Orqaning serbar muskuli Kurakni ko‘taruvchi muskul


Uzun muskulning bosh qismi



Download 0,5 Mb.
bet5/15
Sana12.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#783170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Orqaning yuza muskullari

Uzun muskulning bosh qismi (m. longissimus capitis) I–III ko‘krak va III–VII bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlaridan boshlanib, to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon va boshning tasma
muskullari ostidan ko‘tarilib, so‘rg‘ichsimon o‘siqning orqa yuzasiga yopishadi.
Qirrali muskul (m. spinalis) ko‘krak va bo‘yin umurtqalarining qirrali o‘siqlari ustida medial holatda joylashgan, uning ko‘krak, bo‘yin va bosh qismlari tafovut etiladi.
Qirrali muskulning ko‘krak qismi (m. spinalis thoracis) I–II bel umurtqalari va XI–XII ko‘krak umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqlaridan boshlanib, I–VIII ko‘krak umurtqalari o‘siqlariga yopishadi.
Qirrali muskulning bo‘yin qismi (m. spinalis cervicis) I–II ko‘krak va VII bo‘yin umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqlaridan va lig.nuchae ning pastki qismidan boshlanib, III–IV bo‘yin umurtqalari o‘siqlariga yopishadi.
Qirrali muskulning bosh qismi (m. spinalis capitis) yuqori ko‘krak va bo‘yin pastki umurtqasining qirralari o‘siqlaridan boshlanib, yuqori tomonga ko‘tarilib ensa suyagi do‘mbog‘iga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Ikki tomondan m.erector spinae qisqarsa, gavda tiklanadi. Bir tomondagi muskul qisqarsa, umurtqa pog‘onasi bosh qisqargan tomonga bukiladi, qovurg‘alar pastga tushadi.
I n n e r v a t s i y a s i: orqa miya nervlarining orqa tolalari (CIII–LII)dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa.intercostales posteriores va a.cervicalis.
Medial trakt muskul bir qancha mayda muskullardan tuzilgan bo‘lib, m.erector spinae ning ostida joylashgan.
Ko‘ndalang-qirrali muskul (m. transversospinalis) umurtqalarning qirrali o‘siqlariga yopishadi. Bu muskullar turlicha uzunlikka ega bo‘lganidan uch xil muskul (yarim o‘tkir qirrali o‘siq muskuli, ko‘p tarmoqli muskul va buruvchi muskul)larga bo‘linadi.
Umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlaridan boshlangan yarim o‘tkir, qirrali muskul (m. semispinalis) ko‘krak, bo‘yin va bosh qismlarga ajralib, yuqoriga (4–6 umurtqalardan o‘tib) ko‘tarilib, o‘tkir qirrali o‘siqlarga yopishadi. Oxirgi bosh qismi I–VII ko‘krak va IV–VII bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlaridan boshlanib, ensa suyagining tepa va pastki g‘adir-budur qirralarigacha ko‘tarilib yopishadi.
F u n k s i y a s i. Ikki tomonlama qisqarganda ko‘krak va bo‘yin umurtqalarini orqaga bukadi, boshni ushlaydi. Bir tomondan muskullar qisqarganda gavdani qarama-qarshi tomonga buradi, natijada kalla ham qarama-qarshi tomonga buriladi.
I n n e r v a t s i y a s i: CIII–thXII nerv tolalaridan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores, a. cervicalis profunda.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish