Oʻrmonlarning oziq-ovqat resurslariga qoʻziqorin, mevalar, yongʻoqlar, isteʼmol qilinadigan oʻtlar, ildizmevalar, yovvoyi hayvonlar va ovlanadigan qushlar, shuningdek, asalari mahsulotlari, ozuqabop yemxashak resurslariga tayyorlanadigan pichan, har xil oʻtlar, hayvonlar isteʼmol qiladigan mevalar kiradi Oʻrmon asalarichilikkl rivojlantirish, turli hayvonlar va qushlarning yashashi, oziqlanishi, koʻpayishi uchun qulay muhitdir. Yogʻochsozlik sanoati - oʻrmon sanoatining yogʻochga mexanik va kimyoviymexanik ishlov berish, qayta ishlash hamda xom ashyo sifatida oʻz ehtiyojlari uchun turli yogʻochlardan foydalanadigan tarmogʻi. Yogʻochsozlik sanoati mahsulotlariga arralangan yogʻoch, shpal, faner, yogʻoch toʻsinlar, qurilishda ishlatiladigan yogʻoch detallar, mebel, yogʻoch qipiklaridan va tolalaridan plitalar, parket, eshik, rom, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, vagon qurilishi, qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun xomaki va tayyor detallar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun qutilar, toʻqimachilik sanoatiga gʻaltaklar, turli moslamalar, poyabzal qoliplar, asbobuskunalar va ularga gʻiloflar, changʻi va b. sport anjomlari, gugurt va boshqalar kiradi. Oʻzbekistonda yogʻochsozlik, yogʻochdan turli anjomlar yasash qadimdan hunarmandlikning rivojlangan turi tarzida mahalliy xom ashyo resurslari bilan chegaralangan holda mavjud boʻlib kelgan. Yogʻochsozlik yoki duradgorlik (yogʻochni qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash), uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, egarsozlik, sandiqsozlik, beshiksozlik, panjarasozlik, oʻymakorlik singari juda koʻp tarmoqlardan iborat boʻlgan. Bu soxada uzoq vaqtgacha kichik korxonalar, oddiy mebel ishlab chiqaradigan artellar, kerakli asbobuskuna bilan taʼminlangan sexlar ishlab kelgan. 20-asrning 50—70y.larida Oʻzbekistonda respublikaning yogʻoch va yogʻochdan ishlangan buyumlarga boʻlgan ehtiyoji toʻlaroq taʼminlanishini inobatga olgan holda Yo. s taraqqiy eta boshladi. Qurilish ktlarining duradgorlik sexlari asosida yirik yogʻochsozlik korxonalari tashkil etildi, ularda deraza va eshik, arralangan yogʻoch, toʻsin, parket va b. duradgorlik mahsulotlarini sanoat usulida tayyorlashga oʻtildi. Germaniya, Shvetsiya, Italiya va Rossiya mashinasozlik korxonalari bilan hamkorlikda Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi (1968), "Toshkent" yogʻochsozlik birlashmasi (1972 y., kuvvati 400 ming m2 rom, 500 ming m2 eshik tavaqalari), Toshkent quyoshdan himoya uskunalari zavodi (1974 y., quvvati 400 ming m2), yogʻoch chiqindilaridan presslangan qurilish taxtachalari ishlab chiqaradigan zd (1976 y., kuvvati 20 ming m3) ishga tushirilganidan tashqari Sharqiy Sibirda Oʻzbekiston tashkilotlari qaramogʻida 11 oʻrmon sanoati (daraxt kesish) xoʻjaliklari ham ish yuritdi. Daraxt kesish xoʻjaliklarida yiliga 500 ming m3 dan koʻproq yogʻoch va taxta tayyorlanib, respublikaga keltirib turildi. 1978 y.ga kelib Oʻzbekiston Sharqiy Sibirda yogʻoch tayyorlashdan yogoch va taxtani sotib olishga oʻtdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |