7-VARIANT
1.topshiriq. Nazariy qism.
Harakat miqdori va uni saqlanish qonuni.
2.topshiriq. Masala yechish.
2 kg. og‘irlikdagi disk gorizontal tekislikda 4 m/sek. tezlik bilan sirg‘anishsiz dumalaydi. Diskning kinetik energiyasi topilsin.
3.topshiriq. Masala yechish.
Og‘irligi 1 kg va diametri 60 sm bo‘lgan disk o‘z markazidan tekisligiga tik ravishda o‘tgan o‘q atrofida 20 ayl/sek, bilan aylanadi. Diskni to‘xtatish uchun qancha ish bajarish kerak?
8-VARIANT
1.topshiriq. Nazariy qism.
Moddiy nuqtaning potensial energiyasi va unga ta’sir etuvchi kuch bilan bog‘liqligi. Sistemaning potensial energiyasi.
2.topshiriq. Masala yechish.
R=10sm radiusli mis shar o‘z og‘irlik markazidan o‘tuvchi o‘q atrofida v=2 ayl/sek ga mos tezlik bilan aylanadi. Sharning burchak tezligini ikki marta orttirish uchun qanday ish bajarish kerak?
3.topshiriq. Masala yechish.
Gildirak tormozlanish natijasida tekis sekinlanuvchi aylanma harakat qilib, 1 minut davomida o‘z tezligini 300 ayl/sek dan 180 ayl/min.gacha kamaytiradi. Gildirakning inersiya momenti 2 kg·m2. 1)G‘ildirakning burchak tezlanishi. 2) Tormozlovchi moment. 3) Tormozlanish ishi. 4) Gildirakning shu minut davomidagi aylanishlari soni topilsin.
9-VARIANT
1.topshiriq. Nazariy qism.
Absolyut elastik va noelastik urilishlar. Massasi o‘zgarib boruvchi jismning harakat qonuni.
2.topshiriq. Masala yechish.
Massasi m1=500 kg bo‘lgan urgich massasi m2=100 kg bo‘lgan qoziqqa uriladi. Urgichning urilish vaqtidagi tezligi v1=4m/s. Urgichning urilish vaqtidagi kinetik energiyasini va urgichni qoziqqa urilish foydali ish koeffitsentini aniqlang.
3.topshiriq. Masala yechish.
Muz ustida turgan 70 kg og‘irlikdagi konkichi gorizontal yo‘nalishda 3 kg og‘irlikdagi toshni 8 m/sek. tezlik bilan uloqtirgan. Agar konkilarning muzga ishqalanish koeffitsenti 0,02 ga teng bo‘lsa, konkichining qancha masofaga sirg‘anib borishi topilsin.
10-VARIANT
1.topshiriq. Nazariy qism.
Qattiq jismlar mexanikasi. Kuch momenti va inersiya momenti. Shteyner teoremasi.
2.topshiriq. Masala yechish.
0,5 m radiusli va m=50 kg massali disksimon g‘ildirakning gardishiga 10 kg urinma kuch ta’sir qiladi. 1) G‘ildirakning burchak tezlanishi topilsin. 2) Kuch ta’sir qila boshlagandan qancha vaqt o‘tgach g‘ildirakning aylanish chastotasi 100 ayl/sek.ga mos keladi?
3.topshiriq. Masala yechish.
Inersiya momenti 245 kg·m2 ga teng bo‘lgan maxovik g‘ildirak 20 ayl/sek bilanaylanadi. Aylantiruvchi momentning ta’siri to‘xtatilgandan bir minut o‘tgach g‘ildirak to‘xtaydi. 1) Ishqalanish kuchining momenti. 2) Aylantiruvchi moment ta’siri to‘xtatilgandan boshlab to g‘ildirak to‘xtaguncha uning aylanishlar soni topilsin.
11-VARIANT
Do'stlaringiz bilan baham: |