O‘rta asr G‘arbiy Yevropa davlatchiligiga umumiy tavsif Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari


Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIII asrning ikkinchi yarmi – XV asr)



Download 114,5 Kb.
bet15/20
Sana03.01.2022
Hajmi114,5 Kb.
#313428
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1557205586 74281

Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIII asrning ikkinchi yarmi – XV asr). Bu davrda ijtimoiy tuzumda muhim voqealar yuz beradi. Jumladan, 1215yil baronlar boshchiligida qirol hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Natijada Erkinliklarning buyuk xartiyasi qabul qilinadi. U rasman Angliyadagi birinchi konstitutsiyaviy qonun hisoblanadi. Shuningdek, 1258–1267-yillarda fuqarolar urushi bo‘lib o‘tadi. Oqibatda oliy hokimiyat qo‘ldan qo‘lga o‘tib, qayta egallanadi va Angliyada parlament vujudga keladi.

Davlat boshqaruvida qirol hokimiyatining mavqei tushib, cherkov uning ustidan o‘z ta’sirini o‘rnatadi. Parlament dastlab tabaqa-vakillik organi shaklida bo‘lib, unda uch toifa vakillari qatnashgan. So‘ngra tez orada yirik feodallar tarkibida yig‘iladigan bo‘ldi. 1295-yilgacha boshlab yana barcha tabaqa vakillaridan iborat holda muntazam yig‘iluvchi organga aylanadi. Parlament 1343-yildan boshlab yuqori – lordlar va umumpalataga bo‘linadi. U keyinchalik quyidagi vakolatlarni qo‘lga kiritadi: qonun chiqarishda ishtirok etish, qirol xazinasi foydasiga aholidan soliqlar olish haqidagi masalalarni hal etish, oliy mansabdor shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ba’zi hollarda maxsus sud ishlarini yuritish. Parlament davlat boshqaruvini o‘ziga bo‘ysundirish yo‘lida XIV asrning oxirida impichment protsedurasini joriy etadi.

XIII asr davomida yangi ijroiya organi Qirollik kengashining rivojlanishi sodir bo‘ladi. Ilgarigi qirolning eng yirik vassallari yig‘ini bo‘lgan Katta kengashning funksiyalari endi parlamentga o‘tadi. Yangi kengash tor doiradagi oliy ijroiya va sud organi hisoblangan. Uning tarkibiga qirolning yaqin maslahatchilari, odatda kansler, xazinachi, sudyalar va vazirlar kirgan.

Mahalliy boshqaruv vakolatlari eski sudlar va graflik majlislari qo‘lidan chiqib, yangi mansabdor shaxslarga va sayyor sudlarga o‘tadi. Ularning vakolatlari tobora kengayib boradi. Joylarda konstebllar politsiyachilik funksiyalariga ega bo‘lganlar.

XIII–XIV asrlarda sud tizimining ixtisoslashuvi jadallashgan. Biroq ko‘pgina muassasalarning ma’muriy va sud hokimiyati ajratilmagan. Bu davrda Angliyada Qirol kursisi sudi, Umumiy tortishuvli sud va Xazina sudi oliy sudlar hisoblangan. Ulardan adolat yuzasidan ish ko‘ruvchi Lord-kansler sudi ajralib chiqadi. XIV asrda umumiy sayyor sudlar o‘rnini ancha ixtisoslashgan sayyor komissiyalar egallaydi. Bu davrda shuningdek, cherkov sudlari ham faoliyat yuritgan.


Download 114,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish