Orol dengizi qachon qurishdan to‘xtaydi? 27 avgust 2013



Download 130,56 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi130,56 Kb.
#723782
Bog'liq
Orol muammosi


Orol dengizi qachon qurishdan to‘xtaydi?
27 avgust 2013
Orol dengizi O‘rta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasi. Shimoldan Qozog‘iston, janubdan Qoraqalpog‘iston yerlari bilan o‘ralgan.



Orol dengizi sathi 1960-yillardan boshlab kundan-kunga pasayib bormoqda. Foto: eco-turizm.net


1960-yillargacha maydoni 68 000 kv km bo‘lib, dunyoda kattaligi bo‘yicha Kaspiy dengizi, Yuqoriko‘l (Lake Superior, AQSh) va Viktoriya (Lake Victoria, Afrika)dan keyin to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan.
Orol dengizida 300 dan ortiq orollar bo‘lib, ulardan eng kattasi Koʻkorol, Vozrojdeniye, Borsakelmas bo‘lgan.
Orol dengizi sathi 1960-yillardan boshlab kundan-kunga pasayib bormoqda. Hozirgi kunda uning sathi yiliga 80 – 110 smga kamaymoqda.
Orol dengizining qurish jarayoni
Natijada Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashib, ichish uchun yaroqsiz holga keldi. Ekologik tizim, o‘simlik va hayvonot dunyosi katta zarar ko‘rdi.
Orol muammosi sababi nimada?
Orol dengizining qurishiga asosan quyidagi ikki sabab keltiriladi:
1. Sug‘orish ishlari. 1960-yillardan boshlab yangi yerlarning ko‘p miqdorda o‘zlashtirilishi natijasida sug‘orish uchun katta manbalar talab qilina boshladi. Orol dengizi ana shunday manbaga aylandi.
2. Turkmanistonda Qoraqum kanalining qurilishi. 1959—1967-yillarda qurilgan bu kanal Amudaryodan bir soniyada 300 metr kub suv olgan. Kanal o‘zanida 3 ta yirik suv ombori ham qurilgan.
Suvning sarflanishi ko‘payib, suv balansi yo‘qolgan.

Orol dengizining qurish jarayoni. NASA suratlari.


Orolning qurishi iqlimga o‘z ta’sirini o‘tkazdi: avvalgi qirg‘oq chizig‘idan 100 kmgacha bo‘lgan hududda iqlim yanada kontinental tus oldi. Endi yoz quruqroq va issiqroq, qish esa yanada sovuq va davomiy xususiyat kasb etdi


Qurib qolgan dengiz tubidan yaqin oradagi hududlarga tarkibida tuz va turli kimyoviy moddalar bo‘lgan chang tarqalmoqda
Baliqchilik xo‘jaligi barbod bo‘lib, ishsizlik darajasi oshdi
Turli kasalliklar, jumladan kamqonlik, saraton, sil va turli allergik kasalliklar ko‘paydi. Onalar va bolalar o‘limi darajasi oshdi.
Muammoga chek qo‘yiladimi?
Muammoga turlicha yechimlar taklif qilingan. Shulardan biri 2003—2005-yillarda Qozog‘iston tomonidan amalga oshirilgan. Kichik va Katta Orolni ajratib turuvchi damba qurilib, endi Sirdaryodan oqib kelayotgan suv Kichik Orolda to‘plana boshladi. Suv sathi oshib, sho‘rlik kamaydi. Biroq bu Orolning janubiy qismi zarariga bo‘lmoqda.
Kichik va Katta Orolni ajratib turuvchi damba qurilib, endi Sirdaryodan oqib kelayotgan suv Kichik Orolda to‘plana boshladi. Foto: silkroadadventures.info
Ayni paytda Orol masalasi global muammo sifatida butun dunyo olimlari tomonidan o‘rganilmoqda. 2013-yilning iyun oyida Rossiya Fanlar Akademiyasi Okeanologiya instituti direktor o‘rinbosari Pyotr Zavyalov Orol dengizi ahvolining barqarorlasha boshlagani, qurish jarayoni esa sekinlashgani haqida ma’ruza o‘qidi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, suvning yuzasi kichrayib ketgani uchun, bug‘lanish ham o‘z-o‘zidan kamaygan.
Nima bo‘lganda ham Orolimiz muammosi hal bo‘lishini tilab qolamiz.
Download 130,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish