Fiziolog kuzatish bilangina qanoatlanib qola olmaydi, chunki kuzatish organizmda nima
rо‗y berdi degan savolga javob beradi. Fiziologik eksperiment shakllari turlicha. Masalan,
organizm funksiyalariga tashqi ta‘sirni о‗rganish, organizmda biron organni funksiyasi yoki
axamiyatink aniklash, organ faoliyatini nerv tizimi faoliyatiga ta‘sirni bilish organlarni qon bilan
ta‘minlanishini о‗rganish va boshqalar о‗rganiladi.
Gavdaning ichkarisida joylashgan va ba‘zi organlar faoliyatini о‗rgaiish uchun fistula
usuli kо‗llaniladi. Organlar funksiyalarini tekshirish uchun qо‗llaniladigan boyagi uslublarning
kо‗pchiligi organizmni yorish yoki xirurgik operatsiya etishni talab etadi. Bu metodikalar о‗tkir
va xronik tajribalarda tatbiq etiladi. О‗tkir usulda xayvonga narkoz berib yoki boshqa usulda
harakatsiz qilib qо‗yib, organlarning funksiyasi о‗rganiladi, xronik tajribalarda fiziologlar
hayvonni har xil xirurgik operatsiya kilib, u tuzalgandan keyin tekshira boshlashadi.
Operatsiya kilingan xayvonni bir necha hafta, oy va yillab kuzatsa bо‗ladi. Keyingi
yillarda fiziolog va mediklar fizika, radiotexnika, elektronika kibernetikaning zamonaviy
yutuqlaridan foydalanmokdalar. Kasal va soglom odamni funksiyalarini о‗rganishii yangi
usullari ishlab chiqilmoqda. Masalan, turli organlarga elektrodlar qо‗yib va elektr о‗lchash
asboblarini tatbiq etib, organlarda sodir bо‗ladigan elektr xodisalari о‗rganilmoqda. 3.
Anatomiya fani rivojlanishining kisqacha tarixi.
Odam va hayvonlar tanasining tuzilishi haqidagi ba‘zi oddiy tasavvurlar qadimdan
ma‘lum bо‗lib kelgan. Anatomiya fan sifatida eramizdan ilgari V asrdan ma‘lum. Odam
tanasining tuzilishiga oid kо‗p ma‘lumotlar qadimgi Gretsiyada eramizdan avvalgi IV-V asrlarda
tabiblar, faylasuflar tomonidan tо‗plangan. Qadimgi Gretsiyada yashagan mashhur olimlar
Gippokrat. Aristotel, Gerofil, Erazistrat va boshkalar odam tanasini har tomonlamz о‗rganib kо‗p
ma‘lumotlar tо‗plaganlar.
О‗rta asr boshlarida yashagan atoqli olim Abu Ali ibn Sino anatomiya fanini
rivojlanishiga katta hissa qо‗shgan. Rus olimlaridan A.P.Protasov, S.G. Zibelin,
A.M.Shumlyanskiy, P.A. Zagorskiy, N.I. Pirogov, P.F. Lesgaft, V.P. Vorobyev, V.N. 7'onkov va
b. anatomiya faiini rivojlanishiga katta xissa kо‗shganlar.
Yuqorida qayd etilgan olimlar qatorida О‗zbekiston olimlari ham anatomiya fanini
о‗rgnishga munosib xissallarini qо‗shdilar.
О‗zbekiston olimlaridan A.Zufarov, S.N.Kasatkin hazm tizimini, P.O.Isayev qon
tomirlarni, YE.N.Melman, R.E.Xudoyberdiyev, S.A. Dolimovlar limfa tizimini, M.R. Salin,
Y.M. Borodin nerv tizimini, N.Q. Axmedov, X.Z.Zoxidovlar nerv tizimining embriologik
taraqqiyotini о‗rgaidilar. О‗zbek olimlari tomonidan о‗zbek tilida darsliklar, anatomik atlas
yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: