Oraliq nazorat Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til


Tilning paydo bo`lishi to`g`risidagi asosiy farazlar



Download 225,71 Kb.
bet3/11
Sana29.06.2021
Hajmi225,71 Kb.
#104550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-variant

Tilning paydo bo`lishi to`g`risidagi asosiy farazlar:

Tilning paydo bo`lishi haqidagi diniy qarashlar:

Tilning paydo bo`lishi tўg`risida qator farazlar (gipotezalar) mavjud bo`lib, ularning birortasi ham asoslanmagan, zero ushbu hodisaning uzoq o`tmishda sodir bo`lgani va uni tiklab, qaytadan tadqiq qilishning iloji yo`q.

Turli xalqlar dinlarida tilning Xudo yoki ilohiy donishmandlar tomonidan yaratilgani qayd qilinadi.
Tafakkur

Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. T. atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarta qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. T. — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. T. jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang Ong). T. til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining T.i, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson T.i orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.

T. koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika, biol.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada T. voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham T. yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat T. sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham T. bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar T.ning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya T.ning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari T.dagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.

2-Fon va fonema

Fonema (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalarth tanib olish va farklash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy kismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farklaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Mac, oʻzbek tilida k F.si yaqin til orqa, portlovchi jarangsiz undosh tovush boʻlib, chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangli gʻ, lablab, portlovchi jarangli b F.laridan farklanadi. F. qandaydir eng sodda element emas, chunki bir paytning oʻzida mavjud boʻladigan belgilardan iboratdir.

F.ning belgilari farklovchi (differensial) va farqlamaydigan (integral) turlarga boʻlinadi. Farklovchi belgilariga koʻra, F.lar oppozitsiyalar (zidlanishlar) hosil qiladi. F.lar farqlanadigan pozitsiya, yaʼni uni oʻz artikulyatsiyasi bilan aniq talqin etish uchun qulay sharoit kuchli pozitsiya, F. farqlanmaydigan, boshqa bir F. bilan mos tushib qoladigan pozitsiya, sharoit kucheiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada F. morfema va soʻzlarni farklash vazifasiga (semasiologik vazifaga) ega boʻladi, kucheiz pozitsiyada esa F. bunday vazifaga ega boʻlmaydi. Oʻzbek tilida unlilar oldidan kelgan undoshlar koʻpincha kuchli pozitsiyada (maye., bola, mola, qozon, dor, gul), soʻz oxiridagi jarangli va jarangsiz F.lar kucheiz pozitsiyada (tob, sud, maqsad, bugʻ, barg) boʻladi. Kucheiz pozitsiyada F.ning variantlari yuzaga chikadi, kuchli pozitsiyada esa uning asosiy koʻrinishi oʻzining barcha farklovchi belgilari bilan namoyon boʻladi. Tafovuti, farqi birgina F.ga tayangan morfema va soʻzlar juftida F. ayniqsa aniq bilinadi (qoʻl—soʻl, chol— chal—choʻl). F.ning mavjudligi yoki yoʻqligi ham morfema va soʻzlarni farqlashi mumkin (darmon—armon, uni—unni).

F.ning farqlovchi belgilari juda xilma-xil, lekin har bir tilda ularning toʻplami cheklangan boʻladi. Mac, rus tilida undoshlarning qattiklik— yumshoklik belgisi farklovchi belgi hisoblansa, oʻzbek va fransuz tillarida bu belgi deyarli ahamiyatsiz, yaʼni farklovchi belgi emas. Muayyan bir F.ni roʻyobga chiqaruvchi barcha tovushlar uning allofonlari (yun. allos — boshqa va ...fon) deyiladi. Ular F.ning variantlari oʻlaroq uning asosiy koʻrinishiga oʻxshamasligi mumkin.

Hozirgi termin maʼnosidagi "F." tushunchasi, shuningdek, fonologiya nazariyasi birinchi marta 19-asrning 70—80 yillarida ruspolya k til shu nosi Boduen de Kurtene tomonidan ishlab chiqilgan. F.fonologiya va morfonologiyaiing oʻrganish obʼyektidir. Fonema tovushlarni farqlashga xizmat qiladigan jihatlar

3-Nutq akustika

Nutq tovushlari sekundiga taxminan 1,100 marta tezlik bilan o ‘tuvchi havo oqimining mexanik tebranishi natijasidir. 0 ‘z navbatida havo tebranishi davomiy va davomsiz hamda sodda va murakkab boMishi mumkin. Tovushlar asosan ikki asosiy akustik belgiga ega: amplitude va chastota. Amplituda (tebranish to‘lqini) eshitilishi jihatdan tovushning kuchiga (ovozning baland yoki pastligiga) to‘g‘ri

keladi. Agar tebranish harakati tez bo‘lsa, tovush baland tebranish chastotasiga ega bo‘ladi. Aks holda past chastotali tovush hosil boiadi. Tebranish chastotasi gers (yoki har sekundda qaytariluvchi sikl) bilan o‘lchanadi. Bir gers bir sekundda bo‘ladigan tebranish davriga tengdir. Chastota tovushlami bir-biridan farqlash uchun zarur boigan akustik belgi hisoblanadi. Odamning tovush chastotasi 12

ni eshitib his qila olish qobiliyati chegaralangan. Biz 15 dan to 15000 gersgacha bo‘lgan tovushlami eshitib his qila olamiz. Juda sekin (15 gersdan kam) yoki juda tez (20000 gersdan yuqori) tebranishga ega bo‘lgan tovushlarni umuman eshitish

mumkin emas. Shu sababli bunday tebranishga ega bo‘lgan tovushlarni eshitish uchun maxsus uskuna va apparatlar zarur bo‘ladi. Tovush to‘lqinini hosil qiluvchi havo tebranishi davomiy bo‘lsa, ton va davomsiz bo‘lsa, shovqin hosil qiladi. Ton va shovqin tovushlami farqlash uchun zamr bo‘lgan akustik xususiyatlardir. Masalan, unli tovushlar tonga, jarangsiz undoshlar esa shovqinga egadir. Jarangli undoshlar bir yo‘la ton va shovqinga ega bo‘lib, keyingisi bosib ketadi. Sonor tovushlarda (1, r, y, m, n, ng kabi) shovqin va ton birlikda bo‘lib, ton shovqindan ustun keladi. Tovushning cho‘ziqligi yoki qisqaligi (uni odatda miqdor belgisi deb yuritiladi) tebranish harakatining vaqti bilan aniqlanadi va u milisekund bilan o‘lchanadi. Tovushning kuchi, baland yoki pastligi va hokazolar uning sifat belgilari deb aytiladi. Tebranish amplitudasi bilan aniqlanuvchi tovush kuchi dinamik urg‘uga ega bo‘lgan tillar uchun xarakterlidir. Bunda urg'uli bo‘g‘in urg‘usiz bo‘g‘inga qaraganda katta kuch bilan talaffuz etiladi. Masalan, o‘zbek tilidagi olma — “ h 6 j io k o ” — olma — “He 6epH”, ms tilidagi Myka — “un” — Myica — “azob”, ingliz tilidagi ‘present — “hozir bo‘lmoq” — preeent — “sovg‘a” o‘rtasidagi farq urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarda tovushlaming kuchiga asoslangandir. Tovushning tembri tebranish davomida maxsus tonni hosil qilish bilan belgilanadi. U ba’zan nutqda his-hayajonni ifodalovchi akustik belgi sifatida ham qaraladi. Tovushni hosil qiluvchi bo‘shliqlar (og‘iz, burun, bo‘g‘iz va h.k.) ma’lum akustik rezonatorlar deb yuritiladi, chunki ular o‘z shakli va o ‘lchovi bilan nutq tovushini hosil qiluvchi akustik kanallar vazifasini o'taydi. Tebranish sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Akustikada murakkab tovush tebranishining chastotasi bilan boshqa akustik vositalarni kelishtirib tumvchi mexanizm filtr deb ataladi. Odamning og‘iz va burun bo‘shliqlari unlilami hosil qiluvchi akustik filtmi tashkil etadi. Tovushning tembrini ifodalovchi va uni boshqa tovushlarning tembridan farqini ko‘rsatuvchi chastotalar formantlar deyiladi. Formantlar nutq tovushlarining akustik xususiyatlarini bilish manbai hisoblanadi. Tovush formantlari maxsus eksperimental apparat-spektograf yordamida aniqlanadi. Har xil unlilarning formantlari (odatda, ular uchta formantga ega boiib, F I, F2, F3 deb ko‘rsatiladi) vertikal shkala bo‘yicha turli holatda boiadilar. Tovushlaming akustik belgilari ularning artikulyatsion xususiyatlari bilan uzviy bogiiqdir. Nutq organlarining turlicha harakati nutq tovushlarining akustik belgilarini, ulaming sifat va miqdor belgilarini o‘zgartirib yuboradi.

4-Bo`g`in, uning turlari



Bo’g’in Bir zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi. Bo’g’in 2 xil bo’ladi: ochiq, yopiq. Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in : bo-la, o-i-la; undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in deyiladi: daf-tar. 1. Bo’g’in adabiyotda hijo deyiladi. 2. Bir unli tovush 1 – satrda qoldirilmaydi. A- kasi emas aka-si. 3. Bir unli tovush 2- satrga ko’chirilmaydi. Mutola-a emas mutolaa 4. Bir tovushni bildiradigan “ng”, “shch” birikmalari alohida harflarga ajratilmaydi. Opa-ngiz, ona-ngiz, me-shchan, pome-shchik, tong-ni, ko’-ngil, si-ngil, ya-ngi, mang-lay. “ng” tovushidan keyin unli kelsa “ng” o’zidan keyingi unli bilan bo’g’in hosil qiladi: ko’-ngil, de-ngiz; “ng” tovushidan keyin undosh kelsa “ng” oldingi bo’g’inda qoladi: mang-lay, teng-la-ma. Chetdan kelgan so’zlarda “n” va “g” tovushlari alohida bo’g’inga ajratib yoziladi: kon-gress, shtan-ga, an-gliz, gan-grena.. 5. Tarkibida (tutuq) belgisi bo’lgan so’zlar 1-satrda qoladi: Raz’-ezd, ma’-no, jur’-at. 6. Qisqartma otlar, raqam bilan berilgan qo’shma sonlar ajratilmaydi. BMT, ToshDU, 1200, 2000, 15 Izoh: 1. f, j undoshlari faqat o’zlashma so’zlarda uchraydi. 2. g, z, l, v, ng undosh tovushlari sof o’zbekcha so’zlarda so’z boshida deyarli uchramaydi; g undoshi sof o’zbekcha so’zlarda so’z ohirida uchramaydi. 3. a unlisi so’z ohrida qo’shaloq qo’llanishi mumkin: mutolaa, mudofaa. 4. Deyarli barcha undoshlar so’z o’rtasida qo’shaloq qo’llanadi: shox-shabba, avval, modda, izza, million… 5. Ayrim undoshlar so’z oxirida qo’shaloq kela oladi: kongress, gramm, metal, Hamidullo 6. Unli va undoshlar so’z boshida qo’shaloq qo’llanmaydi. 7. a, I unli tovushlari ot, fe’l, sifat, ravish yasovchi qo’shimchalar vazifasida kela oladi: sharshara, jizza, guldira, to’la, o’ta, qishloqi, boyi, tinchi, changi… 8. So’z tarkibida kelgan a, I, u unlilari ayrim hollarda so’zga qo’shomcha qo’shilishi natijasida tushib qolishi mumkin: ko’gil + i = ko’ngli, burun + I = burni; (fonetik yozuv asosida) 9. n undoshi she’riyatda qaratqich va tushum kelishiklarining qisqargan shakli bo’lib kelishi mumkin: Yer kurrasin boshin tang’idik.

5-Leksema va so`z

Lеksikоlоgiya quyidаgi bо‘limlаrni qаmrаb оlаdi:

1. Sеmаsiоlоgiya til birliklаrini mа’nо jihаtdаn о‘rgаnаdi. Undа sо‘zning shаkl vа mа’nоsi izоhlаnаdi. Sеmаsiоlоgiya tilning bаrchа mа’nо аnglаtuvchi birliklаrini tаhlil qilаdi.

2. Lеksikоgrаfiya til tаrkibidа sо‘zlаrni mа’lum tаrtib vа mаqsаd аsоsidа yozmа rаvishdа tо‘plаb, lug‘аt tuzish mаsаlаlаrini о‘rgаnаdi.

3. Оnоmаsiоlоgiya nаrsа vа hоdisаlаrgа nоm bеrish jаrаyonini о‘rgаnаdi.

4. Etimоlоgiya sо‘zlаrning kеlib chiqish mаsаlаlаrini hаm shаkl, hаm mа’nо jihаtidаn о‘rgаnаdi.

5. Frаzеоlоgiya tilning turg‘un birikmаlаrini о‘rgаnаdi.

6. Оnоmаstikа аtоqli оtlаrni о‘rgаnаdigаn fаn. U 9 bo‘limdаn ibоrаt:

a) аntrоpоnimikа – shахs bildiruvchi аtоqli оtlаrni о‘rgаnаdi;

b) tоpоnimikа - gеоgrаfik ob’yektni bildiruvchi аtоqli оtlаrni о‘rgаnаdi, u 3gа bo‘linаdi: а) оykоnimikа – shаhаr, qishlоq nоmlаri; b) оrоnimikа – yеr ustidаgi rеlyеf nоmlаri; c) urbаnоmimikа - shаhаrning ichki ob’yektlаrini o‘rgаnаdi;

d) zооnimikа – hаyvоnlаrgа qo‘yilgаn аtоqli оtlаrni o‘rgаnаdi;

e) gidrоnоnimikа – suv hаvzаlаri vа inshооtlаrigа qo‘yilgаn аtоqli оtlаrni o‘rgаnаdi, u hаm 3gа bo‘linаdi: а) pеlаgоnimikа – dеngiz nоmlаri; b) limnоnimikа – ko‘l vа kеchuv nоmlаri: d) pоtаnоnimikа – dаryo nоmlаri:

f) tеоnimikа – ilоhiy kuchlаrgа qo‘yilgаn аtоqli оtlаrni o‘rgаnаdi;

g) kоsmоnimikа – kоsmik fаzо sоnаsidаgi аtоqli оtlаrni o‘rgаnаdi;

h) аstrоnimikа – аyrim оsmоn jismlаrigа qo‘yilgаn аtоqli оtlаrni o‘rgаnаdi;

i) хrоnоnimikа – ijtimоiy аhаmiyat kаsb etgаn mа’lum vоqеаni bildiruvchi vаqt bo‘lаklаrining nоmlаrini o‘rgаnаdi;

j) fitоnimikа – аyrim o‘simliklаrgа qo‘yilgаn аtоqli оtlаrni o‘rgаnаdi.

7. Etnоnimikа millаtlаrning nоmlаrini о‘rgаnаdi.

8. Tеrminоlоgiya tеrminlаrni о‘rgаnаdi.



Download 225,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish