HOZIR UXLASANG, ALBATTA, ORZULARINGNI TUSHINGDA KO’RASAN. AGAR UYQUNING
O’RNIGA O’QISHNI TANLASANG, ORZULARINGNI HAYOTDA KO’RASAN.
7-SINF, JAHON TARIXI, 1-9-MAVZULAR
(MAXSUS TEST)
1. Qaysi qabiladan himoyalanish uchun mahalliy brittlar ilk marotaba germanlarning yut, angl va saks qabilalaridan yollanma drujinalarni taklif etgan?
a) Pikt; b) Skott; c) Kelt; d) Varvar;
2. Qaysi omil Vizantiya imperiyasining iqtisodiy barqarorligini taminlagan?
a) Savdoning yaxshi rivojlanganligi;
b) Boj to’lovlaridan olinadigan foyda;
c) Suniy sug’orishga asoslangan ziroatchilik bo’lishi;
d) Tog’-kon sanoatining mavjudligi;
3. Qachondan boshlab feodallarning yerlarida qullar, kolonlardan tashqari o’z erkinligini yo’qotgan franklar ham ishlaganlar?
a) V asr o’rtalaridan; b) VI asr oxirlaridan;
c) IV asr oxirlaridan; d) V asr boshlaridan;
4. Vizantiyaliklar Suriya va Misrni boy bergan asrda yuz bergan voqeani toping?
a) Daniya qiroli ingliz sohiliga o’z qo’shinini tushurdi;
b) Ilk slavyan davlati hisoblangan Bolgariya podsholigi tashkil topdi;
c) Meshko I boshchiligida Polsha davlatiga asos solindi;
d) Rim papasiga qarshi og’r kurashda unga yordam bergan chex knyaziga qirol unvonini taqdim etgan;
5. Rohib olimalar – Krill va Mefodiy yunon alifbosi asosida slavyan yozuvini yaratgan asrda yuz bergaan voqeani aniqlang?
a) Grek olovi ixtiro qilingan;
b) Ko’chmanchi qipchoq qabilalari Yoyiq daryosidan Dunaygacha b’lgan hududlarni egallashgan;
c) Olga Kanistantinopolga tashrif buyurib , xristianlikni qabul qiladi;
d) Kanistantinopolda Magnavr oliy maktabi ochildi;
6. Armorika viloyati Fransiyaning qaysi qismida joylashgan?
a) Shimoli-g’arbiy; b) Janubi-sharqiy;
c) Shimoli-sharqiy; d) Janubi-g’arbiy;
7. Vizantiyaga slavyan qabilalari kelib o’rnasha boshlagan asrda yuz bergan voqeani aniqlang?
a) Yutlar Kent viloyatini bosib oldilar;
b) Avmrosiy Avrelian brittlarni birlashtiradi;
c) Angliya qirolligi Daniya qonunlari viloyatini o’z hududiga qo’shib oldi;
d) V asr boshlarida Pireney yarim oroli va Galliyaning bir qismida dastlabki varvarlar davlati – Vestgot qirolligi tashkil topdi;
8. Yevropada yangi – feodal jamiyatga o’tgan davrdan necha yil o’tib Yevropda feodal tarqoqlik boshlandi?
a) 367 yil; b) 355 yil; c) 216 yil; d) 335 yil;
9. Kimlar Franklar imperiyasida imperotorning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajargan?
1) Yirik feodallar; 2) Yepiskoplar; 3) Gersoglar; 4) Yirik monastr abbatlari; 5) Graflar; 6) Markgraflar;
a) 1, 3, ; b) 2, 5, ; c) 2, 4, ; d) 1, 4, 5, ;
10. Yustininian I ning qo’shni davlatlar hududiga yurishlardan maqsadi ………………..?
a) Chegarani xavfsizligini taminlash uchun;
b) Qo’shni hududlarni talash uchun;
c) Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash;
d) Shu yo’l bilan davlatning iqtisodini biroz bo’lsada kotarishga harkat qilgan;
11. G’arbiy slavyanlarga qaysi xalqlar kirgan?
a) Chex, polyak, slovaklar, ;
b) Sloven, polyak, chernogorlar, ;
c) Sloven, polyak, chexlar, ;
d) Xorvatlar, polyak, slavaklar, ;
12. “Grek olovi” kashf asrdan bir asr o’tib yuz bergan voqeani toping?
a) Kanistantinopolda huqushunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochildi;
b) Vizantiyada “Ziroatchilik qonuni“ yozildi;
c) Ko’chmanchi qipchoq qabilalari Yoyiq daryosidan Dunaygacha bo’lgan hududlarni egallashgan;
d) Vizantiya hududiga slavyanlar kelib o’rnasha boshladilar;
13. Vizantiyada aholining katta qismini kimlar tashkil etgan?
a) Yirik feodallar; b) Erkin dehqonlar;
c) Yirik zodagonlar; d) Yarim ozod kishilar;
14. Kimning davrida Kiyev Rusi Xristianlikni rasman qabul qildi?
a) Oleg; b) Svyatslav;
c) Yaraslav; d) Vladimir;
15. Buyuk ko’chishlar davrida bulg’or qabilalari qayerga ko’chib joylashadilar yashaganlar?
a) Itil (Volga) daryosi bo’yiga;
b) Bolqon yarimorolidagi Bolgariyaga;
c) Vltava daryosi bo’yidagi keng hududlarga;
d) Dnepr daryosi bo’yidagi unumdor hududlarga;
16. Dastlabki slavyan davlati quyidagi qaysi davlat tomonidan bosib olingan?
a) Vengriya; b) Vizantiya;
c) Maraviya; d) Muqaddas Rim imperiyasi;
17. Yutlar Kent viloyatini bosib olgan asrda yuz bergan voqeani toping?
a) Germanlar jamoasida mulkiy tengsizlik kuchayib, jamoalar boylar va kambag’allarga ajrala boshladi;
b) Yevropada iqlim soviy boshladi;
c) Dastlabki varvar davlati – Vestgott qirolligi vujudga keladi;
d) Franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo’lgan mulki – allodga aylandi;
18. Yevropada yangi jamiyat – feodal jamiyatga o’tilgandan necha yil o’tib Yustinian I taxtga keladi?
a) 51 yil; b) 46 yil; c) 33 yil; d) 47 yil;
19. Rimliklar Britaniyani tashlab Italiyaga qaytib ketganlaridan so’ng pikt va skott qabilalari mamlakatning qaysi qismidan hujum boshlaydilar?
a) Janubidan; b) Shimolidan;
c) Janubi-g’arbidan; d) Sharqidan;
20. Franklar davlatida qaysi omil davlat nazoratini murakkablashtirgan?
a) Graf va Gersoglarning ajralib chiqishga bo’lgan urunishlari;
b) Sud tizimini graflar ixtiyoriga topshirilishi;
c) Doimiy bosqinchilik yurushlarining bo’lishi;
d) Mamlakat hududining behad kattaligi;
21. Quyidagi javoblardan noto’g’risini toping?
a) VI – VII asrlarga kelib, slavyan qabilalari g’arbda Visla, janubda Dunaygacha, shimolda Boltiq dengizdan, sharqda Elba daryosiga qadar bo’lgan hududlarda yashaganlar;
b) Vizantiyada IX – XI asrlarda yer egaligi miunosabatlari uzil-kesi o’rnatildi;
c) Bolgariya podsholigi IX asr boshlariga kelib yirik davlatga aylandi;
d) Milodiy asr boshlarida slavyanlar uy chorvachiligi va hunarmandchilik bilan shug’ullana boshlaydilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |