Spirtlarni oksosintez usuli bo’yicha CO + H2 dan olish mumkin. Bunda ishlatilayotgan katalizatorlarning tabiatiga qarab metanol va boshqa to’yingan spirtlarning aralashmasi hosil bo’ladi: - Fizik xossalari. Tarmoqlanmagan zanjirli birlamchi spirtlarning dastlabki vakillari (C1 dan C11 gacha) odatdagi sharoitda suyuqlik, undan yuqorilar qattiq moddalardir. Metanol, etanol va propanol suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Molekulyar massalari ortishi bilan spirtlarning suvda eruvchanligi kamayadi. Yuqori spirtlar suvda deyarli erimaydi. Quyi spirtlar o’ziga xos o’tkir hidli, yuqorilari esa hidsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |