Oralik nazorat ishi



Download 152,02 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi152,02 Kb.
#718994
Bog'liq
Nazotar ishi Энг янги тарих- сминар

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI



Amaliy matematika” fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Fanidan
ORALIK NAZORAT ISHI




BAJARDI: 925-21 talaba Xoljigitov Bobir Ziyotovich


QABUL QILDI: Rashid Xudayarov



Jizzax_2022
Reja.

  1. Iqtisodiy taraqqiyot modeli

Iqtisodiy taraqqiyot modeli (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. I.t.m. tushunchasi 20-asrning 50-y.larida paydo boʻldi. Bu davrga kelib koʻpchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar oʻz mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yoʻliga oʻtgan edilar.
Bu vaqtda asosiy 3 yirik taraqqiyot yoʻli boʻlishi mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi [(kapitalistik, so-sialistik va sotsialistik yoʻnalish (oriyentatsiya)]. 20-asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qatʼiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va maq-sadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat oʻz ichki shartsharoitlaridan kelib chiqmogʻi zarurligi maʼlum boʻldi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar I.t.m.ni davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiyiqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yoʻli deb hisoblaydi. I.t.m. iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi, huquqiy, maʼ-muriy hamda xoʻjalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning subʼyekti mulk egalari, xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tar-moklar hisoblanadi. Albatta, I.t.m.ga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy meʼyorlar oʻz taʼsirini maʼlum dara-jada oʻtkazadi.
I.t.m. global va milliy harakterda boʻladi. Hoz. vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global modellari shakllangan. Ular orasida Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo-Tinch okeani, Afrika va postsovet I.t.m.larini koʻrsatish mumkin. Ular ichki taraqqiyot omillari, shartsharoitlari, i.ch. tuzilmasi va b. jihatlari bilan bir-birlaridan tubdan farqlanadi. Misol uchun osiyocha taraqqiyot modeli jamoaning kuchli pozitsiyasi va diniy omilga asoslangan boʻlib, bu modelda undiruvchi sanoat va q.x. asosiy oʻrinda tursa, yevropacha modelda iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi, xususiy tashabbusning yuqori darajada rivojlanganligi, biznesni qoʻllab-quvvatlash va soliq undirishning sharoitiga moslanuvchan tizimi, jamiyatning texnokratik yoʻnalishi, yalpi ichki mahsulotda xizmat koʻrsatish sohasining yuqori hissasi koʻzga tashlanadi. Lotin Amerikasi modeli xom ashyo tamoyiliga qurilgan boʻlib, undiruvchi sanoat tarmoklarining rivojlanganligi, mehnat resurslarining or-tiqchaligi, xufyona narkokapitalning yuqori hissasi, eksportning past, tovar va xizmatlar importining esa yuqori darajasi, iqtisodiyotda mayda tovar i.ch.ning sezilarli darajasi bilan harakterlanadi. 70—80-y.larda shakllangan Osiyo-Tinch okeani modelining tipik xususiyati — yuqori tex-nologiyaga egaligi, tabiat va inson resurslaridan oqilona foydalanish, i.ch. ilmiy bazasining rivojlanganligidir. Afrika I.t.m. tipik xom ashyo yoʻnalishi, iqtisodiyotda past unumdorlik darajasi, mehnat resurslarining or-tiqchaligi, aholi turmushining past darajasi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, urugʻchilik, qabilalar oʻrtasidagi urushlar, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik bilan tavsiflanadi.
Postsovet I.t.m. MDH mamlakatlariga xos boʻlib, ularni i.ch. texnologiyasining umumiy xususiyati, yagona standartlar, iqtisodiyotni isloh qilishning umumiy vazifalari birlashtiradi. Sobiq Ittifoq respubli-kalarining 70 yildan ortiq birga boʻlishi iqtisodiy munosabatlarning yaqinlashuviga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmagan. Oʻtgan asrning 90-y.lari boshida va hatto uning oʻrtalariga kelib ham bu mamlakatlar tashki savdo oborotining yarmidan koʻprogʻi MDHga toʻgʻri kelar edi. Ammo keyinchalik bu tendensiya milliy taraqqiyot modellarida yetakchi oʻrinni egallay olmadi. Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy fa-oliyatida sanoati rivojlangan mamlakatlar birinchi darajaga koʻtarildi.
90-y.ning boshlarida Oʻzbekistonning oldida bir qator strategik rivojlanish yoʻllari paydo boʻlgan edi. Ularni 4 yoʻnalish — xom ashyo, agrar, industrial, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha guruhlash mumkin. Ulardan har biri respublika uchun real I.t.m. boʻlishi mumkin edi. Ammo xom ashyo yoʻlini tanlash tabiiy boyliklarni yanada talon-taroj qili-nishi, aholini ish bilan taʼminlash muammosi sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zoʻr berishga olib kelardi. Ittifoq ixtisoslashuvi bu yoʻnalishni keltirib chikargan edi.
Agrar I.t.m. agrosanoat majmui (ASK.) tarmoklarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini q.x. bilan band qilishga olib kelar edi. Industrial I.t.m.ning sa-maradorligini Jan.sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi tasdiklagan. Taraqqiyotning xizmat koʻrsatish yoʻnalishi ham Oʻzbekistonga qoʻl kelishi mumkin edi. Bu yoʻldan borayotgan Yevropa mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot(YAIM)ning 40% shu soxdda yara-tiladi. Baʼzi mamlakatlarda turizm YAIMning 25% ni hosil qiladi.
Oʻzbekiston yukrrida sanalgan modellardan birontasidan voz kechmadi, balki oʻzining I.t.m.da ulardan foydalandi. Boy tabiat resurslari, uni qayta ishlash va undan maqsadga muvofiq foydalanish chet el investitsiyalarini kiritish imkonini bermoqda. ASK rivojlanishi qishloq aholisini ish bilan taʼminlashga olib kelmoqda. Qishloqda mamlakat aholisining 60% yashaydi. Industrial taraqqiyot iqti-sodiyotni eksportga, import oʻrnini bosadigan tovarlar i.ch.ga undamoqda. Xizmat koʻrsatish sohasi bozor islohotlarining ijtimoiy yoʻnalishini kuchaytirmoqda. Oʻzbekistonning I.t.m. xalqning tarixiy tajribasi, anʼanaviy madaniyati bilan belgilangan. Chun-ki islomning xususiyati shundaki, u fakatgina din emas, balki unga sigʻinadigan xalqdarning turmush tarzidir. Shuning uchun ham 70 yildan ortiq davr mobainida tashqaridan tiqishtirilgan "sovet turmush tarzi" bu yerda keng tomir otmadi.
Islohotlarning dastlabki yillarida Oʻzbekiston boshqa mamlakatlarda tajribadan oʻtgan u yoki bu I.t.m.ni qabul qilishi lozim degan fikr yurar edi. Hatto turk yoki xitoy modellarini qabul qilish zarurligi taʼkidlangan edi. Ammo Oʻzbekiston Respubli-kasi Prezidenti I. Karimov mamlakatga oʻz yoʻli, oʻz taraqqiyot modeli zarurligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston rahbari ilgari surgan tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 5 ta-moyili — iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, davlat bosh isloxrtchi, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtish, qonun ustuvorligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish — oʻzbek modelining asosini tashkil etadi.
Qisqa vaqt ichida iqtisodiy taraq-qiyotning oʻzbek modeli oʻzining hayotiyligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston iqtiso-diyoti uchun 1995 y. keskin burilish yili boʻldi. Shu yili sanoat i.ch. hajmi boʻyicha islohotgacha davr darajasiga toʻla erishildi. YAIMning pasayishi sezilarli sekinlashdi. 1996 y.dan boshlab esa YAIM i.ch.ning barqaror ijobiy tendensiyasi davom etmoqda: 2001 y.da YAIM 4,5% ga oʻsdi, sanoat mahsuloti qajmi 8,1, yalpi q.x. mahsulotlari 4,5, qurilish ishlari 3,3, chakana tovar aylanmasi 9,5% ga oʻsdi. Oʻzbek modeli hali oʻtish davrining boshidayoq koʻp ukladli, aralash, tashqi beqarorlashtiruvchi omillardan xoli boʻlgan milliy bozor iqtisodiyotining shakllanishini taʼminladi. YAIM i.ch. surʼ-atlarining birinchi marta aholi oʻsish surʼatlaridan ustun boʻlishiga erishildi, YAIM tarkibiga jamgʻarish va investitsiyalar nisbatlarida yuqori sifat oʻzgarishlari taʼminlandi. Oʻzbek I.t.m.ning bosh maqsadi — ozod va obod vatan, erkin va farovon hayotni taʼminlashdan iborat.

Adabiyot

Karimov I., Oʻzbekistonningoʻz istiklol va taraqqiyet yoʻli, T., 1992; Karimov I, Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli, T., 1993; Toʻxliyev N., Taksanov A., Natsionalnaya ekonomicheskaya model Oʻzbekistana, T., 2000; Toʻxliyev I., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T., 1999.


Download 152,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish