3-KURS BT GURUHI UCHUN
ONA TILI O‘QITISH METODIKASI FANIDAN
ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIQLARI
1. Boshlang‘ich sinflarda FONETIKA VA GRAFIKAni o‘rgatish metodikasiga oid 1-4-sinf “Ona tili” darsliklaridagi “Tovushlar va harflar” bo‘limidagi mavzularga mos mustaqil ravishda 5 ta mashq ishlab chiqing.
1-mashq
2-mashq
3-mashq
4-mashq
5-mashq
2. Boshlang‘ich sinflarda so‘z yasalishiga oid yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda 1 ta dars ishlanmasini to‘liq yozing.
Sinf: 3-“D”
Fan: Ona tili
Sana : 12.12.2021
Mavzu: So`z yasovchi qo`shimchalar (164-65-mashqlar)
Darsning maqsadi: ta`limiy: so'z yasovchi qo'shimchalar haqida ma'lumot, -chi, -la, -kor, -dosh, -li, -siz so'z yasovchi qo'shimchalari bilan tanishtirish, asosdan anglashil-gan nia'naj bilan bog'liq holda boshqa so'zlar hosil qilishni amaliy ko'rsatish, bog'lanishli nutqni o'stirish, mustaqillikka yo'naltirish.F.k.1.asos va asosdosh so‘zlarni farqlay oladi, so‘z yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va imlosini biladi;
Tarbiyaviy: O`quvchilarda mehnatsevarlik , insonparvaplik tuy`g`ularini tarbiyalash.
T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;
Rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. bolalar nutqini yangi so'zlar bilan boyitish.Chiroyli va bexato yozish ko`nikmasini oshirib borish.
F.k.2. talaffuz me’yorlariga va bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi;
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi: suhbat,”Mozaika” o’yini
Darsning jihozi: AKT, mavzuga oid rasmlar, ona tili darsligi
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism :
Darsning borishi:
O’qituvchi: Darsimiz nima?
1-bola: Darsimiz ona tili.
1-bola: Ona tilim-jonu dilim, 2-bola: Daftarlarni chiqaramiz,
Sen-la olay chuqur bilim. Ruchakalarni shaylaymiz.
Yozuv darsin boshlaymiz, Chiroyli yozish uchun
Olg’a qadam tashlaymiz. Bor kuchlarimiz sarflaymiz.
O’qituvchi: Qani ayting bolalar
Sinfda kimlar navbatchi?
Navbatchi axbaroti tinglanadi
O’quvchi: Sinfda men navbatchi,
Bugunchalik hisobchi.
Hisob-kitob qilaman,
Kim bor?, kim yo’q bilaman.
3-“D” sinfida 36 nafar o’quvchi bor,
Barchasi darsga tayyor.
O’qituvchi: O’lkamizda qaysi fasl?
-O’qituvchi: Qaranglar o’lkamizda kumush qish fasli.Qor parchalari kezib yurmoqda. Kelinglar ularni ushlab olaylik-chi
1-bola: Eya, bu qor parchalari oddiy qor parcha emas ekan. Ularda raqamlar yozilgan ekan?
1 3 8 10 22
O’qituvchi: Aziz bolajonlar, qanday ulug’ sanalarni nishonladik?
Raqamlar tilga kiradi .
1-bola: 1-dekabr OITS ga qarshi kurashish kuni
2 -bola: 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni
3-bola: 8-dekabr Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun
4-bola: 10-dekbar Davlat madhiyamiz qabul qilingan kun.
5-bola 22 –dekabr Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni
O ’qituvchi: Nechta partiya bor? Ular qaysilar?
6-bola: 31 –Yangi yil bayrami 2020-yil
“ Iqtisodiy o’sish va yangi ommaviy axborotni rivojlantirish yili”
O’qituvchi: -Juda yaxshi aziz bolajonlar, sizlar kun yangiliklarifan xabardor ekansizlar.
II. O`tgan mavzu
O’qituvchi: -Biz o’tgan ona tili darsida qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
1-bola: Biz o’tgan ona tili darsimizda “Asos va asosdosh so’zlar “ mavzusi bilan tanishgan edik.Uyga berilgan uyga vazifasini tekshiriladi.
So’z tarkibi
Asos
Asosdosh so’zlar
Tezkor savol-javob
Asos deb nimaga aytiladi?
Asosdosh so’zlar uchun umumiy qism asos deb aytiladi
Meva,mevali, mevasiz
Asosdosh so’zlar deb nimaga aytiladi?
Ma’no va shakl jihatidan umumiy qismga ega bo’lgan so’zlar asosdosh so’zlardir
Gul, gulchi, gulli
O’qituvchi: Uyga vazifa 163-mashq bo’lib,unda asosdosh so’zlar yozib kelish edi.
Keling, mavzuni qanday tushunib olganingizni tekshirishda” Mozaika” metodidan foydalanamiz.
Qizlar o’g’il bolalarga, o’g’il bolalar qizlarga so’z aytadilar, ular asosdosh so’z aytadilar.
olma
Do'stlaringiz bilan baham: |