1405-yil 18-mart - Mironshohning o’g’li Xalil Sulton Mirzo o’zboshimchalik bilan Samarqandni egallab, o’zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi.
1406-yil - Xitoy Vetnamni, keyinchalik Mo’g’ulistonni istilo qiladi.
1407-yil 22-fevral - Pirmuhammad vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo’lida halok bo’ladi
1408-yil 22-aprel - Qoraqo’yun!i turkmanlarning qabila boshlig’i Qora Yusuf bilan bo’lgan jangda Mironshoh halok bo’ladi. Ozarbayjon va Iraq viloyatlari temuriylar qo’lidan ketadi.
1409-yil - Bryuggeda birja tashkil topgan.
1409-yil - Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytish oldidan o’n besh yoshli Mirzo Ulug’bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi
1409-yil bahori - Movarounnahrda vaziyat yanada keskinlashadi. Amir Xudoydot O’ratepa va Shohruxiya shaharlarini osongina qo’lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo’yida sodir bo’ lgan jangda Xalil Sulton qo’shini mag’ lubiyatga uchraydi, o’zi esa asirga olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |