1. Pauzadan foydalaning
Agar siz jahl tufayli o’zingiznm yo’qotib, g’azabga berilib ketayotganingizni sezsangiz, pauza qiling. Hamsuhbatingizga juda jahlingiz chiqayotganini aytib, «Men
tasdiq»lardan foydalaning. Albatta keyinroq yana qayta mavzu muhokamasiga qaytishga va’da berib, jahldan pauza yordamida qutulishga harakat qiling.
Jismoniy mashqlar bilan o’zingizni chalg’iting
Ko’chaga chiqib sayr qiling, velosipedda uchishingiz mumkin, toshlar ko’taring, suzing, to’nkalar yoring, toqqa chiqing, televizor kanallarini pultsiz o’zgartiring, biror jismoniy mashq qilish bilan g’azabingizni yengib chiqing.
Sanab ko’ring
G’azab ustun kelayotganida, ichingizda 10 gacha sanab ko’ring, yoki 2000 gacha.
Diqqatingizni raqamlar tartibiga berish orqali siz baribir jahldan tushasiz.
4. Xat yozing
Agar kimdandir jahlingiz chiqayotgan bo’lsa, unga xat yozing. Unga yuragingizdagi hamma dard alamlaringizni to’kib soling, uni so’kishga erinmang. Xatni yozib bo’lgandan keyin, xatni o’kib chiqing- da, keyin yirtib tashlang.
Meditasiya qiling.
Qulay joylashib oling. Tinchlaning, ko’zlaringizni yuming. Chuqur nafas oling. Nafasni biroz ushlab turing. Asta-sekin nafas chiqaring. Hayot mazmuni haqida o’ylab ko’ring... Sizni nima rohatlantiradi?! Uzoq va chiroyli o’lkalarga uchib ketayotganingizni tasavvur qiling. Agar siz mashhur estrada xonandasi bo’lsangiz zo’r bo’lardi-a? Yo’q, undan yaxshiroq orzu-havaslar bor. Siz – millionersiz... Yetim bolalar uchun maxsus maktab qurdingiz...Yaqinda sizning fabrikangiz ochiladi...
Qancha odam ish bilan ta’minlanadi...O’shanda, sizni hafa qilgan odam bilan o’zingiz bilasiz qanaqa gaplashishni...
Ijod bilan shug’ullaning
G’azabning rasmini chizing. G’azabingiz haqida she’r yozing. Masalan, jahl to’g’risidagi madhiya. Ashula to’qing – «Mening g’azabim - hayotim, rohatimdir». Raqs sahnalashtiring -«Men g’azabdaman». Haykal yasang - «G’azab va marmar». Ilmiy asar yozing – «G’azab kelib chiqishining tarixiy va dinamik jarayonlari». Yoki, aniqroq, nazariy bo’lmagan mavzu - «G’azabning ichki strukturasi». O’z g’azabingizning ijod orqali chiqib ketishiga yordam bering.
3. Issiq vanna qabul qiling.
Juda yordam beradi. Agar vanna bo’lmasa, dush ham to’g’ri kelaveradi.
4. Suhbatlashuv va dardlashuv
Yaqin do’stingiz bilan gaplashib ko’ring. Do’stingizga o’z xissiyotlaringiz haqida gapirib ko’ring. Ba’zan dil izhori har qanday usuldan ko’proq yordam beradi.
9. Uy hayvoningizni erkalating
O’y xayvonlari tinchlanishning yaxshi vositasi hisoblanadi. O’z kuchugingiz bilan o’ynang yoki mushugingiz bilan mudrab oling, qushlaringiz bilan gaplashib ko’ring, baliqlaringizning suzishini tomosha qiling v.h.
10. Diqqatingizni boshqa narsaga bering.
O’zingizni biror ish bilan mashg’ul qiling. Televizor ko’ring. Kassetalar eshiting. Kinoga boring. Kompyuterda o’tiring. Sizni havotirga solayotgan fikrlardan o’zingizni chalg’itish uchun biror boshqa narsa bilan shug’ullaning
2. Konfliktni vujudga kelganini, uning mavjudligini tan olish va uni o‘rganish.
Konfliktga tortilgan xodimlar, bevosita konflikt ishtirokchilari hamda konfliktga aloqador bo‘lmagan, ammo mana shu jamoaning barcha xodimlarining ziddiyat to‘g‘risidagi holis fikr-mulohazalarini o‘rganish.
Konfliktning asl mazmunini, nima sababdan kelib chiqqanligini aniqlash. Ziddiyatning shaxslararo konflikt ekanligi, yoki tomonlararo konflikt ekanligini belgilash. Shuningdek, jamoadagi osoyishtalikni buzish jamoaga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazishga, ish jarayonining buzilishiga sabab bo‘layotgan odam mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash. Umuman konflikt vaziyatining sub’ektiv va ob’ektiv kelib chiqish sabablarini o‘rganish. Ob’ektiv sabablar mavjudligi aniqlansa, ularning oldini olish choralarini ko‘rish, masalan, kompyuterning buzilib qolganligi, elektr chirog‘ining o‘chib qolganligi, qog‘ozlarning yetishmovchiligi v.h.
Konflikt yechimini rejalashtirish. Konflikt yechimini topish bo‘yicha turli alternativ usullar, yo‘llar va ssenariylarni ishlab chiqish. Konfliktning qanday rivojlanib va o‘sib borishi mumkinligini aniqlash. Konfliktning o‘sib ketmasligi oldini olish choralarini ko‘rish.
Konflikt yechimi jarayoniga barcha xodimlarni jalb qilishga harakat qilish. Ko‘pchilik hollarda bargalikda ziddiyat mazmuni, uning kelib chiqishi va uning yechimini topish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash yo‘nalishida hamkorlik va birgalikda ishlashning o‘zi konflikt vaziyatni yumshatishga, tomonlar manfaatlarini uyg‘unlashtirishga, umumiy maqsadlarni topishga, shuningdek, uyg‘unlik asosida tomonlarni yangitdan bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Muammoni ochiq muhokamaga qo‘yish, har bir xodimning fikr va qarashlarining samimiy bayon qilinishiga erishish, qarashlardagi plyuralizmga erishish, konflikt yechimi bo‘yicha har bir tomon qarashlarining ifodalinishini yo‘lga qo‘yish jamoadagi har turli keskinliklar, mavhumlik, gina-qudrat, g‘iybat, hafagarchilik, fikrlarning ichida qolib ketishi, g‘alamislik, fitna, bo‘xton va aniq bo‘lmagan ma’lumotlarning tarqalishining oldini oladi.
Butun jamoadagi diqqatni konfliktning mazmunini, muammoning mohiyatini anglashga qaratish va yo‘naltirish yaxshi natijalar beradi. Chunki konflikt – bu hayotning, yoki jamoadagi faoliyat jarayonining oxiri emas. Kollektiv bundan keyin ham birgalikda, hamkorlikda ishlashi lozim. Ish yuzasidan esa turli ziddiyatlar bo‘lishi mumkin. Ish yuzasidan bo‘lgan ziddiyatlarga ish jarayonini yaxshilash uchun vujudga kelgan yangi vaziyat, ish unumdorligini oshirish imkoniyati, mehnat jarayonlaridagi nizolarni olib tashlash orqali yangi munosabatlarni o‘rnatish jarayoni sifatida qarash o‘rinlidir. Konflikt – jamoada yuzaga kelganda ham, oddiy va tabiiy hayot jarayoni bo‘lib qolaveradi. Konflikt ko‘pincha jamoada vujudga kelgan notabiiy va nizoli holatning yangi mazmunda qayta shakllantirilishi uchun katta imkoniyat beradi. Katta ishlab chiqarish jarayonlarida, biznes strukturalar faoliyatida konflikt mehnat unumdorligini oshirish va mehnat jarayonini jonlantirishning muhim va zarur bo‘lgan xususiyatlaridan hisoblanadi. Konflikt kelib chiqishidan so‘ng vujudga kelgan yangi vaziyat aynan yangi qarorlar uchun yo‘l ochib beradi. Yig‘ilib qolgan muammolarni yuzaga chiqaradi. Ular yechimini topishga butun jamoani yo‘naltiradi. Tashkilotdagi atmosfera qanchalik osuda va tinch ko‘rinmasin uning ichki rivojlanish tamoyillarida konfliktlar rejalashtirilgan va tabiiy o‘rnashtirilgan bo‘ladi. Konflikt jamoadagi muammoni yorqin va aniq ko‘rish, uni his qilish va uning yechimini topish orqali, yangi ilg‘or va taraqqiyot tamoyillarini belgilab olish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Bu holat – konflikt mazmunida yashiringan uning yaratuvchanlik imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Agar tashkilot rahbari jamoada ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni oldindan bashorat qila olsa, yoki vujudga kelgan konfliktlarni yaratuvchanlik tamoyillari asosida rivojlantira olsa, jamoa ichidagi ziddiyatlardan qo‘rqmasa, mana shu tashkilotda o‘sish va ulg‘ayish ta’minlangan bo‘ladi.
Konflikt yechimi doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash va konfliktli vaziyatni hamkorlikda qabul qilingan yechimga olib kelish. Har bir tomonning amallari aniq, o‘zaro muvofiqlashgan, bir-birini to‘ldirgan, adolatli va oddiy bo‘lishi zarur. Yechimni o‘z vaqtida topish konfliktning kuchayib ketmasligini ta’minlashini esdan chiqarmang.
Konfliktli vaziyat bo‘yicha belgilangan qaror va xulosalarning o‘z vaqtida joriy etilishini ta’minlash zarur. Konflikt vaziyatda bir marta qaror qabul qilib, qaror qabul qilingandan so‘ng konflikt o‘z-o‘zicha yechiladi, deb o‘ylash noto‘g‘ridir. Konflikt yechimi bilan aloqador bo‘lgan qarorlarning bajarilishigina konfliktning haqiqiy yechimi bo‘la oladi. Vaziyat konflikt yechimi topilganini ko‘rsatishi mumkin, ammo ana shu konflikt yechimi amalga oshirildimi, bu sizning keyingi sayi-harakatlaringizga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Agar siz konflikt yechimi topilganligi bosqichida muallaq turib qolsangiz, konflikt o‘z yechimi ijrosini hech qachon topmaydi, konflikt – konflikt vaziyatida qolib ketaveradi. Shu bois, ziddiyatga doimiy e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Jamoadagi konfliktni to‘g‘ri hal etishda boshqaruvchidan juda keng dunyoqarashga ega bo‘lishni, o‘ta sabrli, o‘tkir mulohazali, madaniyatli va ma’naviyatli bo‘lishni talab etadi. Har bir chiqarilgan qaror jamoani tarqalib ketishiga yoki hamjihat bo‘lib ishlashiga sabab bo‘ladi. Shuning uchunkonflikt masalasiga shoshmashosharlik qilmasdan, ishchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy va ommaviy fikrlarga berilib qolmasdan chuqur tahlil qilish bilan yondashish lozim. Konflikt yechimini to‘g‘ri hal etish nafaqat jamoani, balki jamoaning har bir a’zosini va uning yaqinlarini salbiy oqibatlardan saqlab qoladi, osoyishtaligini buzmaydi. Donishmandlarning fikricha: “Janjal bo‘lgan yerdan baraka qochadi.”
3. Tana zabonini konfliktli vaziyatlarda qo‘llash borasidagi asosiy tamoyillar:
Suhbatdoshingizdan qo‘l cho‘zgulik uzoqlikda turing. Albatta, bu uning sizga naqadar yaqinligiga bog‘liq. Inson shaxsiy makonini besabab buzmang. Opponentingiz harakatlarini to‘g‘ri anglashga harakat qiling. Agar u shaxsiy makonni buzishga moyillik ko‘rsatsa, shundagina unga yaqinlashing.
Sizning ovozingiz ochiq, samimiy, ishonchli, qat’iy, ammo tahdidsiz bo‘lishi lozim. Ovozingiz orqali iliqlik, mayinlik, sabr va qanoat, mehr, qoniqqanlik, ishonch hislarini uzatishga sayi-harakat qiling. Iliqlik ortidan iliqlik, mayinlikning esa mayinlik olib kelishiga ishoning.
Sizning qo‘llaringiz nima axborot berayotganligiga e’tibor bering. Agar barmoqlaringiz mushtga tugilgan bo‘lsa, bu tahdid va hujum alomatidir. Agar qo‘llaringizni ko‘kragangizda almashtirib tursangiz, bu bee’tiborlilik, “Menga sening gaplaring qiziq emas, men o‘zim bilaman, nima qilishni” degani bo‘ladi. Agar qo‘llaringizni haddan ziyod u yoq bu yoqqa qarata harakat qildirsangiz, qarshingizdagi odam sizdan uzoqroq turishni ma’qul topadi. Chunki, beixtiyor unga tegib ketishingiz mumkin.
Ko‘llaringiz yonga to‘g‘ri tushgan, oyoqlaringiz to‘g‘ri, gavdangiz ham to‘g‘ri bo‘lsin. Ortiqcha harakatlar qilmang. Stolni chertmang, boshqa tomonga qaramang, u yoq bu yoqqa yurmang, samimiy va ochiq bo‘ling.
Suhbatdoshingizning ko‘zlariga ko‘zingiz to‘g‘ri va tik, ammo tahdidsiz qarasin. Gaplashayotganda ham suhbatingizga qarama-qarshi tomongayoki boshqa xonaga qarab o‘tirmang. Yuzma-yuz qarashga harakat qiling. Qarshingizda turgan odamga ochiq nazar bilan qarang.
Suhbatdoshingiz bilan gaplashayotganda uning so‘zlariga e’tiborli bo‘ling. O‘z e’tiboringizni tana harakatlari bilan tasdiqlab turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |