Pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomil-lashtirish. O‘z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘lash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O‘quvchi:
Matn bilan mustaqil ishlashni o‘rganadi. Fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi. O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
O‘quv jarayonida o‘quvchilar o‘qishga, fanga va o‘zi tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish natijasiga erishish o‘quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Texnologiyalar juda xilma-xildir. Biz ulardan misol tariqasida ba’zilarini tashkil etish va ularni o‘tkazish tartibi haqida to‘xtalamiz.