Оралиқ ва якуний назорат саволлари



Download 335,14 Kb.
bet12/37
Sana02.08.2021
Hajmi335,14 Kb.
#136454
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
Nazorat SAVOLLARI 11

Fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xattiharakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga xdkli. Demak, sudlar manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘li bilan odil sudlovni amalga oshiradi.

Odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda va boshqa qonunlarda o‘z ifodasini topgan.

Fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash uchun ularga ko‘yidagi imkoniyatlar berilishi kerak:

sud harajatlarining ko‘p bo‘lmasligi;

sud tomonidan davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi yoki ularni to‘lashning kechiktirilishi;

malakali yuridik yordam olishga yo‘l qo‘yilishi;

fuqarolarga sud himoyasidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida sud idoralari xalqning yashash joylariga mumkin qadar yaqinlashtirilib joylashtirilgan bo‘lishi.

Biroq xozirgi kunda qonunchilikdagi ayrim to‘siqlarning mavjudligi fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sud orqali himoyalanish huquqini cheklamoqda. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4850-son[8], 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmonlarining qabul qilinishi[9] mamlakati­mizda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi. Mazkur farmonlarda belgilangan chora-tadbirlar, o‘z navbatida, «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida o‘z aksini topdi.

Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash borasida amalga oishriladigan ishlar, o‘z navbatida, sudlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan fuqarolarni ta’minlashga, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqdanadigan manfaatlarining samarali himoya qilinishiga xizmat qiladi.

22--Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish.

Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashgirish. «Harakatlar strategiyasi»ning 2.3. bandida ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish belgilangan bo‘lib, unda ushbu qonun hujjatlariga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, Jinoyat va jinoyatprotsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Mazkur vazifa doirasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanish holati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan xolda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda to‘tgan xolda, «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 20182021 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiya» loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unda:

birinchidan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyatini kengaytirish nazarda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan xolda, uni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali axloqiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo to‘rini kiritish belgilangan. Ushbu o‘zgartirishlar jinoyat sodir etgan ko‘plab insonlarni jamiyatdan, ularning oilasidan ajratmagan xolda, sodir etgan jinoyati uchun insonparvarlik tamoyillariga asoslangan jazo turlarini kengrok qo‘llash imkonini beradi;

ikkinchidan, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini yanada kengaytirish uz ifodasini topgan bo‘lib, unda asosan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni ushbu institutga kiritish nazarda tutilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga muvofiq og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bugungi kunda yarashuv institutiga 50 dan ortiq jinoyatlar kiritilgan bo‘lib, minglab insonlar jinoyatni sodir etgandan so‘ng etkazilgan zararni koplab, jabrlanuvchilar bilan yarashib, jinoiy javobgarlikdan ozod bo‘lmoqda. Bu boradagi islohotlarni davom ettirish va yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga asos bo‘ladigan jinoyatlar sonini kengaytirish mamlakatimizda yanada ko‘proq shaxslarni sudlanganlik holatidan saqlab koladi;

uchinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to‘xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlikni bekor qilish ham ushbu loyihada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishda iqtisodiyot sohasidagi, jumladan, xo‘jalik faoliyati sohasidagi ayrim ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan batamom chiqarib tashlash, buning evaziga mazkur sohada birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar to‘g‘ri yo‘lga qaytsa, ularning qonun buzish holatlari va uning natijasida etkazilgan zarar bartaraf etilsa hamda ular tadbirkorlik faoliyatini qonunni amalga oshirishni boshlasa, bunday toifadagi shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;

to‘rtanchidan, voyaga etmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni o‘tkazingda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirishga doir bir qator o‘zgartirishlar kiritish belgilangan. Bunda dikkate’tibor voyaga etmagan shaxslarni o‘qish va ishdan, eng asosiysi, ularni oilasidan ajratmagan holda, ularning ta’limtarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi, xorijiy mamlakatlarda o‘zini ijobiy tomondan oklagan jazo va majburlov choralarini kengrok, qo‘llashga qaratiladi. SHuningdek, nafaqat voyaga etmagan ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarni, balki jinoyatlardan jabr ko‘rgan va u yoki bu jinoyatning guvohi bo‘lgan voyaga etmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi muhim o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Bunda voyaga etmagan shaxslarga nisbatan tergov harakatlarini amalga oshirishda ularni advokat, otaonalari yoki yaqin karindoshlari bilan ishtirokinn ta’minlash, ushbu jarayonlarning muddatlarini kiskartirish va boshqa shu kabi o‘zgartirishlar nazarda tutiladi;

beshinchidan, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni engillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibini belgilash nazarda tutilgan. Bunda qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarni kengaytirish, jinoyat sodir etilishi natijasida keltirilgan zarar koplangan takdirda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi alohida rag‘batlantiruvchi normalar kiritilishi belgilangan. SHuningdek. jazoni engillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorini qabul qilish va unda shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan, etkazilgan zararni koplagan, chin kungildan amalda pushaymon bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llashga oid tushuntirishlar berishga alohida e’tibor qaratiladi;

oltinchidan, sudlanganlik holatining tugallanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun xukm etilganidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida sudlanganlik holatining tugallanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga etmagan shaxslar uchun sudlanganlik muddatini belgilamaslik to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutiladi. Sudlanganlik muddatining qisqartirilishi, uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, uz navbatida, shaxsning huquqiy holatini engillashtirish, ijobiy xulkatvorini rag‘batlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi hisoblanadi;

ettinchidan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jazosini kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan xolda tarbiyalash, uning jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish, kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga ogishmay rioya qilishga olib keladi. SHu bilan birga, mazkur jazo nafaqat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy jazolarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. E’tiborli tomoni shundaki, mazkur jazo shaxsning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtda ijro etilib, kuniga to‘rt soatdan oshmasligi belgilanadi.

YUqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun natijasida sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlashtirishga erishiladi.

Odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuka rolik va xo‘jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish. Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining sud tomonidan ishonchli himoyasini ta’minlash va ma’muriy sud ish yurituvini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy normani amalda tadbiq etish zarurati ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF1966son Farmoniga ko‘ra, ilk marotaba 2017 yil 1 iyundan boshlab ma’muriy sudlar faoliyat olib borishi belgilandi. Ma’muriy sudlar ommaviyhuquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega hisoblanadi.

Qayd etish joizki, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar deganda, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar tushunilsa, ma’muriy huquqbuzarlik deganda, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ko‘rib chiqiladigan, ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gayrihuquqiy, aybli (kaeddan yoki extiyotsizlik orkasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.

Ma’muriy sudlarning tashkil etilishi fuqarolarning sudga shikoyat qilish kabi konstitutsiyaviy kafolatini amalda ta’minlash, tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshirish, professional sud korpusini shakllantirish, pirovardida fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishning protsessual tartibini ta’minlash maqsadida qator normativhuquqiy hujjatlar, jumladan, «Ma’muriy sud ishi yurituvi to‘g‘risida»gi va «Ma’muriy tartibtaomillar to‘g‘risida»gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi. Mazkur hujjatlar davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartibtaomillarini joriy etishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Harakatlar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirishga oid «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra:

 jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarii ushlab turish muddati 12 soatdan 48 soatga qisqartiriladi. Bunday qadam albatta jinoyat protsessiga jalb qilingan shaxslarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga, jinoyat ishlari yurituvi muddatlarini oqilona qisqarishiga va eng muhimi, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlar talablarining bajarilishiga xizmat qiladi.

qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash, shuningdek, dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi. Mazkur Odil sudlovnipg mazmun mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qo‘shimcha tergovga qaytarish amaliyotidap voz kechish vaqti keldi. Sud yoki oqlov yoki qoralov hukmini chiqarishi kerak.

 pochtatelegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi. Mazkur tergov harakatlarini o‘tkazishga ruxsat berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi orqali jinoyat protsessida Xabeas korpus instituti yanada kengaytiriladi, shaxsning daxlsizlik huquqlarining cheklanishi faqatgina sud qarori bilan amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi xalqaro va konstitutsiyaviy talablar ta’minlanadi.

sudlarga qamoqqa olish yokiuy kamogi tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilganida mutsobil ex,tiyot choralarini qo‘llash huquqi beriladi. Mazkur huquqning sudga berilishi sudning qaror qabul qilishda mustaqilligini va mas’uliyatini yanada oshiradi. Bunda muqobil extiyo't chorasini sudning uzi qo‘llashi uning ishi kurilayotgan insonning takdiriga befarq emasligini anglatib, ishning holatlari va ayblanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlarga qarab oqilona extiyot chorasini qo‘llashga imkon beradi.

 tergovnipg to‘liq, emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexaiizmlarini joriy etish orsali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor silinadi. Qo‘shimcha tergovning bekor qilinishi jinoyat protsessining asosiy prinsiplari: aybsizlik prezumpsiyasi, tortishuv va taraflar tengligi, haqiqatni aniqlash prinsiplarining real ta’minlanishini kafolatlaydi. Eng muhimi, sud zimmasiga ko‘rib chiqilayotgan ish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklaydi. YA’ni, sud yo ayblov, yo oqlov hukmini chiqarishi zarur, uchinchi variant bo‘lishi mumkin emas.

1. Sudgacha fuqarolik va xo‘jalik nizolarini xal etishning asosiy tushunchalari. maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilovchi «YArashtiruv jarayonlari (mediatsiya) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi ishlab chiqiladn. Mazkur qonunning ishlab chiqilishi jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zaro nizolarni suddan tashqari, muqobil xal etish imkonini beradi. SHu sababli mamlakatimizda ham kelgusida «YArashtiruv jarayoni (mediatsiya) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi, nizolarni qisqa muddatlarda xal etilishi bilan birga, ortiqcha harajatlar sarflanishiga chek qo‘yish va turli ovoragarchiliklarning oldini olish hamda taraflar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishbilarmonlik munosabatlari saqlanib qolishiga xizmat qiladi.

2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilishdan avval etirozni majburiy taqdim etish tartibnni o‘rnatish.

Nizolarni sudgacha xal etish tartibini takomillashtirish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish uchun zarur bo‘lgan shartlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Mazkur masala Xo‘jalik protsessual kodeksi 6-moddasiniig ikkinchi qismida agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha xal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartno­mada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtisriy ravishda xal qilish choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina xo‘jalik sudida ish qo‘zg‘atish mumkinligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiiing shartnomaviyhuquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonunida talabnoma bildirish tartibi va uni ko‘rib chiqish muddatlari tartibga solingan.

O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviyhuquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonuni 17-moddasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan talabnoma bildirishga xaqli ekanligi belgi­langan.

3.           Fuqarolik va xo‘jalik, shu jumladan, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha xal qilish mexanizmlarini qo‘llashni kengaytirish. Hozirgi vaqtda fuqarolik va xo‘jalik sudlarida yildanyilga kurilayotgan ishlar soni ortib bormoqda. SHu sababli, taraflarning vaqtini tejash, ularni ortiqcha ovora kilmaslik, nizolarni kelishuv yo‘li bilan xal etish maqsadida, sudgacha xal etish bo‘yicha mexanizmlar (muzokara, talabnoma yuborish va boshqalar)ni protsessual qonunchilikda aniq belgilab qo‘yish nazarda tutilmoqda. Xo‘jalik sudlari shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan holdarda da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha xal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, Xo‘jalik protsessual kodeksining 118-moddasiga asosan, da’vo arizasini qaytaradi. Lekin ushbu qoidalar fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilanmagan. SHu sababli xozirgi kunda, fuqarolar


mehnat nizolari bo‘yicha mehnat nizolari komissiyasiga yoki oilaviy nizolar bo‘yicha o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yarashuv komissiyalariga murojaat qilishi mumkin bo‘lsada, fuqarolar sudga murojaat qilmoqda. Lekin, ushbu nizolarning ayrimlarini sudgacha xal etish imkoniyati mavjud. SHu sababli, kelgusida fuqarolik protsessual qonunchiligida ham nizolarni sudgacha xal etishning protsessual mexanizmlari aniq belgilab qo‘yiladi.

4.           Hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidin qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish. Bunda O‘zbekiston Respublikasining «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi qonunini yangi taxrirda qabul qilish va uni tubdan, zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqish masalasi qo‘yilmoqda. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga ushbu qonundan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Xususan, hakamlik sudi sudyalari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, hakamlik sudiga sudyalarni tizimli ravishda tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bilan shug‘ulhanuvchi, hakamlik sudlari faoliyatini muvofiqdashtiruvchi, ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan markazlashtirilgan nazoratni amalga oshiruvchi, ularning nomidan harakat qiluvchi yagona tashkilot  Palata tashkil etish, uning huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, tashkiliyhuquqiy mexanizmlarini qonunda aniq belgilash, hakamlik sudlarining asosiy vazifalarini belgilash, hakamlik sudi sudyaligiga nomzodlarga qo‘yiladigan, ularning malaka va bilim saviyasiga bo‘lgan talabni kuchaytirish ushbu qonunga kiritilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalardan biridir. Bu o‘zgarishlar, o‘z navbatida, x,am hakamlik sudlarining nufuzi, ham xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hakamlik sudlariga bo‘lgan ishonchi va hurmati oshishiga xizmat qiladi.


Download 335,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish