Eruvchanligi orqali suyuqliklarni ajratish qiyin bo'lsa ularning qaynash haroratidagi farqiga k o'ra h a y d a s h u s u l i bilan ajratiladi.
Dastlab xomaki ajratilgan
suyuqliklar qaytadan
f r a k s i y a l a b h a y d a s h orqali m a’lum harorat chegarasida haydash bilan toza m oddalar olinadi.
Ba’zi birikm alar suyuq yoki qattiq bo'lishidan q a t’iy nazar suv bug'i bilan yaxshi haydaladi. Bu hollarda s u v b u g ' i b i la n h a y d a s h usuli q o 'l keladi. Organik moddalarning hammasi ham yuqori haroratda barqaror emas. Ko'pgina organik m oddalar qattiq qizdirilganda parchalanadi yoki smolaga aylanadi