«Orient Finans» bank Biz mijozlarimiz bilan faxrlanamiz hamda ular uchun ishonchli va foydali hamkor bo‘lishga harakat qilamiz. Bizning maqsadimiz — ularga o‘z harakatlari va orzularida mustaqil bo‘lishga yordam berish. Mijozlar Biz O‘zbekistonda 2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqdamiz va kompaniyaga odamlarning uzoq muddatli hurmat va sodiqligini paydo qiladigan sifatli xizmat ko‘rsatishdagi o‘z tajriba va kuchimizni ishga solyapmiz. Biz mijozlarining hayoti va mehnatini yaxshi tarafga o‘zgartirishga, vaqtini tejashga, ularni zerikarli ishlardan xalos qilishga harakat qilamiz.
691 320 xususiy mijoz 17 998 korporativ mijoz
Moliyaviy ko‘rsatkichlar Bizning moliyaviy va aktiv ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda «Orient Finans»ning aktivlari 10 trln. 625 mlrd. ni tashkil qiladi. Bankning shaxsiy kapitali 1 648 mlrd. so‘mni tashkil qiladi. Bankning moliyaviy ahvoli ishonchliligini xalqaro va milliy agentliklarning kredit reytinglari tasdiqlaydi.
2020-yil davomida bank aktivlari 8%ga o'shdi «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi tomonidan bankning uzoq muddatli kredit reytingiga «B+» darajasi, qisqa muddatli kredit reytingiga «B+» darajasi berildi, reyting o‘zgarishi prognozi «Barqaror» deb belgilandi.
12 mln $ «Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi» bizning bankka xususiy sektorni rivojlantirish uchun loyihalarni moliyalashtirdi.
Xalq banki
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki mamlakatdagi eng keng tarqalgan filiallar tarmog'iga ega bank hisoblanadi. Hususan, bankning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 29 ta mini-bank va 3000 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.
Bank kapitali Bizning moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 5 647 073 mln. so‘mni tashkil qiladi. 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 8 % ga o‘sgan. Jalb qilingan aholi omonatlari 2022-yilning 1-noyabr holatiga aholi omonatlari 8 278 295, 34 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 14,5 foizga o‘sgan. Bank kredit qo‘yilmalari 2022 - yilning 1- noyabr holatiga bankning kredit qo‘yilmalari 21 184 082,0 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yilning 1- noyabriga nisbatan 2,5 % ga oshgan.
Bank strukturasi Xalq banki filiallari – 187 ta; Bankdan tashqari tashkil etilgan kassalar – 26 ta; 24/7 shoxobchalari – 465 ta; Bank xizmatlari markazlari – 86 ta; Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 233 ta; Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari – 269 ta; Bank kassalari (jamg‘arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 590 ta; Ko‘chma (sayyor) kassalar – 1443 ta.