Boshqaruvga oid metodologik yo’nalishlar.
Boshqarish ijtimoiy-gumanitar fanlarning muhim muammolaridan hisoblanadi. Uning nazariy asoslarini hamda ijtimoiy munosabatlar tizimidagi ahamiyati va o‘rnini aniqlash, ijtimoiy muammolarni yechishdagi yo‘naltiruvchilik imkoniyatini belgilash mustaqillik sharoitida juda dolzarb masala hisoblanadi. Chunki mamlakatimiz bozor munosabatlari hamda u bilan bog‘liq ko‘p mulkchilik sharoitida rivojlanishi boshqarish oldiga yangi muammolarni qo‘ymoqda. Bunday sharoitda boshqarishning ilmiy asoslangan yo‘naltiruvchi ta‘siri ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o‘ziga xos rivojlanish asosi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa ijtimoiy hayotning hamma sohalarini erkinlashtirish va liberalashtirish boshqarishni ahamiyatini pasaytirmaydi, balki o‘ziga xos mexanizmlarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Boshqarish ijtimoiy hodisa sifatida murakkab jarayondir. Shuning uchun unga har tomonlama yaxlit, tizimli yondashish lozim. Bunda tadqiqotning mantiqiy-gnoseologik, tarixiy va sotsiologik (ijtimoiy) tomonlarini yaxlitlikda qarash muhimdir. Shu asosda uning amal qilish mexanizmlarini ochish, moddiy va ma‘naviy, ob‘ekt va sub‘ekt munosabatlari tarzida tahlil qilish imkoniyati ochiladi. Boshqarishga gnoseologik jihatdan yondashish uni inson bilimlarining tarixiy taraqqiyotining bosqichi, bilishning qonunlari tarzida hamda ijtimoiy tajribaning ma‘lum shakli ekanligini anglab, boshqariladigan ob‘ektni o‘zgartirish, uni taraqqiyoti uchun sharoit yaratishni ifodalaydi. Shu bilan birga bunday yondashuv boshqarishni hozirgi zamon fanining dolzab muammosi sifatida fanlar tizimida o‘rnini belgilash imkoniyatini beradi. Tarixiylik boshqarishni vujudga kelishi, shakllanishi bosqichlari va rivojlanishini tarixiy jarayon sifatida qarash asosida uning tarixiy tiplarini hozirgi holati bilan solishtirb takomillashtirishni ta‘minlaydi. Masalan. Hozirgi vaqtda boshqarishning Kibernetik avtomatlashtirilgan tizimi mantiqiy-matematik, modellashtirish, modem, elektron-pochta, aloqa vositalari, axborot vositalari, internet va kompyuterlardan keng foydalanish kabi shakllari mavjud. Ma‘lum ma‘noda bulardan imkoniyat doirasida ta‘lim tizimini boshqarishda foydalanilmoqda. Boshqarishning sotsiologik asnoda qarash uning o‘rni va ahamiyatini ma‘lum ijtimoiy tizimda tahlil qilish, amal qiluvchi mexanizmlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar dialektikasini ochish asosida optimal boshqarish usul va vositalari, metodlarining oshish imkoniyatini beradi. Shu asosda boshqarishning ta‘sirchanligini oshirish, uning ilmiy asoslangan shakllaridan o‘z-o‘zini boshqarish, tartibga solishning ob‘ektiv asoslarini o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun zamin hozirlaydi. Bu esa o‘z navbatida boshqariladigan ob‘ektga ilmiy asoslangan ta‘sir etib, rivojlanish imkoniyatlaridan kengrok foydalanishga asos bo‘ladi. Shu bilan birga boshqarishga sotsiologik yondashish uni ijtimoiy hodisa, inson faoliyatining ma‘lum shakllaridan biri va ayni vaqtda ijtimoiy munosabatlarning ham o‘ziga xos (boshqarishida) shakli sifatida qarashni taqozo qiladi. Boshqarish oqibatida ma‘lum tizim o‘z yaxlitligini saqlab qolmasdan balki faoliyatini takomillashtiradi. Bundan boshqarish xususiyati tizimning tabiati bilan hamda uning mavjudligi va rivojlanish qonuniyatlari, yashash sharoiti bilan bog‘liqdir. Boshqarish jamiyat va uning yashash muhiti bilan xilma-xil aloqadorligini, yaxlitligini ta‘minlaydi. Chunki ijtimoiy tizimlar o‘z rivojlanish jarayonida doimiy ravishda tashqi ta‘sir ostida bo‘ladi.
Топшириқ. Қуйидаги мавзуда слайд тақдимоти тайёрланг
Boshqaruvga oid metodologik yo’nalishlar mavzusida taqdimot tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |