Notiqning xarakter xususiyatlari ham nutqning ta’sirli bo‘lishiga bevosita aloqador. Xususan, to‘g‘riso‘z va va’dasida turuvchi shaxslarning nutqi tinglovchilar tomonidan ishonarli qabul qilinadi. Ayniqsa rahbar xodimlarning (ustozning) o‘z so‘zida turishi xodimlar hurmatini qozonishda muhim omil hisoblanadi. Tinglovchilar diqqatini tortishda nolingvistik omillar (notiqning harakatlari, mimikasi)ni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Notiqning nutq jarayonida yurib gapirishi, to‘xtab qolishi, qo‘llarining harakati, nigohi va yuz harakatlari (mimika) ham tinglovchilar diqqatini jalb qiladi. Maqsadga muvofiq qilingan har qanday harakat muvaffaqiyat garovi bo‘lsa, o‘rinsiz harakat ta’sirchanlikni pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |