Nerv tolalarining mielinlashuvi
Avval periferik nervlar, sungra orka miya nervlari, keyinroq bosh miya sopining nerv tolalari, undan so’ng bosh miya katta yarimsharining tolalari miyelinnlashadi. Mielin qavat rivojlangan sari nerv tolasining qo’zg’aluvchanligi orta boradi. Ona qornida embrion 4 oylik bo’lgandan boshab, orqa va bo-sh miyadagi nervlar mielinlasha boshlaydi.
Birinchi galda harakat nervlari, so’ngra aralash nervlar, undan keyinroq miyaning markazga intiluvchi nervlari mielinlashadi. Bola tutilganida harakat nervlari mielin qavat bilan qisman o’ralgan bo’ladi.
Bola 1,5-2 yashar bo’lganda bosh miyasidagi ko’pgina nervlar, 2 yoshida eshitish organi nervlari mielinlashib bo’ladi. Ko’rish va til-tomoq nervlari yangi tugilgan bolalarda miyelinlashmagan bo’ladi, 3-4 yoshda tuliq miyelinlashadi. Yuz nervining tarmoqlari homilada ona qornidayoq mielinlasha boshlab, bola tutilishi vaqtiga kelganda to’lik tugaydi. Uch yoshda bosh miyaning nerv tolalari mielinlashib funktsiyalari murakkablashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |