1. Dostonning yozib olingan va ijro etilgan variantlari juda koʻp. Darhaqiqat, “Kuntugʻmish” dostoni oʻzbek xalq dostonlari orasida gʻoyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning xilma-xil koʻrinishdagi variantlari koʻpligining boisi shundaki, ilgari baxshilaming isteʼdodiga, ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz “Kuntugʻmish” dostonini toʻla oʻzlashtirishga intilganlar. Dostonning Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Egamberdi Ollamuroddan yozib olingan variantlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |