Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqa ko‘plab hujjatlarni kiritish mumkin. Ular, asosan, tayyor blankalarga to‘ldiriladi. HUJJATLAR TEGISHLILIK JIHATIGA KO‘RA Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat hujjatlari va shaxsiy hujjatlarga ajraitladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli boladi (ariza, shikoyat va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |