O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Кommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Radiatsiya ta'sirining inson organizmga va atrof-muhitga zararli ta'siri.
Guruh: _______________
Bajardi:________________
Tekshirdi:________________
Toshkent 2021
Rеja:
Kirish
1.Atrof muhit va tabiatdan foydalanish
2. Radiatsiya va uning inson salomatligiga tasiri.
3. Radioaktivlikni atrof muhitga ta’siri
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muxit o`rtasidagi o`zaro ta`sir muammosi — insoniyatning abadiy muammolaridan biridir.-Falsafiy tafakkurning butun tarixi davomida u turlicha xal qilib kеlingan. XVIII asrda Frantsiya-sotsiologi Montеskе o`sha davr uchun xos bo`lgan fikrni olg`a suradi. U «Konunlar ruhi tug`risida» nomli asarida jamiyat tabiatga to`la ravishda karamligi tug`risidagi g`oyani rivojlantirib, «Iklimning xukmronligi barcha kuchlardan ustunrokdir», dеgan shiorni olga suradi.
1.Atrof muhit muammolarining geoekologik jihatlari
Terminologik masalalar. Atrof muhitning kompleks tahlili. Atrof muhit va uning tasniflanishi. Atrof muhit – ilmiy tadqiqotlar ob’yekti. Atrof muhit – geoekologiyaning tadqiqot ob’ekti. Atrof muhitni optimallashtirish - barqaror rivojlanish asosi. Geoekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish.
Tabiiy muhit omillari.Tabiiy muhitga moslashuv. Tabiiy mihitda modda va energiuaning aylanma harakatlari.
Atmosferada karbonat angidrid gazining to‘planishi, radiatsiya fonining ortishi, ozon qatlamidagi o‘zgarishlar, mineral xom ashyo manbalarining taqchillanayotganligi, yashil o‘simliklar bilan qoplangan maydonlarning keskin kamayib borayotganligi, muhitning ifloslanishi kabi global o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan holda ekologik muammolarni tadqiq qilishning ahamiyati ham tobora ortib bormoqda. Zero, I.A. Karimov ta’kitlaganlaridek, hozirgi paytda ekologik muammolar “...milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan”.
“Muhit” juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib,u muayyan ob’yektning tashqi (tabiiy, sotsial, iqtisodiy) sharoitlar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini anglatadi. Jahonning mutlaq ko‘pchilik mamlakatlarining ilmiy adabiyotlarida “muhit” tushunchasi bizning ilmiy adabiyotlarimizda qo‘llanilayotgan “atrof muhit”, “atrof tabiiy muhit”, “geografik muhit” tushunchalarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |