8. Konflikt vaziyat bo’yicha belgilangan qaror va xulosalarning o’z vaqtida joriy etilishini ta’minlash zarur. Konflikt vaziyatda bir marta qaror qabul qilib, qaror qabul qilingandan so’ng konflikt o’z-o’zicha yechiladi, deb o’ylash noto’g’ridir. Konflikt yechimi bilan aloqador bo’lgan qarorlarning bajarilishigina konfliktning haqiqiy yechimi bo’la oladi. Vaziyat konflikt yechimi topilganini ko’rsatishi mumkin, ammo ana shu konflikt yechimi amalga oshirildimi, bu sizning keyingi sayi-harakatlaringizga bevosita bog’liq bo’ladi. Agar siz konflikt yechimi topilganligi bosqichida muallaq turib qolsangiz, konflikt o’z yechimi ijrosi hech qachon topmaydi, konflikt – konflikt vaziyatida qolib ketaveradi. Shu bois, ziddiyatga doimiy e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Rahbarlar tomonidan jamoa etikasining buzilishi Mehnat jamoasida xodimlar o’zaro bir-birlarini hurmat qilish va bir-birlariga zarar yetkazmaslikka harakat qilib ishlaydilar. Ammo shunga qaramasdan ba’zan ular o’rtasida, ko’proq jamoa rahbarining o’z qo’lidagi xodimlarga nisbatan jamoa etikasining buzilish hollari uchrab turadi. Ular kuyidagilardan iboratdir:
Jahl va g‘azabni jilovlash bo‘yicha 10 foydali maslahat.
1. Pauzadan foydalaning
Agar siz jahl tufayli o’zingiznm yo’qotib, g’azabga berilib ketayotganingizni sezsangiz, pauza qiling. Hamsuhbatingizga juda jahlingiz chiqayotganini aytib, «Men
tasdiq»lardan foydalaning. Albatta keyinroq yana qayta mavzu muhokamasiga qaytishga va’da berib, jahldan pauza yordamida qutulishga harakat qiling.
Jismoniy mashqlar bilan o’zingizni chalg’iting
Ko’chaga chiqib sayr qiling, velosipedda uchishingiz mumkin, toshlar ko’taring, suzing, to’nkalar yoring, toqqa chiqing, televizor kanallarini pultsiz o’zgartiring, biror jismoniy mashq qilish bilan g’azabingizni yengib chiqing.
Sanab ko’ring
G’azab ustun kelayotganida, ichingizda 10 gacha sanab ko’ring, yoki 2000 gacha.
Diqqatingizni raqamlar tartibiga berish orqali siz baribir jahldan tushasiz.
4. Xat yozing
Agar kimdandir jahlingiz chiqayotgan bo’lsa, unga xat yozing. Unga yuragingizdagi hamma dard alamlaringizni to’kib soling, uni so’kishga erinmang. Xatni yozib bo’lgandan keyin, xatni o’kib chiqing- da, keyin yirtib tashlang.
Meditasiya qiling.
Qulay joylashib oling. Tinchlaning, ko’zlaringizni yuming. Chuqur nafas oling. Nafasni biroz ushlab turing. Asta-sekin nafas chiqaring. Hayot mazmuni haqida o’ylab ko’ring... Sizni nima rohatlantiradi?! Uzoq va chiroyli o’lkalarga uchib ketayotganingizni tasavvur qiling. Agar siz mashhur estrada xonandasi bo’lsangiz zo’r bo’lardi-a? Yo’q, undan yaxshiroq orzu-havaslar bor. Siz – millionersiz... Yetim bolalar uchun maxsus maktab qurdingiz...Yaqinda sizning fabrikangiz ochiladi...
Qancha odam ish bilan ta’minlanadi...O’shanda, sizni hafa qilgan odam bilan o’zingiz bilasiz qanaqa gaplashishni...
Ijod bilan shug’ullaning
G’azabning rasmini chizing. G’azabingiz haqida she’r yozing. Masalan, jahl to’g’risidagi madhiya. Ashula to’qing – «Mening g’azabim - hayotim, rohatimdir». Raqs sahnalashtiring -«Men g’azabdaman». Haykal yasang - «G’azab va marmar». Ilmiy asar yozing – «G’azab kelib chiqishining tarixiy va dinamik jarayonlari». Yoki, aniqroq, nazariy bo’lmagan mavzu - «G’azabning ichki strukturasi». O’z g’azabingizning ijod orqali chiqib ketishiga yordam bering.
3. Issiq vanna qabul qiling.
Juda yordam beradi. Agar vanna bo’lmasa, dush ham to’g’ri kelaveradi.
4. Suhbatlashuv va dardlashuv
Yaqin do’stingiz bilan gaplashib ko’ring. Do’stingizga o’z xissiyotlaringiz haqida gapirib ko’ring. Ba’zan dil izhori har qanday usuldan ko’proq yordam beradi.
9. Uy hayvoningizni erkalating
O’y xayvonlari tinchlanishning yaxshi vositasi hisoblanadi. O’z kuchugingiz bilan o’ynang yoki mushugingiz bilan mudrab oling, qushlaringiz bilan gaplashib ko’ring, baliqlaringizning suzishini tomosha qiling v.h.
10. Diqqatingizni boshqa narsaga bering.
O’zingizni biror ish bilan mashg’ul qiling. Televizor ko’ring. Kassetalar eshiting. Kinoga boring. Kompyuterda o’tiring. Sizni havotirga solayotgan fikrlardan o’zingizni chalg’itish uchun biror boshqa narsa bilan shug’ullaning.
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar:
Konfliktli vaziyatda agressiya va zo’ravonlik xaqida tushuncha bering.
Agressiya va zo’ravonlik qanday turlari mavjud
Agressiya va zo’ravonlikni keltirib chiqarishga moyil bo’lgan odamlar xarakterini izohlang.
Agressiyani yengishning qanday usullari mavjud?
Ayollarga nisbatan oilada qo’llaniladigan qanday zo’ravonliklar bor.
Konfliktli vaziyatda g’azab va qahrdan o’zini tinchlantirish usullari izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |