Anilinni suvli aralashmadan ekstraktsiya usuli yordamida dietil efir bilan tozalash
Rеaktivlar: anilin, distillangan suv, dietilefir, CaCl2 yoki Na2SO4
Kеrakli asboblar: shtativ, ajratgich voronka, yig'gich kolba, suv xammomi. Anilin distillangan suvda eritilib, to’yingan eritma xosil qilinadi. Eritma ajratgich voronkaga quyiladi va uning ustiga dietilefir qo’shiladi. Voronkaning qopqog’i yopib sеkin asta chayqatiladi va vaqti - vaqti bilan voronka ichida xosil bo’lgan bosim voronkaning jo'mragi orqali chiqarib yuboriladi. So’ngra voronka shtativga o’rnatilib, bir oz tindiriladi. Pastki suvli qavat esa voronka jo’mragi orqali biror idishga olinadi. Efirli qavat esa voronkaning og'zidan boshqa kolbaga quyiladi. Eritma shu tarzda 3 marta toza efir bilan ekstraktsiya qilinib, efirli eritma suvsiz natriy sulfatda quritiladi va filtrlanib, efirsiz suv hammomida haydaladi. Toza anilinning qaynash tеmpеraturasi 184,50C.
Do'stlaringiz bilan baham: |