Distillash yoki haydash
Agar biror suyuklik o`zining qaynash haroratida parchalanmasa atmosfеra bosimida oddiy haydash usulidan foydalaniladi. Biror suyuklikni oddiy sharoitda haydashuchun, tеrmomеtr bilan jixozlangan Vyurs kolbasini shtativga o`rnatib, probka yordamida sovutkichga ulanadi (23- rasm).
Past haroratda qaynaydigan suyuqliklarni haydash uchun Libix sovutkichi ishlatiladi. Bunda kolbaning naychasi sovutkichning ichiga 4 - 5 sm kirib turishi kеrak. Qaynash harorati yuqori (1300C dan yuqori) bo`lgan suyuqliklar xaydalayotganda Libix sovutgichidan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki haroratning kеskin o`zgarishi natijasida u darz kеtishi mumkin. Bu xolda ichki diamеtri 12 - 16 mm li shisha naydan iborat xavoli sovutgichdan foydalaniladi. Haydalayotgan suyuqlikning qaynash haroratiga qarab suv xammomida (agar modda 800C gacha qaynasa), asbеst sеtkasida - gaz alangasida yoki elеktr plitkalarida (800C dan yuqori haroratda qaynaydigan moddalar) qizdiriladi. Ba'zan yuqori haroratda qaynaydigan moddalar qum yoki moy hammomi yordamida xam haydaladi. Oddiy haydashusuli bilan qaynash harorati bir nеcha o`n gradusga farq qiladigan moddalarnigina bir - biridan ajratib olish mumkin.
23 - rasm. Suyuqliklarni oddiy haydash qurilmasi.
1 - haydash kolbasi, 2 - sovutgich, 3 - allonj, 4 - yig’gich kolba
Haydashning muhim turlari quyidagilardir: 1) atmosfera bosimida haydash; 2) past bosimda yoki vakuumda haydash; 3) suv bug`i yordamida haydash.
Atmosfera bosimida yoki past bosimda haydash vaqtida to`satdan qaynayotgan suyuqlikni sachrab ketishi yoki yong`in chiqishi oldini olish maqsadida ehtiyot choralarini ko`rish kerak. Bunday holatlarda ehtiyot choralari sifatida suyuqlikka qaynatgich: pemza bo`lakchalari, glazurlanmagan chinni, presslangan shisha tola disklari qo`shiladi. Vakuumli haydashda qaynatgich o`rniga kapillyar nay yordamida juda ingichka havo oqimi (sekundiga 1-2 havo pufagi) o`tkaziladi.
Atmosfera bosimida haydash Vyurs va Klayzen kolbalaridan iborat qurilmada bajariladi. Qaynash haroratlari 150°S gacha bo`lgan suyuqliklarni haydashda suvli Libix sovutgichi, qaynash haroratlari 150°S dan yuqori bo`lgan suyuqliklarni haydashda havo sovutgichi qo`llaniladi. Haydalishi zarur bo`lgan suyuqlik kolba hajmining 2/3 qismidan ortmasligi kerak. Kolba og`ziga simob sharchasi Vyurs kolbasining yon chiqish nayigacha yoki undan quyiroq tushirilgan holatda o`rnatilgan harorat o`lchagichli tiqin joylashtiriladi. Qabul qilgich sifatida turli kolbalar, stakanlar va boshqalar ishlatiladi. Sovitkichning quyi qismiga alonj kiydiriladi. Vyurs kolbasi va sovitgich alohida shtativlarga mustahkamlanadi.
24-rasm. Atmosfera bosimida haydash.
1-termometr, 2-Vyurs kolbasi, 3-Libix sovitgich, 4-alonj, 5-yig’gich kolba.
Qattiq moddalarni haydashda maxsus kobalardan foydalaniladi. Turli qaynash haroratlariga ega bo`lgan suyuqliklar aralashmasini fraksiyalash yoki bo`lib haydash tubi yumoloq kolba bug`ziga tegishli o`lchamli deflegmatorlar o`rnatilib amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda bo`lib haydash usuli turli qaynash haroratlariga ega suyuqliklarni batamom kondensatlab ajratib olishda katta muvaffaqiyat bilan qo`llanilmoqda.
Yong`inga havfli suyuqliklarni ochiq gaz gorelka alangasidan yoki ochiq speralli plitka o`rniga ehtiyotkorlik bilan suv yoki qum hammomidan foydalanish mumkin. Atmosfera bosimida qaynash haroratigacha biron-bir o`zgarishga uchramaydigan yoki parchalanmaydigan moddalargina haydaladi.
Past bosimda yoki vakuumda haydash uchun Klayzen yoki Arbuzov kolbalari, kapillyar va harorat o`lchagich, sovitgich, maxsus yig`gich, vakuum bilan ishlash uchun moslama, manometr, uch yo`lli shisha kran va vakuum nasos bilan manometr o`rtasida joylashtirilgan Vulf himoya sklyankasidan iborat qurilma yig`iladi. Qurilma qismlarini shliflar yoki moylangan rezina naylar orqali o`zaro biriktiriladi. Atmosfera bosimida yuqori haroratgacha qizdirishga dosh bera olmay parchalanadigan moddalar vakuumda haydaladi.
25-rasm. Vakuumda haydash uchun Arbuzov va Klyayzen kolbalari.
26-rasm. Suyuqliklarni suv bug`i bilan vakuumda haydash qurilmasi
Suv bug`i bilan haydash uchun bug` hosil qiluvchi, suv ajratgich, sovitgich va qabul qilgichdan iborat qurilma yig`iladi.
Bug`latkichda hosil bo`lgan bug` suv ajratgichda yig`iladi. Bug`ning asosiy qismi qizigan haydash kolbasiga tushib haydaladigan modda bilan birgalikda sovitgichga o`tadi va u erda fazalar ajralishi sodir bo`ladi. Suv bug`i bilan haydash atmosfera bosimida haydashdan tanlash xususiyati bilan ma`lum afzalliklarga ega. CHunki ayrim erishi qiyin bo`lgan moddalarni suv bug`i yordamidagina haydash mumkin, ba`zilarini esa haydab bo`lmaydi. Haydash tugagach, dastavval haydash kolbasini bug` hosil qilgichdan uziladi, so`ngra bug` hosil qilgich va haydash kolbasini qizdirish to`xtatiladi. O`zaro aralashmaydigan fraksiyalar ajratish voronka yordamida amalga oshiriladi. Agar bug` bilan qattiq modda haydalgan bo`lsa qabul qilgichga tushgan kristall ajratib olinadi yoki cho`kma ustidagi suyuqlik quyib olinadi, filtrlanadi. Ba`zida suvda erigan suyuq organik birikmalarni ajratib olish uchun qattiq osh tuzi qo`shib eritma to`yintiriladi, qattiq birikmalarni ajratib olish uchun ularni organik erituvchilarda eritib ekstraksiya usulidan foydalaniladi. Oxirgi usuldan suyuq organik birikmalarni suvli eritmalardan ajratishda ham qo`llaniladi.
Qaynash haroratlari yaqin suyuqliklarni fraksiyalab ajratiladi. Buning uchun nasatkalar yoki rektifikasiyalash qurilmalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |