2-Mavzu: O‘rnatilgan tizimlarda qo‘llaniladigan zamonaviy protsessorlar
REJA:
O’rnatilgan tizim tushunchasi va asosiy xususiyatlari.
O’rnatilgan tizmlarda protsessorlar, operativ xotira va doimiy xotira (qattiq disk)
O’rnatilgan tizmlarda xotira
Tayanch iboralar: o’rnatilgan tizim, shaxsiy kompьyuterlar, elektronik qurilma, GPS (Global Positioning Satellite,- Global joylashishni aniqlash yo'ldoshi. PDA (Personal digital assistant- Shaxsiy raqamli yordamchi), raqamli televidinie, telefon kamera, router, xab, CPS (Cyber physical system- Kiberfizik tizim), o’rnatilgan taroq tizimlari, o’rnatilgan tizimlarin loyihalashtirish.
O’rnatilgan tizim tushunchasi va asosiy xususiyatlari.
O’rnatilgan tizim-bu amaliy kompyuter tizimi bo’lib, u boshqa turdagi kompyuter tizimlaridan, ya’ni shaxsiy kompyuterlar (PC) yoki superkompyuterlardan farq qiladi.. Yaqin yillarda o’rnatilgan tizimning an’anaviy turlari doirasi ancha kengaydi. Quyida o’rnatilgan tizimning bir necha umumiy xususiyatlri haqida fikr yuritiladi: [3]
O’rnatilgan tizimlar qurilmalar va dasturiy ta’minotining keng qo’llanishi jihatdan shaxsiy kompyuterlarga (PC) qaraganda ancha chegaralangan. Bu hol o’rnatilgan tizimlarining muhim yo’nalishlari uchun to’g’riligini saqlamoqda.
O’rnatilgan tizimlar faqat maxsus vazifalarni bajarish uchun loyihalashtirilgan. Ko’plab o’rnatilgan qurilmalar asosan bir xususiy vazifa uchun ishlab chiqilgan. Biroq, biz bugun ko’rishimiz mumkinki ayrim qurilmalar, masalan shaxsiy ma’lumotlar bazasi yordamchisi (PDA- Cho'ntak shaxsiy kompyuteri PDA, eng. Personal Digital Assistant - "shaxsiy raqamli kotib") gibrid telefon kameralari bir necha turdagi funksiyalarni bajarish uchun islab chiqarilgan.shuningdek, so’ngi raqamli TV lar ikkitomonlama amallarni bajarishga moslashgan, ya’ni ko’plab turdagi “TV”larga bog’liq bo’lmagan umumiy, lekin muhim bo’lgan amallarni bajaradi, xususan e-mail, internetdan foydalanish va ko’plab o’yinlar.
O’rnatilgan tizim shunday kompyuter tizimidirki, unda boshqa kompyuter tizimlaridan ko’ra yuqori sifatli va ishonchli qurilmalar talab etiladi. O’rnatilgan qurilmalarning ba’zi qurilmalarida juda yuqori sifatli va ishonchli uskunalar bilan jihozlangan [3]
Elektronik qurilmalarning har bir muhandislik bozoridagi segmenti o’rnatilgan tizim sifatida sinflanib boradi (1-jadval), qisqa qilib aytganda, ”kompyuter tizimlari turlari” xususiy xarakteristikaga ega bo’lib, mazkur holatini keng ko’lamdagi o’rnatilgan tizimlarda ham saqlaydi, ya’ni bu jarayonni izohlaydigan yagona ta’rif mavjud emas. [4]
1-jadval
Bozor
|
O’rnatilgan tizim
|
Avtomatika
|
O’t oldirish sistemasi
|
Motor nazorati
|
Tormoz tizimi
|
Iste’moldagi elektronika
|
Raqamli va analog televideniya
|
DVD
|
PDA
|
Oshxona jihozlari
|
Avtomobillar
|
O’yinchoqlar/o’yinlar
|
Telefon
|
Kamera
|
GPS
|
Sanoat nazorati
|
Robotlar va nazorat sistemalari
|
Tibbiyot
|
Infeksiya nasoslari
|
Diagnoz apparatlari
|
Prostatic qurilmalar
|
Kardiogramma monitorlari
|
Ijtimoiy tarmoq
|
Routerlar
|
Hublar
|
Kirish tizimi
|
Ofis avtomatikasi
|
Faks mashinalar
|
Fotonusxalash
|
Printerlar
|
Monitorlar
|
Skanerlar
|
O’rnatilgan tizimlarning asosiy xususiyatlari
O’rnatilgan tizimlarning tadbiq etishni chegaralari juda keng. Unga uy taymeridagi sodda qurilmalardan katta territoriyada joylashgan muhim ob’ektlarni boshqaruvchi murakkab taqsimlangan ierarxik tizimlar kiradilar :
• Telekommunikatsiya tizimlari, tarmok uskunalari (kommutatorlar, marshrutizatorlar, ADSL modemlar va x.k.);
• Maishiy elektronika (uyali telefonlar, KPK, o’yin konsollari, raqamli fotoapparatlar, elektrchayniklar, mikroto’lqinlipechlar, idish tovoq yuvuvchi mashinalar va boshqalar);
• zamonaviy meditsina va sport qurilmalari;
• Transportavtomatikasi( avtomobilь vaaviatsiya tizimlari), shaxar yo’l xarakatini boshqaruvchi tizimlari ;
• telemexanika tizimlari (tashqi yoritishni boshqarish tizimlari, elektroquvvatni va boshqa energomanbaalarni nazorat va xisoblash tizimlari, energoob’ektlarni boshqarish va monitoring tizimlari);
• monitoring,navigatsiya, kuzatish tizimlari, xarbiy va kosmik qo’llanishdagi bort tizimlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |