O`quvchilarga estetik bilimlarni berish.
Ularda estetik tugunchalarni hosil qilish.
Estetik his-tuyg’u, estetik ong, estetik did, estetik madaniyatni shakllantirish
Estetik tarbiya shaxsda go’zallikni his qilish tuyg’usini shakllanishiga yordam beradi. Inson doimo o’z hayotini go’zallik asosida qurishga intiladi. Estetik tarbiya shaxsda go’zallikni his qilish tuyg’usini shakllanishiga yordam beradi. Inson doimo o’z hayotini go’zallik asosida qurishga intiladi. Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she’riyat, tasviriy san’at va boshqalarga bo’lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Estetik tarbiya axloqiy tarbiyani samarali tashkil etishda katta ahamiyatga ega. Estetikadan rohatlanishda faqat san’at asarlarigina emas, balki ezgu ishlar, jamoaga hurmat, sadoqat, vijdonan mehnat qilish muhim o’rin tutadi. Estetik ong go’zallikni qadrlash va uni boyitish yo’lidagi amaliy harakatni keng ko’lamda tashkil etish asosida takomillashib boradi. Estetik onglilikning yuqori darajasi estetik madaniyat sanaladi. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari - Jismoniy tarbiyasi o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib; ijtimoiy tarbiyasi tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Jismoniy tarbiyasi kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi. Jismoniy tarbiyasi kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiyasi qilish kuch-quvvatini saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo’lib xizmat qiladi. - Jismoniy tarbiyasini tashkil etish jarayonida o’quvchilarni gigiena qoidalari bilan tanishtirish, ularga so’zsiz amal qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla avloniy o’zining “Turkiy guliston yohud axloq” asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Nazofat (gigiena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o’tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga sabab bo’lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan bo’lurmiz. Pok bo’lmak salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur. Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog’ini chiqarib yurmak zo’r ayb va gunohdur. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak”. Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak bo’lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo’lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun zarur bo’lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo’lgan nuqsonlar yo’qoladi
Jismoniy tarbiyasi bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog’ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |