Mas da 50 mlrd-ga yaqin nerv xujayralari-neyronlar saqlanadi. Neyronning tanasini diametri – 10-100 mkm, aksonniki – 1-6 mkm. TP = 60 -80 MV, XP= 80-110 MV, 1 neyronda 10.000 ta sinaps bor.
Neyronning asosiy funktsiyalari. Informasiyani qabul qilish, qayta ishlash, saqlash, signallarni boshqa xujayralarga yuborish, organizmning xar-xil organ va to'qimalarini effektor xujayralarini faoliyatini boshqarish.
Mas faoliyatining asosiy mexanizmi - reflektor Mas FaoliyatINING REFLEKTOR Printsiplari.
Refleks tushunchasi.Markaziy nerv sistemasi faoliyatining asosiy va o'ziga xos belgisi reflektor aktlarni yoki reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: "murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko'p uchraydigan nerv hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to'g'ri va aniq o'zaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofdagi sharoitga munosabati refleks yordamida qaror topadi".
Refleks– Tashqi yoki ichki muhit o'zgarganda reseptorlarning ta'sirlanishiga javoban organizmning Markaziy nerv sistemasi yordamida ko'rsatadigan qonuniy reaktsiyasidir.
Organizm reflektor faoliyat tufayli tashqi muhitning yoki o'z ichki holatining turli o'zgarishlariga tez reaktsiya ko'rsata oladi va shu o'zgarishlarga tez moslasha oladi. Umurtqali hayvonlarda Markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining ahamiyati shu qadar kattaki, bu faoliyat qisman yo'qolganda xam (nerv sistemasining ayrim bo'laklari operasiyada olib tashlanganda yoki kasallanganda) ko'pincha chuqur invalidlik ro'y berib, doimo sinchaklab parvarish qilinmagan takdirda zarur xayotiy funktsiyalarni yuzaga chiqarib bo'lmaydi.
Butun organizmning barcha reflektor aktlari shartsiz va shartli reflekslarga bo'linadi.
Reflektor yoyi. Reseptor neyronlar, kiritma neyronlar va effektor neyronlarning zanjirlari reflektor faoliyatning struktura asosini tashkil etadi. Har qanday refleksning yuzaga chiqishida impulslarning reseptordan ijrochi organga o'tadigan yo'li o'sha zanjirlardan hosil bo'ladi. Bu yo'l reflektor yoy (refleks yoyi) deb ataladi. Unga quyidagilar kiradi: 1) ta'sirotlarni qabul qiluvchi reseptorlar; 2) reseptor neyronlarning qo'zg'alishni Markaziy nerv sistemasiga etkazib beruvchi o'siqlari – afferent nerv tolalari; 3) impulslarni effektor neyronlarga
o'tqazuvchi sinapslar va neyronlar; 4) impulslarni Markaziy nerv sistemasidan periferiyaga o'tqazuvchi efferent nerv tolalari; 5) refleks natijasida faoliyati o'zgaradigan ijrochi organ.
5-21 rasm 136-bet
Eng oddiy refleks yoyini sxema tarzida atigi ikkita neyron, bitta sinaps orqali bog'langan reseptor va effektor neyronlardan hosil bo'lgan deb tasavvur qilish mumkin. Bunday reflektor yoy ikki neyronli va monosinaptik yoy deb ataladi.
Aksari reflekslarning reflektor yoylariga ikkita emas, balki ko'proq neyron: reseptor neyron, bitta yoki bir nechta kiritma neyron va effektor neyron kiradi. Bundan reflektor yoylar ko'p neyronli va polisinaptik yoylar deb ataladi.
Refleks-bu organizmni ta'sirotga Masning ishtirokida amalga oshadigan foydali natijani erishishga yo'naltirilgan javob reaktsiyasi