- Eposlarni kuylovchilar 2 guruhga - lirik she'riyatni kuylovchi bardlar va epik she’riyat bilan shug‘ullanuvchi filidlarga bo‘lingan. Filidlar o‘z qissalarini nasrda bayon qilganlar, keyinroq ular “saga”(qissa) nomini olgan. Sagalaming ta’sir kuchini yanada oshirish uchun filidlar she’riy parchalar kiritganlar.
- Eposning dastlabki namunalari zamonaviy Britaniya hududida yashagan kelt qabilalari tomonidan yaratilgan. V asr boshlarida kelt (irland) qabilalari Rim imperiyasining zaiflashganidan foydalanib, mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Ilk o‘rta asrlarda kelt qabilalari hayoti haqidagi xalq she’riyati negizida qahramonlik eposi shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |