1409-yil 25-aprel - Shohrux Amudaryodan o’tib, Samarqand sari yurish qiladi.
1410-yil - Shayx Nuriddin Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda oq o’rdalik xonzodalardan Chingiz o’g’lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko’taradi.
1410-yil 20-aprel - Samarqand yaqinida Qizilravol mavzeyida isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug’bek qo’shinlari o’rtasida jang bo’ladi. Jangda Ulug’bek mag’lubiyatga uchrab, Kalifga tomon chekinadi. Shohrux Samarqandga yetib kelib, Shayx Nuriddin isyonini bostiradi. Movarounnahr va Turkistonni to’liq boshqarish 18 yashar Ulug’bek qo’liga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |