ORALIQ NAZORAT ISHI
ISSIQLIK TEXNIKASI fanidan
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O'RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
320- GURUH MEHNAT TA’LIM
YO'NALISHI
3-KURS TALABASI
XO'JAYEVA
SURAYYONING GIDRAVLIKA VA
GIDRAVLIKA VA ISSIQLIK TEXNIKASI FANIDAN
ORALIQ NAZORAT ISHI
Bilet № 26
1.
Gidrodinamikaning asosiy masalasi va uslubi.
2.
To’g’ri va noto’g’ri gidravlik zarb.
3.
Nasoslarning ishlash prinsipi, qo’llanilish sohasi va bajaradigan ishiga
qarab klassifikasiyasi.
4.
Gidravlik uzatmalar.
5.
Suyuqlik oqimi, uning harakat kesimdagi sarfi va o’rtacha tezligi
1.
Gidrodinamikaning asosiy masalasi va uslubi.
Gidrodinamika
(gidro... va dinamika) — mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar
harakati va ularning qattiq jismlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. G.
suyuqliklar va gazlar mexanikasining eng rivojlangan qismi boʻlib, gaz
dinamikasita oid masalalar ham shu boʻlimda oʻrganiladi. Suyuqliklarning nazariy
modelini tuzish asosida yotuvchi fizik xossalari katoriga ularning uzluksizligi yoki
tutashligi, yaʼni suyuqlikni tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlarning fazoda uzluksiz
taqsimlanishi, yengil harakatlanishi yoki oquvchanligi kiradi. G. nazariyasida
tutashlik va oquvchanlikka, shuningdek suyuklik ichidagi ishqalanishni
tavsiflovchi qovushoqlikka ega boʻlgan suyuqlik harakatini tavsiflash uchun
uzluksizlik tenglamasi va Navye-Stoks tenglamasidan foydalaniladi. Ushbu
tenglamalar suyuqlikning elementar hajmiga massa
va harakat miqdorining
saqlanish qonunlarini tatbiq qilish natijasidir. Ularni umumiy holda yechish ancha
murakkab boʻlib, ayrim xususiy hollarda va
ushbu soddalashtiruvchi
taxminlardagina yechim oxi riga yetkazilishi mumkin: qovushoqlik mavjud emas
(ideal suyuqlik) — bu hol gidrodinamikaning Eyler tenglamalariga olib keladi;
kichik qovushoqlik holi (havo, suv), uyurmasiz
yoki potensial oqim;
turgʻunlashgan, yassi oʻqaviy simmetrik bir oʻlchamli harakat. Suyuqlik ayrim
elementar hajmlarining jadal aralashuvi bilan ifodalanuvchi turbulent harakat
holida vaqt boʻyicha "oʻrtachalashgan" suyuqlik modeli ishlatiladi. G.
tenglamalarining ushbu hollar va b. hollarda yechishda oʻxshashlik mezonlaridan
foydalanuvchi oʻxshashlik nazariyasiga asoslangan gidrodinamik tajribalardan
foydalaniladi.
G. tarkibiga filtrlanish
nazariyasi, suyuqlikning toʻlqin harakatlari nazariyasi,
uyurmalar nazariyasi, kavitatsiya nazariyasi, glissirlash nazariyasi kiradi. G.
usullari vositasida gidravlika, gidrologiya va gidrotexnika
masalalarini hal qilish
hamda gidroturbinalar, nasoslar, quvuroʻtkazgichlar (truboprovodlar) va b.ni
muvaffaqiyatli hisoblash mumkin, ulardan samolyotlar va
kemalarni loyihalashda
foydalaniladi.