O’rni va roli. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi



Download 34,23 Kb.
bet2/5
Sana05.07.2022
Hajmi34,23 Kb.
#741894
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’rni va roli. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi

Qisqacha xulosalar
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo’lib, iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o’z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la boshlagan. Iqtisodiy xavfsizlik mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilgani, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada ta’minlanganligini ifoda etadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda regional tashkilotlarning
o’rni va roli
Respublika Prezidenti I.Karimovning O’zbekiston mustaqilligining 16
yilligiga bag’ishlangan tantanada so’zlagan ma’ruzasida mamlakatimiz olib
borayotgan tashqi siyosatning tag-tomirida hech kimga sir bo’lmagan bir maqsad,
ya’ni O’zbekiston manfaati turganligi alohida ta’kidlab o’tildi30.
Hozirgi kunda O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom
Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, SHanxay
hamkorlik tashkiloti, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro
tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Markaziy
Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy
aylanishi bilan bog’liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa
dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo’shmoqda31.
Hozirgi paytda tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda
O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq ishlab chiqilgan quyidagi
asosiy tamoyillarga amal qilmoqda:
birinchidan, o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat
milliy manfaatlarining ustunligi;
ikkinchidan, teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning
ichki ishlariga aralashmaslik;
uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik,
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
to’rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan
ustuvorligi;
beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama
kelishuvlar asosida rivojlantirish”.
Keyingi yillarda dunyo iqtisodiyoti va siyosatida Osiyoning roli juda tez o’sib bormoqda va ekspertlarning fikricha, u bundan ham o’sib boradi. Markaziy Osiyo faol geosiyosiy raqobat mintaqasiga aylanib bormoqda. Mintaqaning markazida joylashgan O’zbekiston Respublikasi esa strategik jihatdan muhim hududda
joylashgan bo’lib, u Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi bilan chegaradosh
hisoblanadi. Aytish mumkinki, 2005-yilda Markaziy Osiyo hududida sodir bo’lgan
(Qirg’iziston, O’zbekiston) voqealar mintaqaning asosiy «nerv tomiri» O’zbekiston orqali o’tishligini ko’rsatdi. SHuning uchun ham ta’kidlash kerakki, mintaqada joylashgan barcha mamlakatlar u yoki bu darajada ekstremizm va xalqaro terrorizm muammolariga duch keladilar. Bundan tashhari Afg’onistonga aksilterror koalitsiya kuchlarining kirib kelishi natijasida bu mamlakatdan narkotrafik hajmining oshganligi bilan bog’liq tahdidning kuchayib borayotganligi ko’rina boshladi. Tojikiston va Qirg’izistonning janubiy hududlari narkotik moddalar biznesi bilan shug’ullanuvchi guruhlar tazyiqi ostida qolmoqda.
Bundan tashqari Markaziy Osiyo mintaqasida AQSH faolligining oshib
borayotganligi ham siyosatdonlarning fikricha, tahdid bo’lmagan taqdirda,
muammoga aylanib bormoqda. CHunki Qo’shma SHtatlar rejalarida nafaqat ushbu
mintaqaga harbiy kuchlarini joylashtirish, balki demokratiya shiorlari ostida mavjud rejimlarni almashtirish maqsadlari ham mavjud. YUgoslaviya va Iroq tajribasi shuni ko’rsatadiki, bunday «demokratlashtirish» aksariyat hollarda mamlakatdagi
barqarorlikni buzilishiga olib keladi. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo’lgan turli tahdidlar yangi xarakterga va shaklga ega bo’lib bormoqda. Bunday sharoitda vujudga kelayotgan tahdidlarga, ya’ni terrorizm, ekstremizm, separatizm, qurol va narkotik moddalar savdosi, uyushgan transmilliy jinoyatchilikka qarshi kuchlarni birlashtirish mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim sharti bo’lib hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni hal etish, xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ayirmachilik va
ektremizm, giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi hamda transmilliy
uyushgan jinoyatchilik tahdidlariga qarshi kurashda SHanxay Hamkorlik
Tashkilotiga a’zo mamlakatlar, shu jumladan O’zbekiston muhim rol o’ynamoqda.
SHanxay Hamkorlik tashkiloti 2001-yilning 14–15- iyunida bo’lib o’tgan
«SHanxay beshligi»ning SHanxay shahrida bo’lib o’tgan oltinchi sammitida tashkil etildi. Bu unga yangi mazmun baxsh etdi va Xitoy shahrining nomini saqlab qoldi. Tashkilot tuzilganidan beri o’tgan vaqt davomida o’zining samaradorligini ko’rsatdi va dunyo hamjamiyati e’tiborini o’ziga tortdi. 2002-yilda Sankt-Peterburgda tashkilotning asosiy ta’sis hujjati – Xartiya qabul
qilindi. Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi terrorizm, ekstremizm,
ayirmachilik, narkotrafik va qurol-yaroqning noqonuniy savdosi kabi xatarlarga
qarshi kurashish Xartiyaning eng muhim masalalari sifatida belgilangan.
2004-yildan boshlab Pekinda SHHTning Sekretariati, Toshkentda esa
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi doimiy faoliyatini boshladi.
SHHT hozirga kelib o’z faoliyat doirasini kengaytirib borayotgan to’laqonli
xalqaro tashkilotga aylandi. Ushbu tashkilot katta mintaqaning juda ko’p
muammolarini hal qila olish qobiliyati bilan jahon jamoatchiligining e’tiborini
tortmoqda. 2004-yilda SHHT Birlashgan millatlar tashkilot Bosh Assambleyasida
kuzatuvchi maqomini oldi. 2005-yilning aprel oyida SHHT-ASEAN va SHHT-MDH memorandumlari imzolandi. Bularning barchasi xalqaro maydonda tashkilotning faolligi oshib borayotganligidan va bu tashkilot bilan hamkorlik qilishga bo’lgan intilishlarning mavjudligidan dalolat beradi. 2010-yilning 5-aprelida Toshkentda O’zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan SHHT va BMT kotibiyatlari o’rtasidagi hamkorlikka oid qo’shma bayonot imzolandi. Ushbu hujjatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-
yil 18-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyada belgilangan ikki tashkilot o’rtasidagi
hamkorlikning asosiy tamoyillari va yo’nalishlari aks ettirilgan.
Markaziy Osiyo SHanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy e’tibor doirasiga
kiradi. Lekin Markaziy Osiyodagi xavfsizlik nafaqat SHHT ishtirokchilari, balki
barcha Osiyo mamlakatlari uchun ham o’ta muhimdir. Tashkilotning Astona
shahrida bo’lib o’tgan sammitida uchta yirik mamlakat – Hindiston, Pokiston, Eron
davlatlarining vakillarini kuzatuvchi sifatida ishtirok etganligiga buning isboti
sifatida qarash mumkin. Bunday holat SHHT xalqaro siyosatning muhim markaziga aylanib borayotganligini ko’rsatadi. Hozirning o’zida kuzatuvchi mamlakatlar bilan qo’shib hisoblaganda SHHT ulushiga yer yuzi aholisining yarmi, ekspertlarning fikricha yana 20 yildan so’ng dunyo iqtisodiyotining yarmi to’g’ri keladi.
Ishtirokchi tashkilotlar o’rtasida o’zaro ishonch, do’stlik va qo’shnichilik
munosabatlarini mustahkamlash; ular o’rtasida siyosiy, savdo va iqtisodiy, ilmiytexnikaviy, madaniy, ta’lim, energetika, transport, ekologik va boshqa sohalarda
samarali hamkorlikni rag’batlantirish; mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash va ta’minlash, yangi demokratik, adolatli va oqilona siyosiy va iqtisodiy xalqaro tartibotni yaratish bo’yicha birgalikda harakatlarni amalga oshirish SHanxay hamkorlik tashkilotining maqsadlari bo’lib hisoblanadi.

Download 34,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish