Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
RUX ISHLAB CHIQARISHDA HOSIL BO’LADIGAN KEKNI QIZIGAN SUV BUG’ ISHTIROKIDA TERMIK ISHLOV BERISH
JARAYONINING TADQIQ QILISH
1I.U.Almatova, 2O.N.Usmankulov
1Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali magistranti, 2“Olmaliq
KMK” AJ Innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi Mis eritish zavodi oltin va kumushni affinajlash sexidagi Mis metallurgiyasi laboratoriyasi boshlig’i, i.almatova@agmk.uz
Annotatsiya: Maqolada rux elementining birikmalari va ularning xossalari shuningdek rux keklarini suv bug’i yordamida termik qayta ishlash bo’yicha o’tkazilgan laboratoriya tajribalari va ularning natijalari keltirilgan.
Kalit so’zlar: Rux sulfati, qizigan bug’, rux kuyindisi, sulfat kislota, bug’ generatori, eruvchanlik.
Аннотация: В статье представлены соединения элемента цинка и их свойства, а также лабораторные эксперименты по термической обработке цинковых кеков водяным паром и их результаты.
Ключевые слова: сульфат цинка, горячий пар, ожог цинка, серная кислота, парогенератор, растворимость.
Abstract: The article presents the compounds of the element zinc and their properties, as well as laboratory experiments on the thermal processing of zinc cakes using water vapor and their results.
Keywords: Zinc sulfate, hot steam, zinc burn, sulfuric acid, steam generator, solubility.
KIRISH
Aksariyat rux ishlab chiqarish korxonalarida asosan quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi: rux tarkibli rudalar boyitiladi, olingan boyitma ruxni tanlab eritishga tayyorlanadi, ya’ni kuydirilib ruxning sulfat kislotasida erimaydigan birikmalari eruvchan birikmalariga aylantiriladi. Tanlab eritishdan so’ng konsentratsiyasi yuqori bo’lgan rux sulfati eritmasi zararli qo’shimchalardan tozalanadi va elektrolizga yuboriladi. Ushbu texnologiyaning kamchiliklaridan biri bu
- rux kuyindilarini tanlab eritishdan so’ng, ruxning ma’lum qismi kek tarkibida qolib ketishidir. Bu esa o’z navbatida tanlab eritishdan keyingi rux keklarini qayta ishlash bo’yicha yangi samarador usulni yaratish zarurligini anglatadi.
Hozirgi kunda rux xomashyosi tarkibida oz miqdorda uchrovchi boshqa metallar (Au, Ag) ni xam ajratib olishga, chiqindilarni qayta ishlashga, sifatli rux olishga katta e’tibor berilmoqda. Rux keklarini qayta ishlash usullaridan biri bu pirometallurgiya usulida qayta ishlashdir. Bu usul rux kekiga uglerod qo’shgan xolda, yuqori xaroratda kuydirib ruxni tiklash bosqichlarni o’z ichiga oladi. Ko’plab ilmiy tadqiqot ishlari ushbu usulni takomillashtirishga qaratilgan, shunga qaramay ushbu usulni yuqori samarali deya olmaymiz, negaki hosil bo’ladigan klinker tarkibida ruxning miqdori ko’p (>2%) va klinker tarkibidan boshqa metallarni ajratib olish imkoniyati past.
Rux kekini qayta ishlashning yana bir usuli bu rux keklariga suv bug’i ishtirokida termik ishlov berishdir. Maydalagichda yanchilgan rux kekining kimyoviy va mineralogik tarkibi tahlilning spektral, kimyoviy va mineralogik usullari yordamida aniqlandi.
Mineralogik tahlil natijalariga ko’ra kek tarkibida rux 23 % jumladan, ZnO (0,8 %), ZnSO4 (1,2 %), ZnO•SiO2 (3,9 %), ZnO•Fe2O3 (5,6 %), ZnS (11,5 %)
ko’rinishida, temir 15,5 %, jumladan FeS (2,5 %), FeS (4,3 %), FeS (8,7 %) ko’rinishida, qo’rg’oshin 6,3%, jumladan PbO (4,4 %), PbS (1,9 %) ko’rinishida, mis 3,5 %, jumladan CuS (1,6 %), CuSO4 (1,9 %) ko’rinishida uchraydi. Oltin va kumush metallari asosan erkin holda uchraydi. Rux keklariga suv bug’i ishtirokida termik ishlov berish 1-rasmda ko’rsatilgan tajriba uskunasida amalga oshirildi. Tajriba quyidagicha olib boriladi: yirikligi -0,1 mm gacha yanchilgan rux keki 1100S haroratda doimiy og’irlikka erishguncha quritiladi va pechga joylashtiriladi. Pech harorati 2200S ga yetganda pechga bug’ generatoridan qizdirilgan suv bug’i berila boshlanadi. Tajriba tugagandan so’ng, pech sovitiladi. Pechdagi namuna tarozida tortilib, dastlabki va oxirgi massa farqi aniqlanadi. Olingan kuyindi tanlab eritish uchun xomashyo hisoblanadi.
Rux kekiga suv bug’i ishtirokida termik ishlov berilganda sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
Oltingugurtli minerallar (sfalerit, pirit, galenit va b.) ning oksidlanishi.
Silikat va ferritlarning suv bug’i bilan kislorod va oltingugurt (IV) oksidi ishtirokida parchalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |