Uglevodorodlarni aromatizatsiyalash-parafinlar va sikloparafinlarni aromatik uglevodorodlarga aylantirish jarayoni.
Tabiiy gaz-tarkibida molekulyar massasi kichik bo'lgan uglevodorodlar bo'lgan manba.
Yo'ldosh gazlar-odatda neftda erigan holda bo'ladigan va uni qazib olishda ajralib chiqadigan tabiiy gazlar.
Tabiiy gazlarni qayta ishlash-tabiiy gazlar tarkibidagi to'yingan uglevodorodlarni ancha faol-to'yinmagan uglevodorodlarga aylantirish. Toshko'mir-ko'mirning alohida bir ko'rinishi.
Toshko'mirni qayta ishlash-kokslash (quruq haydash) yo'li bilan turli mahsulotlar olish usuli.
Koks gazi-koks pechlarini isitish uchun ishlatiladigan yo'qilg'i.