“Ma’muriy sud ish yurituvi” ORALIQ NAZORAT KAZUSLARI
1-KAZUS Arizachi “AYLIN” MCHJ direktori K.L.Aychurek Ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi mansabdor shaxslari xatti-harakati va harakatsizligini g‘ayriqonuniy deb topish, “AYLIN” MCHJ o‘rtasida hamda “10-son umum ta’lim maktab” ishtirokida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Xondoylik” fermerlar uyushmasida joylashgan “10-sonli maktabning bo‘sh turagan foydalanilmayotgan binosi”-davlat mulkini “nol” harid qiymatida sotish bo‘yicha 2015-yil 2-oktabrda 101/15-BP-sonli oldi-sotdi shartnoma bo‘yicha investitsiya shartnomalarini bajarilgan deb topish hamda “Davlat orderi”ni berish majburiyatlarini yuklashni so‘ragan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering. Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang. 2-KAZUS Arizachi Volkova Ma’muriy sudga shikoyat ariza bilan murojaat qilib, unda javobgar Marg‘ilon shahar FXDYO bo‘limining 11.11.2021 yildagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritishini rad etish haqidagi 561-sonli xulosasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Sud majlisida arizachi Volkova shikoyatini quvvatlab, marxum otasi Volkov Erik Fayziraxmonovich va marxum onasi Volkova Chiroyli o‘rtasida 1956-yil 7-yanvar kuni 10-son bilan Marg‘ilon shahar FXDYO bo‘limida qayd etilgan nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvidagi otasining ota ismini “Fayzraxmanovich” deb o‘zgartirish kiritish haqida Marg‘ilon shahar FXDYO bo‘limiga murojaat qilganligini, Marg‘ilon shahar FXDYO bo‘limi tomonidan tuzatish kiritish rad qilinganligini, marxum otasi Volkov Erik Fayziraxmanovich va marxum onasi Volkova Chiroyli o‘rtasida 1956-yil 7-yanvar kuni 10-son bilan Marg‘ilon shahar FXDYO bo‘limida qayd etilgan nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvida otasining ota ismi ustunida “Fayziraxmanovich” deb yozuv qayd etilganligini, FXDYO bo‘limi tomonidan 14.07.2021 yilda berilgan o‘lim guvoxnomasida otasining ota ismi “Fayziraxmanovich” deb qayd etilganligi sababli nikoh to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvidagi otasining ota ismi ustunidagi “Fayziraxmanovich” deb yozilgan qismini “Fayzraxmanovich” deb o‘zgartirishni so‘radi va arizani qanoatlantirishni so‘rab tushuntirish berdi.