jadval
Neft bitumlarining fizik-mexanik xossalari
Bitum markasi
|
250S da ignaning kirish chuqurligi, 0,1 mm
|
250S da cho‘ziluvchanligi, sm, kamida
|
Harorat 0S, kamida
|
yumshashi
|
o‘t olishi
|
Qurilish bitumi
|
BN-50/50
|
41-60
|
40
|
50
|
220
|
BN-70/30
|
21-40
|
3
|
70
|
230
|
BN-90/10
|
5-20
|
1
|
90
|
240
|
Tomga yopiladigan bitum
|
BNK-45/180
|
140-280
|
me’yorlanmaydi
|
40-50
|
240
|
BNK-90/40
|
35-45
|
|
85-95
|
240
|
BNK-90/30
|
25-35
|
|
95-95
|
240
|
Yaxshilangan yo‘l bitumi
|
BND-200/300
|
200-300
|
me’yorlanmaydi
|
35
|
200
|
BND-90/130
|
91-130
|
65
|
39
|
220
|
BND-60/90
|
61-90
|
60
|
43
|
220
|
BND-40/60
|
40-60
|
40
|
51
|
220
|
Neft bitumlari zich tuzilgan bo‘ladi, ularning g‘ovakliligi amalda nolga teng, shu sababli suv o‘tkazmaydi, kislotalar, ishqorlar, ishqorli suyuqliklar va gazlar ta’siriga qarshi turg‘un, sovuqqa chidamli bo‘ladi. Ular tosh materiallari, yog‘och materiallari bilan puxta bog‘lanish xususiyatiga ega, lekin organik eritgichlarda (xlorofrom, benzin va boshqalarda) eriydi. Ishlatish sharoitlarida quyosh nuri va havo kislorodi ta’siri ostida bitumlar eskiradi, natijada qattiqligi va mo‘rtligi ortadi. Neft bitumlari fizik-mexanik xossalarining asosiy ko‘rsatkichlari -jadvalda keltirilgan. Bitumlar yog‘och bochkalarda, bidonlarda, faner yoki metall-faner chambaraklarda, qog‘oz qoplarda, ba’zan qoliplangan plitalar ko‘rinishida tashiladi. Bu materiallar ishlatiladigan joyiga isitish qurilmalari bilan jihozlangan temir yo‘l sisternalarida yoki po‘lat qoliplarda tashiladi. Neft bitumlarini maxsus yopiq omborlarda yoki bostirma ostida quyosh nurlaridan va yog‘in-sochinlardan himoyalab saqlash lozim. Tarixda bitumli materiallarni Markaziy Osiyo qurilishlarida ishlatilganligi haqida ma’lumot yo‘q.. O‘zbekiston qurilishlarida bitumli materiallarni ishlatish asosan 1922-1930 yillarda boshlandi. Markasi III, IV va V bo‘lgan neft bitumlari Boku va Grozniydan temir yo‘l orqali keltirilardi. Respublikada mahalliy neftni qayta ishlovchi korxonalar ishga tushgandan so‘ng IV va V markali bitumlar ishlab chiqarila boshlandi. Neft sanoatining respublikada tez sur’atlar bilan o‘sishi natijasida bitumli materiallarga bo‘lgan talab va ehtiyoj ortdi. Ko‘pgina ilmiy izlanishlar natijasida qurilishbop bitumlarning xususiyati yaxshilandi. Farg‘ona vodiysi va respublikaning shimoli- g‘arbiy tumanlaridan topilgan smolaga boy bo‘lgan neftlardan bitumlar ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Toshkent asfalt zavodida ishlangan bitumlar qurilishning hamma tarmoqlarida ishlatish mumkinligi amalda sinab ko‘rildi. Markaziy Osiyoning gidrotexnik inshootlarida, yo‘l qurilishida asfalt-beton va yuqori sifatli namdan himoyalash ishlarida, shuningdek, tombop o‘rama materiallar ishlab chiqarishda mahalliy bitumsimon materiallar ishlatilmoqda. Markaziy Osiyo yo‘l qurilish ilmiy tekshirish instituti tomonidan 1940-1948 yillarda yassi tomlarni suvashga qulay bo‘lgan bir qancha bitumli tarkiblarni qurilishda qo‘lladilar. Bunday tarkiblar "sovuq" va "issiq" qorishma sifatida ishlatiladi. "Sovuq" qorishma tayyorlanganda bog‘lovchi modda sifatida bitum suvi (emulsiyasi) ishlatilsa, "issiq" qorishmada bitum 100-1200S haroratda eritilib to‘ldirgichlar bilan arashtiriladi. Quruvchilar uchun taklif etilgan "sovuq" va "issiq" namdan himoyalovchi qorishma tarkibi 28 - 30 - jadvallarda keltirilgan. Qishloq yo‘llari uchun qulay bo‘lgan suyuq bitum, tuproq va shag‘al aralashmalaridan ishlangan qorishmalar hozirga qadar keng ishlatilmoqda. Jarqo‘rg‘on neftidan ishlangan suyuq bitumli qorishmalar tarkibi 30-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |