20. Fizikaviy xossasi.Sellyuloza-oq qattiq tolasimon modda ta’msiz va hidsiz,suvda organik erituvchilarda erimaydi,
doimiy suyuqlanish temperaturasiga ega emas.
Tabiatda tarqalishi.Tabiatda keng tarqalganYuqori o’simliklarning hujayra devorlarining asosiy tarkibiy qismi
bo’lib hisoblanadi.Yog’ochda 50% atrofida,paxta tolasida 98% gacha ,jut ildizida 75% gacha.Gidroskopik momiq va filtr qog’ozi deyarli toza sellyulozadan iborat bo’ladi.
Tuzilishi.Sellyulozadan kraxmal kabi tabiiy polimer bo’lib,uning tarkibi (C6H12O) umumiy formula bilan ifodalanadi. sellyulozaning ba’zi turlari molekularida 40 mingtagacha C6H10O5 bog’ini tutadi..
Ishlatilishi.Sellyuloza yog’ochlik sifatida qurilishda ,maishiy turmushda,tolasimon materiallar sifatida to’qima gaz- lamalar,arqonlar tayyorlashda ishlatiladi.
21.Aminlar deb,ammiakdagi NH3 bitta,ikkita yoki barcha vodorod atomlari uglevodorod radikallariga almasshishi- dan hosil bo’lgan murakkab moddalarga aytiladi.
Tuzilishi.Barcha aminlarda ammiakdagi kabi,azot atomlari erkin elektron juftiga ega.Shu elektronlarning hisobiga azot atomi o’ziga suvning yoki kislotaning protonini H+ biriktirish mumkin.Shuning uchun aminlar ammiak kabi asos xossalarini namoyon qiladi. Nomlanishi.Birlamchi aminlar tegishli uglevodorod nomiga-amin qoshib yoziladi.
Fizikaviy xossasi.Quyi aminlar:metanamin,dimetilamin,trimetilamin-ammiak hidiga ega,suvda yaxshi eruvchi gazsi- mon moddalar. Kimyoviy xossalari.Aminlar kimyoviy xossalariga ko’ra ammiakka juda o’xshab ketadi.Ular uchun asos xossalari xarakterlidir.
22.Aminokslotalar-uglevodorod radikalida aminogruppa-NH2 tutgan organik kislotalatdir.Aminokislotalarning umu-miy formulasi NH2-R-COOH. Tuzilishi.Eng muhim aminokislotalar a-aminokslotalar bo’lib,ulardan oqsil molekulalari tuzilgan. Fizikaviy xossalari va tabiatda uchrashi.Aminokslotalar tabiatda erkin holda va boshqa birikmalar tarkibida ham uchraydi.Barcha o’simlik va hayvon oqsillari aminokslotalardan tashkil topgan.Aminokislotalar-rangsiz,suvda yaxshi
eruvchan,ko’pchiligi shirin ta’mli kristall moddalardir. Kimyoviy xossasi.Aminokislotalar organik amfoter moddalar bo’lib,ular asos xossasini ham kislota xossasini ham
namoyon qiladi.Anorganik amfoter moddalardan farqi shuki,ularning amfoterligi turli funksion gruppalar borligi bi-
lan belgilanadi. Olinishi.Aminokislotarni oqsillar gidrolizining ohirgi mahsuloti sifatida olinadi. Aminokislotalarni sintetik usulda olishninh bir usuli ikki bosqichdan iborat.
galogen almashgan karbon kislota sintezi.
ammiak ta’sir ettirib aminokislota olish.
Ishlatilishi.Aminokislotalar tibbiyotda, hayvonlar ozuqasini boyitish uchun chorvachilikda, plastmassalar va sun’iy tolalar olish uchun ishlatiladi.
23.Anilinni umumiy formulasi quyidagicha:C6H5NH2Fizikaviy xossasi.Anilin rangsiz moysimon zaharli o’ziga xos hidga ega, kam eriydigan modda. Havoda oksidlanish
natijasida qorayadi. Kimyoviy xossasi.1)kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi.2)galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi.3)anilinga sifat reak-
siyasi bo’lib xlorli ohak ishlatiladi.Bunda eritma binafsha rangga kiradi:kaliydi, xromat va sulfat kislota ishtirokida
qora anilin sovun va quyosh nuri ta’siriga chidamli bo’ladi.Shuning uchun matolarni va moylarni bo’yashda ishlatladi
Olinishi.Nitra benzolni temirda qaytarib olinadi.
Ishlatilishi. Anilin-kimyo sanoatining muhim mahsulotlaridandir.U anilin bo’yoqlari,dorilar,portlovchi moddalar xom ashyo sifatida ishlatiladi.
24.Oqsillar-organik moddalar rivojlanishining oliy shaklidir.Oqsillar tiriklikning asosidir.Hayot-oqsillarning yashash shaklidir.Tuzilishi.Turli oqsillar ma’lum bo’lib, ularning molekulyar massalari 6000 dan bir necha milliongacha boradi.Kimyoviy xossasi. Gidroliz.Fermentlar ta’sirida yoki kislota ishqor eritmalari bilan qizdirilganda oqsillar gidrolizlanadi.
25.Polimerlanish-bir xil molekulalarning ketma-ket yanada yirik molekulalar hosil qilib birikish reaksiyasi.Polimerla-
nish natijasida yuqori molekulyar moddalardan polimerlar hosil bo’ladi.Polimer molekulalari makromolekula deb ataladi.Makromolekulani hosil qiladigan quyi molekulyar birikmalar-monomerlar deb ataladi.Polimer hosil bo’lishidagi monomerlar soni polimerlanish darajasidir.Polimerlarning molekulyar massasi-doimiy kattalik emas,balki polimerlanish darajasi asosidagi o’rtacha qiymatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |