Organizm faoliyatini gormonlar va boshqa fiziologik aktiv moddalar bilan qon orqali boshqarilishi gumoral boshqarilish deyiladi. Boshqarilishni bu tipini nerv sistemasi to‘ldiradi va sistemaga bo‘ysunadi



Download 1,81 Mb.
bet7/11
Sana23.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#403818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
OHF , GORMONLAR,Ibragimova Sora

Qalqonsimon bezi - kekirdakning ikki tomonida qalqonsimon tog‘aydan ikkita palladan iborat. Bezning xar bir pallasining to‘qimasi follikula deyiladi. Unda ko‘p sondagi berk bezli pufakchalardan iborat. Folikula devori epitelial hujayralardan bo‘lib, Folikula bo‘shligi kalloid yopishqoq sariq rangli modda bilan to‘lgan. Kallodda yod saqlaydigan oqsil tireoglobulin bo‘ladi. Bezda - tiroksin ishlanadi. qonda triokal’sitonin garmoni bor, u kal’siy almashinuvida qatnashadi. Triokal’sitonin qalqonsimon bezning parafollikulyar hujayralarda hosil bo‘ladi. Garmon qonda kal’siyni miqdorini bir xilda saqlaydi, suyak to‘qimasidan kal’siyni chiqarilishini tormozlaydi hamda suyakdagi osteoblastlar funksiyasini susaytiradi, osteoblastlarni aktivlashtiradi. Tiroksin va oz miqdordagi triyodtironin garmonlari qonda globulin funksiyali oqsillar bilan birikkan bo‘ladi. Yod saqlaydigan garmonlar markaziy nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatiga organizmning o‘sishi va rivojlanishiga, moddalar almashinuviga kuchli ta’sir etadi. Agarda qalqonsimon bez funksiyasining etishmasligi (gipotireoz) kishini bolalik yoshida paydo bo‘lsa unda kretinizm kasalligi vujudga keladi. Gavda proporsiyasi bo‘ziladi, psixik va jinsiy rivojlanishning kechikishi kuzatiladi. Tiroksin garmoni xar sutkada 0,3 mg yod chiqarib turadi. Yod organizmga etarli miqdorda kirmay qolsa, tiroksin yetarlicha ishlanmaydi, oqibatda miksedema (xom semiz) kasalligi paydo bo‘ladi. Odatda buqoq paydo bo‘ladi, moddalar almashinuvi va nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi pasayadi, xotira susayadi, odamning yuzi shishgan ko‘rinadi. qalqonsimon bezning giperfunksiyasida Bazedov kasalligi vujudga keladi. qalqonsimon bezni kattalashishi, ko‘zning chqchaygan bo‘lishi, yurakni qisqarishini tezlashishi asosiy almashinuvini va tana xaroratini ortishi ovqat ko‘p iste’mol qilinsa ham ozib ketishi, nerv va muskul sistemasining aktivligi keskin o‘zgaradi.



Tiroid bezi (qalqonsimon bez) T3 va T4 deb ataladigan 2 ta qismdan iborat:1-bazal yoki metabolik qismi; 2-o‘sish va rivojlanishga aqliy ta’sir qiluvchi qism.

Gipofunksiyasi: Cretinism, meksidema, Hashitomas kasalliklari kelib chiqadi.

Giperfunksiya: Bazedov kasalligi yuzaga keladi.



Qalqonsimon bezni oldi bezlari - ikki juft bezlar kiradi ya‘ni ular qalqonsimon bezning yon bo‘laklari orqasida ustki va pastki paratireoid bezlaridir. Og‘irligi 0,9 g atrofida. Paratireoid bezlari organizmda kal’siy va fosfor miqdorini idora etadi. qonda kal’siyni miqdori 2,25-2,75 mmol’/l (9-11mg%). Bezning gipofunksiyasida odamda titaniya kasalligi odamni talvasaga tushib qolishidir. Bunda qo‘zg‘aluvchanlik ortib ketadi, qonda kal’siy miqdori kamayib kaliy miqdori ortadi.




Ayrisimon bez - ko‘krak bo‘shlig‘idagi ko‘ksning yuqori bo‘limida joylashgan juft pallalik organ. Xar bir pallasi kichik pallachalarga bo‘linadi, ularda po‘stloq va mag‘iz qavati farqlanadi. Po‘stloq qavatida ko‘p miqdorda limfotsitlar, mag‘iz moddasida epiteliy va lipoid hujayralari mavjud. Ayrisimon bez yot oqsilga antitelolar hosil qilib immun jarayonini boshqaradi (limfotsitlar). qonda aylanib yuradigan limfotsitlarning ko‘p qismi (T-limfotsitlaridir). Bu bez bolalik paytida tez rivojlanib 15 yoshida uning og‘irligi 30 g tashkil etadi, so‘ngra bez kichiklasha boshlaydi, katta kishilarda uning og‘irligi 8 g atrofida bo‘ladi. Bu bez kal’siy va nuklein almashinuviga ham ta’sir etadi.





Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish