Quyoshvannalari. Quyosh nuriningtarkibi va odam organizmiga
ta’siri bir xil emas, Quyosh nurlari ko‘zga ko‘rinadigan (yorug‘lik)
va ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizh hamda ultrabinafsha nurlaridan iborat. Quyosh muolajasi shi- kor ko‘rsatmasiga binoan bir qator teri va bo‘g‘im kasallik- larida, radikulit, nevrit, suyak va bo‘g‘im sili hamda boshqa xastaliklarda qabul qilinadi. Quyosh vannalaridan chiniqtiruvchi muolaja sifatida gripp, angina kabi kasalliklaming oldini olishda foydalaniladi. O‘tkir xastaliklarda, surunkali o‘pka va me’da- ichak kasalliklarida quyosh muolajasi tavsiya etilmaydi. Quy- osh vannalaii umumiy (butun badanni nurlantirish) va mahailiy (badanning bir qismini nurlantirish) bo‘lishi mumkin.
Jisnioniy sog‘lomlashtirishniug maxsus usullari. Gimnas- tika (yunoncha - gynmastike - mashq qilaman) jismonan kamol topishga, salomatlikni mustahkamlashga har tomonlama yordam beradigan maxsus jismoniy mashqlar majmuasidir. Mashqlar bi- lan muntazam shug‘ullanilganda yurak-tomir va nafas tizilmalari faoliyati yaxshilanadi, tayanch-harakat apparati mustahkamla- nadi, moddalar almashinuvi kuchayadi, turli jismoniy kuchlan- ishlarga moslashuv ishi takomillashadi. Gimnastika jismoniy jiliatdan gavdani to‘g‘ri shakllantiradi, qo‘l, yelka kamari, qorin mushaklarini mustahkamlaydi va epchil, harakatchan bo‘lishga yordam beradi.
- Velosiped haydash mashg‘ulotlari awalo umumiy jismoniy chidamlilikni oshirishga yordam beradi. Velosipedda tezlikni oshirmay tekis yo‘lda sayr qilish barcha yoshdagi ayollar uchun ham, erkaklar uchun ham yengil va qulay mashg‘ulotdir. Velo- sipeddan oqilona foydalanilsa, u bolalarni jismonan tarbiyalash- ning yaxshi vositasiga aylanadi. Sport o‘yinlari bilan (badminton, basketbol, voleybol, futbol, xokkey va boshqalar) shug‘ullanuvchilar organizmiga har taraflama foydali ta’sir ko‘rsatadi. Trenajyorlar deganimizda harakat, kasbga oid amaliy ko‘nikmalar hamda mahoratni tarbiyalash va takomillashtirish- ga mo‘ljallangan texnik qurilmalar va moslamalarni tushunam- iz. Sog‘lomlashtirishga oid trenajyorlar turli yosh va kasb-kor- dagi odamlar tomonidan keng foydalanishga mo‘ljallangan. Ular sog‘liqni mustahkamlaydi, mehnat qobiliyatini oshiradi, odam ning asosiy jismoniy sifatlari: kuch, chidamlilik, tezlik, chaqqonlikni rivojlantiradi. Mushaklarni chiniqtiruvchi mashq- larni uy sharoitida bajarish uchun “Zdorov’ye” gimnastika to‘plami, “Gratsiya”, “Roller” trenajyorlari, espanderlar, gan- tellar, elastik bintlar va boshqalardan foydalanish mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |