4-мавзу: BOSH, GAVDA, QО„L, OYOQ SUYAKLARINING TUZILISHI
1. Bosh skeleti
2 Umurtqa pog‗onasi.
3. Kо‗krak qafasi.
4. Qо‗l skeleti.
5. Oyoq skeleti.
Tayanch sо„zlar: Qо‗l. Kо‗krak. Umurtqa. Bosh. Ponasimon. Bel. yonoq jag‘
Bosh skeleti funksiyasi va rivojlanishining xususiyatlariga qarab 2 qismga, miya qutisi
suyaklari va yuz suyaklariga ajratiladi.
Miya qutisi suyaklariga: 1. ensa suyagi, peshona suyagi, asosiy suyak, ponasimon suyak,
tepa suyaklari, chakka suyagi, burunning pastki chanoq kо‗z yoshi suyagi, burun suyagi kiradi.
Yuz suyaklariga: pastki jag‗ suyagi va til osti suyagi kabi toq suyaklar kiradi. Juft suyaklarga:
yuqori jag suyagi, tanglay suyagi va yonoq suyagi va b. kiradi.
Bolalarning kalla skeleti kattalar bosh skeletidan о‗lchamlari, tanaga nisbatan
proporsiyasi, birikishi bilan farq qiladi.
Bolalarda bosh skeletning yuz qismi miya qutisi qismiga nisbatan kichikroq
bо‗lib, bolaning yoshi ortishi bilan bu farq yо‗qolib boradi. Bosh skeleti bolaning 2
yoshigacha bir tekisda о‗sadi. Bolalarda ensa suyagi bо‗rtib chiqadi va tepa suyaklari bilan birga
tez о‗saboshlaydi. Yangi tug‗ilgan bola boshi kalla suyaklarini suyaklanishi protsessi
tugamagan bо‗lib, u bolaning 1-15 oyligigacha davom etadi. Yangi tugil1'an bolaning boshida
kalla suyaklarini bir-biri bilan biriktiruvchi tо‗qima yordamida tutashgan qismlari bо‗lib,
bularga likildoq deb aytiladi. Bunday likildoqlar ! peshonada, ensada, chakkada
bо‗ladi. Bolaning 1,5 yoshida kalla suyaklaridagi likildoqlar tо‗liq suyaklashadi, 4
yoshda esa miya qutisini choklari hosil bо‗ladi. Kalla suyaklarini о‗sishida uchta
tezlashuvni kuzatish mumkin. 3-4 yoshlarda, 6 dan 8 yoshgacha va 11 yoshdan 15 yoshgacha
(S.I.Galperin).
Bolaning 18-14 yoshidan peshona suyagi intensiv о‗sadi. Kalla skeletining о‗sishi va
rivojlanishi 20 yoshdan 30 yoshgacha davom etadi. Maktab yoshidagi bolalarda boshning barcha
razmerlari juda sekin о‗sadi. Boshning razmerlarini tezroq о‗sishi о‗smirlarning balogat yoshida
qiz bolalarda 13-14 yoshda, о‗til bolalarda 13-15 yoshida kuzatiladi.
Kalla suyaklari pastki jag‗ suyagi va til osti suyagidan tashqari barcha suyaklar bir-biri
bilan harakatsiz oraliqsiz birikkan boshqacha aytganda, choklar yordamida birikkan bо‗ladi.
Kalla suyaklari bir-biri bilan uch xil chok: tishsimon, tangasimon va tekis chok hosil qilib
birikkan bо‗ladi.
Umurtqa pog‗onasi. Umurtqa pog‗onasi alohida - alohida umurtqa suyaklarini umurtqaaro
tog‗ayli disk qavat qatlami yordamida ustma-ust joylashishi natijasida vujudga keladi.
Umurtqa pog‗onasi skeletni uqi va tayanchi hisoblanadi va orqa miyani turli tashqi
ta‘sirotlardan saqlaydi. Umurtqa pogonasi yuqori va pastki kamarni ogirligini
yengillashtirishda qatnashadi. Umurtqa yoylari va tanalaridan hosil bо‗lgan teshiklari tutashib
umurtqa kanalini hosil qiladi. Umurtqa kanali yuqoridan miya qutisi bо‗shlig‗iga
tutashgan bо‗ladi, pastdan esa dumg‗aza suyagini teshigi bilan tugaydi. Umurtqa pogonasining
yonida umurtqaaro teshiklar bо‗lib, bu teshiklardan orqa miya nervlari, qon tomirlari va
limfa tomirlari kiradi yoki chiqadilar. Embrion umurtqa pogonasi orqa xordasi atrofiga
boshlangich zarodish tо‗qimalardan hosil bо‗ladi, о‗zining taraqqiyotida tog‗ayli bosqichni
о‗taydi. Yangi tug‗ilgan bolada xorda yangi hosil bо‗lgan umurtqa tanalar bidan bosilib asta
yо‗qolib ketadi. Umurtqa pog‗onasi 33-34 umurtqalardan tashkil topgan. Umurtqa
pog‗onasining 7 ta. bо‗yi, 12 ta kо‗krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‗aza va 4-5 ta dum umurtqalariga
ajratiladi. Katta odam umurtqa pog‗onasida 4 ta egrilikni ajratish. mumkin. Bu egriliklar
yangi tug‗ilgan bolada bо‗lmaydi, yangi tugilgan bolaning umurtqa pogonasi tо‗g‗ri bо‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |