Xizmat guvohnomasi ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq asosida birinchi rahbarning qarori bilan ishlash xizmatlari yoki boshqa xizmatlar tomonidan beriladi. Xizmat guvohnomasi muayyan muddatga, biroq 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi va quyidagi hollarda: -xodimning FISh o‘zgarganda; -xodimning lavozimi o‘zgarganda; -xizmat guvohnomasi yaroqsizlanganda; -xizmat guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda almahstirladi. Xizmat safari guvohnomasi. Xodim zimmasiga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazfasini bajarishga vakolat beradi. U muassasa rahbari buyrug‘idan so‘ng xodim qo‘liga beriladi. Xizmat safariga jo‘nab ketish oldidan va qaytib kelgandan so‘ng o‘sha sanalarni ko‘rsatib, muassasa mansabdor shaxsi guvohnomaning tegishli joyiga imzo chekadi va muhr bosadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |