkov ibodatxonalarni kengaytirdi. Mustahkam bo'l-magan yog'och imoratlaro'r-niga gumbazli g'ishtin binolar qurildi. Bu binolarning poy-devorlari gumbazlarning og'irligiga bardosh berishi uchun juda qalin qilib qu-rilardi. Binokorlar qurilish ishlarida qadimgi Rim me'-morchiligi namunalaridan foydalandilar. Shuning uchun XII - XV asrlardagi inshoot-lar roman uslubidagi inshoot-lar deb ataladi.

Roman uslubidagi il datxonalarning devorlj silliq edi. Ularning balj minoralari va yarim doij simon arklari bo'lgan. YE doiraviy ark shakli ibodat: naning hammajoyida-gui bazlarda, derazalarda, rishdagi eshiklarda ha] ko'zga tashlangandi. Rom; uslubidagi ibodatxonalj katolik cherkovining kucl qudratiga odamlarda ishoiu uyg'otish uchun qal', o'xshatib, salobatli va hay-batli qilib qurilgan edi. Ko*-pincha ular atrofdagi aholj| uchun boshpana vazifasini! ham o'tagan.

Shaharliklar savdo rasta-lari, ratushalar, kasalxona va mehmonxonalar qura bosh-ladilar. Shaharning eng chiroyli binosi sobor edi.

XII - XV asrlardagi binolar keyinchalik gotik uslubida qurilgan binolar deb ataldi.

Binokorlar mahoratining o'sib borishi yarim doira shaklidagi qo'pol gumbazlarni ancha yengil va o'tkir uchli baland qubbalar bilan almashtirishga imkon berdi. Qalin devorlar keraksiz bo'lib qoldi. Gotik uslubidagi soborlarda juda ko'p katta derazalar bo'lgan. Shu tufayli ular yengil va tiniq ko'rinishi bilan roman uslubidagi yarim qorong'i soborlardan farq qilgan. Gotik uslubda qurilgan eng katta soborlar minorasi Misr ehromlaridan ham baland bo'lib, 150 metrga yetgan.

Ibodat qilish uchun hashamatli ulkan soborga kelgan dindorlar xudoning kuch-qudrati oldida o'zlarini zaif va notavon banda deb his qilganlar. Yalinib-yolvorib yaratgandan yordam so'raganlar. Shu bilan birga, soborga kelgan kishi uning nafisligiga qoyil qolardi.

Sober ko'p vaqtlargacha sha-harning birdan-bir katta binosi bo'lib keldi. Unda cherkov ibo-datlari o'tkazilishi bilan birga, shahar aholisining yig'ilishlari, diniy mazmundagi teatr tomo-shalari ham bo'lib o'tgan. Univer-sitetlarning professorlari ma'ru-zalar o'qiganlar. Davlatlar o'rta-sida tuzilgan shartnomalar im-zolangan.

Haykaltaroshlik. O'rta asr¬lardagi haykaltaroshlik san'ati arxitektura bilan chambarchas bog'langan edi. Soborlar xudo, avliyolar, yepiskoplar va qirol-larning yuzlarcha va hatto ming-larcha haykallari bilan beza-tilardi.

Ruhoniylar fikricha, san'at ,,savodsiz kishilar uchun diniy kitob" bo'lib xizmat qilishi, xris-tian kitoblarida bayon qilingan

voqealarni tasvirlashi kerak edi.

Shuning uchun ham san at asarlarining asosiy buyurtmachisi cherkov bo'lgan. Ammo ustalar diniy mavzuda yasagan haykallarida hayotni o'zlari tushunganlaricha ifodalaganlar. Insonning olijanobligi va samimiyligini ulug'-iaganlar. Ustalarni, ayniqsa, onaning bolaga bo'lgan mehr-muhabbatini tarannumetish qiziqtirardi. Bu hoi Bibi Maryamning ko'pgina haykallarida aks etgan.

Yodda tuting

G'arbiy Yevropada Bibi Maryam ,,bekam" ma'nosida „madonna" deb atalar edi.

O'rta asr san'atkorlari odamlarning fikr boyligini, tuyg'u va kayfiyatlarini ko'rsatib berishga harakat qildilar.

Antik davr haykaltaroshlari esa inson gavdasining go'zalligini ulug'lagan edilar.

Kitob miniaturasi. Kitob miniaturasi rassomlik san'atining katta yutug'i bo'ldi.

Miniaturalarda ko'pincha dehqonlar va hunarmandlarning ishlab turgan payti aks ettirilardi. Bu esa xalqning o*z mehnati ahamiyati va qadr-qimmatini tushunishiga xizmat qilgan.

Adahiyot. Shoirlar xalq ashulalari va dostonlarini to'plaganlar. Urush qahramonliklari va sarguzashtlari haqida she'riy roman va poemalar yozganlar. Bular aslida jangnomalar edi. Jangnomalar ichida eng mashhur epik poema Fransiyada XII asr boshlarida yaratilgan ,,Roland haqida qo'shiq"dir. Bu poemada Buyuk Karlning Ispaniyadan chekinayotgan vaqtda graf Roland harbiy qismining qahramonona halok bo'Iishi hikoya qilinadi. Roland mislsiz qahramonliklar ko'rsatadi va o'z xo'jayiniga sodiqlik haqida ichgan qasamini buzmay halok bo'ladi. Poemada vatanga xiyonat qilgan kishilar qoralanadi.

XII asrga kelib shaharlarda badiiy asarlar paydo bo'la boshladi. Shaharliklar she'r bilan birga qisqa, kulgili hikoyalarni ham maza qilib o'qishardi. Bu hikoyalarning qahramonlari ko'pincha epchil va ayyor shaharlik yoki quvnoq va tadbirkor dehqon bo'lardi. Ular o'z muxoliflarini laqillatardilar.

Fransiya shaharlarida ko'p yillar davomida rnasal va ertaklardan iborat ,,Tulki haqida roman" degan poema to'qilgan. Bu poemada ayiq niqobi ostida tanbal yirik feodal, bo'ri sifatida o'lja qidirib, izg'ib yuruvchi ritsar, tulki sifatida aqlli, topqir shaharlik ko'rsatilgan. Bo'ri bilan kurashda doim tulki g'olib chiqqan.

Xalq og'zaki ijodi. Qo'shiq, ertak, balladalarda dehqonlarning hayot haqidagi tasavvurlari aks etgan. Mehnatda ham, dam olishda ham qo'shiq dehqonning yo'ldoshi bo'lgan. Ertaklarda tasvirlangan kambag'al odatda sehrli kuchlar yordamida murod-maqsadiga yetgan. Balladalar qahramoni hayotdagi nohaqlik, adolatsizliklarga qarshi norozilik bildirgan va jabr-zulmga qarshi kurashgan. Xalq orasida hatto dehqonlar hayoti haqida katta-katta poema (doston)lar to'qiydigan baxshilar bo'lgan.

Gumanizm. G'arbiy Yevropada Italiya shaharlari boshqa davlatlar shaharlariga nisbatan yuksak rivojlangan edi. Bunda Italiya shaharlarining dengiz bo'ylari - qulay savdo yo'llarida joylashganligi katta rol o'ynagan. Italiya shaharlari Yaqin Sharq bilan savdo qiluvchi yirik savdo markazlariga aylangan. Eng yirik banklar ham shu shaharlarda joylashgan. Ular xalqaro ahamiyatga ega hisob-kitob ishlarini amalga oshirgan.

Sanoat ishlab chiqarishini va savdo-sotiqni yanada kengaytirish zaruriyati tabiiy va aniq fanlarning rivojlanishiga olib kelgan. Shaharning mulkdor tabaqalari (ular burjuaziya deb atalgan) fanlarning rivojla-nishidan ko'proq manfaatdor edilar. Shuning uchun ham ular fanlar rivoji uchun mablag' ajratganlar. Shu tariqa ilm-fan taraqqiyoti uchun zarur shart-sharoitlar vujudga kelgan. Shahar mulkdor tabaqalari bilan bir qatorda intelligensiya ham shakllana boshlagan. Intelligensiya vakillari gumanizm deb nom olgan yangi madaniyatning namoyandalariga aylanganlar.

Yodda tuting

Gumanizm - insonni birinchi o'ringa qo'yuvchi, uning qadr-qimmatini hurmat qilishni, inson kamoloti uchun zarur sharoitlar yaratib berishni talab qiluvchi, inson hayotini qadrlovchi g'oyalar tizitni.

Gumanizm G'arbiy Yevropada XIII asrdan boshlab Italiyada sxolastika va cherkov aqidalarining yakka hukmronligiga qarshi g'oya sifatida shakllana boshladi.

O'rta asr universitetlari fani sxolastika deb atalgan. Bu fanning vazifasi katoliklik aqidalarini muqaddas yozuvlar va rivoyatlarga hamda antik davr allomalari (birinchi navbatda Aristotel) asarlariga tayangan holda isbotlashdan iborat bo'lgan.

Sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiy edi (1225 -1274). U mashhur Jlohiyot to'plami" asarining muallifi. Muallif asarida aql xudoning borligini asoslashga qodir, deb yozgan.

Ilohiyot (xudo to'g'risidagi ta'limot) - diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy ko'rsatmalarni o'z ichiga oluvchi diniy ta'limot.

Gumanistlar insonni erkin va o'z qadriga ega shaxs deb bilganlar. Qullikni, qaramlikni va tarkidunyochitikni rad etganlar. Insonning

olamga ko'rsatayotgan faol ta'sirini ulug'laganlar. Bu dunyo ne'matlari inson hayotining muddaosidir. Yer yuzidagi hayot esa birdan-bir real hodisadir, deb uqtirganlar.

Gumanistlar insoniyatning yorug' kelajagiga, inson aql-zako-vatiga, qudratiga hamda ma'rifatning kelgusida tantana qilishiga ishonganlar.

O'rta asrlarning dastlabki buyuk gumanistlari. Ulug' gumanist siymolardan biri Dante edi (1265 - 1321). U Italiyaning Florensiya shahrida tug'ilgan, ,,Ilohiy komediya" asari italyan millatining orzu-armonlarini ifodalagan. ,,Ilohiy komediya"da dunyoning mashhur allomalari qatori Ibn Sino tilga olingan. Massa-getlar malikasi, buyuk momomiz To'maris qahramonligi ham tasvir-langan.

Yana bir mashhur gumanist F.Biondo (1388 - 1463) edi. U ,,Rim imperiyasining qulashidan boshlanadigan tarix" asarini yozgan. Bu asar ming yillik (410 - 1410) tarixni o'z ichiga oladi. Muallif o'z asarida o'rta asrlarning XV asrdan keyingi bosqichini yangi tarixning alohida davri deb ta'kidlagan edi. Asarning eng qimmatli tomoni ana shundadir.

Atamatar mazmunini bilib oling

,,Gotik" atamasi german qabilasi - gotlar nomidan olingan. Intelligensiya (ziyolilar) - ilm-fan, adabiyot va san'at bilan

maxsus shug'ullanuvchi tabaqa, aqliy mehnat

vakil lari.

Ratusha - shahar boshqaruvi binosi. „ Roman" atamasi - ,,Rim" so'zidan olingan so'z.

VI bob. Yevropada feodal tarqoqlikning davom etishi

30-§. XII - XV asrlarda Germaniya

Tayanch tushunchalar

Germaniya siyosiy taraqqiyotining o 'ziga x&s xususiyatlari. Shtaufenlar hukmronligi davri. Gabsburglar hukmronligi. Germa-niyada markazlashgan davUitning tashkil toprwy qolganligi.

Siyosiy taraqqiyotning o'ziga xosligi. Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti Fransiya va Angliyanikidan farq qilardi. Bu ikki davlat tobora markazlashib borgan bo'lsa, Germa-niyada feodal tarqoqlik hukm surardi. Mamlakat kichik-kichik knyazliklarga bo'linib ketgan edi. Imperator hokimiyati zaif edi. Irnperator bor-yo'g'i feodallarning eng yirigi edi, xolos. Knyazliklar unga nomigagina vassal hisoblanardi. Buning asosiy sababi -Germaniya imperatorlarining bosqinchilik siyosati edi. Bunday siyosatGermaniya imperatorlarini yirik va mayda feodallarga butunlay bog'lab qo'ygan. Chunki bosqinchilik urushlarini ularning madadisiz amalga oshirib bo'lmas edi.

Fransiya va Angliyada shaharlar qirol hokimiyatining ittifoqchisiga aylangan bir paytda Germaniyada bu hodisa ro'y bermagan. Bunga bosqinchilik urushlarining imperatorlarni shaharlar taqdiriga befarq qilib qo'yganligi sabab bo'lgan.

Shtaufenlar sulolasi hukmronligi. 1125- yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga shtaufenlar sulolasi keldi.

Bu sulolaning imperatori Fridrix I Barbarossa edi. U 38 yil imperatorlik taxtida o'tirgan. Uning hukmronlik yillari bosqinchilik urushlariga to'la bo'ldi. Chunonchi, 1158- yilda Italiya bosib olindi. Bu Germaniya tomonidan Italiyani ikkinchi marta istilo qilinishi edi. Italiya erkin shahar kommunalari shaharlarga imperator noiblarining tayinlanishiga rozilik berishga majbur etilgan.

Sodiq huquqshunoslar imperator Fridrix I ni ,,yerdagi jonli qonun" deb madh etganlar.

Erkinlikka ko'nikkan Italiya shaharlari ittifoqqa birlashganlar. Bu ittifoqda Milan shahri yetakchi rol o'ynagan. Germaniya ta'sirining kuchayishidan cho'chigan Rim Papasi ham shaharlar ittifoqiga; qo'shilgan.

1176- yilgi jangda imperator qo'shini mag'lubiyatga uchraganJj Fridrix I Italiya shaharlarining erkin kommuna huquqlarini tan olgan. Buning evaziga shahar kommunalari sifatida imperatorning oliy hokimiyatini tan olganlar. Ayni paytda Fridrix I Rim Papasi davlati ishlariga aralashmaslikka rozi bo'lgan.

Biroq Fridrix I Italiyadan butunlay voz kechgan emas. U mamlakat^ janubidagi Sitsiliya qirolligini oilaviy nikoh yordamida Germaniyi ta'sirida saqlab qolishga erishgan.

Imperator hokimiyatining tushkunlikka uchrashi. 1212-yilda Rim Papasi Sitsiliya qiroli Fridrix II Shtaufen (Fridrix I najj birasi)ni Germaniya imperatori deb e'lon qildi. Ammo u Sitsiliya< yashar edi. Natijada Germaniyada hokimiyat amalda yirik feodalli qo'liga o'tgan.

Fridrix II yirik feodallarning imperatorlikka yangi nomzc ko'rsatib qo'ymasliklari uchun ularga har qanday masalada y< bosgan. Rim Papasi esa Fridrix II ni o'z vassali deb hisoblardi. Papa hatto Fridrix II ni salib yurishida ishtirok etishga ham majbur etgan. Biroq u Papa kutganidek muvaffaqiyatga erisha olmagan. Bu esa Papani ranjitgan. Rim Papasining Italiya shaharlari ittifoqini qayta tiklashi ularning munosabatlarini keskinlashtirgan. Tez orada imperator bilan Papa o'rtasida urush boshlangan. Papa Rimdan qochib ketishga majbur bo'lgan. U Fridrix II ni dindan qaytgan deb e'lon qilgan. Germaniya knyazlarini yangi imperator saylashga chaqirgan.

1245- yilda Rim Papasi Fridrix II ning barcha fuqarolarini imperatorga sodiqlik qasamlaridan xalos etgan. Imperator tarafdorlari bilan Papa tarafdorlari o'rtasidagi kurashda Fridrix II yengilgan.

1250- yilda uning vafot etishi shtaufenlar sulolasini halokatga uchratdi. 1273- yilgacha Germaniyada amalda imperator bo'l-magan. Bu holat mamlakatda ishlab chiqarishni butunlay izdan chiqargan.

XIII - XV asrlarda Germaniyadagi siyosiy ahvol. Bu davrlarda feodal tarqoqlik tobora kuchaydi. Germaniya yanada maydalashdi. Imperatorlik hokimiyati hech qachon o'z qaddini avvalgidek qayta tiklay olmadi.

1273- yilda gabsburglar sulolasi vakili imperatorlik taxtini egalladi.

1347- yilda hokimiyat lyuksemburglar sulolasi qo'liga o'tdi. Bu sulola davrida Germaniya imperatori yetti nafar saylovchi tomonidan saylanadigan tartib qaror topdi. Ularning to'rt nafari qudratli knyazlardan, uch nafari esa arxiyepiskop (oliy ruho-niy)lardan iborat bo'lgan.

Lyuksemburglar sulolasi 1437- yilgacha hukmronlik qilgan.

1437- yilda hokimiyat yana gabsburglar sulolasi qo'liga o'tgan. Bu sulola hokimiyatni 469 yil davomida o'z qo'lida saqlab turdi.

Xususiy merosiy knyazlik yerlari gabsburglarning tayanchi edi. Ular oilaviy nikoh vositasi orqali o'z mulklarini kengaytirib borganlar. Shu yo'l bilan keyinchalik hatto Ispaniya taxtiga ham merosxo'r bo'lib olganlar. Lekin Germaniyaning gabsburglar imperatorlari hech qanday real hokimiyatga ega bo'lmagan. Ularda na doimiy qo'shin* na imperiya markaziy boshqaruv mahkamasi bo'lgan. Imperiyada umumimperiya sudi va umumimperiya solig'i ham bo'lmagan. Imperator avvalgidek birinchi feodal - knyazlarning nomigagina boshlig'i bo'lib qola bergan.

Yodda luting

Fransiya va Angliyada markazlashgan davlat vujudga kelgan bir davrda Germaniyada feodal tarqoqiik davom etgan.

Feodal tarqoqiik Germaniyani zaiflashtirdi. Oqibatda Polsha Prussiyani, Daniya esa Klezvig-Golshteynni bosib olgan.

1481- yilda Germaniyaning tarkibidan Shveysariya mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqqan.

31-§. Rusda feodal tarqoqiik va uning oqibatlari

Tayanch tushunchalar

Mustaqil knyazliklar. Tarqoqiik oqibatlari. Boyarlar respublikasi. Dvoryanlar. Knyazlar va boyarlar o'rtasidagi kurash.

Kiyev Rusining bo'linib ketishi. Natural xo'jalik hukmronligi mamlakatning turli hududlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni zaiflashtirgan. Bu hodisa XII asrga kelib Kiyev Rusining mustaqil knyazliklarga bo'linib ketishiga olib keldi.

}<>dda tuting

Kiyev Rus davlati 15 ta mustaqil knyazlikka bo'Unib ketdi.

Ular ichida Kiyev, Buyuk Novgorod, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklari eng yiriklari edi. Ularning har biri mustaqil o'z ichki va tashqi siyosatiga ega edi.

Feodal tarqoqiik oqibatlari. Kiyev Rusining bo'linib ketishi, avvalo, knyazliklar o'rtasida o'zaro urushlarning kuchayishiga olib kelgan. Bundan tashqari, feodal tarqoqiik mamlakat mudofaa qobiliyatini ham pasaytirgan. Ayni paytda knyazlarning o'zlariga qarashli ayrim hududlarni vorislari o'rtasida taqsimlashlari knyaz-liklarning yanada maydalashib ketishiga olib kelgan.

Feodal tarqoqiik knyaz hokimiyati bilan yirik feodal (boyar)lar o'rtasida nizolarning kuchayishiga ham sabab bo'lgan. Chunki knyazlar cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lishga intilganlar. Yirik feodallar esa bunga qarshilik ko'rsatganlar.

Novgorod boyarlar respublikasi. Kiyev Rusidan ajralib chiqqan dastlabki knyazliklardan biri - Novgorod knyazligi edi. Kiyev Rusi tarkibida bo'lgan davrida Novgorod Kiyev Buyuk knyazining o'g'li tomonidan boshqarilar edi. Novgorod shahri knyazlikning poytaxti bo'lgan. Novgorod eng muhim savdo yo'llari kesishgan yerda joylash-gani uchun ,,dengiz port!" deb atalgan.

Novgorod knyazligida boyarlar ta'siri kuchli edi.

1136- yilda ular knyazni taxtdan ag'darganlar. Knyazlik boyarlar respublikasiga aylangan.

Novgorod hukmdorini xalq vechesi saylagan. U ,,Boyarlar kengashr oldida javobgar bo'lgan. Xalq vechesini ham boyarlar boshqargan. Shu tariqa butun hokimiyat boyarlar qo'lida to'plangan. Novgorod respublikasi amalda boyarlar respublikasi edi.

Kiyev knyazligi. Kiyev Rusi parchalangach, Kiyev knyazligi kichrayib qoldi. Turli knyazliklar Kiyev knyazligini bo'ysundirishga harakat qilib ko'rganlar. Bu ishda ular boyarlar madadiga tayanganlar. Biroq Kiyev knyazligining katta harbiy kuchga egaligi ularga o'z maqsadlarini amalga oshirishga imkon bermagan.

Knyazlikka qipchoqlar tomonidan solingan xavf knyazni katta qo'shin saqlashga majbur etardi. Bu qo'shin o'z ichki dushmanlariga qarshi kurashishda knyazning tayanchi ham edi.

XIII asrga kelib vaziyat o'zgardi. Knyaz bilan boyarlar o'rtasidagi nizo knyazlikni zaiflashtirdi. Oqibatda 1203- yilda Volin knyazi Roman Mstislavich Kiyevni egalladi.

Knyazlar va boyarlar o'rtasidagi kurash. 15 mustaqil knyazliKning har birida knyazlik sulolasi qaror topa bordi. Shu tariqa hokimiyat meros sifatida qoldiriladigan bo'ldi. Boyarlar, oldini ololmadilar.

Ular har bir knyazlikda o'zlari xohlagan kishini knyazlik tax-tiga o'tqazishni istar edilar. Knyazlar esa boyarlarni hokimiyatdan chetlashtirishga urinardi. Shu tufayli ular boyarlar bilan tobora kamroq maslahatlashadigan bo'lganlar. Ayni paytda knyazlar boyarlafdan qo'shin bilan yordam berishlarini talab etardilar. Boyarlar esa buni aslo xohlamas edilar.

Ular knyazlarning bosqinchilik urushlarida qatnashishdan ko'ra o'z yer-mulklarida xo'jalik ishlarini boshqarishni afzal deb bi-

lardilar.

Bu omillar knyazlar va boyarlar o'rtasidagi nizolarni yanada kuchaytirgan.

Knyazlar boyarlarga qarshi kurashda keyinchalik dvoryan deb atalgan toifaga tayanganlar. Dvoryanlar soliq va jarima yig'uvchi, xo'jalik yurituvchi hamda ish boshqaruvchilar qatlamidan kelib chiqqan. Davlat oldidagi xizmatlari uchun knyazlar ularga yer in'om etardi, Bu toifa shu tariqa dastlab mayda feodallarga, keyinchalik dvoryanlarga aylanganlar.

Knyazlar ayni paytda shaharlarga ham suyanganlar. Knyaz va boyarlar o* rtasidagi kurash, ayniqsa, Galich-Volin va Vladimir-Suzdal knyazliklarida keskin tus olgan.

Galich-Volin knyazligi. Bu knyazlikning poytaxti Dnestr daryosi bo'yidagi Galich shahri edi. XII asr o'rtalarida Galich boyarlari hokimiyat uchun kurash boshlaganlar. Knyaz Yaroslav boyarlar bilan murosa qilishga majbur bo'lgan.

XII asr oxirida Galich va Volin knyazliklari yagona knyazlikka birlashtirildi.

Vladimir-Suzdal knyazligi. Yuriy Dolgorukiy (Vladimir Mo-namaxning o'g'li) knyazligi davrida Vladimir-Suzdal kuchli knyaz-liklardafl biriga aylandi. Ayni paytda u Kiyev knyazligi yerlarini egal-lash uchun ham intilgan va o'z maqsadiga erishgan.

1 147- yilda Moskva shahriga asos solgan. Suzdalni boshqarishni o'g'li Andreyga topshirgan. U Vladimir shahrini poytaxtga aylan-tirgan.

Andrey 25 yil knyazlik qildi. Andreyning keyingi yillarda olib borgan harbiy yurishlari boyarlar tomonidan qo'llab-quvvatlanmagan. Oqibatda ikki tomon o'rtasidagi nizo yanada keskinlashgan. 1174- yilda Andrey boyarlar fitnasining qurboni bo'ldi.

1176- yilda knyazlik taxtini lining ukasi Vsevolod egalladi. U Vladimir-Suzdal knyazligini 1212- yilgacha boshqardi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Dvoryan {hovli-mulk egasi) - o'rta asrlarda hukmdorlar oldidagi xizmatlari uchun berilgan merosiy imtiyozlari qonun bilan mustahkamlab qo'yilgan mulkdor taba-qalardan biri.

,,B*>yarlar kengashi"- Novgorod respublikasida hokimiyat oliy organi.

32-§. Chet el bosqinchilarining Rusga hujumi

Tayanch tushunchalar

Mo'g'ullar bosqini. Rusning tobe etilishi. Oltin O'rda, Shved va nemis bosqinchilariga qarshi kurash.

Mo'g'ullar hujumi. XIII asr boshlarida Osiyoda qudratli

Mo'g'ullar davlati tashkil topdi.

Bosqinchilik urushlari natijasida u qisqa vaqt ichida ulkan imperiyaga aylandi.

1237- yilda esa mo'g'ullar Rusga hujum boshlaganlar. 140 ming kishilik qo'shinga Botuxon boshchilik qildi. Mo'g'ullar uchun feodal tarqoqlikni boshidan kechirayotgan Rusni bo'ysundirish qiyin kechmadi. Rus knyazlari umumiy dushmanga qarshi kurashda bir-birlariga yordamga kelmaganlar.

Yodda tuting

Knyazlarning bir-biriga yordamga kelmaganligining asosiy sababi ularning o'zaro dushmanga aylanib qolganliklari edi.

Ryazan mudofaachilari qattiq qarshilik ko'rsatsalar-da, kuchlar teng bo'lmaganligi sababli jangda tor-mor etilgan. Mo'g'ullar tez orada Moskvani ham egalladilar. Navbat Vladimir-Suzdal knyazligiga kelgan. 1238-yilning mart oyida bu knyazlik ham tor-mor keltirildi. Knyaz Yuriy Vsevolodichning o'zi ham jangda halok bo'lgan.

Botuxon qo'shini 1240- yilda Kiyev knyazligini o'ziga bo'ysundirdi. Shu tariqa Rusning uch knyazligi (Polosk-Minsk, Smolensk va Novgorod-Pskov knyaz-liklari) dan boshqa barcha knyazliklar birin-ketin bo'ysundirildi.

Botuxon Rusdan boshqa istilo etilgan hududlarda Oltin O'rda xonligini tuzgan.

Rus yerlari Oltin O'rda tarkibiga kiritilmagan. Lekin ular Oltin O'rdaga tobe etilgan. Har bir knyazlik har yili katta miqdorda o'lpon to'lab turishga majbur qilingan. Rusning qaysi knyazligida kimning knyaz bo'lishi masalasini ham Oltin O'rda xonlari hal etganlar. Ma'qul ko'rilgan nomzod xondan yorliq olgachgina knyazlik taxtiga o'tira olgan.

Knyazliklardan biriga barcha knyazliklardan Oltin O'rdaga to'lanadigan o'lponni yig'ish huquqi berilgan. O'sha knyazlik o'lponlarni to'plab, Oltin O'rdaga topshirgan.

Yodda tuting

O'lpon yig'ish huquqi berilgan knyazlikka Buyuk knyazlik yorlig’i ham berilardi.

Oltin O'rda xonlari cherkovning kuchi va ta'sirini yaxshi bilganlar. Shuning uchun ham pravoslav cherkovidan madad olish maqsadida ruhoniylarga katta imtiyozlar berganlar.

Shved va nemis bosqinchilarining hujumi. Rus bu davrda faqat mo'g'ullarlar hujumigagina uchrab qolmadi. 1240 yilda mo’g’illar oyag’i yyetmagan Novgorod – Pskov knyazligiga shved qo’shinlari hujum qildi. Bu davrda Novgorodda 18 yoshli dovyurak sarkarda Alllleksandr yaroslavich knayzlik qilardi. Aleksandr qo’shini shvedlar ustidan g’alaba qozongan. Bu g’alaba tufayli knyazga Nevskiy degan (Neva daryosi nomidan olingan) faxriy nom berilgan. Endi u Aleksandr Nevskiy deb atala boshlangan.

Shvedlar xavfi bartaraf etilgach, shu yilning o'zida endi nemis ritsarlari Rus yeriga bostirib kirdi. Ular butun Pskov yerlarini egalladi. Nemis ritsarlariga qarshi kurashga ham Aleksandr Nevskiy rahbarlik qildi. 1242- yilning 5- aprelida nemis ritsarlari kuchlarini odatdagi jangovar tartibda - pona shaklida safga tizdilar. Markazda eng kuchli qism harakat qilgan. Ular bir zarba bilan ruslarning mudofaa chizig'ini yorib o'tmoqchi, rus qo'shinini parchalab yubormoqchi, uni qismlarga bo'lib, qirib tashlamoqchi bo'lganlar. Aleksandr bularning hammasini oldindan ko'rib, o'zining eng kuchli qismlarini markazga emas, balki yon qanotlarga joylashtirgan. Avval boshda ritsarlar ruslarning bo'sh markazini osonlikcha yorib o'tgan. Shiddatli jang boshlangan. Og'ir sovutlardagi nemislar muzlagan Chud ko'ii ustida sirg'anib yiqilaverganlar. Rus askarlari bar tomondan zarba beravergach, dushman bardosh berolmay qochishga tushgan. Yengilgan nemislar shu tariqa rus yerlariga bo'lgan da'volaridan voz kechishga majbur bo'lganlar.

Rus mo'g'ullar zulmi ostida bo'lgan bir vaqtda bu juda muhim edi.

Yodda luting

Chud ko'lidagi tarixiy g'alaba shunday qozonilgan edi. Novgorod biian Pskov yerlari o'z mustaqilligini saqlab qoldi.

33-§. Rusning mo'g'ullar zulmidan ozod bo'lishi

Tayanch tushunchalar §

Kulikovo jangi. Rusning ozod bo'lisMda Amir Temiirning o'rnL :1

Rusni yagona davlatga birlashtirish shart-sha-roitlarining yetila borishi. Rus xalqi mo'g'ullar istibdodiga qarshi hamisha kurashib kelgan. Bu kurash XIV asrda yanada kuchaydi. Ozodlik yo'lidagi kurash avvalo Rusni birlash-tirishni taqozo etardi.

Rusni yagona davlatga birlash-tirmasdan turib, mo'g'ullar istib-dodidan qutulib bo'lmas edi. Bu haqiqat tobora ko'proq anglana boshlandi. Rusni birlashtirishdek tarixiy vazifa Moskva knyazligi zimmasiga tushdi.

1327- yilda Moskva knyazi Ivan Kalita(1325- 1340) Rus knyazliklarida o'lpon yig'ish huquqini qo'lga kiritdi. Ayni paytda knyazlik tobora kuchayib bordi. Rus knyazliklari birin-ketin Moskva knyazligiga bo'ysundirilib borildi. 1367- yilda xarsangtoshlardan qurilgan Kreml Moskvani mustahkam qal'aga aylantirdi.

Kulikovo jangi. Moskva knyaz-ligining tobora kuchayishi, Rusning shu knyazlik qo'l ostida yagona dav¬latga birlasha borishi Oltin O'rdani tashvishgasolaboshladi. Oltin O'rda Rusda o'z hukmronligining zaifla-

shishiga aslo toqat qila olmas edi. Oltin O'rda xoni Mamay 1380-yilda avvalgi hukmronlikni qayta tiklash uchun Rusga qarshi katta qo'shin surdi. Oltin O'rda va Moskva knyazligi o'rtasidagi hal qiluvchi jang 1380- yilning 8-sentabr kuni bo'lib o'tdi. Bu jang Don daryosi bo'yidagi Kulikovo deb ataluvchi maydonda bo'lib o'tganligi uchun tarixga ,,Kulikovo jangi" nomi bilan kirdi. Rus qo'shiniga Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich (Ivan Kalitaning nabirasi) boshchilik qildi.

Jangni Mamayning otliq askarlari boshladi. Ular ruslarning oldingi qismiga hujum qildi. Shafqatsiz olishuvda bu qism halok bo'ldi. Knyaz Dmitriy Ivanovich knyazlik anjomlarini oddiy askar kiyimiga almashtirib, dushman bilan olishdi. Bir necha soat davom etgan jangda o'rdaliklarrus qismlarini siqib qo'ydi.

Jangning hal qiluvchi pallasida pistirmadagi qism jangga kirdi. Rus otliq askarlari hujum qilayotgan dushmanning orqa tomonidagi o'rmon onidan chiqib qo'qqisdan zarba berdi. Shuncha yerlarni qo'lga kiritgan

va shu qadar ko'p xalqlarni asoratga solgan mo'g'ul-tatar xonlari birinchi marta qaqshatqich mag'lubiyatga uchradi. Buyuk knyaz Dmitriy Ivanovich jangda og'ir yaralandi. Bu g'alaba sharafiga u Dmitriy Donskoy deb ataladigan bo'ldi.

Oltin O'rdaning mag'lubiyati Moskva knyazligi obro'-e'tibormi oshirdi. Moskva knyazligining Rusni mo'g'ullar istibdodidan ozod etish uchun kurash markazi sifatidagi o'rni yanada oshdi va mustahkamlandi.

Rusning ozod bo'lishida Amir Temurning o'rni. Kulikovo jangi qanchalik ahamiyatli bo'lmasin, u Rusni Oltin O'rda istibdodidan xalos etgan emas. 1382- yilda Oltin O'rdaning yangi xoni To'xtamishxon (1380 - 1395) Rus yeriga bostirib kirdi va Moskvani ishg'ol etdi. Rus yana o'lpon to'lashga majbur etildi. Oltin O'rda To'xtamishxon hukmronligi davrida Amir Temur imperiyasiga ham tahdid solaboshladi. Oxir-oqibatda Amir Temur unga qarshi yurish qilishga majbur bo'ldi. 1395- yilgi yurishda To'xtamishxon qo'shini butunlay tor-mor etildi. Amir Temur Oltin O'rdaga o'nglanmas zarba berdi. Bu zarbadan so'ng Oltin O'rda o'z harbiy qudratini qayta tiklay olmadi. Amir Temurning g'alabasi Rusning taqdirida katta tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. Bu g'alaba Rusning mo'g'ullar istibdodidan ozod bo'hsh onlarini yaqinlashtirdi. Bu inkor etib bo'lmaydigan tarixiy haqiqat edi.

Nihoyat, 1480- yilda Rus Oltin O'rdaga o'lv,on to'lashdan bosh tortdi. Shu tariqa Rusning mo'g'ullarga qariy^ ^j yarim asrlik qaramligi barham topdi. Endi Moskva knyazligj RUsni Rossiya deb atalmish yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazjfani nihoyasiga yetkazish uchun barcha shart-sharoitga ega bo'l^j

O'ging va mutohaza \uritim.

Rus tarixchisi va harbiy mutaxassisi M.lvankin bunday deb yozgan edi: ,,Muhammad payg'ambarni chin yurakdan e'zozlovchi Amir Temur Oltin O'rdaning butkul kuchsizlanishi va yiqilishining asosiy sababchisi bo'ldi va bu Ulan Rossiyam uning zulmidan xalos bo'lishini...tezlashtirdi". (Jkki buyuk sarkarda" asari).

O'qing va muloham writing.

Rus tarixchi olimlari B.Grekov va A.Yakubovskiylar esa bunday deb yozgan edilar: ,,1395- yilda Temurning To'xtamish ustidan qozongan g'alabasi... Rus uchun ham juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. To'xtamishni yengish bilan Rus yeriga obyektiv suratda katta xizmat ko'rsatgan ". („ Oltin O 'rda va uning qulashi" asari).

VII bob. Saljuq va Usmonli

34-§. Saljuq va Usmonli turklar t|av|atlari

Tayanch tushunchalar

Saljuqlar davlati. Anadolu saljuqlar davi^ (jsmonli turklar davlati. Amir Temurning Yevropa oldidagi xktnafi. Vizantiyaning

qulashi.

Saljuqlar davlati. Davlatning nor^j saljuq turklarining yetakchisi Saljuq ibn Do'kak nomid^ ojingan. U harbiy sarkarda edi. Saljuq turklari Orol dengi^jnjng shimoli-sharqiy qirg'oqlari, Sirdaryoning o'rta va quyj oqjmi hududlarida yashaganlar. Ular992- yilda islom dinini qabulqjjjsjigan. Saljuqlar 1038- yilda Xurosonda o'z davlatini tuzdilar. Bui asoschisi Saljuqning nabirasi To'g'rulbek edi (1038 - 1063]

Saljuqlar davlati keyinchalik jahonning eng yirik ii biriga aylangan.

To'g'rulbekning avlodlari Alp Arslon va Maliksl (1063 - 1092) saljuqlar Yaqin Sharq va Kichik Osiyoda o'rnashib oldilar.

1071- yilda Vizantiyaning 200 minglik qo'shini tor-Hi Bu g'alaba saljuqlarga butun Kichik Osiyo, Suriya, Kavkazortini bo'ysundirish imkonini bergan. Biroq biij| yurishi oqibatida Saljuqlar davlatining parchalanish jarayt gan. Chunonchi, Kermon, Suriya va Anadolu kabi mi liklarga bo'linib ketgan.

Tez orada tarix sahnasida yana bir qudratli davlat - Xoi davlati paydo bo'ldi. Bu davlat saljuqlarning Xuroson, Kermon sultonliklariga barham berdi.

Yodda tilting

- "'


Faqat Kichik Osiyodagi Anadolu saljuqlar soi 1308- yilgacha yashadi.

Saljuqlarning Kichik Osiyoga kelishi turli turkiy qabilalij islom dinining keng yoyilishini ta'minladi.

Turk qabilalarining o'troqlashishi va mahalliy aralashishi natijasida yana bir etnik birlik - turk xalqi boshladi.

Mo'g'ullar hujumi Anadolu sultonligini zaiflashtirdi. XIV asr boshlariga kelib bu sultonlik parchalanib ketdi.

Usmonli turklar davlatining tashki! topishi. Anadol sultonligi parchalangach, uning hududida ko*plab$ (bekliklar - hokimliklar) vujudga keldi. Ulardan biri bilan chegara hududda joylashgan Usmon (1282 - 1326) qilgan Usmon beyligi edi. Usmon I Vizantiyaning qolganligidan foydalanib, o'z beyligi hududini tobora kei

Bosib olingan Bursa shahri poytaxt etib belgilandi. Anadoludagi boshqa turk beyliklari ham Usmon I toi bo'ysundirildi. Shu tariqa Usmonli turklar davlati tashkil topdi. U Turkiya deb ham ataladi. Usmon I qo'l ostiga bir-lashtirgan barcha turkiy xalqlar endi Usmonli turklar deb atala bosh-landi.

Istilochilik urush-lari. Usmon I ning o'g'~ li O'rxon davrida (1326-1359) katta isti-lochilik urushlari olib borildi. O'rxon xalq lashkari deb ataluvchi doimiy qo'shinga ega edi. Ayni paytda harbiy hni o'z kasbiga aylantirgan, juda yaxshi harbiy ta'limga ega

^anichar - piyoda, sipohiy deb ataluvchi otliqlar qo'shini tuzildi.

larbiy harakatlarda artilleriya (zambarak)dan foydalanish joriy ildi. Shu tariqa Usmonli turklar davlati qudratli qo'shinga ega

y'ldi. 1371- yilda Vizantiya imperatori o'zini Turkiya sultonining fcassali deb tan olishga va katta miqdorda o'lpon to'lashga majburildi.

Turklar qisqa tarixiy vaqt ichida Bolqon yarim orolini zabt etdi. }u yerdagi slavyan davlatlari o'zaro ichki urushlar natijasida liflashib qolgan edi. Vizantiya esa Turkiyaga qarshilik ko'rsata mas edi. Bolqon davlatlari mustaqillik uchun qattiq kurashganlar. irkiya, ayniqsa, Serbiya uchun qonli urushlar olib borishga majbur >*lgan.

1389- yilda Serbiyaning Kosovo maydonida hal qiluvchi jang bo'lib -i- Bu jangda Turkiya sultoni Murod I o'ldirildi. Shunday bo'lsa-£» serblar qo'shini tor-mor etilgan. 1396- yilda esa Bolgariya bosib ingan.

Yevropaga tahdid. Vizantiyaning tez orada qulashi aniq bo'lib i fll- Shu tariqa Turkiya Yevropaning boshqa davlatlariga ham UJ»m uyushtirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu Yevropa uchun nchli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Turkiyaning °niyatlari butun G'arbiy Yevropani tashvishga solib qo'ydi. Ana shunday og'ir bir sharoitda Sohibqiron Amir Temur Yevropani halokatdan saqlab qoldi.

1402- yilning 28- iyunida Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (Chaqmoq) va Amir Temur qo'shini o'rtasida tarixiy jang bo'lib o'tdi.

Yodda luting

Bujang tanxga Anqarajangi nomi bilan kirgan. Anqara shahri hozirgi Turkiya Respublikasining poytaxti.

Bu jangda Boyazid qo'shini tor-mor etildi. Uning o'zi asir olindi. Amir Temur G'arbiy Yevropani shu tariqa halokatdan saqlab qoldi. Bu g'alaba Vizantiyaning qulashini yarim asr orqaga surdi. Amir Temur torn ma'noda Yevropa xaloskoriga aylandi.
Amir Temur imperiyasining parchalanishi Turkiyaga oldingi qudratini tiklash uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Zaiflashib qolgan Vizantiya ham bunga qarshilik qila olmas edi. XV asrning 20- yillarida Turkiya yana qaddini tiklab oldi. Uning harbiy qudrati qayta tiklandi.

Vizantiya imperiyasining barham topishi. 1453- yilning 29-may kuni Vizantiya imperiyasining poytaxti Konstantinopol shahri turklarga taslim bo'ldi. Vizantiyaning so'nggi imperatori jangda halok bo'ldi. Turklar shahar nomini Istanbul deb o'zgartirdilar va uni imperiya poytaxtiga aylantirdilar. Shu tariqa Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiya imperiyasi ham quladi. ,,Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi".

/. Karimov

* * *


,,Amir Temur 1402- yilda Anqarada erishgan g'alabasi bi¬lan. ..ikkinchi marta Yevropa xalqlariga xizmat ko'rsatdi".

A. Yakubovskiy

* * *

,,Amir Temurning Boyazid ustidan g'alabasi xristian olamini saqlab qoldi".



R, Grousit

Turkiyaning keying! taqdiri. Amir Temur Turkiya davlatini yo'q qilib yubormadi. Sababi salib yurishlarining oqibati hali musulmon olamining yodidan ko'tarilmagan edi. U Boyazidning asir olingan o'g'illarini Turkiya imperiyasining turli mulklariga hokim etib tayinladi.

Vizantiyaning qulashi bilan Yevropa va Osiyoni bog'lab turuvchi savdo yo'llari turklar nazoratiga o'tdi. Turkiya tez orada Yevropa va Osiyoning juda katta hududlarini bosib oldi. Keyingi asrlarda butun Shimoliy Afrika ham ishg'ol etilgan. Turkiya dunyoning uch qit'asi (Osiyo, Yevropa va Afrika)da ulkan hududlarni egallagan yagona imperiyaga aylangan.

VIII b<>b. XI - XV asrlarda Osiyo, Amerika va Afrika xalqlari

35-§.

davlati va uning istilochilik urushlari



Tayanch tushunchalar

Yakka rno 8 "' ulusi". Istilochilik urushlari, Mo'g'ullar istilosinine o$>odari- Mo'g'ullar davlatidagi ichki ziddiyatlar.

“yakka mo'g'ul ulusi"ning tashkil topis hi. Ko'pdan-L0'pjno'g'ul qabilalari qabilalar ittifoqiga birlashib a^gganlar. Ularning eng yirigi va qudratlisi tayjiutlar qabila ittifoqi edi. Uning xoni (hukmdori) Temuchin (1155-1 227) b°'lib> u barcha qabilalarni bir ittifoqqa birlashtirish

1206- yilda qabilalar ittifoqi xonlarining qurultoyi Temuchinni Buyuk xon det>e'l°n qilgan va u Chingizxon deb atala boshlangan.

Chineiz" Buyuk xonning unvoni hisoblanib, ,,dengiz", ,,okean" degan ma'nolami anglatadi.

Shu tariqa Osiyo qit'asida qudratli yangi bir davlat tashkil topgan. U ,,Yakka mo'g'ul ulusi" deb atalgan. Tarixda bu davlat Mo'g'ullar davlati deb ham, Chingizxon davlati deb ham yuritiladi.

Chingizxon davlatni har biri ming oiladan iborat birlikka bo*lib idora etgan. Ularga Chingizxonga sadoqat bilan xizmat qilgan kishilar boshliq etib tayinlangan. Minglik o'z navbatida yuzlik va o'nlik oila birliklariga bo'lingan.

Istilochilik urushlariga tayyorgarlik. Chingizxon katta istilochilik urushlari olib borish uchun zarur shart-sharoitni yarata olgan. Avvalo, 15 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan barcha erkak kishilar harbiy xizmatga yaroqli, deb belgilab qo'yilgan. Bu esa qo'shinning katta zaxirasini vujudga keltirish imkonini bergan. Ayni paytda mo'g'ullar a'lo darajadagi qo'shinga ega bo'lganlar. Bunga ular otsiz tasavvur qilib bo'lmaydigan ko'chmanchilik hayoti tufayli erishganlar. O'troq hayot kechirayotgan davlatlarning otliq qo'shini ularga bas kela olmas edi. Mo'g'ullar, shuningdek, Xitoyning ilg'or harbiy texnikasini ham puxta o'zlashtirib olgan edilar. Jumladan, ular devor teshadigan va o't sochadigan qurollarga ham ega bo'lganlar.

Chingizxon saralangan harbiy qism ham tashkil eta olgan edi.

Va nihoyat, qo'shinda juda qattiq tartib, intizom o'rnatilgan, bu tartibni buzganlar ayovsiz jazolangan. Yuqorida qayd etilgan omillar Chingizxon va uning vorislariga istilochilik urushlari olib borish imkonini bergan,

Istilochilik urushlari. Chingizxon 1207- yildan 1227- yilgacha katta istilochilik urushlari olib bordi. Shu yillar ichida Janubiy Sibirni, Sharqiy Turkistonni, Shimoliy Xitoy, Xorazm- shohlar imperiyasi hududlarini, Kav-kazortining bir qismi, Dashti Qipchoq, Volgabo'yi va boshqa o'lkalarni bosib oldi. Shu tariqa Mo'g'ullar davlati o'z davrining ulkan imperiyalaridan biriga aylandi.

Chingizxon 1224- yilda imperiyani to'rt nafar o'g'liga taqsimlab| berdi.

Katta o'g'li Jo'jiga Xorazm, Shimoliy Kavkaz va Janubiy Sibir] hududlari berilgan. Ikkinchi o'g'li Chig'atoyga esa Sharqiy Tur*1kiston, Yettisuv va Movarounnahr tekkan. Mo'g'uliston va Xitoyi uchinchi o'g'li va taxt vorisi O'qtoyga bergan. Va nihoyat, kichik o'g'li Tulu Xuroson, Sharqiy Eron hamda Shimoliy Hindistonga egad bo'lgan.

Imperiyaning bu to'rt tarkibiy qismi ulus deb atalgan. Uluslar rasman Buyuk xonga bo'ysungan.

Chingizxon 1227- yilda vafot etgach, uning vorislari yana 73 yil istilochilik urushlarini davom ettirganlar. Bu urushlar natijasida Rus yerlari, butun Kavkazorti, Eron va Suriya bo'ysundirilgan. 1258-yilda Iroqning bosib olinishi bilan Arab xalifaligi butunlay barham topgan.

1279- yilda Xitoyning qolgan yerlari, keyingi yillarda Koreyaning katta qismi bo'ysundirilgan.

Istilochilarning yurishlari 1300- yilda Birma urushi bilan nihoyasiga yetgan.

Mo'g'ullar istilosining oqibatlari. Mo'g'ullar istilosi xalqlarga og'ir kulfatlar keltirgan. Mo'g'ul qo'shini o'tgan yurtlar kultepaga aylangan. Shaharlar va madaniyat obidalari vayron etilgan.

Sug'orish tizimlari buzib tashlangan. Tobe etilgan xalqlar og'ir soliqlar to'lashga majbur bo'lgan. Shu tariqa istilo etilgan o'lkalarda iqtisodiy va madaniy taraqqiyot butunlay izdan chiqqan.

Mo'g'ullar madaniyati rivojlangan, katta yurtlarni idora qilish tajribasiga ega bo'lmagan. Chunki ularning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bo'ysundirilgan xalqlarnikidan orqada edi. Davlatni boshqarish ishlarida asosan uyg'urlardan, shuningdek, musulmon davlatlari savdogarlari xizmatidan foydalanilgan.

Mo'g'ullar davlatidagi ichki ziddiyatlar. Mo'g'ullar davlatida Buyuk xon taxti hamda har bir ulusning o'zida ulus taxti uchun ayovsiz kurash davom etgan.

XIII asrning 50- yillariga kelib Mo'g'ullar davlati parchalana boshlagan.

Botuxon tuzgan Oltin O'rda, Xuloku tashkil etgan Eron davlati amalda mustaqil bo'lit> olgan.

1348- yilda Chig'atoy ulusining o'zi ikki qismga bo'linib ketdi. Buyuk xon taxti uchun olib borilgan shafqatsiz kurashda Xuloku avlodlari O'qtoy avlodlarini butunlay qirib tashlagan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Dashti Qipchoq - Sirdaryoning yuqori oqimi va Balxash ko'lidan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo'lgan hudud.

Yettisuv - Qozog'istonning janubi-sharqiy qismi. Bu nom Balxash ko'liga quyiladigan yetti daryo joylashgan hududga nisbatan qo'llaniladi.

Ulus (mo'g'ulcha) - A). Chingizxon tuzgan davlat.

B). Bosib olingan hududlarni bo'lish natijasida Chin¬gizxon farzandlariga tekkan ulush. Keyinchalik ularning har biri alohida davlatga aylangan.

Sharqiy Turkiston - Bugungi Xitoy Xalq Respublikasi tarki-bidagi tarixiy viloyat.

36-§. Oltin O'rda xonligi

Tayanch tushunchaiar

Jo'ji ulusi Oltin O'rda. Ijtimoiy hayot Oltin O'rdaningqufasbi.

Xonlikning tashkil topishi. Oltin O'rda xonligi XIII asrning 40- yillarida Chingizxonning nabirasi Botuxon (Jo'jining o'g'li) tomonidan tashkil etilgan. Bu davlat Rus manbalarida,,Ortin O'rda", sharq manbalaridaesa ,Jo'ji ulusi" deb atalgan,

Botuxon keyinchalik olib borgan istilochilik urushlari natij asida Dashti Qipchoqni, Volga, Qrim va G'arbiy Sibirni Jo'ji ulusiga qo'shib olgan. Shu tariqa Oltin O'rda davlati tashkil topgan.

Quyi Volga Oltin O'rdaning markaziga, xon qarorgohiga aylantirilgan.

Botuxon tez orada o'z davlati poytaxtU Saroy Botu shahrini bunyod ettirgan.

Botuxon o'ta tadbirkor, uddaburon va uzoqni ko'ra oluvchi chingiziy hukmdor edi. U im_ periyada Buyuk xondan so'ng ikkinchi shaxsga aylangan.

Berkaxon hukmdorligi davrida Oltin O'rda. Botuxon 1255-yilda 48 yoshida vafot etgan. O'g'illarining qisqa vaqt hukm-ronliklaridan so'ng Oltin O'rda taxtini Botuxonning ukasi Berkaxon egallagan (1257 - 1266). Berkaxon tez orada yangi poytaxt - Saroy Berka shahrini qurdirgan.

Berkaxon davrida Oltin O'rda to'la rriustaqil davlatga aylangan.

Berkaxon Misr sultonligi bilan qizg'in aloqalar o'rnatgan. Misr xon uchun boshqa chingiziylarga qarshi kurashda zarur edi. Ayni paytda Xuloku Eronining Suriya va Iroqni ishg'ol etganligi Misr sultoni | Beybarsni tashvishga solib qo'ygan. Eron Misr sultonligiga ham tahdid " sola boshlangan. Binobarin, har ikki hukmdor yaqinlashishdan manfaatdor edi.

Berkaxon islom dinini qabul qilgan.

U 1257- yilda Rusda umumiy aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazgan. Bundan ko'zlangan maqsati _ O'lpon to'lovchilarning sonini aniq bilish edi. Berkaxon Xulokuga qarshi Kavkazga yurish qilgan vaqtida 1266- yilda vafot etdi. U Saroy Botu shahriga dafn etilgan.

Imperiyada ziddiyatlarning kuchayishi. Buyuk xon Munke vafot etgach, (1259- y.) imperiyada ichki kurash yanada avj oldi. Bundan | foydalangan Chig'atoy va O'qtoy xonadonlari o'z uluslarini yana qaytarib olishga erishganlar. Oltin O'rdaning Movarounnahrga ta'siri butunlay barham topgan.

XIV asrda 0'refaning gullab-yashnashi O'zbekxon (1312 - 1342) nomi bilan bog'liq. U Oltin O'rda taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan barcha ishlarni amalga oshirgan. Saroy Berka shahrini obod qildirib, poytaxtni shu shaharga ko'chirgan.

Oltin O*rdada ijtimoiy munosabatlar. Mo'g'ullarning o'zi aholi tarkibida ko'pchilikni tashkil etniagan. Ular nihoyatda oz bo'lganliklari sababli hatto bora-bora o'z tillarini ham yo'qotganlar. Aholi tarkibida turkiy xalqlar ko'pchilikni tashkil etgan.

Shahzodalar eng katta yer-mulk egalari edi. Beklar va noyon\ox ham katta yer egalari bo'lgan. Yaylovlar aslzodalar o'rtasida qat'iy taqsimlab qo'yilgan. Davlat rahbarlari amaldorlar, shahzodalar va no-yonlardan shakllantirilgan.

Oltin O'rdada ayl xo'jaligi deb ataluvchi xo'jalik ham bo'lgan. Bu o'z xo'jaligini yakka tartibda olib boruvchi ko'chmanchi oila xo'jaligi edi.

Ayl shahzodalar, beklar, noyonlar, tumanboshi, mingboshi, yuzboshi kabi yirik mulkdorlar tomonidan ajratib berilgan yaylovlarda ko'chib yurgan. Buning evaziga turli majburiyatlarni ado etgan.

Shahzodalar, beklar va noyonlarning ko'pchiligi sug'orma dehqonchilik yerlarida tarxon yorliqlariga ega bo'lganlar. Boshqa tabaqa vakillari ham davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun tarxon yorliqlarini olishgan.

Xon qo'shinining qo'mondonlari yuqori tabaqa vakillari -shahzodalar, beklar, noyonlar va tarxonlardan tayinlangan.

Erkak kishi qo'shin safiga chaqirilganida xo'jalik va oila ishlarida uning o'rnini ayoli egallagan. Oltin O'rdada dehqonlar sabonchi deb atalgan. Ular qishloq jamoasining oddiy a'zolari bo'lganlar.

Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqonlar ham bo'lib, ular o'troqchi deb atalgan. Aholidan kalon va qopchur deb ataluvchi soliqlar olingan.

Oltin O'rdaning qulashi. O'zbekxon vafotidan so'ng tushkunlik davri boshlandi. Toj-taxt uchun kurash avj oldi. Oqibatda 1360- yildan 1380- yilgacha 25 marta xon almashgan.

1380- yilda Mamayning Rusdan yengilishidan so'ng toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Bunday sharoitda ayrim shahzodalar jon saqlash maqsadida turli tomonlarga qochib keta boshlaganlar. Shulardan biri To'xtamish edi. U Joining o'g'li O'rda Ichenning beshinchi avlodi bo'lgan.

To'xtamishxon Amir Temur huzuriga qochib kelgan. Amir Temur o'z davlati manfaatini ko'zlab uni qo'llab-quvvatlashga qaror qilgan. Chunk! bu davrda ham Oltin O'rda Xorazmni Movarounnahr davlatiga birlashtirish yo'lidagi asosiy to'siq edi.

Nihoyat, 1380- yilda To'xtamish Amir Temur yordamida Oltin O'rda taxtini egallagan. Afsuski To'xtamishxon Amir Temur bilan do'stona munosabat o'rnatmadi. Aksincha, Amir Temurga qarshi siyosat yurita boshlagan. 1383- yilda Xorazmda o'z nomi bilan pul zarb ettirishga jur'at etgan. Bu hodisa To'xtamishxonning o'la-o'lguncha unutmasligi kerak bo'lgan Amir Temur bilan ochiqdan-ochiq aloqani uzganligini anglatar edi. To'xtamishxon hatto Amir Temurga qarshi Misr sultoni bilan ittifoq tuzishga uringan. Qolaversa, 1388- yilda Movarounnahrga bostirib kirgan. Bu davrda Amir Temur Eronning Sheroz shahrida edi. Bu ham yetmaganidek, Xorazmda AmirTemurga qarshi qo'zg'olon tashkil etgan.

Tabiiyki, Amir Temur bu hodisalar oldida qo'l qovushtirib o'tira olmas edi. Endi har ikki hukmdorning to'qnashishi aniq edi.

Amir Temur To'xtamishxonga qarshi uch marta yurish qilgan.

1395-yildagiuchinchiyurishdaTotxtamishxonningqo4shininito*la tor-mor etgan.

Amir Temurning bu zarbasidan so'ng Oltin O'rda o'zining avvalgi shuhratini qayta tiklay olmagan. Shunday bo'lsa-da, To'xtamishxon Buyuk Litva knyazligi yordamida Oltin O'rda taxtini qaytarib olishga urinib ko'rgan. Buning uddasidan chiqa olmagan To'xtamishxon 1405-yilning yanvar oyida Tyumenda vafot etgan.

Oltin O'rdada taxt uchun boshlangan o'zaro urushlar uni halokat girdobiga tobora ko'proq torta boshlagan. Bu hodisa oxir-oqibatda Oltin O'rdaning parchalanishiga olib kelgan. XV asrda Sibir, No'g'oy, Qozon, Qrim, Qozoq va Astraxan xonliklari ajralib chiqdi.

Oltin O'rda XVI asr boshlariga kelib butunlay barham topdi.

Atamafar mazmunini bilib oling

Kalon - o'troq aholidan olingan yer solig'i. Uning hajmi

hosilning l/lOqjsminj tashkil etgan. Noyon - yirik mulk egasi. Qopchur - chorva mollari sonining bir foizi miqdorida oling311

soliq. Tarxon - har qanday majburiy va soliqdan ozod qilingan yer-

mulk. Tarxon yorlig'i bo'lgan kishilarning ketma-ket

sodir etgan 9taaybikechirilgan.Sodiretgan lO-aybida"

boshlab javobgarlikka tortilgan. O'rda - mo'g'ullarda harbiy-ma'muriy tashkilot, manzilgoh-

Oliy hukmdorlar qarorgohi ham O'rda deyilgan.

37-§. XIII - XV asrlarda Xitoy

Tayanch tuslnmchalar

Sun sulolasi. Yuan sulolasi. Mm sulolasi Sulolaning ichki va tosh*!* siyosati. Xitoy madaniyati

Xitoyning zaiflashuvi. Sun sulolasi hukmdorlari ' qanchalik urinmasin, mamlakat tarqoqligiga barham bera olmagan. Aksincha, u tobora kuchayib borgan. Natijada Xit°y amalda to'rtta davlatga bo'linib ketgan. Buning ko'chmanchi xalqlar hujumi ham imperiyani qiyin ahvolga qo'ygan. Oqibatda u zaiflashgan, Bu omil mo'g'ullar istilos'ni muqarrar qilib qo'ygan.

Mo'g'ullar bosqini va uning oqibatlari. 1211- yilda mo*g*ullar Xitoyga hujum qilgan. Tez orada Shimoliy Xitoy bosib olingan. 1215-yilda Pekin shahri egallangan. Mo'g'ullar Xitoyni to'la bosib olisn uchun qariyb 70 yil vaqt sarflaganlar. Nihoyat, 1279- yilda Xitoy to'la bosib olingan. Bu bosqinchilik Chingizxonning nabirasi Xubilav(Tuluning o'g'li) tomonidan amalga oshirilgan. Oqibatda Sun imperiyasi barham topgan. Shu tariqa Xitoyda mo'g'ullar sulolasi hukmronligi o'rnatilgan. Bu sulola yuan sulolasi deb atalgari.

Mo'g'ullar istilosi Xitoyga ham xarobalik keltirgan. Istilochilar Xitoy yerlarini o'z mollari uchun yaylovlarga aylantirganlar.

Shahar va qishloqlar bearmon talangan. Xitoy xalqi og'ir soliqlar to'lashga majbur etilgan. Qo'li gul hunarmandlar qulga yoki yollanma askarga aylantirilgan. Yangi sulola hukmdorlari barcha yerlarni unda yashovchi aholi bilan birgalikda mo'g'ullarga mulk qilib bo'lib berganlar. Bu mulklardagi dehqonlarning ahvoli nihoyatda og'ir bo'lgan. Ular sotilgan va sotib olingan.

Shaharlar ham tushkunlikka tushgan. Qo'shinga jalb etilmagan hunarmandlar, savdogarlar soliq uchun juda katta pul to'lashga majbur etilgan.

Istilo o'ziga xos oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, mo'g'ullar xitoylar tarkibiga tobora singib keta boshlagan. Ular xitoy tilida gaplashadigan bo'lganlar. Xitoy yozuvini va xitoycha boshqaruv usulini qabul qilganlar. Ayni paytda Xitoy yangi sulola davrida tash-qi savdoda har qachongidan ko'ra ko'proq qatnasha boshlagan.

Xitoy ipagi, chinnisi, temir va misi dunyoning ko'p davlatlarida sotilgan.

Biroq bu savdodan tushgan daromad xitoylarni cmas, asosan mo'g'ul zodagonlari hamda chet ellardan jalb etilgan savdogarlarni boyitgan. Shu tariqa mo'g'ullar sulolasi hukmronligi davrida Xitoy mahalliy aholisi barcha tabaqalarining ahvoli tobora yomonlashib borgan. Bu omil oxir-oqibatda Xitoyda ozodlik harakatining kuchayishiga olib kelgan.

Min sulolasi hukmronligining o'rnatilishi. 1351- yildu Xitoyda mo'g'ullar zulmiga qarshi qo'zg'olon ko'tarilgan. Qo'zg'olonchilarning asosiy qismini dehqoniar tashkil etgan. Bu qo'zg'olon tarixga ,,qizil peshanabog'liklar" nomi bilan kirgan. Qo'zg'olonga rohib Chju Yuan-Chjan rahbariik qilgan, Qo'zg'olonchilar 1368- yilda Pekin shahrini ishg'ol qilganlar. Qo'zg'olon natijasida mo'g'ullar sulolasi hukmronligi barham topgan. Chju Yuan-Chjan imperatordebe'lon qilingan. U Xitoy tarixida min sulolasi deb atalgan sulola hukmronligiga asos solgan. Minlar 1644- yilgacha hukmronlik qilganlar.

Min sutolasining ichki siyosati. Chju Yuan-Chjan ichki siyosatda mamlakat iqtisodiyotini ko'tanshga katta e'tibor bergan. Avvalo, soliq tizimi tartibga solingan. Soliqlar miqdori kamaytirilgan.

Mo'g'ullar egallab olgan yerlar musodara qilingan. Yerlar yana davlat yerlariga aylantirilib, dehqonlarga chek yer sifatida bo'lib berilgan. Bu esa davlat dehqonlari sonining ko'payishiga olib kelgan. Dehqonlarning qarzlari kechib yuborilgan. Quliar ozod etilgan.

Dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sug'orish tizimiari barpo etish sohasida katta ishlar amalga oshirilgan.

Ipak yetishtirish keskin sur'atda ko'paydi, Ayni paytda hunar-mandchilikni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berilgan. Shoyi va ip gazlamalarga pardoz berish, qog'oz, shisha, chinni, bo'yoq tayyorlash kabi sohalar yanada rivojlangan.

Ipakdan kiyim-kechak tikilgan, yelkanlar yasalgan, shuningdek, musiqa asboblari uchun torlar tayyorlangan.

Hunarmandlarning metall, fil suyagi va qimmatbaho yog'ochdan yasagan buyumlari nodir san'at asarlari edi.

Dehqonchilik va hunarmandchilikning taraqqiy etishi tashqi savdoning rivojlanishiga sabab bo'lgan.

Buyuk Ipak yo'li orqali Xitoydan O'rta Osiyo, Eron va Vizan-tiyaga savdo karvonlari qatnagan. Mamlakat mudofaasi qurollarni tako-millashtirishni ham taqozo etgan.

Chunonchi, XIII asrda miltiq, XIV asrda esa tosh va o'q solib otadigan metall zambaraklar ixtiro qilingan.

Tashqi siyosat. Min sulolasi mamlakat ichki ahvolini mustah-kamlab olgach, istilochilik urushlari olib borgan. Chju Yuan-Chjan davridayoq Koreya va Tibet Xitoy hukmronligi ostida edi. Indo-neziya va Hindi-Xitoy davlatlari Xitoyning vassallariga aylanti¬rilgan.

U yerlarga ko'plab xitoylar ko'chib borganlar. XV asr boshlarida imperiyaning Amir Temur imperiyasi bilan munosabati keskinlashdi. Natijada ikki imperiya o'rtasida urush kelib chiqishi muqarrar boMib qoldi. Biroq Amir Temurning vafoti bunga imkon bermadi.


1407- yilda Min qo'shini Vyetnamni ishg'ol etgan. Vyetnum Xitoyning bir viloyatiga aylantirilgan. Keyinchalik hozirgi Mo*g*ulis~ ton ham bosib olingan.

XV asrning o'rtalaridan boshlab Min imperiyasi taraqqiyoti sekinlasha boshlagan. Bunga mamlakatda yuz bergan moliyaviy inqiroi sabab bo'lgan. Natijada vaqt o'tishi bilan Min imperiyasi o'zga yurtlarga hujum qilish qobiliyatini yo'qotgan. Endi u o'z chegaralarini tashqi hujum xavfidan mudofaa qilishga majbur bo'la boshlagan.

Madaniyat. G'oyat ulkan davlatni idora qilish uchun hukumat o'qimishli kishilarga muhtoj edi. Shu tufayli katta shaharlarda ko'plab maktablar ochilgan. Davlat amaldori bo'lish uchun talaba bir nechta og'ir imtihonlardan o'tishi shart qilib qo'yilgan.

Xitoyda tibbiyot ilmi ham rivojlangan. Chunonchi, Xitoy tibbiyoti kishilarni chechak kasalligiga qarshi emlashni kashf etganligi buning yorqin dalilidir. Xitoyda tarix ilmiga ham katta e'tibor berilgan. Bu xitoylarning o'z mamlakatlari tarixiga qiziqish bilan qarashlari natijasi edi. Xitoylarning bu qiziqishlari ularning: ,,O'tmish - kelajakning ustozi, shuning uchun o'tmishni unutma", - degan maqolida o'z ifodasini topgan edi. Imperatorlar tarix uchun barcha davlat hujjatlarining saqlanishiga alohida e'tibor berganlar.

Xitoyda geografiya fani ham taraqqiy etgan. Bunga asosan harbiy maqsadlarda uyushtirilgan dengiz ekspeditsiya\ari sabab bo'lgan. 62 kema va 30 ming dengiz harbiy jangchisidan iborat Xitoy harbiy dengiz floti yetti marta (1405 - 1433) harbiy dengiz ekspeditsiyasi uyushtirgan. Ularga admiral Chjan Xe qo'mon-donlik qilgan edi. Bu ekspeditsiyalar natijasida Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo dengiz sohillarining mukammal xaritalari tuzilgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Ekspeditsiya - biror alohida topshiriq bo'yicha uyushtirilgan

safar. Hindi-Xitoy - Osiyo qit'asining janubi-sharqiy qismida

joylashgan yarim orol. Bu yarirn orolda Birma, Vyetnam,

Kampuchiya, Laos, Malayziya va Tailand kabi davlatlar

joylashgan. Moliyaviy inqiroz - davlutning pul jamg'armasini hosil qilish,

uni taqsimlash va ishlatish tizimining izdan chiqishi.

38-§. O*rta asrlarda Yaponiya

Tayanch tushunchalar

Yer-mulk egaligi. Syogun hokimiyati. Minamoto va Xodzyo xonadonlari hukmrontigi. O'zaro ichki urushlar. Xo'jalik hayoti. Yaponiya madaniyati.

Yaponiyada yer egaligi jamiyatining qaror topishi.

VII asrdan boshlab Yaponiyada yer-mulk egaligi jamiyati vujudga kela boshladi. 646- yilda barcha yer davlat mulki deb e'lon qilingan. Aholi davlat chek yerlari egasiga aylangan. Ayni paytda yirik aslzodalarga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer-mulklar in'om etila boshlangan. Bu yerlar syoen deb atalgan. Syoen otadan bolaga meros qoldiriladigan bo'lgan va soliqdan ozod etilgan.

Yerlarning bir qismi monastirlar ixtiyoriga ham berilgan.

XI - XII asrlarga kelib syoen yer egaligining asosiy shakhga aylangan. Shu tariqa Yaponiyada yer egaligi jamiyati to'la qaror

topgan.


Imperator va syogun hokimiyati. XII asrda Yaponiyada imperator hokimiyati o'rnatilgan. U barcha yerning oliy mulkdori, deb e'lon qilingan. Shu jumladan, diniy hokimiyat ham uning qo'lida to'plangan edi. Imperatorning qarindosh-urug'lari davlatda eng yuqori lavozimlarm egallaganlar. Ayni shu davrdan boshlab, Yaponiyada yirik yer egalan va harbiy yetakchilar xonadonlarining mavqei ham tobora kuchayib borgan. Bu xonadonlarning bar bin tanho hukmronlikka intilganlar. Oqibatda tez orada ular o'rtasida qonli urushlar boshlangan. Harbiy-feodal xonadonlarning eng qudratlisi Minamoto xonadoni edi. U 1192-yilda o'zining barcha asosiy raqiblarini tor-mor etgan. Uning samurayian poytaxt Kioto shahrini egallagan. Yaponiyada shu vaqtdan boshlab hokimiyat syogun Minamoto qo'liga o'tgan. Imperator amalda hech qanday hokimiyatga ega emas edi. Uning qo'lida diniy hokimiyatgma qoldirilgan. Minamoto imperator nomidan davlatni idoraqilaboshlagan. Shu tariqa Yaponiyada syogun hokimiyati qaror topgan. Harbiy-feodallar tabaqasi va samuraylar syogunning asosiy tayanchi edi.

Vaqt o'tishi bilan samuraylarning bir qismi mayda harbiy yer egalariga aylanganlar. Asosiy qismi esa malakali asosda harbiy xizmatni davom ettirgan. Ular urushlarda qo'lga kiritilgan o'lja va

syogun to'laydigan maosh hisobiga yashaganlar.

Xodzyo xonadoni hukmronligi. 1199- yilda Minamoto vafot etgach, hokimiyat uning xotini va qaynotasi qo'liga o'tdi. 1219- yilda esa hokimiyatni Minamoto xonadoniga qarindoshhk aloqasi bo'lgan Xodzyo egallagan. Shunday sharoitda sobiq imperator Gotoba hokimiyatni egallash maqsadida isyon ko'targan. Biroq Gotoba ko'zlagan maqsadiga erisha olmagan. Uning qo'shini tor-mor etilgan. Isyonchilarga tegishli barcha mol-mulk musodara qilingan.

Xodzyo imperator xonadoni ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Kioto shahriga o'zining alohida vakilini yuborgan. Uning ixtiyoriga maxsus harbiy qism ajratib berilgan. Xodzyo mamlakatda diktatorlik tartibini joriy etgan. 1232- yilda sobiq imperator xonadoni tarafdorlarining ikkinchi isyoni bostirildi. Bu voqeadanso'ng Xodzyo o'zining mavqeini yanada mustahkamlash uchun kichik dvoryan xonadonlariga alohida e'tibor bergan. Chunonchi, kichik dvoryanlar ixtiyoridagi chek yerlar endilik-da ularning xususiy mulkiga aylantirilgan.

Yaponiyaning tashqi ahvoli. Mo'g'ullarning Xitoyda qaror topgan yuan sulolasi Yaponiyani vassalga aylantirishga zo'r berib uringan.

Shu maqsadda Xubilay Yaponiyaga bir necha marta elchilar jo'natgan. Elchilarga Yaponiyani Xitoy vassali deb tan oldirish vazifasi topshirilgan edi. Biroq Yaponiya hukumati bunday talablarni rad etgan. Shundan so'ng Xubilay 1274- va 1281- yillarda Yaponiyaga qarshi harbiy yurish uyushtirgan. Har ikki yurish ham Xubilay uchun halokatli tugagan.

1281- yilda Yaponiya qo'shini Xubilay qo'shiniga juda qattiq qarshilik ko'rsatgan. Bu yurishda Xubilay qo'shinining yarmi halok bo'lgan.

Burning asosiy sababi Xubilayning harbiy xatosi edi. Birinchidan, Yaponiya harbiy floti yengil va ixcham kemalardan tashkil etilgan bir sharoitda Xubilayning harbiy floti dengiz jangi sharoitiga tez moslasha olmaydigan og'ir kemalardan iborat edi.

Ikkinchidan, yaponlarning misli ko'rilmagan darajadagi birligi va qahramonona kurashi Yaponiya mustaqilligini saqlab qoldi,

Uchinchidan, kuchli dengiz to'foni ham Xubilay flotining halo-katga uchrashiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu to'fon Yaponiya tarixiy adabiyotlarida kamikadze deb atalgan.

O*zaro ichki urushlarning avj olishi. O'rta asr yer egaligi jamiyati sharoitida toj-u taxt uchun kurash hech qachon to'xtamagan. Yaponiya ham bundan mustasno emasdi.

Yirik yer egalari qudratining o'sishi barobarida Xodzyo xonadoni hokimiyati zaiflashib borgan.

U amalda yirik feodallar ustidan hukmronligini yo'qotgan. Shu sharoitda imperator xonadoni yana o'z hokimiyatini tiklash uchun kurash boshlagan. Va nihoyat, 1333- yilda imperator o'z niyatiga erishgan. Biroq bu hokimiyat uzoq yashamagan. Bunga imperator xonadoni bilan uni qo'llab-quvvatlagan yirik feodal xonadonlar vakillari o'rtasida yuz bergan ixtilof sabab bo'lgan. Natijada harbiy sarkarda Asikaga Takauden 1335- yilda hokimiyatni bosib olgan va o'zini syogun deb e'lon qilgan. Bu xonadon Yaponiyada 1573- yilgacha hukmronlik qilgan.

Xo'jalikning rivojlanishi. Yaponiya qishloq xo'jaligida sholichilik va ipakchilik yetakchi tarmoq bo'lgan. Yaponlar ipakchilikni Xitoydan o'rgangan edilar. Ayni paytda shaharlar, hunarmandchilik va savdo jadallik bilan rivojlanib borgan.

Yapon hunarmandlari qurol-aslaha yasashda dong taratganlar.,.; Chunonchi, ular yasagan qilichlar pishiqligi bilan chet ellarda ham mashhur bo'lgan. Bu qurol juda ko'p miqdorda chetga chiqarilgan.: Bundan tashqari, yapon badiiy hunarmandchiligi namunalari ham chet ellarda xaridorgir edi. Ular ichida chinni, yelpig'ich, laklangan, suyak va toshdan yasalgan buyumlar, ip va shoyi gazlamalar alohida o'rin tutgan.

Yaponiya Koreya, Xitoy, Filippin orollari, Vyetnam va Siam (Tailand) bilan qizg'in savdo-sotiq olib borgan. Tashqi savdoning rivojlanishida Yaponiyada port shaharlarning ko'pligi muhim rol o'ynagan. Yaponiya shaharlari Osiyoning boshqa davlatlari shaharlari kabi mustaqil, o'z-o'ziniboshqarish huquqigaega emas edi. Shunday bo'lsa-da, eng yirik port shahari Sakai alohida mavqega ega bo'lgan. Shaharni 36 kishidan iborat Shahar kengashi boshqargan. Bu shahar ,,Sharqning Venetsiyasi" deb atalgan.

Yaponiya madaniyati. Yaponiya madaniyatiga Xitoy madaniyati katta ta'sir ko'rsatgan.

VIII - IX asrlar Yaponiyaning Xitoy va Koreya bilan madaniy aloqalari rivojida alohida davr hisoblanadi.

VIII asrda Yaponiyada dastlabki yozuv paydo bo'ldi.

IX asrdan boshlab yapon iyeroglif alifbosi keng tarqala boshladi. Alifbe va yozuvning paydo bo'lishida monaxlar muhim rol o'ynashgan. Chunonchi, monaxlar Kibi Makibi va Kukaylar yapon alifbesining asoschilari hisoblanishadi. Dastlabki yozma yodgorlik namunasi ,,Qadimgi ishlar yilnomasi" deb ataladi.

Yaponiyada VIII asrdan boshlab boshlang'ich, o'rta va markaziy deb ataluvchi maktablar faoliyat ko'rsata boshlagan. Dorishunoslik ilmining rivojlanganligi ham diqqatga sazovordir. Chunonchi, choy bargi va boshqa dorivor o'simliklardan dorilar tayyorlangan.

X asr boshlariga kelib, tabiatshunoslikga oid dastlabki ensiklo-pediya nashretilgan. Uning muallifl saroy dorishunosi Fukae Sukexito bo'lgan.

Dehqonchilikning rivojlanishi astronomiya va meteorologiyaga oid bilimlarga bo'lgan ehtiyojni oshirgan.

Ayni paytda yapon xaritashunosligi ham vujudga kelgan va rivojlangan.

Ruhoniy Gyogu Bosasu Yaponiyaning birinchi xaritasini yaratgan. XII - XHJ asrlarda kitob nashr etishda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.

XIV asrdan Xitoy noshirlari Yaponiyaga kela boshlaganlar. Bu hodisa xususiy nashrlarning paydo bo'lishiga xizmat qilgan.

XII - XIII asrlarda Yaponiya adabiyotida ikki yo'nalish vujudga keldi. Ulardan biri ,,Urushlar haqidagi qaydnomalar"da o'z ifodasini topgan, o'zaro ichki urushlarda g'olib chiqqan xonadonlar kayfiyatini aks ettiruvchi adabiyot bo'lsa, ikkinchisi mag'lublar kayfiyatini aks ettiruvchi adabiyot edi. Bu davrda muhim tarixiy asarlar ham yaratildi. Ana shulardan biri ,,Sharq ko'zgusi" asari bo'lib, u Yaponiyaning 1180-yildan 1266- yilgacha bo'lgan tarixini aks ettiradi.

XIV asrda yozilgan ,,Ilohiy monarxlik vorisligining haqqoniy tarixi" asarida xonadonlarning toj-taxt uchun kurashi o'z ifodasini topgan. Muallif imperatorni birdan-bir qonuniy monarx deb hisoblaydi.

,,Ulkan dunyo haqidagi hikoya" deb ataluvchi tarixiy asar imperator Godaygoning syogun hokimiyatini ag'darish yo'lidagi urinishlariga bag'ishlangan.

XIII - XV asrlarda Yaponiyada uch turdagi maktab rivojlandi. Bular diniy, dunyoviy va harbiy maktablar edi.

1397- yilda Yaponiya me'morchiligining eng nodir yodgor-liklaridan biri ,,Oltin pavilon" bunyod etildi. U diniy marosimlarni bajarish joyi bo'lib xizmat qilgan.

1483- yilda ,,Kumush pavilon" ham bunyod etilgan. Shuningdek, Yaponiyada tasviriy san'at, musiqa ham rivojlangan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Diktator - yakka hukmdor. Ensiklopediya - tizimlashtirilgan bilimlar

to'plami.

Iyeroglif - suratli yozuv. Kamikadzc - ilohiy shamol. Samuray (yaponcha xizmat qilmoq) - harbiy xizmatni

kasb qilib olgan harbiy tabaqa. Syogun - hukmdor, zodagon, harbiy sarkarda.

39-§. XI - XV asrlarda Hindiston

Tayanch tushunchalar

i sultonligi. Ijtimoiy hayot. Sultonlikning keyingi taqdiri.

Dehli sultonligining tashkil topishi. XI asrda Shimoliy Hindiston G'aznaviylar davlatiga bo'ysundirilgan. Shu tariqa I Shimoliy Hindiston G'aznaviylar davlatining bir viloyatiga aylangan.

1206- yilda G'aznaviylar noibi Qutbiddin Oybek Shimoliy Hindistonni mustaqil deb e'lon qilgan. Bu yangi davlat Dehli sultonligi deb atalgan. Dehli shahri sultonlik poytaxti etib belgilangan.

XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida Dehli sultonligi yanada kengaygan. Bu ulkan davlat viloyatlarga bo'lib boshqarilgan,

Sultonlikdagi ijtimoiy hayot. Dehli sultonligida ham barcha yerlar davlatning mulki hisoblangan. Yerlarning ma'lum qismini sulton iqto' sifatida in'om etgan. Iqto' yerlar musulmon zodagonlariga harbiy xizmatlari uchun berilgan. Iqto'dor boyligining asosiy qismini iqto' yerlarida yashovchi aholidan olinadigan soliq tashkil etgan. Shuning-dek, xolisa yerlar ham bo'lib, u sultonga qarashli bo'lgan. Undan yig'ilgan soliq sultonlik xazinasiga tushgan.

Ayni paytda mahalliy knyazliklar saqlanib qolingan. Rojalar ularni amalda mustaqil idora etganlar. Ularning Dehli sultonligiga qaramligi belgilangan soliqni to'lab turishdan iborat bo'lgan.

O'rta va mayda hind yer egalari o'zlarining meros yerlarida, shuningdek, harbiy xizmatlari evaziga hukmdordan in'om sifatida olgan yerlarida xo'jalik ishlarini yuritganlar.

Har ikki diniy tashkilot (islom va hinduiylik) katta-katta yerlarga egalik qilgan. Bu yerlar vaqf yerlari deb atalgan. Bundan tashqari, Hindistonda jamoachi dehqon xo'jaligiga qarashli yerlar ham mavjud bo'lgan.

Sultonlikning zaiflashuvi. Bir tomondan, viloyatlar markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka intilar edilar. Ikkinchi tomondan, sulton mustaqillikka intilayotgan vassal hind rojalariga qarshi muttasil urush olib borishga majbur bo'lgan.

Bu urushlar jamoachi dehqonlardan olinadigan soliqlarning yanada oshirilishiga olib kelgan. Hosilning 1/4 qismi hajmida soliq to'lagan jamoachi dehqonlar endilikda 1/2 qismi hajmida to'lashga majbur etilgan. Bu sultonlikdagi ichki vaziyatni yanada keskinlashtirgan.

XIV asrning 30- yillariga kelib, aholi hatto 1/4 hajmdagi soliqni ham to'lay olmay qolgan.

Muttasil yetti yil davom etgan qurg'oqchilik iqtisodiyotni butunlay xonavayron qilgan. Mamlakatda ocharchilik yuz bergan. Aholi yoppasiga qirila boshlagan. Bu ham yetmagandek, sulton Muhammad Tug'luq puxta o'ylamay o'tkazgan ikki islohot mam-lakatni halokat yoqasiga keltirib qo'ygan. Ulardan biri matnlakat poytaxtining Dehlidan Davlatobodga ko'chirilganligi bo'lsa, ikkinchisi mis pulning joriy etilishi edi. Mis pul tezda qadrsizlangan. Shunday qilib, to'xtovsiz davom etgan o'zaro urushlar va mamlakat iqtisodiyotining izdan chiqishi Dehli sultonligining inqirozga yuz tutishiga olib kelgan. Oxir-oqibatda Dehli sultoni o'z qo'lida qolgan ozgina hududni ham himoya qilishga qodir bo'lmay qolgan.

Sulton hokimiyatining zaiflashuvi salbiy oqibatlarga olib kel¬gan. Endi Hindiston chetdan bo'ladigan hujumlami qaytarishga ojiz edi.

Dehli sultonligining keyingi taqdiri. Ana shun day bir sharoitda 1398- yilda Amir Temurning Hindistonga yurishi boshlangan. Tajribali sarkarda Amir Temur hech bir qarshiliksiz Dehlini egalladi, sultonlik tobe etildi. Amir Temurning oldida Usmonli turklar imperiyasiga qarshi kurash vazifasi turganligi uchun u tez orada Samarqandga qaytdi. Shunday bir sharoitda Dehli sultonligi yana avvalgi qudratini tiklashi mumkindek edi. Biroq o'zaro ichki urushlar bunga imkon bermagan. Mamlakatda tarqoqlik tobora kuchaya borgan. Dehli sultoni Buyuk sulton hisoblarisa-da, amalda oddiy bir davlat hukmdoriga aylanib qolgan. O'zaro urushlar natijasida sultonlikda hokimiyat sayyidlar

sulolasi qo'liga o'tgan (1414 - 1451). Biroq bu sulola hokimiyat tepasida uzoq tura olmagan.

1451- yildan hokimiyatni afg'onlar qabilasi boshlig'i Bahlul Lodi boshqara boshlagan. Yangi sulola to Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni egallaguniga qadar (1526- yil) hukmronlik qilgan.

Yevropaliklarning kirib kela boshlashi. XV asr oxirlaridan boshlab janubi-g'arbiy Hindistonga yevropaliklarning kirib kelishi boshlangan. 1498-yilda portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama eskadrasi Kalikut shahriga kelib tushgan.

Portugallar qisqa muddat ichida Hindistonning g'arbiy va janubiy qirg'oqlarida bir qancha joylarni egallaganlar. Ular tez orada Hind okeani, Fors qo'ltig'i va Qizil dengizda hukmron bo'lib olib, dengiz qaroqchiligi bilan shug'ullanganlar. Keyingi asrlarda gollandlar va inglizlar ham kirib kela boshlaganlar. Shu tariqa Hindistonning bosqichma-bosqich yevropaliklar asoratiga tushish jarayoni bosh¬langan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Eskadra - harbiy kemalar qo'shilmasi.

Iqto' - hukmdortomonidan katta xizmat evaziga in'om etilgan chek yer, Iqto' olgan shaxs iqto'dor deb atalgan. Iqto' yerlar dastlab ma'lum muddatga berilgan. Iqto' iqto'dorning xususiy mulki hisoblanmagan. Hukmdor uni qaytarib olib, boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo'lgan. Iqto'dor yerga emas, shu yer-mulkdan olina-digan soliqning ma'lum qismiga yoki hammasiga egalik qilgan.

Hinduiylik - milodning birinchi ming yilligi boshlarida Braxma dinini isloh qilish natijasida vujudga kelgan din. VIII asrdan boshlab Hindistonda ham islom dini tarqala boshlagan. Bu dinni qabul qilmaganlar shartli ravishda ,,hindlar", dinlari esa ,,hinduiylik" deb atalgan.

40-§. Amerika va Al'rika xalqlari o'rta asrlarda

Tayanch tushunchalar

Hindular. Hindular hayoti. Oliy Inka. ,,Quyosh o'g'illari"AJrika xalqlari hayoti.

Amerikaning tub aholisi va ularning mashg'ulotlari.

Amerikaning tub aholisi hindular deb ataladi. Bu aholi hozir jham mavjud. Ularning ajdodlari bir necha o*n ming yillar avval Osiyodan Bering bo'g'ozi orqali Amerikaga kelib qolgan. Hindular o'rta asrlarda ham urug'chilik tuzumida yashar edilar. Ko'pdan-ko'p hindu xalqlari orasida mayya, atstek va ink xalqlari xo'jalik hamda madaniy jihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko'pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. Biroq Shimoliy Amerikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amerika qirlari hamda tog'larida dehqonchilik ham rivojlangan. Dehqonlar toshboltalarda o'rmon kesib, daraxtlarni yoqib, yer ochishgan. Yerni yog'och so'qalar bilan ag'darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda yevropaliklarga ma'lum bo'lmagan makkajo'xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni o'stirishgan.

Qit'aning kattagina qismida hayvonlarni ishga o'rgatishni bilishgan. Amerikada otlar yo'q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o'xshash tuyalarni qo'lga o'rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o'rdaklarni boqishgan.

Hindular temir asbob-uskunalar, omoch, g'ildirak, o'tochar qurollar nimaligini bilishmagan. Ular mehnat qurollarini yog'och, tosh va jez (bronza)dan yasar edilar.

Mayyalar. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, qalin

chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi.

Yerlar jamoalarga tegishli edi. Jamoalar o'zlariga qarashli oilalarga o'rmondan tozalangan bo'liq yerlarni foydalanish uchun berardi.

Milodning birinchi ming yiJligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shaharga ,,Ulug' inson" hukmdorlik qilardi. Hokimiyat nasldan-naslga meros bo'lib o'tgan.

Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, ,,past odamlar" -dehqonlar va hunarmandlar esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yasalgan kulbalarda yashar edilar.

Yangi craning boshlarida mayya xalqida yozuv vujudga keldi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni qog'ozga tushirishardi. Shuningdek, ular qasrlarning devorlari va ustunlariga surat harflarni o'yib, duo, oyat, afsona va tarixiy voqealarni ham yozib qoldi-rishardi.

Kohinlar jamoa a'zolariga dala ishlarining muddatlarini belgilab berishardi. Dehqonchilik ehtiyojlari uchun taqvim zarur edi. Mayya hindulari taqvimlari qadimgi xalqlarning eng aniq taqvimlaridan hisoblanadi.

Matematika muvaffaqiyatlari ham shu bilan bog'liq. Mayyalar dunyoda birinchi bo'lib, ,,0" raqamini ishlata boshlashgan. Mayya shaharlaridan astronomik rasadxonalar topilgan. Kohinlar sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish vaqtlarini hisoblab chiqqanlar. Ular Quyosh va Oy tutilishlarini oldindan bashorat qila olganlar.

Arxitektura-me'morchilikda ham mayyalar ulkan muvaffa-qiyatlarga erishgan edilar. Ular yuksak poydevorlarda va sun'iy tepaliklarda zinali piramidalar shaklida qasrlar va ibodatxonalar qurishgan. Imoratlarni re/e/Lar, ma'budalarning haykallari vafreskalar bilan bezashgan. Mayyalar binolarni derazasiz qurishgan. Xonalarga yorug'lik darvozalarning tirqishlaridan tushgan. Shaharlar orasida tarashlangan toshlardan yo'llar yotqizilgan.

Atsteklar. XIII asrda Meksikaga shimoldan atsteklar ko'chib kelganlar. Ko'l o'rtasidagi orollarda Tenochtitlan shahrini bunyod qilganlar. Orollarni dambalar bilan birlashtirishgan. Shaharni kesib o'tgan to'g'ri ko'chalar va kanallar yoqasida ibodatxonalar hamda qasrlar qurishgan. Vaqt o4tishi bilan atsteklar qo'shni qabilalarni o'zlariga bo'ysundirganlar, ularni og'ir xiroj to'lashga majbur etganlar. Atsteklar barcha zarur narsalarni o'zlariga qaram qishloqlardan olardilar. Urush vaqtlarida 150 mingga yaqin jangchidan iborat qo'shin tuzilardi.

Atsteklar hunarmandchilikda katta yutuqlarga erishganlar. O'ymakor-zargarlar oltin, kumushdan bezaklar yasashgan. Javohir toshlarni mohirona tarashlaganlar. Kamalakdek tovlanuvchi tovus patlaridan gazlama va kashtalar to'qishgan.

Poytaxtda oddiy atsteklar va zodagonlar uchun alohida-alohida maktablar bor edi. Oddiy maktablarda dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ishlar o'rgatilardi. Oliynasab bolalarga tarix, din, yozuv, o'qish, hisob, astronomiya fanlari, nazm, notiqlik san'ati o'rgatilardi. Shoirlar qasidalar, dostonlar, tabiat haqida she'rlar yozishardi. Har yili poytaxtda shoir-qo'shiqchilarning aytishuvlari o'tkazilib, g'oliblar

mukofotlanardi.

Inklar. Inklar davlati XII asrda tashkil topgan. Inklar qo'shni qabilalarni zabt etganlar. Davlat tepasida cheklanmagan hukmdor -

Oliy Inka turardi.

Oliy Inkaning yaqin qarindoshi bo'lgan erkaklar o'zlarini ,,Quyosh o'g'illari" deb atashardi. Bunga inklarning quyoshni bosh xudo deb hisoblashlari sabab bo'lgan. ,,Quyosh o'g'illari" davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar. Bo'ysundirilgan davlatlar xalqlari ularga

to'la itoat etib, inklar tilida gaplashish-gan va inklarning qonunlari, rasm-rusumlari asosida yashashgan.

Aholi jamoa bo'lib yashar, bar bir jamoa dehqon oilalaridan iborat edi. Hokimiyat ruxsatisiz jamoa a'zosi qishloqdan tashqariga chiqolmasdi.

Ular yetishtirgan hosilning bir bo'lagi kohinlarga, ikkinchi qismi -Oliy Inkaga, uchinchi qismi jamoa a'zolariga qolgan. Davlat omborlaridan jangchilar va amaldorlarga, qahatchilik yillarida esa zoriqqanlarga ham oziq-ovqat berilgan. Barcha fuqaro buyuril-gan joylarda, dalada, qurilishda yoki qo'shinda xizmat qilishi kerak edi. Jangchilar va jamoat ishlariga yubo-rilgan odamlarning oilalarini jamoa boqardi.

Utkan mamlakatning barcha qism-lari o'rtasida pochta aloqasi mavjud edi. Yo'lning ma'lum bir qismida nav-batchilik qiladigan, maxsus tayyor-garlikdan o'tgan choparlar joylardan xabarlarni poytaxtga keltirib turishardi.

,,Quyosh o'g'illari"ning bolalari maxsus maktablarda o'qishardi. Mali yozuv yo'q paytlarda bolalar inklar dini, boshqarish tartiblari, qonunlari va urf-odatlari haqidagi ma'lumotlarni yodlab o'rganishardi.

Me'morlar ibodatxonalar, qasrlar, qal'alar qurishardi. Inklarning asosiy qal'asi - Kusko baland qoyalikka qurilgan. Bu qal'a shaharlar bilan yerosti yo'Ilari orqali birlashtirilgan bo'lgan.

Afrika xalqlari hayoti. Afrikaning tropik o'rmonlarida pigmeylar, bushmenlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shug'ullanishgan. Nayza, kamon va o'q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi. Qarindosh-urug'larning kichik-kichik guruhlari chaylalarda yoki shox-shabbalar ostidagi ayvonlarda istiqomat qilishardi. Janubiy Sahroyi Kabir ko'chmanchilari chorvachilik bilan shug'ullanganlar.

Suvga serob o'lkalar xalqlari esa dehqonchilik bilan shug'ul¬lanishgan. Ular yerni temir uchli so'qa bilan ag'darishgan. So'qa mahalliy tuproqqa moslashtirilgan ish quroli edi. Tariq, sholi, paxta va shakarqamish yetishtirish qishloq xo'jaligi tarmoqlaridan edi. Afrikaliklar qadim zamonlardayoq sopol o'choqlarda temir eritishni bilishgan. Hunarmandlar mehnat qurollari, qurol-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charm buyumlar yasar edilar.

Niger va Senegal daryolari orasidagi pasttekislikda G'arbiy Sudan joylashgan edi. Niger daryosi sohillarida G'arbiy Sudanning asosiy shaharlari - Tombuktu, Gao, Janna qad ko'targandi.

G'arbiy Sudanning janubida juda ko'p oltin konlari bo'lgan.

G'arbiy Sudan orqali Gvineya ko'rfazidan O'rta Yer dengizi sohillarigacha eng muhim savdo yo'Ilari o'tgan. Dehqonlar Sahroyi Kabir chegarasida yashovchi ko'chmanchilar bilan savdo-sotiq qilishardi. Ko'chmanchilar mahalliy aholiga zarur bo'lgan tuz, teri va chorva mollarini bug'doy hamda hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlar edilar.

Afrika davlatlari. Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta daromad keltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo'shinga ega

bo'lgan.


XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj to'lab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tez orada mustaqillikka erishgan Ganani keyinchalik Mali davlati

o'ziga tobe etgan.

Maiming gullab-yashnashi XIII asrga to'g'ri keladi. Kuchli qo'shini bo'lgan Mali hukmdori karvon yo'Ilari va oltin qazib oladigan qo'shni yurtlarni bosib olgan. Hukmdor va uning yaqinlari islom dinini qabul qilishgan. Shundan so'ng Mali shaharlariga

Shimoliy Afrikadan kelgan musulmon savdogarlari joylasha boshlagan.

Mali aholisi jamoa bo'lib yashardi. Jamoa oqsoqollari yerlarni jamoaga bo'lib berar, ularning mehnatini boshqarib, harbiy yurishlarda jangchilarga qo'mondonlik qilishardi.

Mali hukmdori bosib olingan viloyatlarga qo'shin boshliqlari va qarindosh-urug'laridan noiblar tayinlardi, jangchilariga yerlar in'om qilar, jangchilar aholidan soliq undirardi. Shu tariqa Malida yer egaligi tartiboti qaror topa borgan.

Vaqt o'tishi bilan Mali kuchsizlana boshladi. Bunga viloyatlarning mustaqillikka intilishlari, laxt uchun kurashning avj olganligi sabab bo'ldi. O'zaro nifoqlardan foydalangan qo'shni davlatlar mamlakatni bosib olib, vayron qildi. XV asrda Mali butunlay inqirozga uchradi.

Mana shu davrda Songai davlati mustahkamlandi. Mamlakat zodagonlari 500 dan 1000 gacha tobe aholisi bo'Igan qishloqlarga egalik qilishardi. Tobe aholi yer-mulk egasiga obrok, davlatga esa soliq to'lashardi. Ozod jamoa a'zolari ham zodagonlarga qaram bo'lib qolishardi.

XVI asr o'rtalarida Songai zaiflasha boshlagan. Hukmdorning oliy martabalarni egallagan qarindoshlari taxtni egallash uchun fitna uyush-tiraredilar. Shaharlardagi musulmon zodagonlar (qozilar, ruhoniylar, savdogarlar) hukmdor bilan deyarli hisoblashmay qo'ygan edi. Ichki janjal va nizolar davlatni zaiflashtirgan. XVI asr oxirida Marokash sultonligi Songaini bosib olgan.

Gvineya ko'rfazi sohillarida ham bir qancha davlatlar vujudga kelgan. Bulardaneng kuchlisi Benin edi. Undan janubroqda XIII asrda Kongo davlati tashkil topdi.

Afrika xalqlari madaniyati. Afrika xalqlarida ko'pgina qadimiy afsona va ertaklar saqlanib qolgan. Ular qimmatli tarixiy manbalar bo'lib ham xizmat qiladi.

Ayniqsa, G'arbiy Sudan xalqlari madaniyati rivojlandi. Islom qabul qilinganidan key in bu yerda arab mamlakatlari me'morlari machitlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari (kasalxona, hammom, istirohat bog'lari va boshqalar) qurganlar. Musulmon maktab, madrasalari ishga tushirilgan. Tombuktu madrasasida ilohiyot bilan birga tarix, fiqh (qonunchilik), matematika, astronomiya ham o'qitilgan.

Afrikaliklar san'atda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog'och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar ifodaviyligi bilan kishilarni hayratga solgan. Benindagi shoh saroyi zallari va galereyalarida podsholaru a'yonlarning jez lavhalarga ishlangan bo'rtma rasmlari topilgan. Bu lavhalarda ov, urush, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Freska - devoriy surat.

Lama - tuyasimonlar oilasiga mansub o'rkachsiz hay von turi.

Relef - bo'rtma surat.

MUHIM TARIXIY SANALAR

IV - VI asrlar - Yevropada xalqlarning buyuk ko'chishi.

476- yil - G'arbiy Rim imperiyasi quladi.

486- yil - Franklar davlati tashkil topdi.

570 - 632- yillar - Muhammad (s.a.v.) yashagan yillar.

589- yil - Xitoyda Suy imperiyasi vujudga keldi.

610- yil - Muhammad (s.a.v.) ning payg'ambarlik faoliyati boshlandi.

618- yil - Xitoyda Tan imperiyasi tashkil topdi.

VII asr - Hindistonda Xarsha imperiyasi tashkil topdi.

630- yil - Arab qabilalari yagona davlatga birlashtirildi.

632- yil - Arab xalifaligi tashkil topdi.

661- yil - Xalifalikda umaviylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi.

750- yil - Xalifalikda abbosiylar sulolasi hukmronligi o'rnatildi.

800- yil - Buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi.

829- yil - Angliya yagona davlatga birlashtirildi.

843- yil - Verden shartnomasi imzolandi.

875 - 884- yillar - Xitoyda Xuan Chao boshchiligida dehqonlar qo'zg'oloni bo'lib o'tdi.

882- yil - Kiyev Rus davlati tashkil topdi.

X asr - Chexiya va Polsha davlatlari vujudga keldi.

962- yil - Muqaddas Rim imperiyasi tashkil topdi. 998- yil - Rusda xristian dini qabul qilindi.

XI asr - Yevropada shaharlar jamiyat taraqqiyotida muhim omilga aylanishi jarayoni boshlangan.

1038- yil - Saljuqiylar davlati tashkil topdi. 1054- yil - Xristian cherkovi ikkiga bo*linib ketdi. 1096- yil - Birinchi salib yurishi boshlandi.

XII asr - Inklar davlati tashkil topdi.

XII asr - Yaponiyada imperator hokimiyati vujudga keldi.

XII asr - Rusda feodal tarqoqlik boshlandi.

1204- yil - Salibchilar Konstantinopol shahrini ishg'ol qildilar. 1206- yil - Hindistonda Dehli sultonligi tashkil topdi. 1206- yil - Yakka mo'g'ul ulusi davlati vujudga keldi. 1215- yil - Angliyada ,3uyuk erkinlik xartiyasi" qabul qilindi. 1224- yil - Mo'g'ullar imperiyasi to'rt ulusga bo'lindi. 1237- yil - Mo'g'uilarning Rusga bosqini boshlandi. 1240- yil - Kiyev knyazligi taslim bo'ldi.

XIII asrning 40- yillari - Oltin O'rda xonligi tashkil topdi.

1265- yil - Angliyada parlament joriy etildi. 1279- yil - Xitoyda yuan sulolasi hukmronligi o'rnatildi. 1291- yil - Salibchilar Sharqdagi barcha mulklaridan ajraldilar. 1302- yil - Fransiyada General shtatlar chaqirildi.

XIV asrning 20- yillari - Usmonli turklar davlati tashkil topdi.

1337- yil - Yuz yillik urush boshlandi. 1368- yil - Xitoyda min sulolasi hukmronligi o'rnatildi. 1381- yil - Angliyada Uot Tayler boshchiligida dehqonlar qo'zg'oloni bo'lib o'tdi.

XIV asr so'nggi choragi - Mo'g'ullar imperiyasi barham topdi.

1380- yil - Kulikovo jangi bo'lib o'tdi, 1380- yil - To'xtamish Oltin O'rda taxtini egalladi. 1395- yil - To'xtamishxon qo'shini Amir Temur qo'shini tomonidan tor-mor etildi.

1402- yil - Mashhur Anqara jangi bo'lib o'tdi. 1453- yil - Yuz yillik urush tugadi. 1453- yil - Vizantiya imperiyasi quladi.

XV asr oxiri - Fransiya markazlashgan davlatga aylandi. Mamlakatda mutlaq monarxiya o'rnatildi.

XVI asr boshlari - Oltin O'rda xonligi quladi.


MUNDARIJA
I bo'lim. Jahon xalqlari o'rta asrlarning birinchi davrida (V - XI asrlar)

I bob. V - XI asrlarda Yevropa xalqlari

1-§. Xalqlarning buyuk ko'chishi va uning oqibatlari..... ...... ....2

2-§.Franklar davlatining tashkil topishi..................................... 3

3-§. Franklar imperiyasi............................................................. 4

4-§. Muqaddas Rim imperiyasi.... .............................................. 16

5-§. V - XI asrlarda Angliya................ ........................... ...........20

6-§. VI -XI asrlarda Vizantiya imperiyasi.................... ............ .22

7-§. Slavyan davlatlarining tashkil topishi.................... ....... .....25

8-§. Kiyev Rus davlati..., ....... ....................................................28

9-§. V -XI asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati....... ...............31

II bob. VI - XI asrlarda Osiyo xalqlari

10-§. Islom dinining vujudga kelishi......... .............................. ...36

1 1-§. Arab xalifaligi va uning istilochilik siyosati......................39

12-§. Arabxalifaligimamlakatlarimadaniyati................,...........42

13-§. IV -XI asrlarda Hindiston................... ........................... -46

14-§.V-XI asrlarda Xitoy........................,...........-....................50

II bo'lim. Jahon xalqlari o'rta asrlarning ikkinchi davrida (XI - XV asrlar)

III bob. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivoji. Shaharlarning yuksalishi

15-§. Yevropada o'rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi. .......54

16-§. Tovar xo'jaligi vasavdo-sotiq...... .............................. .......58

17-§. Yevropa shaharlarihayoti. Osiyo shaharlari......... ........... ..62

IV bob. Xristian cherkovi va salib yurishliirj

18-§. Xristian cherkovining jamiyatdagi o'rni................

19-§. Salib yurishlari...................................................

20-§. Dastlabki salib yurishlari vaoqibatlari.................

21-§. Keyingi salib yurishlari vaoqibatlari..................

V bob. G'arbiy Yevropada markazlashgan

davlatlarning tashkil topishi

22-§. Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga keli^

23-§. Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi.

24-§. Fransiyani birlashtirishni tugallash yo'lida............

25-§. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi................

26-§. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topi

27-§. Angliyaning XIV-XV asrlardagi iqtisodiy va ijhtaraqqiyoti.......................................................................v

28-§. G'arbiy Yevropaxalqlarimadaniyati........................

29-§. G'arbiy Yevropadasan'at vaadabiyot. Gumanizm...

VI bob. Yevropada feodal tarqoqlikning davom CK


30-§.XII-XVasrlardaGermaniya.................................

31-§. Rusda feodal tarqoqlik va uningoqibatlari..,......

32-§. Chetel bosqinchilariningRusgahujumi.............

33-§. Rusning mo'g'ullar zulmidan ozod bo'Iishi......

34-§. Saljuq vaUsmonliturklardavlatlari........................

35-§. Mo'g'ullar davlati va uning istilochilik urushlari...

36-§. Oltin O'rda xonligi.....,.....................................

37-§.XIII-XV asrlarda Xitoy.....................................

8-§. O'rta asrlarda Yaponiya...........................................

39-§- XI-XVasrlardaHindiston..................................



40-§-Amerika va Afrika xalqlario'rta asrlarda..............
Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish