Moliyaviy hisobot funksiyalari- 1.Firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy molyaviy ahvoli hamda o`tgan davr uning faoliyatiga qanchalik samarali bo`lgani to`g`risida ma’lumot berish,
2.Firma egalari va kreditorlariga kompaniya samaradorligining asosiy reja ko`rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faolyatini tartibga solish imkonini berish
Moliyaviy hisobot turlari- 1.Balans 2.Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot 3. Pul oqimlari to`g`risida hisobot
Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farqi - Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati balans (bahosi) qiymati (book value) deb ataladi. Kompaniya bitta aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks ettirilgan aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.