Oraliq nazor ishi. Alibekov Husan F1802. 5-variant.
1-savol Pedagogikaning tarmoqlarini yoriting. Axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrnin o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir:
1. Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.
2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual,
ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi.
3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish,
ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-
axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi.
4. Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni
tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi.
O’z navbatida korrektsion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli qlari kiradi. Ular
quyidagilardir:
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash
masalalarini o’rganadi
21 Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini
o’rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash
masalalarini o’rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab
nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
5. Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.
6. Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda etakchi
o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi.
7. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash,
Pedagogik texnologiyalar. Pedagogik muloqot.
1.Pedagogik texnologiya tushunchasi
2.Pedagogik texnologiyalarning mezonlari
3.Pedagogik muloqotning asosiy shakllari
Hozirgi paytda ko’p mamlakatlar, shu jumladan respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida ham turlicha nomlangan
texnologiyalardan foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning barchasi ma’lum umumiylikka ega bo’lib, ular xususiy
jixatlariga binoan tasniflanishi V.S.Kukushin., G.K.Slevko., G.Berdiev kabi ko’plab olimlar tomonidan ko’rsatilgan
bo’lib, ularni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin.
22 Shu bilan bir vaqtda hozirgi paytda amaliyotda quyidagicha nomlangan pedagogik (ta’lim) texnologiyalaridan keng
ko’lamda foydalanilib ijobiy natijalar olinmoqda
1. Individual ta’lim texnologiyasi
2. Jamoaviy ta’lim texnologiyasi.
3. Belgi-kontekstli ta’lim texnologiyasi
4. Ishbilarmonlik yoki rolli o’yin ta’lim texnologiyasi.
5. Muammoli ta’lim texnologiyasi.
6. Axborot ta’lim texnologiyasi.
7. Dasturli ta’lim texnologiyasi.
8. Integrativ ta’lim texnologiyasi.
9. Modulli ta’lim texnologiyasi.
10. Mualliflik ta’lim texnologiyalari.
11. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.
12. Tayanch sxemalaridan foydalanib o’qitish texnologiyasi.
13. Masofaviy ta’lim texnologiyasi.
14. Etnopedagogik ta’lim texnologiyasi.
15. Faol ta’lim texnologiyasi.
16. Hamkorlik ta’lim texnologiyasi.
17. Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi.
18. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi.
19. An’anaviy ta’lim texnologiyasi.
Бизга яхши маълумки, ҳар бир фан ўзининг таянч тушунчалари, қонуниятлари, тамойиллари, қоидалари тизимига эга. Айнан мана шу ҳолат унинг фан сифатида эътироф этилишини кафолатлайди. Фаннинг моҳиятини очиб берувчи энг муҳим, асосий тушунча категория деб аталади.
Педагогика фанининг асосий категориялари (категориялар матнда қорайтирилиб кўрсатилган) қуйидагилар ҳисобланади:
Шахс психологик жиҳатдан тараққий этган, шахсий хусусиятлари ва хатти-ҳаракатлари билан бошқалардан ажралиб турувчи, муайян хулқ-атвор ва дунёқарашгa
Таълим ўқувчиларни назарий билим, амалий кўникма ва малакалар билан қуроллантириш, уларнинг билиш қобилиятларини ўстириш ва дунёқарашларини шакллантиришга йўналтирилган жараён
Тарбия муайян, аниқ мақсад ҳамда ижтимоий-тарихий тажриба асосида
ёш авлодни ҳар томонлама ўстириш, унинг онги, хулқ-атвори ва дунёқарашини ривожла
таркиб топтириш жараёни
Билим шахснинг онгида тушунчалар, схемалар, маълум образлар кўринишида акс этувчи борлиқ ҳақидаги тизимлаштирилган илмий маълумотлар мажмуи
Do'stlaringiz bilan baham: |