Vaziyatga huquqiy baho bering. Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering. Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang.
7-KAZUS Toshkent shahar “TozaSuv” DUK Olmazor tumani filiali 2021-yil
23-oktabrda fuqaro T.Raimov foydalanilgan ichimlik suvi uchun ichimlik suvidan 2 381 000 so‘m qarzi borligi to‘g‘risida ogohlantirib, qarzdorlikni to‘lab berishni so‘ragan. Ammo T.Raimov hisoblangan qarzdorlikdan norozi ekanligini bildirgan. Unga tegishli Olmazor tumani Oqsaroy ko‘chasi 4 /2, 30-xonadon manzilidagi uyda 3 kishi ro‘yxatdan o‘tib yashab kelayotgan bo‘lsada, foydalanilgan ichimlik suvini hisob-kitob 16 nafar kishi hisobiga olgan holda ko‘shib yozilganligini. Natijada “TozaSuv” DUK tuman filiali tomonidan 2020-2021 yillar davomida T.Raimovga nisbatan 2 381 000 so‘m ortiqcha to‘lov hisoblangan.
Shu sababli, fuqaro T.Raimov Olmazor tumani “TozaSuv” mansabdor shaxslarning ustidan ma’muriy sudga murojaat qilgan. Sud arizachining talabini qanoatlantirishni rad etgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering. Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang
8-KAZUS Toshkent shahar iqtisodiy sudining 14-1802/4559-sonli ishi bo‘yicha 2019-yil 10-apreldagi hal qiluv qaroriga asosan 2018-yil 5-aprelda “Yuksalish” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 23 139 786 so‘m asosiy qarz, 624 772 so‘m penya, 286 934 so‘m davlat boji va 7 200 so‘m pochta xarajatlari undirish yuzasidan ijro varaqasi berilgan. Mazkur ijro varaqasi “Yuksalish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Toshkent shahar majburiy ijro byurosiga taqdim etilgan.
Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, 2019-yil 20-aprelda “Qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisob-varaqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash to‘g‘risida” gi qaror qabul qilingan va shu qaror asosida bizni MChJning barcha banklardagi hisob varaqlaridagi pul mablag‘lariga band solingan.
Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish dastlabki himoya choralari bo‘lishi mumkin bo‘ladi. “Yuksalish” MChJ Toshkent shahar tumanlararo ma’muriy sudga murojaat qilib o‘zaro xamkor bo‘lgan “Yulduz” MChJ bilan o‘zaro hamkor bo‘lib ishlab kelganligi hozirda moliyaviy qiyinchilik yuzasidan ularga belgilangan pullarni to‘lab bera olmayotganligini hamda o‘zaro kelishuv tuzilganligi va kelishuv Iqtisodiy sudga taqdim etganligi shu sababli Toshkent shaxar Majburiy ijro byurosi o‘z qarorini bekor qilmaganligi va to‘xtatib turmaganligini ko‘rsatib Ijro xarakatlarini to‘xtatib turishni so‘ragan.